O’zbekistoning rekreatsiya imkoniyatlari va ulardan foydalanish. Rekreatsiya sohasining xalq xo’jaligi tuzilmasida tutgan o’rni benihoya katta. O’zbekiston rekreatsiya resurslari, uning turli tiplari bo’yicha ko’pligi jihatidan oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Nafaqat dam olish, sayyohlik, sog’liqni tiklash, shuningdek chet el sayyohlarini qabul qilish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Qulay tabiiy sharoitlar va resurslar, tarovatli tabiat go’shalari,nafosatli betakror tabiiy tog’ peyzajlari, suv omborlari, ko’llar, daryo va kanallar har qanday kishini lol qoldiradi. Oromgohlarda muntazam dam olish, go’zal tabiat qo’ynida sport bilan shug’ullanishni hamma orzu qiladi.
O’zbekistonda nafaqat yilning issiq vaqtlari, shuningdek qish va kuzda ham faol dam olish imkoniyatlari mavjud. Chimyondagi qishki sport-dam olish majmuasi buning yorqin dalilidir. Bu oromgohda 1800-2000 m. balanlikda kuzdan kech bahorgacha qor bilan bog’liq bo’lgan barcha sport turlari va o’yinlari bilan shug’ullanish imkoniyatlari mavjud. Xuddi shunday sport oromgohlarini Qashqadaryo, Surxondaryo havzalarida ham tashkil qilish uchun barcha tabiiy sharoitlar bor.
O’zbekiston tabiati boy va rang-barangdir. Mamlakatning turli hududlarida 200 dan ortiq shifobaxsh yer osti minyeral suvi va balchiq manbalari aniqlangan. Ushbu yer osti suvlari kimyoviy tarkibi, tibbiy-biologik va boshqa xususiyatlariga ko’ra turli- tumandir. Ushbu manbalar asosida fiziotyerapevtik shifoxonalar, sanotoriy-kurortlar va boshqa sog’lomlashtirish muassasalari tashkil etilgan. Ulardan - Chimyon, Chortoq, Shohimardon va boshqalar dunyo ahamiyatiga ega. Umuman olganda, respublikada 8000 dan ziyod kishiga mo’ljallangan maxsus sanatoriy, profilaktoriy, dam olish uylari ishlab turibdi.
O’lkada qo’shimcha sanatoriy, kurort, profilaktoriy, dam olish uylari tashkil etish uchun qulay rekreatsion sharoitlari bisyor, ular ayni tog’ oldi va tog’ mintaqalaridagi orombaxsh va iqlimiy jihatdan mos bo’lgan tog’ vodiylarida vujudga keltirilishi maqsadga muvofiq. Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon, Sangzor, Ohangaron daryolariga oqib tushuvchi bir necha tog’ soylari vodiylarida rekreatsiya resurslari juda ham boy. Agarda mazkur hududlarda ham yangi oromgohlar tashkil etilsa, nafaqat mamlakat aholisi shuningdek Markaziy Osiyo, balki xorijiy fuqarolarining ham dam olishlari uchun yangi joylar vujudga kelgan bo’lar edi.
O’zbekiston dunyoga mashhur o’rta asr arxitektura yodgorliklari (Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo’qon, Toshkent va boshq.), Islom dinining ko’zga ko’ringan nomoyondalari(Imom Al-Buxoriy, Imom At-Tyermiziy, Naqshbandiy va boshq.), fan va adabiyot, san’at namoyondalari(Al-Farobiy, Byeruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alishyer Navoiy, Zaxiridin Bobur, Behzod va boshq.), davlat arboblari (Amir Temur va boshq.) yashab ijod etgan va ulardan yorqin iz qolgan yurtdir. Dunyo xalqlari, xususan Sharq va Evropa xalqlari ular bilan juda ham qiziqadi. Buning uchun tegishli shart-sharoitlar bunyod etilsa, ularning oqimi O’zbekistonga g’oyatda tez ko’payadi. Masalan, Imom al-Buxoriy maqbarasi chet el sayyohlari kelib ko’radigan, ziyorat qiladigan zamonaviy rekreatsiya ob’ektiga aylandi.
O’zbekistonga bir yil mobaynida o’rtacha 500 ming chet el sayoyhlari kelib ketadi, bu raqam boshlamasiga yaxshi, lekin boshqa xorijiy davlatlarga kelayotgan chet ellik sayyohlar miqdoriga nisbatan juda ham kam, bu raqam kamida birinchi navbatda 2 mln.. keyinchalik 3-4 mln.. bo’lishi lozim. Chunki, mamlakatimizda xorijiy mehmonlarga ko’rsatadigan ob’ektlar syerob, ular O’zbekistonga kelib hech vaqt afsuslanmaydilar, faqat ular uchun rekreatsiya infratuzilmasini dunyo andozalariga mos holda vujudga keltirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |