Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


O’zbekistonda rekreatsiyani rivojlantirishning ekologik-iqtisodiy asoslari



Download 1,39 Mb.
bet62/120
Sana29.06.2021
Hajmi1,39 Mb.
#105156
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120
Bog'liq
E K O L O G I YA

O’zbekistonda rekreatsiyani rivojlantirishning ekologik-iqtisodiy asoslari. Har qanday dam olish turi ma’lum hududda amalga oshiriladi, lekin mazkur hudud ma’lum muddatga xordiq chiqarish uchun kelganlarni ekologik jihatdan o’ziga sig’dira oladimi yoki yo’qmi bu masala uning ekologik sig’imi bilan aniqlanadi. Ekologik sig’im shunday o’rtacha me’yorki unda rekreantlar miqdori ekologik maydonga to’g’ri kelib, undan oshmasligi lozim, aks holda tabiiy muvozanat buziladi. Bu borada ma’lum andozalar, me’yoriy ko’rsatkichlar ishlab chiqilgan. Masalan, yozda suv havzalarida cho’milayotganlar uchun dengiz plyaji har bir cho’miluvchi uchun kamida 5 m2, ichki suv havzalarida 8 m2, bolalarga esa 4m2, daryolarda har bir cho’miluvchi uchun kamida 5-10 m2, oqmas havzalarda 10-15 m2 akvatoriya bo’lishi lozim. Agarda cho’miluvchilar miqdori ko’rsatilgan miqdordan ortib ketsa, u holda suvning ifloslanishi tezlashadi, binobarin gidroekologik muvozanat buziladi, uning oqibatlari barchaga ayon.

Tog’ yonbag’irlari, qirlar, adirlarda bahorda (lola sayili, yalpiz yig’ish, oddiy hordiq chiqarish) dam oluvchilar soni keskin ortadi, bunda ma’lum kichik hududda rekreantlarning soni mo’ljaldagidan ko’p bo’ladi. Natijada o’simlik va tuproq toptaladi, turli giyohlarning miqdori keskin kamayadi, dam oluvchilar o’zlari bilan olib kelgan ba’zi narsalarni shu joyda qoldiradilar(oziq-ovqat qutilari, qog’ozlar, ichimlik idishlari, sigaret qoldiqlari va b), binobarin atrof-muhit ifloslanadi. Hisob-kitoblarga ko’ra bunday sharoitda dam oluvchilarni o’rtacha miqdori har gektar maydonga bir kunda 18-20 kishini tashkil qilishi mumkin.

Tabiatda rekreatsiya imkoniyatlaridan foydalanish bo’yicha hozirgacha ko’p sohalarda ekologik sig’im, o’lcham, miqdoriy ko’rsatkichlar, ruxsat etilgan me’yor(REM) andozalari ishlab chiqilgan va ular amalda tadbiq etilgan. Ularga rioya qilish va bajarish albatta shart. Aksincha esa, tabiatda turli noxush hodisalar tarkib topa boshlaydi.

Rekreatsiyani rivojlantirishning iqtisodiy asoslari-go’zal tabiat imkoniyatlari vositasida insonning dam olishi uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirishga bog’liq. Dam olish mumkin bo’lgan tabiat quchog’ida tegishli infratuzilma tashkil etilmasa, rekreantlarga ko’ngildagidek xordiq chiqarish imkoni bo’lmaydi. Rekreatsiya infratuzilmasi–bu dam olish ob’ektlari (sanatoriya, kurort, pansionat va b.) ga transport kommunikatsiyalari, elektr va tabiiy gaz tarmoqlari tutashtirilgan bo’lishi lozim. Dam olish ob’ektida mumkin bo’lgan sport maydonlari va jihozlari, suv havzalari (cho’milish uchun, sayr uchun, qayiq, katamaran va boshq.), sohil bo’yi manzaralari daraxtzorlar bilan band bo’lishi, emakxona, avtotransport uchun maxsus joylar, telefon va xordiq chiqarish uchun boshqa zaruriy imkoniyatlar bo’lishi lozim. Dam oluvchilarni tabiat peyzaji, tarovati, xushmanzaraligi lol qoldirishi kyerak, toza havo, suv, sarxil mevalar, shifobaxsh balchiq, minyeral suvlar eng zaruriy omillarki, ularning bisyorligi insonni ko’ngildagidek xordiq chiqarishi uchun asos bo’ladi.

Rekreatsiya infratuzilmasi qanchalik takomillashgan bo’lsa xordiq chiqaruvchilarning ham sog’liqlarini tiklashi shunchalik darajada yuqori bo’lishiga yerishiladi. Bu o’z navbatida dam olish maskanlarining malakali mutaxassislar bilan taminlanishga ham bog’liq.

O’zbekistonda rekreatsiya ob’ektlari ko’p bo’lsada ular barcha rekreantlar talabini qondira olmaydi. Chunki, aholi soni ortib bormoqda, shuningdek, xorijiy davlat fuqarolarini ham qabul qilish lozim, Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon, Chirchiq-Ohangaron, Farg’ona vodiylarida hali juda ham ko’plab sanatoriya, kurort, pansionat, bolalar shifoxonalarini bunyod etish uchun imkoniyatlar katta. Agar ularda tegishli rekreatsiya infratuzilmalari tashkil etilsa mamlakatimiz aholisining sog’ligini tiklashga katta hissa qo’shgan bo’ladi.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish