Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


  Qarama-qarshilik va ziddiyat qonuni



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

 


198 

Qarama-qarshilik va ziddiyat qonuni 

 

Falsafa qonunlaridan biri-qarama-qarshiliklar birligi va kurashi 

qonunidir.  Falsafa  tarixida  bu  qonun  ko‘proq  mantiq  fanidan  kelib 

chiqib  tushuntirilgan.  Chunki,  mantiqda  qarama-qarshiliklar 

tafakkurlashga xos maxsus xususiyatlarni ifodalaydi. Unda obyektiv 

olamni to‘g‘ri aks ettirishni zaruriy sharoitlari mavjuddir. Aristotel bu 

qonunni  faqat  mantiqda  bo‘lishini  e’tirof  etib,  uning  barcha 

sohalarida amal qilishiga e’tibor qaratmagan. 

Falsafaning  qonun  va  kategoriyalarini  asoslashga  intilgan 

mutafakkirlar  anchagina.  Ayniqsa,  XVIII  asr  fransuz-ingliz 

faylasuflari, yangi davr XIX-XX asr faylasuflari  ta’limotlari bunga 

misol  bo‘la  oladi.  Jumladan,  taraqqiyot  manbaini  Nyuton  ham 

ko‘rsatishga harakat qilib uni birinchi turtkida, deb izohlagan bo‘lsa, 

XVIII  asr  fransuz  materialistlari  taraqqiyot  sababi  predmet  va 

hodisalarning  o‘zida  deb  uqtirdilar.  Ularning  fikricha,  taraqqiyot 

manbai  qarama-qarshiliklar  kurashi  asosida  emas,  balki  moddiy 

obyektlarning  bir-biriga  ta’sir  etishidadir.  Keyinchalik  XIX  asrda 

taraqqiyot  manbaini  Georg  Gegel  ko‘rsatib  berdi.  Uning  fikricha, 

taraqqiyotning sababi qarama-qarshiliklar birligi va kurashidadir. Bu 

g‘oyani so‘ngroq marksistik falsafa ham davom ettirdi. 

Qarama-qarshiliklar  birligi  va  kurashi  taraqqiyotni  tushun-

tirishdagi muhim qonun ekanligini isbotlash uchun avvalo uni tashkil 

etadigan  tushunchalar  mohiyati  bilan  tanishib  chiqish  zarur.  Bu 

tushunchalar ayniyat, tafovut, ziddiyat kabilardir. Ta’kidlash lozimki, 

ular o‘zaro aloqa va bog‘lanishdadir. 

Ayniyat  –  narsa  va  hodisalarning  nisbiy  turg‘unligini, 

barqarorligini  belgilaydigan  tushuncha  bo‘lsa,  tafovut  predmet  va 

hodisalarning  farqli  tomonlari  orasidagi  munosabatni  ifodalaydi. 

Ziddiyat  qarama-  qarshi  tomonlarning  konfliktli  munosabatlarini 

bildiradi. 

Ayniyatni 

yanada 


to‘g‘riroq 

tushunish 

uchun 

aynan 


o‘xshashlikni, bir xillikni ko‘z oldimizga keltirishimiz zarur. Lekin, 

ta’kidlash  lozimki,  mutloq  o‘xshashlik,  bir  xillikning  o‘zi  yo‘q. 

Masalan,  egizaklar,  yoki  qolipdagi  g‘ishtlar  bir-biriga  o‘xshasalar 

ham makondagi egallagan joylari bilan farq qiladilar. Hech bo‘lmasa, 

tarkibiy tuzilishida farq mavjud. Ammo nisbiy o‘xshashdirlar. 



199 

Tafovut–narsa  va  hodisalardagi  o‘xshamaslik  va  bir–biridan 

ajratuvchi belgi ifodasidir. Tafovutda har bir narsaning o‘ziga xosligi 

yoki xos emasligi tushuniladi. Masalan, har qanday jonli organizm yoki 

o‘simliklar hayoti to‘xtovsiz modda almashinuviga asoslansa, mexanik 

ta’sir  va  o‘zaro  ta’sir  natijasida  jismlar  harakatga  keladi.  Bu  yerda 

ta’sirlar farqli, tafovutli jihatlar hisoblanadi. Demak, tafovut  qarama-

qarshi tomonlar asosini tashkil etadi. 

Ziddiyat  –  tafovutdan  kelib  chiqmaydigan  jarayondir.  Qarama-

qarshi  tomonlar  harakatidan  ziddiyat  kelib  chiqadi.  Ziddiyat  kelib 

chiqishi  uchun  qarama-qarshi  tomonlar  bo‘lishi  shart.  Qarama-qarshi 

tomonlardagi  munosabatlarning  keskinlashuvi  natijasi  ziddiyatdir. 

Ziddiyatning yuqori shakli konflikt (to‘qnashuvdir). Shu o‘rinda aytish 

mumkinki, 

ziddiyat 

qarama-qarshi 

tomonlarning 

to‘qnashuvli 

(konfliktli) munosabatlarini ifodalaydi.  

Ko‘rib  turibmizki,  qarama-qarshi  tomonlarning  bo‘lishi  o‘z-

o‘zidan  kelib  chiqmay,  ko‘p  jarayonlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Shu 

jarayonlar  natijasida  hosil  bo‘lgan  qarama-qarshiliklar,  tabiat  va 

jamiyatda, tafakkur hodisalaridagi mavjud bo‘lgan tomonlarni tashkil 

qiladi. Bu tomonlardagi xossa va xususiyatlar gohida bir-birini inkor 

qilsalar,  gohida  bir-birini  taqozo  etadilar.  Magnitning  manfiy  va 

musbat qutblari, atomdagi tortilish va itarilish kuchlari, jamiyatdagi 

yollovchi va yollanuvchilar turli tomonlarni aks ettiradi. Ammo, bu 

jarayonlarda  qarama-qarshi  tomonlar  ham,  mavqei  ham  tafovutli 

munosabatlarni 

keltirib 

chiqarmaydi. 

Tomonlar 

o‘rtasidagi 

munosabat  keskinlashsa,  konflikt    jiddiy  tus  oladi.  Shu  sababli, 

konflikt tushunchasi ziddiyatdan farq qiladi. Konflikt, qarama-qarshi 

tomonlar orasidagi munosabat bo‘lib, u keskinlashganda eski chegara 

yangi  chegaraga  chiqadigan  harakatda  xarakterda  bo‘ladi.  Lekin 

ziddiyat hamisha ham konfliktga olib bormaydi, ularning oldini olish 

mumkin.  Tabiat  va  jamiyat,  inson  tafakkurida  ziddiyatlar  turlicha 

bo‘ladi. Chunki olam cheksiz va turli-tuman, hodisa va o‘zgarishlar 

esa  son-sanoqsizdir.  Shunday  ekan,  ziddiyat  shakllari ham  turlicha. 

Ziddiyatsiz  harakat  paydo bo‘lmaydi.  Har  qanday  harakat    ziddiyat 

orqali  sodir  bo‘ladi.  Aytish  mumkinki,  harakatning  o‘zi  ham 

ziddiyatdir. Hayotning o‘zi ham ziddiyat zamiriga qurilgan. Demak, 

tevarak atrofda mavjud ziddiyatlarni bir-biridan farqlash lozim, zero 

ziddiyat  harakat  va  taraqqiyot  manbai.  Ziddiyatlar  vujudga  kelishi 




200 

bilan ma’lum shaklga ega bo‘lgach, kurash keskinlashadi va keyingi 

bosqich  uchun  sharoit  yaraladi.  Ta’kidlash  lozimki,  tabiat  va 

jamiyatdagi  ziddiyatlar  o‘zaro  farqlanadi.  Tabiatdagi  ziddiyatlar 

stixiyali bo‘lib, insonga bog‘liq emas. Inson paydo bo‘lishidan oldin 

ham  shunday  ziddiyatlar  bo‘lgan.  Ular  keskinlashib,  rivojlanib 

halokat  yoki muvaffaqiyatga  olib  kelgan.  Bu ziddiyatlar  o‘ziga  xos 

qonuniyatlar asosida paydo bo‘lib, yoki yo‘qolib turadi. Jamiyatdagi 

ziddiyatlarga  inson  faoliyati  ta’sir  etadi  va  boshqarib  turiladi. 

Jamiyatdagi  ziddiyatlar  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy,  ma’naviy 

faoliyatda aks etadi. Ular xarakteriga ko‘ra: ichki va tashqi, asosiy va 

asosiy  bo‘lmagan,  antagonistik  va  noantagonistik  hamda  bosh 

ziddiyatlarga bo‘linadi. 

