Darsning maqsadi: Ma’lumotlar ombori(bazasi) haqida tushuncha berish va ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlarining ishlash jarayonlari bilan tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Ma’lumotlarni tashkil qilish usullariga tavsif bera oladi.
2. Ma’lumotlar turlari va tuzilishini asoslay oladi.
3. Ma’lumotlar omborini ishlab chiqish va yaratish ko’nikmasiga ega bo’la oladi.
5. ACCESS dasturi bilan ishlash malakasiga ega bo’la oladi.
Kerakli jihoz va materiallar: Shaxsiy kompyuter, Windows operatsion tizimi, ACCESS dasturi, ma’ruza matnlari, har xil adabiyotlar, ma’ruza daftari.
Ishni bajarish tartibi:
Quyidagi bandlarda berilgan vazifalarga mos ma’lumotlar omborini tashkil eting va ko’rsatilgan amallarni bajaring:
Guruhingizda o’qiyotgan talabalarning ismi – sharifi, yoshi, yashash manzili, bo’yi, og’irligi ko’rsatilgan ma’lumotlar omborini tuzing. Ma’lumotlar omborini alifbo bo’yicha tartiblang.
Guruh jurnaliga ko’ra talabalarning fanlardan o’zlashtirishlari haqida ma’lumotlar omborini tuzing. Ma’lumotlar omboridan faqat: a) “a’lo” ga o’qiydigan; b) “a’lo” va “yaxshi” baholarga o’qiydigan talabalarni izlash uchun ma’lumotlar omboriga murojaat qiling.
Do’stlaringiz familiyasi, ismi, yashash manzili va telefon raqamlari ko’rsatilgan “Telefon ma’lumotnomasi” ma’lumotlar omborini tuzing. Ma’lumotlar omborini alifbo bo’yicha tartibga keltiring.
Siz o’qiyotgan universitet yoki institutda dars berayotgan professor – o’qituvchilardan 6 tasining familiyasi, ismi, sharifi, yoshi va olib borayotgan fani haqidagi ma’lumotlar omborini tuzing. Ma’lumotlar omborini turli ko’rsatkichlar bo’yicha tartiblash ishlarini bajaring.
Tekshirish uchun savollar:
Ma’lumotlar ombori deganda nimalar tushiniladi?
Ma’lumotlar omborida qanday ma’lumotlar saqlanadi?
Ma’lumotlar omborining qanday imkoniyatlari mavjud?
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deganda nimalar tushuniladi?
Ma’lumotlarning qanday turlari mavjud?
Ma’lumotlarni necha xil ko’rinishlarda saqlash mumkin?
Adabiyotlar:
S.S.G’ulomov va boshqalar, «Iqtisodiy informatika», Toshkent:«O’zbekiston»,1999 y.
S. S. G’ulomov va boshqalar, «Axborot tizimlari va texnologiyalari», Toshkent: «Sharq», 2000 y.
A. A. Abduqodirov, A. G’. Hayitov, R. R. Shodiev «Axborot texnologiyalari», T.: «O’qituvchi», 2002 y.
23-mavzu: Axborot tizimlari, ularni loyihalash, ishlab
chiqish va ulardan foydalanish
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Do'stlaringiz bilan baham: |