3.3 Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi sonining tez sur’atlarda o’sishi va insonning tabiatga ta’siri. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi sonining tez sur’atlarda o’sib borishi insonning tabiatga ta’sir doirasini kengaytirib yubordi. Ayniqsa, “insonning tabiat ustidan qozongan g’alabasi” dan mag’rurlanib amalga oshirilgan tadbirlar tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro muvozanat “tarozini” butunlay buzilishga olib keldi. Insonning tabiatga ta’sirining salbiy oqibatlari, pirovard natijada uning o’ziga og’ir kulfatlar keltira boshladi.
Sanoatning kislorodga bo’lgan ehtiyoji orta borayotgan bir paytda, sayyoramiz o’simliklari ishlab chiqarayotgan kislorodning chorak qismiga yaqini inson tomonidan yoqib yuborilmoqda. Yana yiliga atmosfyera tarkibidan ishlab chiqarish maqsadlari uchun 90 mln. t kiclorod va 70 mln. t. azot olinmoqda. Olimlarning hisoblaricha yiliga yoqib yuborilayotgan kislorodning 1% i qayta tiklanmay qolavyersa, yana VI-VII asrdan so’ng yer atmosfyerasi kislorod zahirasining 70% ga yaqini tugashi mumkin ekan.
Buning ustiga Yer sharida kislorodning asosiy manbai hisoblangan o’rmonlar maydoni yil sayin (125 ming km2 ga) qisqarmoqda. Inson sayyoramiz yashil boyligi-o’rmonlarni 50% dan ortig’ni kesib bo’ldi. Evropa mamlakatlarida o’rmonlarning 85-95% i kesib yuborilgan bo’lsa, AQSh da o’rmonlar maydoni qadimgi 900 mln. ga dan 260 mln. ga ga qisqardi. Hozir Hindistonning 18% hududi o’rmon bilan qoplangan bo’lsa, XXR da bu ko’rsatkich atiga 9% ni tashkil etadi.
Inson xo’jalik faoliyati natijasida atmosfyeraga yiliga faqat turli yoqilg’ilar yoqish hisobiga 22 mlrd..t. karbonad angidrid, 200 mln..t. dan ortiq uglyerod oksidi, 160 mln..t. sulfat oksidi, 50 mln..t. azot oksidi,yana shuncha uglevodlar, 250 mln..t. turli kimyoviy zarrachalar-ayerozollar hamda 300 ming t. qo’rg’oshin chiqarilmoqda.
XX asr o’rtalarida faqat toshko’mir yoqishning o’zidan yer yuzasiga har yili 2 mlrd. t. shlak chiqarilgan. Faqat yoqilg’i yoqish maqsadida esa 15 mlrd. t. kislorod sarflanmoqda.
Hozir inson quruqlik yuzasining 60% dan ortiq qismidan o’z maqsadlari uchun foydalanayotgan bo’lsa (30% dan ortig’ida qishloq xo’jalikda, 11% da yerlarni haydab ekin ekmoqda), 20% dan ortig’ini turli qurilishlar tufayli butunlay o’zgartirib yuborgan (XX asrning o’zida bunday yerlar 250 mln.. ga. ga ortdi), 100 mln.. ga. yer faqat shaharlar qurilishi bilan band, sanoatlashgan hududlarning yarmidan ortig’ini muhandislik qurilmalari egallagan.
O’rmonlarning betartib kesib yuborilishi oqibatida keyingi 80-90 yil mobaynida dunyo bo’yicha sug’oriladigan yerlarning chorak qismi yeroziyaga uchrab (AQShda yeroziyaga uchragan yerlar 50% ga yaqinlashdi) qishloq xo’jalikda foydalanishga yaroqsiz holga kelgan bo’lsa, suv yeroziyasi tufayli yiliga 24*109 t. tuproqlarning unumdor qismi yuvilmoqda.
Yeroziyaning muqarrar rivojlanishi evaziga, keyingi asr mobaynida 2 mlrd. ga yer yaroqsizlandi, yiliga 200-300 ming ga yer sho’rlanish va botqoqlashish evaziga qishloq xo’jalik ahamiyatini yo’qotmoqda.
1940 yilda 10 mln. t, 1983 yili 124 mln. t minyeral o’g’itlar ishlab chiqilgan bo’lsa, hozirda yiliga 200 ming t. pestitsidlar ishlab chiqarilmoqda.
Ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlar uchun yiliga sayyoramiz bo’yicha 4000 km3 suv talab etilayotgan bir paytda suv havzalarining, xususan dunyo okeani ifloslanish darajasining hozirgi ahvoli juda achinarli holdir.
Hozir inson Yerdagi barcha kimyoviy elementlardan foydalanishdan tashqari yangilarini ham kashf etdi (XIX asrgacha 28 ta, XIX asrda esa 50 ta, XX asr boshlarida 59 ta kimyoviy elementdan foydalangan). Yillik enyergiyaga bo’lgan ehtiyoj 15 mlrd.. t. shartli yoqilg’i hisobiga qondirilmoqda. Yer qa’ridan yiliga 5 mlrd.. t. ko’mir, 3 mlrd.. t. neft va gaz kondensati, 700 mln. t temir rudasi, bir necha o’n million tonnalab: fosfat va kaliy tuzlari, boksid, marganets rudasi, million tonnalab: mis, kaliy, qo’rg’oshin, azbest, flyuorit, minglab tonnalab: oltin, toriy va boshqa qazilma boyliklar olinmoqda. Agar minyeral resurslardan foydalanish shu tarzda davom etadigan bo’lsa, mutaxassislar hisobi bo’yicha alyumin 550, ko’mir 500 , temir 250 , qalay 23 yilga etishi mumkin. Umuman 2500 yilga borib, barcha metallar zahirasi batomom tugaydi, degan bashoratlar mavjud (Ananichev).
Birgina Sobiq Ittifoq hududida tabiiy resurslarga bo’lgan ehtiyoj 1914 yilda jon boshiga 7 tonnani tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 1940 yilda 8,6 t, 1960 yilda 17,3t, 1975 yilda 25,6 t ni tashkil etdi. Dunyo bo’yicha tabiiy resurslar va suvdan foydalanish yiliga 5% ga, enyergiya ishlab chiqarish 8%ga ortdi.
Keyingi III-IV asr mobaynida inson tomonidan Yer yuzasidagi qushlarning 94 turi, sut emizuvchilarning 63 turi butunlay qirib yuborilgan, 500 turi yo’qolish arafasida.
Shubhasiz, jamiyat rivojlanib borgan sari uning tabiatga ta’siri, tabiiy resurslardan foydalanish me’yori va tabiatni o’zgartirish imkoniyatlari ortib boradi. Ammo tabiatdan foydalanish va o’zgartirishning ham me’yori bor, o’sha me’yorni bilmaslik oqibatida endi tabiatning inson hayotiga va uning xo’jalik faoliyatiga teskari ta’siri namoyon bo’la boshladi.
XX asrda amalga oshirilgan qator yirik kashfiyotlar insoniyatning tabiatga va unda sodir bo’layotgan hodisalarga munosabatida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Endilikda insoniyat fan-texnika taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam ko’ydi. Iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida kompyutyer, mikroelektronika, informatika va biotexnologiya yutuqlaridan keng foydalanish ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirishi bilan birga tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishga yo’l ochayotgan bo’lsada, fan-texnika yutuqlarini hayotda keng qo’llanilishi tufayli tabiatda bir qator muammolar ham vujudga keldi. Bunday noqulay ekologik sharoitlar hayot maqomining o’zgarishiga, kishilarning jismonan va ruhan toliqishiga, ularda turli surunkali-og’ir kasalliklarning paydo bo’lishi bilan birga, katta miqdorda ijtimoiy-iqtisodiy zarar ham keltira boshladi. Endi tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yo’nalishi faqat ilmiy asosda tabiatni, umuman biosfyerani saqlashga qaratilmog’i darkor. “Inson biosfyeraning vazifasini engillashtirishga yordam byerishi lozim-deb yozadi akademik S.S. Shvarts-aks holda u vayron bo’ladi va Yerda hayot yo’qoladi.” Inson aslo bunga yo’l qo’ymasligi kyerak. Ammo vujudga kelgan ekologik muammolarni bartaraf etish o’ta dolzarb, murakkab, syerqirra, jumladan: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy va ilmiy masaladir. Uni ilmiy asosini yaratishda ekologiya fanining ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |