148
hissiy bilishning ahamiyatini barcha bilish jarayonlaridan ustun
qo‘yib, aqliy jihatlarga e’tibor bermaydi. Ya’ni ratsional bilishdagi
tushunchalar nazariyalarning roliga salbiy munosabatda bo‘ladi.
Empirizm oqimi XVII-XVIII asrlarda paydo bo‘lgan. Empirizmni
F.Bekon, T.Gobbs, J.Lokk, J.Berkli, D.Yum kabi faylasuflar targ‘ib
qilganlar. Ularning fikricha, tajriba inson sezgi organlariga predmet
va hodisalar ta’sir etadi. Faqat shu doirada bilish namoyon bo‘ladi.
Tajriba sof subyektiv xarakterga ega bo‘lib, har qanday odam o‘z
tajribasidan chetga chiqa olmaydi, deb tushuntiradilar. Demak, bu
ta’limotning kamchiligi shundaki, insonning ijodkorligiga e’tibor
bermaydi. Hissiy tajriba bilishda yagona emas, balki bilish nazariy
tafakkurdan ham iboratdir. Hozirgi paytda empirizmning tarafdorlari
pozivitizm,neopozivitizm oqimlarida ko‘rinadi, ular empirizmning
davomchilaridir.
Bilish muammosini tushuntirishda ratsionalizm oqimining ham
o‘rni bor. Ratsionalizm (lotincha rationalis – aqllilik,vatio – aql)
bilishning asosiy vositasi bu kishilarning xulq-atvoridir deb
tushuntiradi. Bilish jarayonida aqlni hissiy sezgi, idrok, tasavvur
orqali tushunish mumkin. Ya’ni bilishda sezgi, idrok, tasavvur
ustuvordir. XVII-XVIII asrlarda yashab o‘tgan R.Dekart, B.Spinoza,
G.Leybnitslar o‘rta asrlar sxolastikasiga qarshi chiqganlar. Ularning
fikricha haqiqiy ilmiy bilishga aql vositasidagina erishiladi.
Insonning hissiyotlari hamma vaqt ham predmet va hodisalar
to‘g‘risida to‘la ma’lumot bera olmaydi. Ratsionalizmning mohiyati
falsafiy kategoriyalar orqali ochib beriladi. Gnoseologiyada
ratsionalizm keng va tor ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’noda u,
irratsionalizmga qarshi, tor ma’noda esa empirizm va sensualizmga
qarshi deb qaraydi.
So‘nggi yillarda falsafaga epistemologiya so‘zi ham kirib keldi.
Aslida bu so‘z ham bilish nazariyasi sifatida qaraladi. Epistemologiya
so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib episteme – bilim va logos –ta’limot
demakdir. Falsafani bo‘limi hisoblanadi. Gnoseologiya singari bilish
jarayonining mazmun va mohiyati bilishning voqealikka bo‘lgan
munosabati, bilish jarayonining umumiy asoslarini, uning haqi-
qatliligi, shart-sharoitlari kabi muammolarni o‘rganadi. Epistemo-
logiyaning asosiy muammolari: bilishning tuzilishi, turlari, qoidalari,
o‘zgarishlari va rivojlanishi, ilmiy nazariy va amaliy faoliyatda uning
149
xosiyatliligi va hayotga joriy etish holatlari hisoblanadi. Antik dunyo
davridayoq shularga e’tibor qaratilgan. Epistemologiya bilish
jarayonidagi obyektiv hisoblangan narsa va hodisalar to‘g‘risidagi
bilimlarga ega bo‘lish yo‘llarini xarakterlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: