Buzilgan yerlarda rekultivatsiya tadbirlari. Ma’danlar qazib olingan karyerlar, chiqindi jinslar to’plamalari tyerrikonlar, ag’darmalar, burg’ilash maydonlari, kon qazib olish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hududlarda tabiiy muhit buziladi. Bunday joylar odatda “buzilgan yerlar” deb ataladi. Buzilgan yerlar relefi o’ydim-chuqur, qir-tepalik bo’lib ketadi va o’simlik olami umuman yo’qoladi. Konlar qazib olib bo’lingandan keyin ular o’rnida tarkib topgan bunday buzilgan yerlardan foydalanish qiyin bo’lib qoladi. Shuning uchun ular qayta tuzatilishi, ya’ni rekultivatsiya qilinishi lozim bo’ladi.
Buzilgan yerlarning mahsuldorligini qayta tiklash va ularning xo’jalik samaradorligini yana ko’tarish maqsadida rekultivatsiya ishlari amalga oshiriladi. Rekultivatsiya ikki bosqichda, ya’ni texnik va biologik bosqichlarda kechadi. Texnik bosqichda yerlar tekislanadi, relefning notekisligi foydalanish maqsadiga moslab o’zgartiriladi, tub tog’ jinslari ustiga tuproq yotqiziladi. Tyerrikonlar, ag’darmalar usti tekislanadi, yonbag’irlari zarur qiyalikka keltiriladi. Shundan so’ng biologik rekultivatsiya bosqichida tuproqlarning umumdorligini oshirish bo’yicha tadbirlar amalga oshiriladi, deflyatsiya va sho’rlanish hodisalarning oldini olish bo’yicha ishlar bajariladi.
Karyerlar, shaxtalar, burg’ilash ishlari olib borilgan joylarda odatda yerlar turli darajada buziladi. Ma’dan qazib olish ishlari tugagandan so’ng yerlar xo’jalikda foydalanish uchun topshirilishi lozim. Chunki yerlar buzilgan holda qoldirilib ketilsa, ularda turli noxush tabiiy jarayonlarning rivojlanishi, yerlarning obdon ishdan chiqishiga olib keladi. Tyerrikonlar, ag’darmalar agarda ular radioaktiv jihatidan xavfsiz bo’lsa, usti tekislanishi, ortiqcha gruntlar atrofidagi pastkamliklarga tashlanishi, yon bag’irlari juda ham kichik 0,5-2 daraja qiyalikda tekislanishi zarur bo’ladi. Katta qiyalik (2-3° dan ko’p) yeroziya, surilma, o’pqon hodisalarining vujudga kelishiga sababchi bo’lishi mumkin. Ag’darmalar va tyerrikonlar yuzalari dag’al tog’ jinslaridan iborat bo’lsa, ularni mayda jinslar, tuproq solinishi, tabiiy o’simliklar o’sishiga yaroqli qilinishi kyerak. Biologik rekultivatsiya bosqichida avvaliga tez o’suvchi tabiiy o’simliklarni ekish maqsadga muvofiq. Keyinchalik tuproq sharoitlari yaxshilanishi va sug’orish imkoniyatlari hal qilinishi bilan madaniy ekinlarni ekish uchun qulay ekologik sharoit tarkib topadi.
Qurilish matyeriallari (shag’al, qum, tosh, gil, lyoss, lyossimon jinslar va b.) olingan karyerlar ko’pincha juda chuqur va katta maydonni egalagan bo’ladi. Toshkent atrofidagi (Yalong’och) g’isht zavodlarining karyerlari nihoyatda katta, bu yerda relef juda ham o’zgarib ketgan. Ko’pincha karyerlar shundayligicha tashlab ketiladi. U kyeraksiz tashlandiq yer bo’lib yotadi. Lekin qarovsiz qoldirilgan karyerlar rekultivatsiya bosqichlaridan o’tkazilib, xo’jalikda foydalanilsa iqtisodiy jihatdan katta foyda byeradi. Daryo qayirlaridagi shag’al, tosh va qum karyerlari foydalanib bo’lingandan so’ng, odatda tabiiy holda ko’lga aylanadi yoki axlatxona sifatida foydalanish boshlanadi. Chunki, turli korxonalar o’zlarida foydalanilmagan turli chiqindilarni ularga olib kelib tashlaydilar. Binobarin, karyerlarning turli chiqindilar bilan to’lishi daryo suvining ham ifloslanishiga olib keladi. Chunki, qayir va past tyerrasalarda grunt suvlarining sathi yer betiga juda yaqin turadi.
Bizningcha, daryo qayirlari va quyi tyerrasalardagi chuqur karyerlarni qo’lbola ko’llarga aylantirish maqsadga muvofiq. Ko’l atrofida odamlarning xordiq chiqarishi uchun daraxtzorlar bunyod etish, ovqatlanish, sport, madaniy–maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari kabi infratuzilma ob’ektlarini vujudga keltirish mumkin. Bunday ko’lda yozda cho’milish, baliq tutish, suv sporti o’yinlarini o’tkazish uchun chiroyli manzarali so’lim go’sha tarkib topadi.
Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish umuman olganda juda ham kichik maydonlarda amalga oshirilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistonda 1987 yilda atigi 2,3 ming, 1988 yilda 1,6, 1989 yilda 1,9, 1990 yilda 3,3, 1991 yilda 0,52, 1992 yilda 1,7, 1993 yilda 0,CAPut!’ ming ga buzilgan yerlar tuzatib foydalanish uchun topshirilgan. Bu ish Ustyurt platosida bundan ham sust. Sharqiy chinkka yaqin joyda o’tkazilgan ikki qator magistral gaz quvurlarini joylashtirish 60-yilarda amalga oshirilgan edi. Lekin shu vaqtga qadar ham buzilgan yaylov o’zining avvalgi tabiiy holiga qaytgani yo’q. Chunki, quvurlar qo’yilgan xandaq, shoshma-shosharlik bilan pala-partish bekitilgan, eng ustki tuproq qatlami ustida qattiq ohaktosh jinslar parchalari mavjud, mayda tuproq umuman solinmagan, natijada har bir yo’nalish bo’yicha eni 3-4 m. li yalong’och mintaqa saqlanib qolgan, biror giyoh topilmaydi. Binobarin, katta maydondagi yaylovlar butunlay ishdan chiqqan. Agar qazilgan xandaqlar keyin sifatli qilib bekitilib, usti mayda tuproq bilan qoplanganda, hozirga qadar yaylovlarning buzilganligi hatto sezilmas edi.
Hozirgi kunda rekultivatsiya ishlarini keng miqyosda Olmaliq, Navoiy, Muruntov, Uchquduq tog’-metallurgiya korxonalarining tyerrikonlari va ag’darmalarida, Qizilqum fosforit konining ag’darmalarida amalga oshirilishi o’ta zarur. Chunki, katta miqdorda bo’sh tog’ jinslari va ishlatib bo’lingan shlaklar yig’ilib qolgan. Ularning bir qismi zaharli hisoblanadi.
6.6. Ikkilamchi resurslardan foydalanish. Sanoat ishlab chiqarishi ko’p miqdorda chiqindilarning vujudga kelishi bilan bog’liq. Bular qattiq, suyuq, gazsimon chiqindilar bo’lib, ularning bir qismi zaharli hisoblanadi. Zararli chiqindilarning vujudga kelishi ko’p hollarda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini to’liqroq takomillashmaganligi bilan bog’liq. Inson turmushida vujudga keladigan maishiy chiqindilar borgan sari miqdor jihatidan ortib bormoqda. Binobarin, chiqindilarning vujudga kelishi bo’yicha ularni ikki guruhga ajratish ayni muddao va ularni shu yo’nalishda o’rganish ma’qul.
Chiqindilar-ikkilamchi resurs sifatida dunyo bo’yicha borgan sari global muammoga aylanmoqda, shu bilan birga u milliy davlat chegarasida undan ham kattaroq hududiy muammoga, ayrim shaharlarda esa jiddiy mahalliy muammoga aylandi. Dunyo miqyosida atom elektr stantsiyalarida yoqilgan uran yoqilg’isining kullari(shlak)ni ko’mish bosh muammo bo’lib, ba’zi davlatlar Afrika,Osiyodagi mamlakatlar bilan kelishgan holda ularning hududlarida ko’mishga rozilik olmoqdalar. Tog’-kon sanoati, kimyo, issiqlik elektr stantsiyalari, ma’danlarni qazib olish karyerlari va shaxtalarida tarkib topayotgan chiqindilar miqdor va xavflilik jihatidan ustuvorlik qiladi. Maishiy chiqindilar ham yirik shaharlarda asosiy muammoga aylanib bormoqda, gap ularni shahardan chetga tashib borish va utilizatsiya qilishda. Buning uchun maxsus transport va korxonalar mavjud bo’lishi taqozo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |