2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga ma’lumotlar omborini yaratish va ularni boshqarish bo’yicha ko’rsatmalar va tavsiyalar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Ma’lumotlar omborini yaratish usullarini izohlay oladi.
2.2. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi ishlarini tavsiflab bera
oladi.
2-asosiy savolning bayoni:
Ma’lumotlar bazalarini yaratish va ularga xizmat ko’rsatishni tashkil etish va dasturiy ta’minoti «ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi» nomi ostida birlashtirilgan dasturiy maxsulotlarning alohida vazifasidir.
Hozirgi kunda bir qancha ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yaratilgan. Ularga REBUS, KARAT, SUBDQ, Dbase, FOXBASE, FOXPRO, ACCESS, CLIPPER, PARADOX, APPROACH, ORACLE va boshqalar kiradi.
Bu tizimlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ma’lumotlar bazasida joylashgan ma’lumotlarni ko’rish ya’ni ma’lumotlar omboriga kirish, foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan qat’iy nazar unga qulay ko’rinishda javob berish.
Ma’lumotlar bazasiga yangi yozuvlarni kiritish ya’ni ma’lumotlarni modifikatsiyalash, berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda o’zgartirish.
Ishonchlilik darajasi, qurilmalar tasodifan to’xtatilganda ma’lumotlar omborining qayta tiklanish qobiliyati.
Ma’lumotlar bazasining yozuvlarini tahrirlash.
Ma’lumotlar bazasidan tegishli hisobotlarni olish.
Ma’lumotlarni himoyalash, ma’lumotlar omboridan ruxsatsiz foydalanishning cheklanganligi.
Ma’lumotlar omboridan tarmoqda foydalanish, ma’lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining foydalanishi.
Ma’lumotlar bazasining yozuvlaridan nusxa olish va boshqalar.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bir vaqtning o’zida 9 xil turdagi fayllar bilan ish yuritadi. Ular quyidagilar:
dbt – ma’lumotlar bazasining xotira fayli.
dbf – ma’lumotlar bazasining aktiv (faol) fayli(kompyuter xotirasida jadval sifatida saqlanadigan fayllar).
ndx – ma’lumotlar bazasining tartiblashgan fayli.
mem – xotira faylining ishchi fayli.
prg – ma’lumotlar bazasining buyruqli fayli.
fmt – ma’lumotlar bazasining formatlashgan fayli.
ebe – ma’lumotlar bazasining ko’rsatkichli fayli.
frm – ma’lumotlar bazasining hisobot fayli.
txt – ma’lumotlar bazasining matnli fayli.
Har bir ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi buyruqlarining miqdori va bajarilish tartibi bilan bir – biridan farq qiladi. Masalan, REBUS tizimida 72 ta, KARAT tizimida 128 ta, SUBD+ tizimida 176 ta buyruqlar mavjud. Buyruqlar menyu tizimida yoki oddiy tizimda ishlashi mumkin.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi o’zining ma’lum ko’rinishdagi ichki tuzilishiga, amalga oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo’lishi kerak. Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga ajratiladi.
Ma’lumotlar ombori – axborotlar tizimlarining eng muhim tarkibiy qismi. Turli sohalarda bank sohasida, telefon, pochta, telegraf sohalarida, barcha boshqaruv sohalarida ishlovchi xodimlar va administratorlarning ishini engillashtirish uchun har biriga mos ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari yaratilgan.
Ommaviy foydalanuvchilar – dasturlovchi bo’lmaganlarga mo’ljallangan namunaviy zamonaviy vositalar yordamida ma’lumotlar bazalarini yaratish texnologiyasi Microsoft Access tomonidan taqdim etildi. Yakuniy foydalanuvchilarga mo’ljallanganligiga qaramay, Access da dasturlash tili mavjud Microsoft Office ning boshqa dasturlovchi vositalari bilan integratsiyalashishga imkoniyat bor.
Access – bu, bir foydalanuvchiga mo’ljallangan ma’lumotlar omborini boshqarishning ommaviy eng zarur tizimidir. Ma’lumotlar saqlanishi va kirish muammolari himoya vositalaridan foydalanish yordamida hal qilinadi, ularni Access taqdim etadi.
Ma’lumotlar bazasini yaratishning boshqa texnologiyalari orasida Access ning asosiy xususiyatlari yakuniy foydalanuvchi (dasturlovchi bo’lmaganda) yo’naltirilganligi, Windows uchun Microsoft Office ning barcha mahsulotlarini qurishda qabul qilingan umumiy yondoshishning saqlanib qolganligi, foydalanishda ommaviyligini o’z ichiga oladi.
Muhokama uchun savollar:
2.1. Ma’lumotlar omborining qanday imkoniyatlari mavjud?
2.2. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deganda nimani tushunasiz?
2.3. Ma’lumotlarni necha xil ko’rinishda saqlash mumkin?
2.4. Access dasturi haqida ma’lumot bering.
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
1. Ma’lumotlar ombori bilan ishlaydigan dasturlar imkoniyatini takomillashtirish.
2. Respublikamizdagi barcha sohalarda ishlatilayotgan ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash tizimini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |