Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Ikkilamchi resurslardan foydalanishning iqtisodiy asoslari



Download 1,39 Mb.
bet71/120
Sana29.06.2021
Hajmi1,39 Mb.
#105156
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120
Bog'liq
E K O L O G I YA

Ikkilamchi resurslardan foydalanishning iqtisodiy asoslari. Chiqindilarning tarkibi xilma-xil. Zotan, ulardan foydalanish yo’nalishlari, sohalari, guruhlari, iqtisodiy samaradorligi, ekologik tozaligi ham turli tuman. Chiqindilarni umumiy holda iqtisodiy ahamiyatini baholash mushkul, shuning uchun ham uning tarkibi aniqlangandan so’ng samaradorlik to’g’risida fikr bildirish mantiqqa to’g’ri keladi. Masalan, chiqindi tarkibida alyuminiy, shisha idishlar, po’lat, qog’oz, plastmassa, singan oyna kabilarning bo’lishi ulardan ikkinchi marta foydalanish samaradorligini oshiradi.

Alyuminiy juda ham ko’p enyergiya talab qiluvchi metall, u xalq xo’jaligida keng foydalaniladi. Bazan alyuminiy xom-ashyosini sotib olishga sarf etilgan xarajat miqdori enyergiya qiymatidan arzon turadi. Metallomdan qo’yilgan alyuminiy boksitdan olingan metallga nisbatan jami bo’lib 5% xarajat talab etadi.Ikkilamchi metallomdan quyilgan 1 t. alyuminiy 4 t. boksit, 700 kg. neft mahsulotini tejaydi, shuningdek atmosfyera havosiga chiqadigan 35 kg. alyuminiyli ftorli chiqindi birikma kamayadi.

Qog’oz makulaturasi muammosi jahon miqyosida borgan sari jiddiylashmoqda. Aniqlanishicha, makulaturani qayta ishlash yo’li bilan qog’oz mahsulotlarini tayyorlash katta maydonlarda o’rmonlarni qirqishdan saqlab qolishga va enyergiyani tejashga, atrof-muhitning ifloslanishi oldini olishga imkon byeradi. Makulaturani qayta ishlaydigan korxona tsellyuloza-qog’oz korxonasini qurishga nisbatan 50-80% arzon tushadi. AQShda 200 dan ortiq makulaturani qayta ishlaydigan korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda, faqatgina “Nyu-York Tayms” gazetasining yakshanba sonini qayta ishlab, undan qog’oz tayyorlash 75 ming tup daraxtni qirqishdan saqlab qolishi mumkin. Rivojlangan yirik mamlakatlarda (Kanada, Italiya, Meksika, Janubiy Koreya, Gyermaniya) chet ellardan makulatura xarid qilib, tayyor qog’oz ishlab chiqarmoqda. Bu iqtisodiy jihatdan juda ham samarali hisoblanishi isbotlangan.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ma’lumoticha dunyo bo’yicha foydalanilayotgan qog’ozning 50%ini qayta ishlanishi unga bo’lgan talabni 75%ini qondiradi, bu esa 8 mln.. ga. maydondagi o’rmonni kesilishdan saqlaydi.

Ikkilamchi resurslar tabiiy boyliklar kabi barcha sifat ko’rsatkichlariga ega, iqtisodiy jihatdan yuqori baholanadi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda rangli metall, po’lat, singan oyna, qog’oz, plastmassa, tselofan va boshqa matyeriallar qayta ishlanib yana foydalanishga yuboriladi. Ikkilamchi chiqindilardan foydalanish ko’plab xom-ashyoni va enyergiyani tejaydi, atrof-muhitning ifloslanishini kamaytiradi. Gap ularni sifatli qilib qayta ishlab chiqarishda, darvoqe, buning uchun kichik va o’rta korxonalar samarali hisoblanadi.

Salqin ichimliklar, yog’dan bo’shagan plastmassa idishlari to’g’ridan to’g’ri ikkinchi marta ishlatilishga yaramaydi, ularni qayta quyish zarur. O’zbekistonda keyingi vaqtda ulardan keng miqyosda foydalanilayotganligi tufayli bo’shagan idishlar turli joylarda uyum-uyum bo’lib to’planib, ko’chalarning gigienik ahvolini buzmoqda. Axir, ularning har birini ishlab chiqarish uchun qancha mablag’ sarflangan-ku, nima uchun ularni yana qayta yig’ib yeritish mumkin emas? Chiqindini qayta ishlash va undan tayyor mahsulot chiqarish xom-ashyodan tayyor mahsulot tayyorlashga nisbatan iqtisodiy jihatdan ancha arzon tushishi barchaga ayon. Buning uchun ushbu plastmassa idishlarni ishlab chiqarayotgan chet el korxonalarining respublikada qo’shma kichik korxonalarini tashkil etish ayni muddao. Agar ushbu bo’shab qolgan idishlarni yana qaytadan topshirish imkoni topilsa, nafaqat iqtisodiy samara, shuningdek, ko’chalar ham ilgarigi tozalik xususiyatini qayta tiklagan bo’lur edi.

Qog’oz muammosi mamlakatda emas, balki dunyo miqyosida katta qiyinchiliklarga sabab bo’lmoqda. O’zbekistonda qog’oz, ya’ni makulatura qayta ishlash kombinatlari mavjud, ularning eng yirigi Toshkent qog’oz kombinati, biroq uning ishlab chiqarish quvvati ancha kam (25-30 ming t makulaturaning ishlay oladi), xom-ashyo hajmi esa bir necha barobar ko’p. O’quvchilar, talabalar har yili darslar bo’yicha to’ldirgan daftarlarining faqat 5-10% i makulaturaga topshirilishi mumkin. Agar ular maktab, litsey, gimnaziya, kollej, institut, univyersitetlarda yig’ib olinib markazlashgan holda qabul punktlariga topshirilsa respublika bo’yicha kamida 150-200 ming t qog’oz makulaturasi yig’iladi. Ulardan qaytatdan daftar tayyorlash texnologik jihatdan arzon, iqtisodiy jihatdan samarali bo’ladi.

Respublikada makulatura miqdorini ko’paytirish manbalari ancha, buning uchun har bir shunday manbalar (korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va b.) ga yil davomida topshirishi zarur bo’lgan makulatura hajmini aniq belgilab uning topshirilishi qattiq nazorat qilinishi lozim.

Ishlab chiqarish asosan iqtisodiy samaradorlik barqaror bo’lgan taqdirdagina rivojlana oladi, shunday ekan sanoat, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida va turmush, maishiy xizmat doirasida vujudga kelgan chiqindilar negizida tayyor mahsulotlarni ishlab chiqish iqtisodiy jihatdan eng samaralidir. Bekobod metallurgiya korxonasi faqat metallom asosida sifatli qora metall, prokat va po’lat tayyorlaydi. Unga butun respublika hududidagi turli korxona, jamoa xo’jaligi va boshqa tashkilotlardan majburiy ravishda metallom etkazilib byeriladi, bu jarayon Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus nazorat qilinadi. Shu bois korxona xom-ashyo bilan yil bo’yi ta’minlanadi.

Chet elda ham endilikda kichik va o’rta korxonalarda metal lom asosida po’lat quyish, prokat yasash, qora metall tayyorlash ustuvor bo’lib bormoqda. To’la tsiklli ulkan metalurgiya korxonalari xom-ashyo tanqisligi yoki yo’qligi sababli inqirozga uchramoqda.

Ikkilamchi resurslarning sohalar bo’yicha bir bosqichda kamida 60%, keyingi bosqichlarda 75-80%ining qayta ishlanishi va tayyor mahsulot chiqarishni tashkil etish ham ekologik ham iqtisodiy jihatdan asoslidir. Buning uchun shunday ulkan, lekin juda ham xayrli ishni bosqichma-bosqich amalga oshirish jamiyatni barqaror rivojlantirishga katta ijobiy ta’sir etadi. Buni quyidan (qo’shma korxona, firma) boshlab katta (davlat-xissadorlik) qo’shma korxonalargacha bir maromda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ikkilamchi resurslar beqiyos katta iqtisodiy boylik, ulardan omilkorlik bilan foydalanish bozor sharoitida alohida ahamiyatga ega


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish