Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari. Bazis va lokal
qonunlar. Falsafiy qonunlar.
Dialektikaning qonun va kategoriyalari voqea olam hodisalari
va predmetlarining taraqqiyot jarayonini bosqichma-bosqich tarixiy
mantiqiy bilishning asosidir. Dialektikaning qonun tushunchasi
obyektiv olam predmet va hodisalarning bir- biri bilan o‘zaro
munosabatlari bog‘lanishlarini bir butun holda ifodalaydi. Demak,
biz qonun nima degan savolga javob beramiz. Qonun, bu narsa va
hodisalardagi ichki, muhim, umumiy, zaruriy takrorlanadigan barcha
bog‘lanishlardir. Qonun haqida fikr yuritganimizda, albatta, zaruriy
turg‘un takrorlanuvchi aloqadorlikni, munosabatni ko‘zda tutish
195
lozim. Predmet va hodisalar orasidagi bog‘lanishlar bir-biriga
o‘xshaydi. Lekin ularning o‘ziga xos individual, betakror, tasodifiy
xususiyatlari ham bo‘ladi, qonun mana shu individual, tasodifiy
xususiyatlarni ifodalamaydi, balki har bir narsa va hodisaga xos
bo‘lgan
umumiy,
takrorlanuvchi,
zaruriy
munosabat
va
bog‘lanishlarni ifodalaydi. Qonun hodisa va bog‘lanishlar ma’lum
voqealarning ma’lum sharoitida, qat’iy, shubhasiz sodir bo‘lishini
belgilaydi. Masalan, kunning tun bilan almashinuvi qonuniy
xarakterga ega, chunki yerning o‘z o‘qi atrofida aylanib turishi
kunning tun bilan almashinuviga olib keladi. yer o‘z o‘qi atrofida
harakat qilmaganda, bu hodisa zaruriyat tariqasida bo‘lmas edi. Endi
qonunning asosiy xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Qonunlar asosan: xususiy, umumiy, eng umumiy xususiyatlarga
ega bo‘ladi. Xususiy qonunlar alohida fanlarga taalluqli bo‘lsa,
umumiy qonunlar bir necha fanlar tarkibida o‘rganiladi. Eng umumiy
qonunlar esa falsafiy qonunlar bo‘lib, ular tabiatda ham, jamiyatda
ham, inson tafakkurida ham namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan eng
umumiy qonunlar sirasiga kiradi.
Dialektika tabiat va jamiyat obyektiv qonunlarga tayanishni
ko‘rsatadi. Demak, tabiat va jamiyat obyektiv qonunlar asosda
rivojlanadi.
Qonun kishilarning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga
oshadigan obyektiv jarayonlarning irodasidir. Inson qonunlarni bilib
olishi, ulardan o‘z manfaati uchun foydalanishi mumkin. Inson
obyektiv qonunlarni yarata olmaydi. Shunday qilib, tabiat va
jamiyatning har qanday qonuni uchta muhim xususiyati bilan
tavsiflanadi. Buni J. Tulenov shunday izohlaydi: a) qonun obyektiv
asosga ega bo‘lib, muhim, zaruriy, umumiy bir qator munosabatlarni
ifodalaydi; b) qonunning muhim alohida xususiyati shuki, u voqealar
rivojlanishi qat’iy muayyan yo‘nalishi oqibatida vujudga keladi; v)
qonun ma’lum shart-sharoitlarda namoyon bo‘ladi.
Bu uch holatni hisobga olgan holda qonunga quyidagicha ta’rif
beriladi: qonun muayyan shart- sharoitda voqealar rivojining
xarakteri va yo‘nalishini belgilaydigan ma’lum bir qat’iy natijani
taqozo etadigan obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim,
zaruriy, umumiy, nisbiy, barqaror munosabatlar ifodasidir. Bu
o‘rinda nemis faylasufi Kantning fikri ham xarakterli. Uning fikricha,
196
inson qonun tushunchasini tabiat va jamiyatdagi umumiy
munosabatlarni bilish asosida yuzaga keltirmaydi, balki uni tabiat va
jamiyatga o‘zi kiritadi. Demak, uning fikricha, inson va uning
tushunchasi bo‘lmasa tabiat va jamiyatdagi zaruriy, qonuniy
bog‘lanishlar ham bo‘lmaydi. Maxizm vakili Pirson shunday deydi:
«Fan qonunlari tashqi olam bo‘lishidan ko‘ra ko‘proq, inson aqlining
mahsulidir. Inson tabiat va qonun yaratuvchisidir. U tabiatga
qonunlarni yaratib beradi». Ba’zi hozirgi zamon faylasuflari ham
tabiat va jamiyat qonunlarining obyektiv xarakterini inkor qiladilar.
Jumladan, tabiatshunos olimlar N. Bor, V. Geyzenberglar qonuniy
bog‘lanishlar faqat makro dunyodagina mavjud emas, degan fikrni
ilgari suradilar. Makro dunyo bilan mikro dunyo bir–biri bilan bog‘liq
holda yashaydi, makro dunyo obyektiv qonunlar asosida
yashaganidek, mikro dunyo qonunlari ham obyektivdir, lekin o‘ziga
xos xususiyatlari bor. Qonunlarning obyektiv xarakterini inkor etish
asosan jamiyatning obyektiv qonunlar asosida rivojlanishini inkor
etishga olib keladi. Obyektiv qonunlarni inkor etish bilan ular
yo‘qolmaydi, yoki bekor qilinmaydi. Obyektiv qonunlar asosida
amalga oshayotgan qonuniy taraqqiyotni bo‘g‘ish yoki to‘xtatib
qo‘yish mumkin emas. Buni fan taraqqiyoti insoniyatning ijtimoiy
tajribasi orqali amaliy va nazariy jihatdan isbotlash mumkin.
Tabiat va jamiyat qonunlarining obyektiv xarakterga ega
bo‘lishi bir xil umumiy xususiyatga ega, lekin ular orasida ma’lum
farq bor. Tabiat qonunlari yer yuzida inson bo‘lmagan chog‘da ham
mavjud bo‘lgan. Jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida
vujudga kelgan shart-sharoitlar bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan.
Engelsning ko‘rsatishicha, jamiyat qonunlari kishilarning ijtimoiy
munosabatlaridagi eng umumiy, muhim bog‘lanishni ko‘rsatadi.
Yana bir farq jamiyat qonunlariga nisbatan tabiat qonunlari asta-
sekinlik bilan o‘zgarishida. Masalan, neorganik tabiatdan million–
million yillardan so‘ng o‘zining imkoniyatiga ko‘ra organik tabiat
kelib chiqqan. Ijtimoiy tarixiy qonunlar esa ma’lum davr davomida
amal qilib, so‘ngra o‘z o‘rnini yangi qonunlarga bo‘shatib beradi,
ba’zilar o‘z kuchini yo‘qotadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik,
feodal va kapitalistik tuzumlarga xos qonunlarning o‘zgarishi bunga
misol bo‘la oladi.
197
Tabiat va jamiyatdagi qonunlar o‘zining harakat doirasiga ko‘ra
eng umumiy, umumiy va xususiy qonunlar bo‘lishi mumkin.
Eng umumiy qonunlar bu tabiat, jamiyat va inson tafakkuri
hodisalardagi
bog‘lanishi
aloqasini
ifodalovchi
dialektika
qonunlaridir. Bular miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga
o‘tishi qonuni, qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni, inkorni
inkor qonunidir. Umumiy qonunlarga massaning saqlanishi,
energiyaning bir turdan ikkinchi turga o‘tishini olish mumkin.
Xususiy qonunlarga misol-fizikadagi Kulon qonuni, tok kuchi uchun
Amper qonuni yoki biologiyadagi irsiyatga oid genetika qonuni,
ximiyadagi Mendeleyevning elementlarning davriy sistemasi qonuni
va boshqalar. Bular ham obyektiv qonunlardir. Faqat o‘z obyektidagi
bog‘lanish, aloqadorlikni ifodasidir. Endi fanda dinamik va statistik
xususiyatga ega bo‘lgan qonunlarga to‘xtalsak. Statistik qonunlar
mutloq ma’nodagi zaruriy qonunlar emas, ular ehtimollik sababiga
muvofiq bo‘lgan bog‘lanishlarni ifodalaydi va ular dinamik
qonunlardan farq qiladi. Statistik qonunlar ma’lum sharoitda bo‘lishi
ehtimolini ifodalaydi. Masalan, Darvinning tabiiy saralanish qonuni
hamma individlar uchun emas, chunki individlarning sharoitga
muvofiqlashganlari yashaydi xolos, muvofiqlashmagani nobud
bo‘ladi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida shunday qonunlar borki, ular
shu jamiyatdagi ma’lum sinflar manfaatiga muvofiq keladi. Bu qonun
shu jamiyat, shu sinf uchun ehtimol zarurdir, lekin u umuman
zaruriyat natijasi bo‘lmasligi mumkin. Dinamik qonunlar bu bir–
biriga bog‘liq, o‘zaro aloqada bo‘lgan holda eski qonunlar harakatini
davom ettiradi, lekin uning mavjud doirasi chegaralangan bo‘ladi,
sharoitiga qarab u qonun o‘zgarishi, kengayishi mumkin. Makro
dunyo qonuniga Nyuton mexanikasi, kvant mexanikasi va boshqalar
misol bo‘la oladi. Makro dunyo qonunlarini chuqurroq o‘rganish
mikro dunyo qonunlarini bilishga yordam beradi.
Demak, obyektiv mazmunga ega bo‘lgan dialektik qonunlar
bilishning pog‘onasi, real voqelik in’ikosining mantiqiy shaklidir.
Dialektikaning kategoriyalari qonun singari umumiylik xususiyatiga
ega, ya’ni obyektiv. Dialektikaning qonun va kategoriyalari, hamda
prinsiplari bilimning hamma sohasini singdirib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |