Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi, asosiy shakllari va



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi, asosiy shakllari va 

konsepsiyalari 

 

Bilish  jarayonida  haqiqat  masalasiga  katta  e’tibor  beriladi. 

Bilish jarayonidagi bilim obyektiv borliqqa mos kelish kelmasligini 

haqiqat  to‘g‘risidagi  ta’limot  yoritadi.  Haqiqat,  obyektiv  borliqqa 

mos  keladigan  narsa  va  hodisalarning  mavjud  holati,  mohiyati, 

mazmunini, sifat hamda xususiyatlarini to‘g‘ri va aniq aks ettiruvchi, 

amaliy  faoliyat  orqali  sinalgan  bilimlardir.  Falsafiy  dialektika 

e’tiborni  haqiqat  turlariga  qaratadi.  Haqiqatning  mutloq  va  nisbiy 

turlari mavjud. Biror narsa yoki hodisaning mavjudligini e’tirof etish 

va uning inson miyasida to‘g‘ri to‘la ifodalanishi mutloq haqiqatdir. 

Nisbiy haqiqat deb obyektiv olamdagi narsa va hodisalar haqida to‘la 

bo‘lmagan bilimlar yig‘indisiga aytiladi. 




164 

Obyektiv  yoki  mutloq  haqiqat  kelajakda  to‘ldirishi  mumkin 

emas. Masalan: «yer shar shaklidadir», «atom zarrachasi kashf etildi» 

yoki  «Ivan  vafot  etdi».  Nisbiy  haqiqatlar  esa  kelajakda  to‘ldirilishi 

mumkin  bo‘lgan  haqiqatlardir.  Masalan,  «bozor  munosabatlariga 

o‘tish qonunlari mavjud». Mazkur jarayon haqiqat. Ammo u hozirgi 

davr  uchun  haqiqatdir.  Bozor  munosabatlariga  o‘tish  qonunlari 

mavjud  bo‘lsa  ham,  bu  qonunlar  davr  taqozosi  bilan  mutloq 

bo‘lmasa-da  nisbatan  o‘zgaradi.  Ular  o‘rnini  yangisi  olishi  yoki 

yangisi  kashf  etilishi  mumkin.  Ikkinchi  misol:  «Mars  planetasida 

hayot  bor-yo‘qligi  o‘rganilmoqda».  Demak,  planeta  o‘rganilayot-

ganligi  aniq  bo‘lsada,  u  to‘g‘risida  mutloq  bilimga  ega  emasmiz. 

Zero, planetani o‘rganish davom etayotir. Bilimlar to‘ldirilayotir. Bu 

bilimlar  mavjud  bilimlar  taraqqiyotining  ma’lum  bir  bosqichida 

mutloq haqiqatga aylanadi. Hozircha planetada hayot borligi haqida 

nisbiy haqiqatga erishganmiz. 

Obyektiv  haqiqat  inson  va  insoniyatga  bog‘liq  bo‘lmagan 

mavjud  reallikning  to‘g‘ri  in’ikosidan  iboratdir.  Mazkur  in’ikos 

etiluvchi  obyektiv  reallikka  mos  kelishi  kerak.  Falsafa  fani  inson 

bilimlari abadiy emas, ular doimiy sur’atda takomillashib boradi deb 

o‘rgatadi.  Oddiylikdan  murakkablikka  qarab  rivojlanadi,  bilmas-

likdan bilishlikka, nisbiy haqiqatdan mutloq haqiqatga qarab boradi, 

deb ta’kidlaydi. Shu bilan birga ilmiy falsafa inson bilmaydigan soha 

yo‘q, uning bilishi cheksiz bo‘lganligi uchun barcha sohani biladi deb 

o‘rgatadi.  Inson  bilimi  obyektiv  olamga  nisbatan  nisbiydir,  xolos. 

Inson erishgan bilimi yuqori bosqichda bo‘lsada, undan ham yuksak 

yangi bosqichga qarab intilaveradi. Har bir nisbiy haqiqatda mutloq 

haqiqatning bir elementi mavjud bo‘ladi. Sababi barcha predmet va 

hodisalarda  rivojlanishning  keyingi  bosqichi  mujassam.  Nisbiy 

haqiqatda  ham  obyektiv  olam  to‘g‘ri  aks  etadi.  Inson  faoliyatida 

nisbiy  haqiqat  takomillashib  boradi.  Predmet  va  hodisalar  rivojida 

miqdoriy  va  sifat  o‘zgarishlari  namoyon  bo‘lganida  nisbiy  haqiqat 

uchun  sharoit  yaratiladi.  Shu  ma’noda  predmet  va  hodisalarning 

holati  haqida  inson  bilishini  aniq  va  aniqlanishi,  chuqurlashtirilishi 

to‘laroq bo‘la borishi nisbiy haqiqatdir. Ammo haqiqatni qabul qilish 

mutloq haqiqatni e’tirof etmaslik degani emas, u ham nisbiy. Mutloq 

haqiqatni  bilish  nisbiy  haqiqatsiz  amalga  oshmaydi.  Dialektik 

xarakterda  bo‘lgan  bu  jarayonlar  bir-birini  taqozo  etadi.  Olamni 




165 

bilish uchun bir inson, bir-ikki, yuzlab avlod umri ham kamlik qiladi. 

Chunki  bilish  cheksiz,  olam  o‘zi  cheksiz  bo‘lganidek,  inson 

ruhiyatini bilishning ham poyoni yo‘q. Har bir inson, avlod olamdagi, 

tabiat sirlarini bilishga yondoshadi xolos. Masalan, birgina atomning 

tuzilishi haqidagi ta’limot elektron kashf etilganiga qadar ikki ming 

yildan  ko‘proq  vaqtni  o‘z  ichiga  oldi.  Endilikda  elektronning 

xususiyatlarini  bilishning  o‘ziga  yuz  yildan  ortiq  vaqt  sarflandi. 

Elektron  va  uning  xususiyatlari  haqida  inson  bilimlari  tobora 

kengayib,  ma’lum  hajm  va  shaklga  yetganda  bu  haqidagi  bilimlar 

mutloq  haqiqatga  aylanadi.  Buning  o‘zi  ham  uzoq,  ham  murakkab 

taraqqiyotni o‘z ichiga oladi. Binobarin, atom, elektron tuzilishi juda 

murakkab bo‘lib, ularning xususiyatlarini o‘rganish ham mushkul va 

og‘ir mehnat, doimiy izlanish, harakatni talab etadi. Atom sohasidagi 

yangi  har  qadam  u  sohada  yangi  bir  bosqichni  paydo  qiladi,  bu 

bosqich esa atom haqidagi bilimni mutloq haqiqatga yaqinlashtiradi. 

Ijtimoiy  hayot  hodisalari  ham  shu  kabi  xarakterga  egadir.  Ammo, 

jamiyatdagi hodisalarni bilish jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘yish 

mumkin. Sababi hodisa va jarayonlar mutloq turg‘un emas, ular vaqt 

o‘tishi,  sharoit  o‘zgarishi  bilan  yangicha  ko‘rinish  yoki  tus  olishi 

mumkin.  Bunga  misol  marksizm-leninizm  ta’limotidir.  Zero,  ba’zi 

mamlakatlarda bu ta’limot jamiyat hodisalarini tushuntirib berishda 

izchil  bo‘la  olmadi.  Shunday  bo‘lsa-da  insonlar,  avlodlar  tabiat  va 

jamiyat  hodisalarini  oxirigacha  bilish  uchun  harakat  qilaveradi. 

Masalan,  olimlar  so‘nggi  ellik  yil  davomida  kosmik  fazoni 

o‘rganishda davom etib ma’lum xulosalarga ega bo‘lganidan (nisbiy 

haqiqatga erishganidan) so‘ng Mars planetasi faoliyati bilan qiziqib, 

unda hayotning bor yoki yo‘qligini aniqlashga kirishdi. Inson Mars 

haqidagi  mutloq  haqiqat  izidan  bormoqda.  Demak,  inson  olam 

to‘g‘risidagi  bilimlarni  to‘la  qamrab  ololmasa  ham,  shunga 

intilaveradi.  Shu  sababli  qayta  takrorlaymizki,  insonning  mutloq 

haqiqatga erishuvi, unga yaqinlashishi nisbiydir. Inson bilishi nisbiy 

bo‘lar  ekan,  bu  bilimlarda  obyektiv  mazmun  yo‘qdir  degan  xulosa 

kelib chiqmasligi kerak. Har qanday nisbiy bilimda obyektiv, mutloq 

haqiqatning  ma’lum  qismi  mujassam.  Ya’ni  unda  haqiqat  unsurlari 

mujassamlashgandir. Haqiqat esa aniqdir. Mavhum haqiqatning o‘zi 

yo‘q,  mavhum  haqiqat  o‘tkinchi,  yolg‘ondir.  Shunday  qilib    nisbiy 

haqiqatni  mutloq  haqiqatga  qarshi  qo‘yib  bo‘lmaydi.  Ularni 




166 

mujassam holda o‘rganmoq lozim. Mujassam yondoshish haqiqatga 

dialektik  yondoshishni  taqozo  etadi.  Dialektik  yondoshish  esa  turli 

aqidaparastlik  nuqtai  nazaridan  yondoshishlardan  saqlaydi,  xato-

lardan holi qiladi. Falsafa tarixida shunday ba’zi oqimlar bo‘lganki, 

bu  oqimlar  insonlarning  olamini  bilishdagi  faoliyatini  buzib  talqin 

qilgan.  Bilish  imkoniyatlarini  cheklashga  harakat  qilgan.  Agno-

stitsizm,  relyativizm,  volyuntarizm  kabi  oqimlar  shular  jum-

lasidandir. Masalan, relyativizm oqimi nisbiy haqiqatni e’tirof etsada, 

mutloq  haqiqatni  inkor  etgan.  Bu  oqimlar  haqiqat  muammolariga 

dialektik  yondoshmay,  o‘z  ta’limotlarida  kamchiliklarga  yo‘l 

qo‘yganlar.  Hayotdagi  faqat  nisbiy  haqiqatni  e’tirof  etish  suvdan 

so‘ng  quruqlik  bo‘lishini  sezmaslikka  monand.  Ya’ni  nisbiy 

haqiqatdan  so‘ng  albatta  mutloq  haqiqat  bo‘lishini  sezmaslik 

masalaga jiddiy yondoshmaslik dalolatidir. 

Inson faoliyatida ilmiy haqiqatlar mavjud. Ilmiy haqiqatlar bilan 

birga tarixiy haqiqatlar ham e’tirof etiladi. Insonlar obyektiv olamni 

ilmiy  va  tarixiy  haqiqat  orqali  ham  biladilar.  Binobarin,  ilmiy 

haqiqatlar  ma’lum  va  ular  aniq  tarixiy  vaziyat  bilan  bog‘liq  bo‘lib 

muayyan shaklda namoyon bo‘ladi. Ana shu ma’noda ham haqiqatlar 

mavhum emas, balki, aniq va ravshan. Xulosa qilib aytganda, haqiqat 

to‘g‘risidagi  insonning  nazariy  va  ilmiy  faoliyati o‘tmishni,  hozirgi 

zamonni,  kelajakni  anglashga  yordam  beradi,  xulosalar  chiqarishga 

olib keladi.  

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish