Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi.
Shakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari.
Tabiat va jamiyatdagi har qanday hodisa yoki predmet o‘z–
o‘zidan kelib chiqmaydi. Sirtdan qaraganda moddiy olamdagi
predmet va hodisalar go‘yo har biri alohida, bir–biri bilan o‘zaro
bog‘liq bo‘lmagandek ko‘rinadi. Aslida esa unday emas, aksincha,
har bir predmet yoki hodisa son - sanoqsiz, boshqa hodisalar bilan
bog‘liq holda yuz beradi.
Umuman olganda, tabiat va jamiyatdagi predmet va
hodisalarning bir-biri bilan alohida munosabatda, o‘zaro bog‘liq
ekanligini fan taraqqiyoti, insoniyatning ijtimoiy tarixiy faoliyati
isbotlaydi. Bu masalani quyidagi misollar orqali yoritish mumkin.
Tabiatdagi jismlarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatuvchi butun olam
tortishish qonuni yoki materiyaviy eng kichik zarralarning o‘zaro
munosabati, tabiatdagi hayvonot olami bilan o‘simliklar olami yoki
ularning muhit bilan aloqadorligi, tabiat bilan jamiyatning o‘zaro
bog‘liqligi materiya harakati barcha shakllarining aloqadorligi, har bir
insonning o‘sib kamol topishi, boshqa kishilar bilan, muhit bilan
bog‘liqligi kabilar. Agar inson borasida gapiradigan bo‘lsak, u oilada,
bog‘chada, maktabda, ishlab chiqarishda, jamiyatda yashaydi, ijod
qiladi, har tomonlama o‘sib ulg‘ayadi.
Voqelikdagi hamma narsa o‘zaro aloqada va munosabatda,
harakatda va rivojlanishda. Bu jarayon obyektivdir (Bu obyektiv
dialektika), insonning aqliy in’ikoslari esa taraqqiyot qonunlarini,
olamda yuz beradigan hodisalarning ongli tahlil qilish imkoniyatini
yaratadi. Dialektiklar insoniyat amaliyoti va ilmiy bilishning natijasi
191
o‘laroq obyektiv voqelikdagi predmet va hodisalarning o‘zaro
bog‘liqligi va taraqqiyoti masalasini chuqurroq talqin qilib berdilar.
Ular obyektiv olam hodisalarining aloqadorligi va bog‘liqligi hamda
taraqqiyoti masalasini tushuntiribgina qolmay, uni o‘zgartirish, qayta
qurish mumkinligini ochib beradi.
Endi biz munosabat, o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro ta’sir
tushunchalari hamda ular haqidagi qarashlarni ko‘rib chiqamiz.
Tabiat, jamiyat va insonlar tafakkurida nisbiy barqarorlik va
o‘zgaruvchanlik dialektikasi mavjud. Barqarorlik va o‘zgaruvchanlik
falsafaning juftiy tushunchalari bo‘lib rivojlanishning ma’lum bir
tabiatini o‘zida namoyon qiladi. Barqarorlik narsa va hodisalarning
nisbatan tinch, o‘ziga xos muayyanlikni namoyon qilsa,
o‘zgaruvchanlik esa narsa va hodisalarning ma’lum bir holatdan,
ikkinchi holatga o‘tishidan dalolat beradi. O‘zgaruvchanlik keng
ma’nodagi harakat tushunchasini namoyon etadi. Shu jihatdan
o‘zgaruvchanlik absolyut xususiyatga ega. O‘zgaruvchanlikni
barqarorlikdan mutloq ajratishni bilimlarni shubhaga solib qo‘yadi.
O‘z navbatida barqarorlikka katta e’tibor berish ham fikrlarni qotib
qolgan holda tushunishga olib keladi. Shu sababli barqarorlikni
o‘zgaruvchanlik bilan aloqadorlikda tushunish kerak. Ularda qarama-
qarshiliklar bor, ularni o‘z me’yorida ishlatish lozim. Shundagina
barqarorlik va o‘zgaruvchanlik metodologik ahamiyatini yo‘qot-
maydi.
Barqarorlik va beqarorlik rivojlanish jarayonida nisbiy harakat-
larda bo‘ladi. Rivojlanish deganda kosmik fazodagi galaktikalardagi
jarayonlarni, bizni o‘rab turgan jonli tabiatdagi biologik sohalarni
o‘zgarishlarini, jamiyatdagi ijtimoiy hayotni – fan, texnika, og‘ir va
yengil sanoat, qishloq xo‘jaligidagi yangiliklarni tushunish lozim.
Rivojlanish inson, insoniyat tafakkurida ham namoyon bo‘ladi. Demak,
rivojlanish faqat moddiy olamda emas ma’naviy ma’rifiy sohalarda ham
ro‘y beradi.
Bog‘lanishlarning ko‘rinishlari: vositali va vositasiz, ichki va
tashqi, muhim va muhim bo‘lmagan kabilar bo‘lishi mumkin.
Hodisalar bog‘lanishida bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) bog‘lanishini
vositali (boshqa narsalar orqali) bog‘lanishdan ajrata bilish kerak.
Quldorlik bo‘lmaganida hozirgi kapitalistik tuzum ham bo‘lmas edi.
Kapitalizm quldorlik jamiyati bilan tarixiy jihatdan bog‘langan. Lekin
192
bu feodalizm orqali bog‘lanish. Demak, bu vositali bog‘lanishdir.
Ammo kapitalizm feodalizm bilan bevosita bog‘langan.
Tabiat va jamiyat hodisalarini bilishda muhim va muhim
bo‘lmagan bog‘lanishlarni ham ajratish kerak. Bularni bilmaslik yoki
aralashtirib yuborish salbiy qarashga olib keladi. Demak, dialektikani
tushunmaslik eklektika yoki dogmatizmga olib keladi. Dialektika
biron hodisani o‘rganish va bilishda uning muhim bog‘lanishlarini
topishni talab qiladi. Muhim bog‘lanish predmet va hodisalarning
mazmuni va mohiyatini bilishda ahamiyatga ega. Masalan,
o‘simlikning o‘sishi uchun yorug‘lik, suv, issiqlik, mineral o‘g‘itlar
bo‘lishi kerak. Zero o‘simlik bilan sharoit orasidagi bog‘lanish
muhim bog‘lanishdir. Lekin o‘simlik yashayotgan muhitda boshqa
moddalar ham bo‘lishi mumkin, ammo ular o‘simlik uchun muhim
emas. Quyosh nuri yerdagi hayot uchun muhim, oy nuri esa muhim
emas.
Bog‘lanishlarning ichki va tashqi shaklini ham bilish muhim
ahamiyatga ega. Ichki bog‘liqlik bir butun predmet va hodisalarning
ichki sifat va xususiyatlarining aloqadorligini munosabatini
ifodalaydi. Tashqi bog‘lanish biror predmet yoki hodisaning boshqa
predmet va hodisa bilan aloqadorligi, munosabatining ifodasidir.
Ichki bog‘lanish asosiy, tashqisi esa ikkinchi darajali bog‘lanish
hisoblanadi. Ichki bog‘lanishlar o‘zgarishlarga olib keladi. Tashqi
bog‘lanish esa uni o‘zgartirmaydi, lekin predmet va hodisaning
o‘sishiga ma’lum miqdorda ta’sir etadi. Masalan, jamiyat
taraqqiyotida ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish
munosabatlari orasidagi bog‘lanish ichki bog‘lanishdir. Bu bog‘lanish
jamiyat taraqqiyotini belgilaydi. Tabiat va jamiyatning o‘zaro
munosabati tashqi bog‘lanishdir.
Shunday qilib, olamda turli-tuman bog‘lanishlar, muno-
sabatlar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro munosabatda, bog‘liqlikda-
umumiy bog‘lanish va munosabatdadir. Bu bog‘lanishlar, demak,
bir butun sistemali bog‘lanishlardan iborat. Agar olam bir butun
tizim desak, bu tizim bir qancha sistemachalardan tashkil topgan.
Har bir sistemani tashkil etuvchi elementlari bo‘lib, ular bir-biri
bilan o‘zining tutgan o‘rni, vaqti, imkoniyatlariga ko‘ra funksional
bog‘langan. Birining o‘zgarishi ikkinchisi bilan bog‘langan, biri
ikkinchisini keltirib chiqaradi. Bu funksional bog‘lanishdir. Har bir
193
tizimni tarixiy holda boshqalar bilan bog‘liqlikda, tarixiy konkret
tajribaga asoslanib o‘rganish talab qilinadi. Lekin murakkab va
xilma-xil bog‘lanishlar turlarini amaliy jihatdan birdaniga bir
vaqtda bilish mumkin emas. Ularni bilish, bir-biridan ajratish,
o‘zaro bog‘liqlikda olib qarash fan va amaliyotda biryoqlamalikka
olib kelmaydi.
Obyektiv olamdagi predmet va hodisalar o‘rtasidagi sababli
bog‘lanishlar eng umumiy bog‘lanish ifodasidir. Hodisalar zanjirida
o‘ziga muvofiq keladigan biror natijani keltirib chiqaruvchi hodisa,
sabab, kelib chiqqani esa oqibatdir. Sabab ma’lum ta’sir natijasida
kelib chiqadi.
Dialektik nuqtai nazardan qaraganda har qanday hodisa o‘zining
tabiiy sababiga ega. Sababsiz hech qanday hodisa yuz bermaydi.
Sabab hodisalarning kelib chiqishini aniqlaydigan genetik
bog‘lanishdir. Sababning kelib chiqishini ta’minlovchi sharoit
oqibatdir. Sabab va oqibat ketma-ket. Bu bog‘lanish zaruriyatni
ifodalaydi. Dunyo abadiy harakatda, o‘zgarish va rivojlanishda. Bu
masalani chuqurroq anglash uchun taraqqiyot tushunchasining
harakat va o‘zgarish tushunchalari bilan o‘zaro nisbatini ko‘rib
chiqamiz.
Dunyoda qotib qolgan, o‘zgarmaydigan, rivojlanmaydigan
narsa yo‘q. Hamma narsa harakatda. Biz harakat materiyaning
atributi yashash usuli, deb o‘rganamiz. Haqiqatan materiya
harakatda, materiya evolyutsiya bilan bog‘liq ravishda. Uning turli
shakllari mavjudligini ham e’tirof etish zarur. Masalan, neorganik
tabiatdan organik tabiatning kelib chiqishi natijasida neorganik
tabiat to‘xtab qolmagan, u atrof sharoitining o‘zgarishiga qarab
rivojlanib borgan. Biologik taraqqiyot natijasida jonli organizm
olami ham o‘zgarib, rivojlanib borgan. Biz biologik jarayon, hayot
sharoitlari o‘zgarib borishi bilan o‘simlik va hayvonot olamidagi
o‘zgarish, rivojlanishni o‘simlik va hayvon turlarining sifat
jihatidan murakkablashib borishidan iborat ekanligini bilamiz.
Tabiatdagi bu o‘zgarish million yillar davomidagi harakatning
natijasidir. Hamma narsa o‘sish-o‘zgarishda degan masalani fan
orqali, aniqrog‘i, hozirgi zamon tabiatshunoslari tomonidan qo‘lga
kiritilgan yutuqlar yordamida ko‘rsatish mumkin. Bu misollar,
ya’ni atomdan tortib quyoshgacha, oddiy hujayradan tortib inson
194
miyasigacha bo‘lgan materiya harakatdadir. Ular qotib qolgan,
o‘zgarmas narsalar emas. Atomlar ham o‘zining kimyoviy, fizik
xossalariga hamohang ravishda o‘zgarib turadilar. Atomni tashkil
etuvchi yadro va elektronlar harakati atom harakatda ekanligini
ifodalasa, atom tarkibidagi zarrachalar elektron va yadroni tashkil
etuvchi-proton, neytron, pozitronlar ham bir - biri bilan bog‘langan.
Bu bog‘lanish ularning harakatda ekanligini ifodalaydi.
Parchalanish, yemirilish, taraqqiyot, o‘zgarish, harakat bir xil
mazmunni ifodalovchi tushunchalar emas. Harakat mazmuniga ko‘ra
keng tushuncha, u har tomonga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin, bunda
o‘zgarish kuzatiladi. Taraqqiyot ham ma’lum yo‘nalishdagi harakat,
bu harakat mohiyatiga ko‘ra quyidan yuqoriga qarab, oddiydan
murakkabga qarab yo‘naladi. Bu jarayonda biz shunday o‘zgarishni
anglashimiz kerakki, eski sifatdan yangi sifatga o‘tish, harakatning
oddiy shaklidan murakkab shakliga o‘tishi bo‘lsin. Bu jarayonlar
faqatgina qarama-qarshiliklar birligi va kurashi zaminida eski holat
o‘rniga undan farq qiluvchi yuqoriroq darajadagi yangi holatning
takrorlanishi, eskining o‘rniga yangining kelishi, deb tushunmoq
kerak. Demak, taraqqiyot tushunchasi ham keng, ham chuqur
mazmunga ega ekan.
Taraqqiyot bu shunday jarayonki u olg‘a qarab boradi. Harakat
va o‘zgarish olg‘aga ham, orqaga ham qarab borishi mumkin.
Taraqqiyot jarayoni, hamma narsa va hodisaning o‘ziga xos
xususiyatiga, aniq sharoitiga, vaqtiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |