PAXTANI CHIGITDAN AJRATISHDA QOLDIQ TOLANI TAXLILI
Yuldashev A.R.
Andijon mashinasozlik instituti katta o`qituvchisi
296
Arrali jinlarni ish unumdorligi asosan jin ishchi kamerasidagi xomashyo
valigi zichligiga bog’liq bo’lib, uni oshirish ikkiyo’nalishda, xom-ashyo valigi
zichligini oshirish va xom-ashyo valigi aylanish tezligini oshirish hamda jinlangan
chigitlarni ishchi kamerada bo’lish vaqtini kamaytirish xisobiga amalga oshirilishi
mumkin.
Jin uskunasi xom – ashyo valigini yuqori zichlikda ishlashi quyidagi salbiy
xolatlarga olib keladi [2].
•Xom-ashyo
valigi
massasini
oshib
ketishi
natijasida
uni
aylantirishga ortiqcha elektr-energiyasi yo’qotilishi;
•CHigit va tola shikastlanishi tolada nuqsonli aralashmalarni ko’payib
ketishi;
•Ishchi kameradan chiqayotgan chigitlar tarkibida to’liq jinlanmagan
chigitlarni ajralib chiqishi.
Tadqiqotlar [3] jin ishchi kamerasida chigitdagi tola vaqt bo’yicha
notekis ajralishi va tolasizlangan chigitlar ishchi kamerada 10 sekunddan
14 minutgacha bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi. Natijalar qisqa vaqtda
chiqqan chigit qoldiq toladorlikka ega, uzoq qolib ketgan chigitlar esam
qisman kalta tolalar ham ajralgan, ya’ni linterlash jarayoni ham amalga
oshgan bo’ladi. Ushbu xolat esa ishlab chiqarilgan tolada ip yigiruvga
yaroqsiz
kalta
tolalar
miqdorini
oshib
ketishiga
olib
keladi.
Respublikamizda
to’qimachilik
sanoatida
klaster
tizimini
yaratilayotgani, ishlab chiqarilayotgan tolani to’liq o’zimizda ish lab qo’shimcha
qiymati yuqori bo’lgan raqobatbardosh tayyor maxsulotlar ishlab chiqarish
vazifalari qo’yilgan xozirgi davrda paxtaga tolasi sifatini keskin
oshirish dolzarb muammo bo’lib qolmoqda. Xozirda to’qimachilik sanoatida
toladan ip maxsulotlari chiqishi 85 % gacha pasayib ketishi asosan toladagi
nuqsonli aralashmalar va kalta tolalar miqdori ko’pligi sabab bo’lmoqda.
SHu sabali paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan tola
sifanitini oshirish uchun jinlash jarayonini xom-ashyo valigini past
qiymatlarida amalga oshirishni talab etadi. Bu murakkab vazifa bo’lib,
xom-ashyo valigi zichligini pasaytirish jin ish unumdorligiga sezilarli
ta’sir etadi, chigitni to’liq jinlanishiga salbiy ta’sir etadi. Tola
yo’qolishi ko’payadi.
Maqolada qayd etilgan muammoni xal etish uchun takomillashtirilgan
paxtani jinlash texnologiyasi tavsiya etilgan bo’lib (1-shakl), uni asoslash
byo’icha o’tkazilgan tajriba natijalari keltirilgan. 1-separator SS-15A; 2-paxta
taqsimlovchi shnek; 3-jin uskunasi; 4-chigit yig’uvchi konveyer; 5-elevator;
6-regenrator RNS; 7-pnevmoquvur; 8-kondensor KPV-8.
297
Do'stlaringiz bilan baham: |