Logistik va moliyaviy menejment o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
quyidagilarda namoyon bo‘ladilar:
1. Korxonaning aylanma sarmoyasi, masalan, moddiy resusrlar va tayyor
mahsulotlariga qo‘yilgan sarmoyalarning hajmi va aylanuvchanligi bilan;
2. Xaridlar va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni pasaytirish, yo‘llarini
birgalikda qidirish bilan, shu jumladan tashish, yuklarni qayta ishlashni
muvoffiqlashtirish yo‘li bilan.
Logistikaning buxgalteriya hisobi hisobot tizimi bilan bog‘liqligi
muammosi ham dolzarbdir, u tashkil qiluvchi to‘liq logistik xarajatlarni ajratishga
moslashgan bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, logistika korxonaning tizimli barqarorligiga ko‘maklashadi,
marketing, ishlab chiqarish va moliyani samarali muvofiqlashtirishni ta’minlaydi va
asosiy boshqaruv qarorlarini muvofiqlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |