Изланувчилар online илмий-амалий


MENEJMENTDA INSON PSIXOLOGIYASI BILAN BOG'LIQ



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/275
Sana24.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#239485
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   275
Bog'liq
Anjuman 16-17 30.11.2020

MENEJMENTDA INSON PSIXOLOGIYASI BILAN BOG'LIQ 
MUAMMOLAR 
Turdiboev Sherozbek 
“Menejment” yo‘nalishi 1-bosqich 75-20 M guruh talabasi 
Menejment - bu inson hayotining mutlaqo barcha sohalariga xos bo'lgan 
ijtimoiy hodisadir. Har bir boshqaruvchi o’z faoliyatida inson xatti -harakatlariga 
ta'sir etishning u yoki bu usulini qo'llaydi. Biroq, noto'g'ri tanlangan usullar 
qaytarib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki inson bu “mashina” 
emas va "foydalanuvchi" tomonidan kuchli bosim va nazorat tufayli kelib 
chiqadigan inson ruhidagi "buzilishlar" shaxslararo, kasbiy, o’zaro 
munosabatlarning mohiyati va tuzilishini buzishi mumkin. Menejmentda inson 
psixologiyasi bilan bog'liq masalalar doimo muhim o’rinlarni egallab kelgan. Har 
bir menejer, yetakchi boshqaruv samaradorligini ta'minlash maqsadida psixologik -
ijtimoiy jihatlarga e’tibor berishi lozim.
Yoshligingizni eslang: uyda sizga buyurilgan ishni bajarayabsiz. Ko'p 
o'tmayoq, ishni xato usulda qilayotgandek his qildingiz va otangizdan yoki 
onangizdan bu ish qanday qilinishini so'ramoqchi bo'ldingiz. Biroq, ne ko'z bilan 
ko'rasizki ularning jahli chiqqan, avzoyi buzuq. Ho'sh, nima qilasiz? Hamma ham 


258 
bunday vaziyatda tavakkal qilib ulardan so'rashga botina olmaydi va uddalay olgan 
taqdirda ham bu dovyuraklik ko'pincha "bir ishni eplolmaydigan, lapashang, 
noshud" kabi so'zlarga nishon bo'lish bilan yakun topadi. Men esa e'tiboringizni 
shu nuqtaga qaratmoqchiman: ho'sh siz endi o'sha ishni qanday bajarasiz: o'z 
bilganingizdekmi yoki tashlab qo'yasizmi? Va yana: siz ana shu holatda o'zingizni 
qanday his qilasiz? Undan keyin yana avvalgi ishtiyoq bilan ishlay olasizmi?
Mana shu holat kompaniya yoki ishxona, ofislarda ham kuzatiladi. Ota-ona bu 
menejer yoki boshliq, siz esa ishni qanday qilinishini tushunmayotgan "g'o'r 
bolakay"ga aylanasiz. Ko'p holatlarda ana shu "bolakay"ning xissiyotlariga, uning 
psixologik holatiga e'tibor bermasdan muomala qilinadi yoki ish yuritiladi. 
Taassufki, ishlab chiqarishda Set Godin o'zining "Bu marketing"(This is marketing 
by Seth Godin) kitobida aytganidek "ishlab chiqarish yoki korxona yuritishda eng 
avvalo insonlarni ehtiyojlariga munosib keluvchi mahsulot va keyin yaxshi 
tashkillangan, bir-biriga bir suyanib, qo'llab quvvatlab harakat qiladigan ishchi 
jamoa muhimdir". Hozirda esa barcha boshqaruvchilar ham ish joyida, ish 
sharoitida bunday yaxshi tashkillangan muhit yarata olisholmayabdi va olishmaydi 
ham. Bunga sabab esa ana shunday kompaniyada odamlar o'zlarini oilaning 
ajralmas a'zosi sifatida emas, balki buyruqqa asosan chegaralangan muddat 
oralig'ida tartibli ishlayotgan quldek xis qilishyabd. Bu esa boshqaruvchilarning 
xatosidir. Taqqoslash uchun Janubiy Koreyaga tegishli ikkita logistika 
kompaniyasini misol sifatida keltirish mumkin. Lojin Logistiks (Logen logistics) 
va Lotte logistics (Lotte logistics). Bir xil vazifani bajaruvchi ikki kompaniya va 
ikki xil boshqaruv. Lojin logitiks Lottega nisbatan og'irroq bo'lgan yuklarni qabul 
qilish va yetkazish bilan shug'ullanadi. Maosh esa deyarli teng. Noqonuniy 
yollanma ishchilar orasida, og'irligiga va qiyinligiga qaramasdan, Lojin logistiksga 
ishga chiqishga xohish ko'proq edi. Sabab esa ishchilarga nisbatan muomala va 
boshqaruv uslubi. Ishchilardan so'raganimda (o'zim ham ulardan bir i bo'lganimni 
hisobga olsa) ular o'zlarini Lojinda hurmat qilinayotgandek his qilishlarini 
aytishgan. Bor gap shunda edi. 
Demak bizda menejmentdagi inson psixologiyasi bilan uchrayotgan asosiy 
muammolar quyidagilar: 
•Ishchilarning ishdan mamnun yoki aksi ekanligini inobatga olmaslik; 
•Ishchilarni qiziqishlariga, e'tiqodiga va yoki intellektiga nomunosib 
o'rinlarga joylashitirish va buni e'tiborga olmaslik; 
•Ish joyi yoki muhitini tez-tez o'zgartirish; 
•Tashqi omillar ta'siridan ishchilarni himoya qilmaslik 
•Ishchilarda paydo bo'layotgan ish borasidagi muammolarga kompaniyaning 
tashqarisidan yechim izlashlariga yo'l qo'yish, muammolarni kompaniya ichida 
muhokama qilmaslik; 
•Ishchilarni jamoaviy birga harakat qilishga undovchi mashg'ulotlarga jalb 
qilmaslik; 
•Mehnat jarayonida ishchilarning kayfiyatiga munosib baho bermasdan 
muomala qilish. 


259 
Bunday muammolarga yechimlar biroz fikrlab, ish muhitini mukammalroq 
ishlab chiqishni talab etadi. Eng avvalo, boshqaruvchi kompaniya ishchilarini 
birdamligiga erishishi, ularni bir oilaga aylantirishi kerak. Buning uchun 
kompaniyani aynan bir falsafa ustida jamlay olishi lozim. Masalan Samsung 
kompaniyasi o’rtaxol qatlamni ularga munosib ham arzon, ham sifatli mahsulot 
bilan ta'minlashni maqsad qilishgan. Ishchilarni esa ruhlantirish, qilayotgan 
ishlaridan mamnuniyat paydo bo'lishi uchun faqatgina Samsung brendiga tegishli 
bo'lgan jihozlardan foydalanishni shart qilishadi va ba'zan sovg'a sifatida hadya 
etishadi. O'z ishlari samarasini oilada ko'rgan ishchilarda mamnuniyat hosil bo' ladi. 
Bunga qo'shimcha qilib ishchilar orasida birdamlikni yaxshilash uchun dam 
olish kunlariga sport o'yinlari tashkillab berish, ibodat qilishlari uchun alohida 
xona tayyorlab qo'yish, ishlar ko'paygan vaqtda ular bilan birga mehnat qilish yoki 
menejerning minnatdorlik bildirib, ruhlantirib turishi ham ishchanlikni oshirishda, 
ishchi va kompaniya o'rtasida munosabatni yaxshi bo'lishida, qolaversa 
kompaniyaning rivojiga ijobiy ta'sir qiladi. Yana Lojin logistiksni eslang. Kuz 
mavsumida yuklar ko'payib ish qizg'in pallaga yetganda, menejerlar ishchilarni 
kuzatib, qiyin vaqtda ularni dam olishiga biroz vaqt berib, o'rniga o'zi ishlab turgan 
holatlar ham bo'lgan. Natijada yollanma ishchilar ana shu jo'natmalarni ehtiyotlab, 
avaylagan holda yuklash va tushirish ishlarini olib borishadi. Lotte log.sda esa buni 
aksini ko'rish mumkin. Sabab menejerlar deyarli bunday qilishmaydi va ba'zi 
jo'natmalar manziliga sog'-omon holatda yetib bormaydi. Buning oqibati o'laroq 
aholi o'rtasida Lojin log.s ga nisbatan ishonch bir necha barobar kuchli va bir oz 
qimmat bo'lsada, odamlar Lojin log.s ning xizmatiga murojaat qilishadi. 
Shuningdek ish jarayonida paydo bo'layotgan boshqaruvdagi muammolarni 
ishchilardan samimiylik bilan qabul qilib, tanqidlarni tinglay ola bilib, ularni 
tashqariga chiqishidan avval hal qila bilishdek uddaburon menejerni albatta bozori 
chaqqon bo'ladi. 
Xulosa qilib aytiladigan bo'lsa, yuqoridagi muammolar hammasi aynan bir 
kompaniyada sodir bo'lmasada ko'p hollarda yakka -yakka turda uchrab turadi. 
Ishchilarni tez-tez rag'batlantirib, ularni ish joyidagi muammolarini tinglab, hal 
qilishga harakat qilish va ularni ruhlantirib turish kompaniya o'sishiga ancha 
yordam beradi.

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish