Ызбекистон республикаси олий ва ырта


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi



Download 2,61 Mb.
bet5/79
Sana23.06.2022
Hajmi2,61 Mb.
#694638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
inf va at majmua toshtemirov d

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Kompyuterning tuzilishi va fizik asosi haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Kompyuterning tuzilishi nimalardan iborat ekanligini ayta oladi.
2.2. Kompyuterning tashkil etuvchilarini izohlay oladi.
2.3. Kompyuterning fizik asoslariga tavsif bera oladi.
2-asosiy savolning bayoni:
Insonlar o’zining hayoti davomida qadim zamonlardan boshlab, hisoblash ishlarini olib borishgan va bu hisoblash ishlarini ma’lum texnik vositalar orqali engillashtirishga harakat qilishgan.
XVII asrda logarifmlar kashf etildi va shundan keyin yangi hisoblash asbobi – logarifmik lineyka yaratildi. Shu vaqtda Shikkard, Paskal va Leybnitslarning hisoblash mashinalari yaratildi. Frantsuz olimi Blez Paskal tomonidan 1642 yilda yaratilgan jamlovchi mexanik mashinasi birinchi hisoblash mashinasi deb hisoblanadi. Ayni shu vaqtda Shtutgart shahri arxivida professor V. Shikkard 1623 yilda kashf etgan hisoblash mashinasining chizmasi topilgan. Bu tor doiradagi kishilarga ma’lum bo’lgani uchun birinchi hisoblash mashina deb e’tirof etilmagan. 1673 yilga kelib yana bir hisoblash mashinasi nemis matematik olimi G. V. Leybnits tomonidan kashf qilindi. Bu mashina to’rtala (qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish) arifmetik amallarni bajarar edi. Taniqli ingliz olimi Ch. Bebbidj tomonidan yaratilgan mexanik arifmometr XIX asrning yana bir kashfiyoti bo’ldi. Bu mashina murakkab masalalarni echadigan matematik mashinalarning paydo bo’lishiga asos soldi. XX asrning 30-40 yillarida EHM larning yaratilishiga zamin tayyorlandi. AQSh ning Pensilvaniya universiteti olimlari J. Mouchli va J. Presner Ekkert loyihasi asosida 1942 yilda «ENIAK» deb nomlangan birinchi EHMni yaratishdi. Bu tarixda eng katta EHM bo’lib, og’irligi 30 tonnani tashkil qilgan, 150 kvadrat metr joyni egallagan va 18 ming vakuumli lampalar ishlatilgan. Bu EHM ballistik jadvallarni hisoblashda, atom energetikasi va koinot hisob – kitoblari uchun qo’llanilgan. Bu mashinaning tuzilishini tahlil qilish asosida amerikalik matematik J. Fon Neyman EHM yasashning asosiy tamoyillarini, jumladan ikkilik sanoq sistemasidan foydalanish va dasturni joriy xotirada saqlash usullari g’oyasini ilgari surdi.
EHM tuzilishi qanday bo’lishini 1945 yilda mashhur matematik Jon fon Neyman asoslab bergan va uning ko’rsatmasi ya’ni fon Neyman tamoyili bo’yicha EHM(kompyuter)lar tarkib topadi va ishlaydi.
Umumiy holda kompyuterlar uch qismdan tashkil topadi:

  1. Protsessor – ma’lumotlarni qayta ishlovchi qurilma.

  2. Xotira qurilmasi - ma’lumotlarni saqlovchi qurilma.

  3. Kiritish – chiqarish qurilmalari – ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va chiqarish ishlarini bajaruvchi qurilmalar.

Kompyuterning alohida qismlarini yaratishda quyidagi fizik qurilma bloklari keng tarqalgan:
Triger – deb ikki turg’un holatning birida turgan hamda teskari aloqa vositasiga ega bo’lgan kompyuter elementlariga aytiladi. Registrlar – deb bir necha sondagi trigerlar, mantiqiy elementlar birlashmasidan tashkil topib, berilgan axborotni o’z xotirasida saqlash, kerak bo’lgan holda o’zgartirish va uzatish uchun mo’ljallangan tezkor xotira qurilmasiga aytiladi.
Sanagich – bu, o’z kirishiga kelib kirayotgan ma’lum bir shakldagi signal yoki impulslarni sanash uchun mo’ljallangan qurilmadir.
Jamlagichlar – kompyuterda sonlarni qo’shish uchun xizmat qiladi. Uning ishlash tamoyili sonlarni qo’shish qoidasiga asoslangandir.
Kompyuterga kirayotgan axborotni kodlovchi qurilma shifrator, kompyuterdan olinayotgan natijani yana kodlash amalining teskarisiga o’tkazuvchi qurilma deshifrator deb ataladi. Deshifratorlar diodlar, tranzistor, ferromagnit o’zaklar, integral sxemalar, mantiqiy elementlar asosida qurilishi mumkin. Deshifratorlar ikkilik, sakkizlik, ikkilik – o’nlik, o’n oltilik sanoq sistemalariga moslanishi mumkin.
Muhokama uchun savollar:
2.1. Kompyuterning paydo bo’lish tarixi nimalardan iborat.
2.2. Kompyuter qanday qismlardan tuzilgan.
2.3. Kompyuter avlodlari va ularning bir – biridan farqi.
2.4. Kompyuterning fizik asosi nimalardan iborat.
Mustaqil ish topshiriqlari:
2.1. Ikkilik, sakkizlik va o’n oltilik sanoq sistemalarida arifmetik amallarning bajarilishi.
2.2. Kompyuter fizik qurilmalarining ishlash tamoyillari.
Foydalaniladigan adabiyotlar:

  1. M. M. Aripov, T. Imomov va boshqalar «Informatika, axborot texnologiyalari» T. TDTU, O’quv qo’llanma, 1-2 qism, 2002, 2003 y.

  2. T. A. Nurmuxammedov «IBM PC va MS DOS bilan tanishuv» T. - «Mehnat» – 1994 yil.

  3. A. Sattorov, B. Qurmonboev «Informatika va xisoblash texnikasi asoslari» T. – «O’qituvchi» – 1996 yil.

Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:

  1. Turli xil sonli va matnli ma’lumotlarning ishonchliligini aniqlash usullarini ishlab chiqish.

  2. Zamonaviy kompyuterlar tuzilishini takomillashtirish.

  3. Kompyuterlarning fizikaviy asosining takomillashtirilgan variantlarini ishlab chiqish.




Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish