Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


O’zbekiston hududidagi foydali qazilmalar va ulardan foydalanish



Download 1,39 Mb.
bet65/120
Sana29.06.2021
Hajmi1,39 Mb.
#105156
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   120
Bog'liq
E K O L O G I YA

6.2. O’zbekiston hududidagi foydali qazilmalar va ulardan foydalanish. O’zbekiston zamini turli tabiiy minyeral boyliklarga ega. Bu hol hududning geologik jihatdan uzoq o’tmishlarda murakkab rivojlanish jarayonlarni boshdan kechirganligi, ilk bor tog’ hosil bo’lish hodisalarini, dengiz havzalarining vaqt-vaqti bilan quruqlikka bostirib kirganligi, qobiq nurashining kuchli tarzda ro’y byerganligi, vulqon harakatlari, yer osti magmatik jinslarni turli qatlamlarga kirib, qotib qolishi va boshqa geologik hodisalar natijalari bilan bog’liq.

Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda 2700 dan ziyod qazilma boylik konlari va istiqbolda ochilishi mumkin bo’lgan yangi konlar aniqlangan. Ushbu konlarda yer yuziga yaqin joylashgan xilma-xil minyeral xom-ashyolar mavjud. Ularning 60 hilidan iqtisodiyotda foydalanilmoqda. O’zbekistonning umumiy minyeral xom-ashyo salohiyati 3,3 trl. AQSh dollarida baholanmoqda. Har yili konlardan umumiy qiymati 5,5 mlrd.. AQSh dollariga teng bo’lgan turli qazilma boyliklar qazib olinadi.

Bir qator muhim foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, kaliy tuzlari, fosforidlar, kaolin bo’yicha O’zbekiston zahiralarining ko’pligi va istiqbolda foydalanish bo’yicha nafaqat MDH mamlakatlari balki, jahonda oldingi o’rinlarni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bo’yicha dunyoda 4- o’rinni, qazib olish bo’yicha esa 7-o’rinni egallaydi, mis bo’yicha 10-11-o’rinni, uran bo’yicha esa 7-8-o’rinni egallaydi (Karimov, 1997). Tabiiy gazning umumiy zahirasi qariyb 2 trln. m3, ko’mirniki 2 mlrd.. t. dan ziyodroq. Mutaxassislarning dastlabki baholash natijalariga ko’ra mamlakat hududining taxminan 60% qismi neft va gaz zahiralari bilan band.

O’zbekiston hududida Farg’ona, Surxondaryo, Janubi-Farbiy Hisor, Buxoro-Xiva va Ustyurt neft va gazli mintaqalardir. Hozirgi vaqtda eng ko’p neft va tabiiy gaz Buxoro-Xiva neft-gaz rayonida-O’rtabuloq, Ko’kdumaloq, Sho’rtan, Toshli, Sho’rtepa, Zevar va boshqa ularga yaqin bo’lgan konlardan qazib olinmoqda. Birgina Qashqadaryodagi gaz konlari butun respublikada qazib olinayotgan tabiiy gazning 90%ini etkazib byermoqda. Keyingi vaqtlarda Ustyurt platosi va Orol dengizining suvdan bo’shab qolgan qismida neft va gaz konlarini qidirish ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Bu hududlarda tabiiy gaz va neft konlari ochilishi mumkinligiga mutaxassislar katta ishonch bilan qaramoqdalar (hozirgacha Shohpaxta, Urga, Byerdaq, Shibinli, Qizilqayir, Oqshuloq, Qorashuloq kabi joylardagi konlar istiqbolga ega), dastlabki gaz konlari ishga tushirilgan (hozirgi kunda Urga gaz konidan kuniga 1,2 mln.. m3 gaz olinmoqda, shuningdek, har kuni 25 t. gaz kondensati qazib olinmoqda).

O’zbekistonda 20 dan ortiq ko’mir konlari va ko’mirli havzalar aniqlangan. Ko’mirning sanoat zahiralari Angren, Sharg’un va Boysun konlarida joylashgan. Boysun (jami zahirasi taxminan 150 mln.. t.) konida ochiq usulda tosh ko’mir qazib olish boshlangan. G’uzor-Qumqo’rg’on temir yo’lini ishga tushirilishi bilan bu kondan ko’plab ko’mir olish mumkin bo’ladi.

O’zbekiston noyob va nodir metallar-oltin, kumush, uran va boshqalar qazib olish bo’yicha oldingi o’rinlarni egallaydi. Oltinning umumiy zahirasi 4 ming t. dan ko’p, respublikada tarkibida oltin va kumush mavjud bo’lgan 30 dan ortiq ruda konlari topilgan. Yirik oltin konlari Muruntov, Marjonbuloq, Qurama va Chotqol tizma tog’larida topilgan. Kumush Qizilnura tarmoqlarida, Qizilqumda katta zahiralarga ega. Odatda oltin boshqa elementlar bilan birga uchraydi.

Rangli va nodir metallar–mis, qalayi, qo’rg’oshin, volfram, litiy, alyuminiy xom-ashyosi(alunitlar,kaolinlar) va boshqalardan iborat. Mis rudasi Qurama tog’larida Qalmoqqir, Saricheka, Qizota konlarida, volfram, molibden, qalayi, vismut, simob, surma Janubiy va O’rta Tyanshandagi Qoratepa, Langar, Qo’ytosh, Ingichka, Yaxshon, Sargardon va boshqa joylarda mavjud, 20 ta molibden koni aniqlangan. Vismut rudasi, mishyak-vismut, mis-vismut konlari Chotqol-Qurama tog’larida (Burchmulla, O’rtasaroy) bor. Janubiy Farg’onada 100 dan ortiq simob va 10 dan ziyod surma konlari mavjud.

Qora metallar (temir,titan, marganets va xrom)ning bir necha yuz konlari mavjud. Ulkan titan marganetsli kon Sulton Uvays tog’larida (Tepabuloq, zahirasi 4 mlrd.. t.), Nurota tog’larida, marganetsli cho’kindi konlari Zarafshon-Zirabuloq, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa joylarda topilgan.

Tog’-kimyo sanoati xom-ashyosi bo’lgan fosforitlar (Qizilqum), osh tuzi va boshqa tuzlarning katta zahiralari Borsakelmas, Xo’jaikon, Boybichakon va boshqa joylarda aniqlangan. Qurilish matyeriallarning 370 dan ortiq koni borligi hisobga olingan. Oq, qora, qizg’ish, marmar konlari ishga tushgan. Geologiya qidiruv ishlari keng miqyosda jadallik bilan davom ettirilmoqda, istiqbolda yangi konlarning topilish ehtimoli katta.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish