Abu Mansur Moturidiy - (milodiy 944 yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga alohida e’tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan.
Abu Hanifa an-Nu’mon - hanafiya mazhabiga asos solgan, barcha islom tarqalgan hududlarda o’z mavqyeiga ega bo’lgan. Bu mazhabning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu Mansur Moturidiy (vafoti 944 y.) ning «Tavhid» va «Ta’vilot» asarlarida va Burhoniddin al-Marg’inoniy (1123-1197) ning «Hidoya» to’plamida o’zining yorqin ifodasini topgan. Ularning asarlarida aql maqomi va mantiq ilmiga, ilm va dalilga keng o’rin berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |