Qisqa xulosalar.
Biosfyera- Yer sharining hayot tarqalgan qobig’idir. Unda modda va enyergiya almashinuvi sodir bo’ladi. Biosfyera murakkab tuzilishga ega bo’lib, undagi hodisa va jarayonlar bir-birlari bilan uzviy bog’langan.
Ekologiyaning bosh tadqiqot ob’ekti-ekologik tizimdir, yoki ekotizim. U ma’lum maydondan iborat bo’lib, unda tirik organizmlar va ularni yashash muhitlari majmuasi moddiy-enyergetik va axborotlarning o’zaro ta’siri bilan birlashgan. “Ekotizim” atamasi ilk bor ingliz botanigi L. Tensli (1935) tomonidan taklif qilingan.
Ekologik omillar tirik organizmlarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadigan tabiiy muhit elementlaridir. Uning abiotik, biotik va antropogen turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |