Изланувчилар online илмий-амалий


O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 16,8 foizga



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/275
Sana24.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#239485
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   275
Bog'liq
Anjuman 16-17 30.11.2020

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 16,8 foizga 
oshadi.
Pul o‘tkazmalarining to‘xtashi iste'molga ham salbiy ta'sir qiladi, chunki uy 
xo‘jaliklari ularning katta qismini iste'molga va uy sharoitlarini yaxshilashga 
sarflamoqda. Jahon banki ma'lumotiga ko‘ra, pandemiya sharoitida pul 
o‘tkazmalari 50 foizdan ham ortiq miqdorda pasayadi. Qayd etish joizki, karantin 
cheklovlari O‘zbekistonning ko‘plab sohalariga salbiy ta'sir o‘tkazdi. Umumiy 
ovqatlanish, turizm va mehmonxona, xizmatlar sohasi jiddiy talafot ko‘rdi. 
Cheklovlar tufayli zarar ko‘rmagan soha deyarli qolmadi. Ayniqsa kichik biznesga 
juda og‘ir bo‘ldi, chunki bunday sharoitda uning tezda tiklanib olishi osonmas. Shu 
sababdan, iqtisodiy pasayish hajmini bashorat qilish mushkul. Voqealar rivojining 
ijobiy ssenariysida, shuningdek, hukumat tomonidan iqtisodiyotni qo‘llab-
quvvatlash choralari ko‘rilayotgani, muhtojlarga yordam berilayotgani 
sharoitida
 iqtisodiyot shu yilning uchinchi chorakdan tiklanib olinishini kutish mumkin.
Biroq, bir qancha salbiy ta'sirlarni ham kuzatish mumkin. Masalan, iqtisodiyotni 
qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni-saqlash, ijtimoiy soha uchun yo‘naltirilgan xarajatlar, 
shuningdek, bojxona bojlari va aksizlarni pasayishi, kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni 
kechiktirish bilan bog‘liq mablag‘lar tushumining kamayishi natijasida budjetning 
moliyaviy ahvoli og‘irlashishi mumkin. Yana bir muammo O‘zbekiston 
iqtisodiyotining «norasmiy sektori»da mehnat resurslari ulushi yuqoriligida. Bu 
mehnatga layoqatli bo‘lgan 13 million kishidan taxminan 7-8 millionini tashkil 
qiladi. Karantin bilan bog‘liq cheklovlar natijasida «norasmiy sektor»da 
ishlayotgan mehnat resurslari ishidan va ish haqidan ajraladi. Iqtisodiy p asayish 
davrida korxonalar xodimlarni qisqartirishga harakat qilishadi, bu esa o‘z 
navbatida ishsizlikning o‘sishiga olib keladi. 
Shu maqsadda fuqarolarga pul tarqatishli, ularning pulni ishlatishi esa 
iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Hukumatning qat'iy choralari – 
moliyaviy-iqtisodiy qiyinchiliklar va noaniqlik davrida biznesga yo‘llangan muhim 
signallardir.Aslida cheklovlardan dunyo iqtisodiyoti aziyat chekmoqda. Bloomberg 
tahlilchilarining dastlabki hisob-kitobiga ko‘ra, zarar 5 trillion dollarga 
baholanyapti. Bunda epidemiyaning ikkinchi to‘lqini yuz berishi ehtimoli katta. Bu 
esa ozib-to‘zgan iqtisodiyotga yana bir zarba bo‘ladi. O‘zbekiston va har qanday 
mamlakat uchun iqtisodiyot uchinchi chorakdan boshlab tiklanib olish ssenariysi 
maqsadga muvofiqdir. Aks holda kamtarona 1,5-1,6 foiz o‘sishga ham 
erisholmaymiz. Buning uchun cheklovlar yumshatilishi va bosqichm a-bosqich 
bekor qilinishi lozim. Bu ochiq-oydin ko‘rinib turgan fakt. Bir tomondan 
infeksiyaning tarqalishiga to‘siq qo‘yish va mamlakatdagi sanitariya -
epidemiologik vaziyat yaxshilashi kerak. Buning uchun dastlabki bosqichda 


274 
karantin va o‘zini yakkalashga o‘tish, keyingi bosqichda tibbiyot sohasini 
rivojlantirish tavsiya qilinmoqda. Aks holda ko‘plab qurbonlar bo‘lishi, tibbiy 
xizmatga yuklamalar juda katta miqdorda oshib ketishi mumkin. 
Boshqa tomondan, cheklovlarning uzaytirilishi, shuningdek, o‘sish 
sur’atlariga chiqish davrining uzayib ketishi odamlarni ishsiz, daromadsiz va 
bazaviy ne'matlardan mahrum qilishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonning 
oziq-ovqat xavfsizligi ham ta'minlashi kerak, ayniqsa cheklovlar uzaytirilgan 
sharoitda bu dolzarb masalaga aylandi.

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish