Tayanch tushunchalar:
Voiz - diniy maz^gunda va`z qiluvchi, va`z aytuvchi, va`zxon. Jargon - (frantsuzcha)
Biror ijtimoiy guruhning o`ziga xos, va o`zigagina tushunarli bo`lgan, boshqalar
tushunmaydigan yasama tili.
Uzus - Biror til jamoasida til sistemasida mavjud bo`lgan imkoniyatlarning foydalani
kelinayotgan qismi uzus deyiladi. Uzus bir tilni boshqasidan ajratib turadigai shartlarni ham tiliing
ichki normalarini ham o`z ichiga oladi.
Mavzu: Grammatik stilistika va nutq madaniyati.
Reja:
1.
Nutq madaniyati nima?
2.
Nutq madaniyati madaniyatimiz tarixi.
3. Nutq madaniyatining tarkibiy qismlari.
4. Nutq madaniyatining sifatiy belgilari.
1.
Nutq madaniyati salomlashish madaniyati, ovqatlanish madaniyati kabi
muayyan jamiyatga xos bo`lgan, ko`pchilik tomonidan me`yor sioftida qabul qilingan
madaniyatlar tizimidagi bir halqadir.
Ana shu halqalarning o`zaro zich munosabatidan shu jamiyatning madaniyati
vujudga keladi. Demak, nutq madaniyati ma`lum bir jamiyatning muayyan bir davrdagi
milliy madaniyatning tarkibiy qismidir.
2. Shuning uchun ham bizning ajdodlarimiz nutq madaniyatiga alohida ahamiyat
berganlar. Xususan, halifa Abdulmalik nutq madaniyatiga, notiqlik san`atiga ega
bo’lmagan,
til
go`zalligini
namoyish
eta olmaydigan kishi hokimiyatni boshqarishi mumkin emasligini e`lon qildi.
Natijada jamiyatda, hokimiyatni boshqarishda, fan sohasida katta yutuqqa erishish
uchun har bir shaxs o`z ona tilining boy imkoniyatlarini to`la egallashi va uni amalda
qo’llay olishi shart qilib qo`yildi.
Abu Nasr Farobiy ham "Fozil odamlar shahri" kitobida fozil kishining fazilatlaridan
biri sifatida nutq madaniyatini tilga oladi. Bu an`ana islom olamida uzoq davrlargacha davom
etdi. Xususan, Temuriylar davrida ham bola tarbiyasida
nutqiy madaniyatni
shakllantirishga katta e`tibor
berildi. Zahiriddin Muhammad Boburning o`g’li Humoyunga
yozgan maktubi, unda Humoyunning maktub yoz i sh ga e `t i bo r si z l i gi , g’al i z v a
dabd abal i ifodalar qo`llagani qattiq tanqid ostiga olgani va xatni qanday yozish kerakligi
haqida pand — nasihatlar qilgani fikrimizning yorqin dalilidir.
3. Mustaqillik qo`lga kiritilgandan so`ng Prezidentimiz ko`rsatmasi bilan ta`lim
tizimini tubdan yaxshilashga jiddiy e`tibor berildi. Shu tufayli "Kadrlar tayyorlashning
milliy dasturi" ishlab chiqildi.
Dasturga muvofiq, ta`lim tizimida katta sifatiy o`zgarish ro`y berdi. Yurtboshimiz
I.A.Karimov o `q i t i s h j a r a yo n i n i t u b d a n o `z g a r t i r i s h g a , o`quvchilarni passiv
kuzatuvchidan faol, mushohadali, fikrlaydigan sub`yektga aylantirishga da`vat etmoqdalar.
O`qitishning bosh maqsadi o`quvchilar fikrini o`stirishga qaratilmog’ini ta`kidlamoqdalar.
Til va tafakkur o`zaro dialektik aloqadadir. Fikr o`stirish bevosita nutq o`stirish
demakdir. Shuning uchun ham hozirgi kunda ta`lim tizimida chuqur fikrlaydi gan, o`z
fikrini erkin va ta`sirchan bayon qilib beradigan yoshlarni tarbiyalashga e`tibor berilmoqda.
4. Nutq madaniyati haqida fikr yuritishdan oldin nutqning o`zi nima? Uning til
bilan aloqasi qanday, degan savollarga javob berish kerak bo`ladi.
4.1. Hozirgi kunda til va nutq bir -biridan izchil ravishda farqlanadi. Bunday
farқlanish tilshunoslik fanida mashhur Shvetsariya olimi Ferdinand de Sossyurdan
boshlandi. U o`zining "Umumiy lingvistika kursi" asarida bu ikki tushunchani bir —
biridan aniq farqlab berdi.
4.2. Biz bevosita fikr almashish jarayoinida ma`lum bir xalqning uzoq
davrlardan beri foydalanib kelayotgan aloqa vositasini ishga solamiz. Fikr almashish
jarayoni nutqiy jarayon yoki nutqiy faoliyat hisoblanadi.
Nutqiy faoliyat ikki va undan ortiq kishilar o`rtasidagi fikr almashuv faoliyatidir. Har
qanday nutqiy faoliyat nutq ishtrokchilari uchun oldindan tayyor holda ajdodlardan meros
bo`lib o`tgan, barcha jamoat a`zolari uchun babbaravar xizmat qiluvchi aloqa vositasi orqali
amalga oshadi. Demak, so`zlashuvchilar ongida tayyor holda aloqa vositasi mavjud bo’ladi.
Ana shu ijtimoiy ruhiy jamiyatning barcha a`zolari ongida o’zidan oldingi ajdodlari og’zidan
eshitish orqali ko’nikma sio’atida mavjud bo’lgan aloqa vositasi til hisoblanadi. Har
qanday tilning fikr almashish jarayonida bevosita voqe bo’lishi nutqdir. Demak, biz real
talao’o’uz qilgan va qulog’imiz bilan eshitgan birliklar nutqiy birliklar sanaladi,
4.3. Nutqiy faoliyat uchun muayyan axbrotni uzatish va qabul qilishgina kifoya
qilmaydi. Nutq faoliyati uchun nimani bayon qilish bilan birga, uni qanday bayon qilish ham
katta ahamiyatga ega. Axborotni qanday bayon qilish nutqiy madaniyatning o`rganish
ob`yekti sanaladi.
5. Nutq madaniyati va tilning adabiy me`yori (normasi) o`rtasida uzviy aloqa
mavjud. Nutq madaniyati tilning adabiy me`yoriga asoslanadi. Demak, nutq madaniyati
haqida gapirishdan oldin adabiy me`yori haqida fikr yuritish lozim bo`ladi.
6. Adabiy me`yor ma`lum bir tilning muayyan bir davrida umumxalq tomonidan
e`tirof etilgan va badiiy til ustalari, tilshunoslik mutaxassislari tomonidan belgilangan til
me`yorlari sistemasidir.
Adabiy me`yor sistema ekan, demak, u ham ma`lum ichki tuzilishga ega bo`ladi. Uning
ichki tuzilishi quyidagilardan iborat:
a) Fonetik me`yor:
b) Orfograo’ik me`yor:
v) Leksik me`yor:
g) Morfologik me`yor:
d) Sintaktik me`yor.
Normativlik xususiyati adabiy tilning markaziy va eng muhim belgisidir. Normativlik
adabiy tilning o`ziga xos mohiyatidan iborat bo`lib, adabiy tilning ko`p vazio’alilik,
umumxalqiylik, umummajburiylik xususiyatlari mana shu belgisiz amalga oshmaydi. Chinakam
ma`noda normativlikka erishgan, adabiy normalari mana shu asosda shakllangan tilgina o`zining
umumiylik doirasidagi kommunikativ vazifalarni to`liq amalga oshira oladi. Shu tufayli ham
milliy adabiy tilda uning okzaki va yozma shaklida norma (me`yor) tushunchasi belgilovchi
xususiyat hisoblanadi.
Norma termini tilshunoslikda ko`pincha ikki ma`noda tushuniladi: birinchidan, tildagi
umum tomonidan qabul qilingan va mustahkamlangan ikkinchidan, norma deb grammatikalarda
lug`atlarda, qo`llanmalarda tavsiya qnlingan yetakchi yozuvchi yoki shoirlar asarlaridan
keltirilgan nufuzli faktlar bilan isbot qilingap va mustahkamlangan qoida tushuniladi.
Normativlik, ya`ni me`yoriylik adabiy tilning yashash shartlaridan biridir. Adabiy tilda
mavjud bo`lgan tovushlar, so`zlar, so`z birikmalari, turli qo`shimchalar, sintaktik qurilma nutq
jarayonida ma`lum qonun-qoidalarga aytaylik kelishilgan ko`pchilik tomonidan ma`qullangan
norma deb tan olingai ko`rsatmalarga bo`ysungan holda amal qiladi. Mana shu qonun -
qoidalarning buzilishi yoki ulardan chetlashish tilda normaning buzilishi, unga amal qilmaslik
deb baholanadi. Demak, adabiy til muaayyan konkret normativ vositalar, imkoniyatlar ularni
qo`llash bilan bog`liq, qonun-qoidalar ko`rsatmalar yng`indisidan iboratdir O`zbek adabiy tili
normalari ilmiy asoslarda tubandagicha tasnif etiladi:
1.Leksik-semantik
normalar-leksik
(so`z-qo`llash)
normalari.
2.Talaffuz (orfoepik) normalar.
3. Aktsenologik (so`z va formalarda urg`uning to`g`riligi) normalari.
4. Fonetik normalar.
5. Grammatik (moro’ologik va sintaktik normalar).
6. So`z yasalishi normalari.
7. Imloviy normalar.
8. Yozuv (grafik) normalari.
9. Punktuatsion normalar.
10. Uslubiy normalar.
Norma tilning ijtimoiy vazifa bajarilishining asosiy sharti bo`lib, unga amal qilish shu
tilda so`zlashuvchi va yozuvchilar uchun majburiydir. O`zbek tilining qanchalik normaga
keltirilganligi va unga qanchalik amal qilinishi umummilliy o`zbek madaniyatining taraqqiyot
darajasini belgilovchi omillardan biridir.
Adabiy normaning yuqorida keltirilgan turlari va ular orasidagi munosabatlarni o`zbek
adabiy tiliga tadbiqan jadvalda tubandagicha ko`rsatish mumkin:
Mu
Do'stlaringiz bilan baham: |