Narsa  va  hodisalarning  harakat  jarayoni  va  mohiyatidan  kelib 

chiqadigan  ziddiyatlar  ichki  ziddiyat  deb  atalsa,  narsa  va  hodisalar 

o‘rtasidagi  tashqi  ziddiyat  deb  tushuniladi.  Ko‘pincha,  ichki 

ziddiyatlar  taraqqiyot  yo‘lida  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ladi. 

Masalan,  mehnat  va  kapital,  boylik  va  qashshoqlik  o‘rtasidagi 

ziddiyat ichki ziddiyat bo‘lsa, bir mamlakat bilan ikkinchi mamlakat 

o‘rtasidagi ziddiyat tashqi ziddiyat hisoblanadi. Ziddiyatning ichki va 

tashqi  ziddiyatlarga  bo‘lish  umuman  nisbiydir.  Chunki  ular  bir-

birlariga o‘tib ham turadi. Ma’lum bir ziddiyat bir narsaga nisbatan 

tashqi  ziddiyat  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  o‘simlik  bilan  muhit 

orasidagi  ziddiyat  o‘simlik  uchun  tashqi  ziddiyat  hisoblansa,  tabiat 

hodisalarining  taraqqiyotiga  nisbatan  uning  ichki  ziddiyati 

hisoblanadi.  Taraqqiyot  tashqi  ziddiyatlardan  ham  kelib  chiqishi 

mumkin yoki aksincha. 

Taraqqiyot    asosiy  va  asosiy  bo‘lmagan  ziddiyatlarga  ham 

bog‘liq.  Asosiy  ziddiyatlar  deganda,  hodisaning  mavjudligi  va 

rivojlanishi,  vujudga  kelishi  va  yo‘q  qilinishigacha  yoki  eski 

sifatining  tugatilishini  o‘z  ichiga  olgan  chinakam  mohiyatni 

ifodalaydigan  ziddiyatlar  tushuniladi.  Asosiy  ziddiyatlar  har  bir 

predmet  yoki  hodisaga  nisbatan  olinadi.  Masalan,  Afg‘onistondagi 

asosiy  ziddiyat  bu  muholiflar  o‘rtasidagi  ziddiyatdir.  Asosiy 

bo‘lmagan ziddiyat ma’lum taraqqiyot bosqichida narsa va hodisalar 

mohiyatining  u  yoki  bu  tomonini  aks  ettirib  uni  belgilash  yoki  

o‘zgartirish    kuchiga  ega  bo‘lmagan  ziddiyatdir.  Asosiy  va  asosiy 

bo‘lmagan  ziddiyatni  bosh  ziddiyatdan  farq  qilish  lozim.  Bosh 




201 

ziddiyat,  taraqqiyotining  u  yoki  bu  bosqichi  mohiyatini  belgilab 

beradi.Masalan,  dunyoda  tinchlikni  saqlash  bosh  ziddiyat.  Bosh 

ziddiyat  ham  o‘zgaruvchan  bo‘lib,  sharoit  va  vaqtga  bog‘liq  holda 

namoyon bo‘ladi. Amaliy faoliyatda ikkinchi darajali ziddiyatga ham 

e’tibor qaratish xatoliklardan holi qiladi. 

Olam taraqqiyotida antagonistik va noantagonistik  ziddiyatlar 

ham  mavjud.  Antagonistik  ziddiyat,  deb  maqsad  va  manfaatlari 

tubdan  bir-biriga  qarama-qarshi  bo‘lgan  jarayonlarga  aytiladi. 

Masalan  mushuk  bilan  sichqon  o‘rtasidagi  ziddiyat  antagonistikdir, 

ya’ni  ularni  kelishtirish  mumkin  emas.  Noantagonistik  ziddiyat 

deganda,  manfaat  va  maqsadlari  umumiy  bo‘lgan  ziddiyatlarni 

tushunish mumkin. Respublikamiz hayotida ham ziddiyatlar mavjud 

bo‘lib,  ularni  rejalashtirish  yo‘li  bilan,  fan  va  texnikadan  to‘g‘ri 

foydalanish natijasida tartibga solinadi. Natijada ular konflikt keltirib 

chiqarmaydi.  Ko‘proq      konstitutsiya  va  boshqa  qonunlar orqali  bu 

ziddiyatlar  oldi  olinadi  va  hal  etiladi.  Ziddiyatlar  ham  universaldir. 

Taraqqiyotga erishishda ular turli tomondan ta’sir qiladilar. Shundan 

kelib chiqib, hozirgi zamonga zid ziddiyatlarni guruhlash mumkin: 1. 

Mamlakatlar  o‘rtasidagi  umum  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy 

ziddiyatlar. 2. Mamlakatlar ichkarisidagi ziddiyatlar. 3. Mamlakatlar 

o‘rtasida sivilizatsiyaga oid ziddiyatlar.  

Bu ziddiyatlar ham o‘zaro bog‘liq bo‘lib, turli sohalarni qamrab 

oladi  va  shu  jarayonlarning  hayotiyligini  hisobga  olish  zarur. 

Taraqqiyotga  hissa  qo‘shadigan  qarama-qarshiliklar  tabiat,  jamiyat 

tafakkurida  ro‘y  beradigan  hodisalardir.  Barcha  narsa  va  hodisalar 

qarama-qarshiliklar 

birligidir. 

Ularda 

ayniylik, 

tafovut, 

ziddiyatlarning bo‘lishidir. Demak, falsafiy xulosa shundan iboratki, 

har  bir  narsa  va  hodisaning  muayyanligi,  harakati,  rivojlanishi, 

taraqqiyotining    asosiy  sababi,  manbai,  shu  narsa  va  hodisalarda 

mavjud  qarama-qarshi  jihatlar  ular  orasidagi  munosabatlar 

natijasidir. Bu jarayonlarning hammasi qarama-qarshiliklar birligi va 

kurashi  qonunida  aks  etadi.  Qarama-qarshiliklar  birligi  va  kurashi 

qonunining  mohiyati  yana  shundaki,  unga  muvofiq  har  bir  narsa  va 

hodisa qarama-qarshi tomonlarga-salbiy  va ijobiy, o‘tmish  va  kelajak, 

o‘tib boruvchi va rivojlanuvchi, eski va yangi xossalarga ega. Har bir 

narsa va hodisa qarama-qarshi  tomonlarning birligidir (m: magnitning 

o‘zi  bir  jism,  lekin  uning  mohiyati  qarama-qarshilikda–manfiy  va 




202 

musbatligida  yoki  organizm  bitta,  lekin  u  assimilyatsiya  va 

dissimilyatsiya mavjud bo‘lganda birlikni keltirib chiqaradi). Kurash va 

birlik  genetik  usulda  o‘zaro  bog‘langan,  yoki  boshqacha  aytganda, 

qarama-qarshiliklarni – bir-biridan ajratib, qotib qolgan holda,faoliyatsiz 

holda olish va tekshirish aslo mumkin emas. Ular nisbiy birlikda bo‘lib, 

vaqti–vaqti  bilan  bir-biriga  o‘tib  turadilar,  bir-birini  taqozo  qiladilar, 

kurashadilar,  Qarama-qarshilik  bir  mohiyatning  ikki  tomonini 

ifodalaydi.  Qarama-qarshiliklar  kurashi  to‘xtamaydi,  lekin  u  nisbiy 

bo‘lib,  birlik  esa  mutloq.  Shu  sababli  qarama-qarshi  tomonlar  birligi 

ma’lum bir narsa yoki hodisadagi ikki qarama-qarshi kuchning ma’lum 

nisbiy  vaqt  ichida  birga  mavjud  bo‘lib  turishi  deb  aytish  mumkin. 

Shunday  qilib,  qarama-qarshiliklar  birligi  va  kurashi  qonunning 

umumiylik  xarakteri  faqatgina  moddiy  olamdagi  hamma  narsa  va 

hodisalarga ularning paydo bo‘lishidan tortib halok bo‘lishigacha qadar 

o‘z  ichiga olganligida ham namoyon bo‘ladi.  

Harakat, rivojlanish, taraqqiyot mazkur jarayonlarning natijasidir. 

Zotan  hayotning  o‘zi  xilma-xil,  unda  kutilmagan  qarama-qarshiliklar 

paydo  bo‘ladi.  Ayniqsa,  hozirgi  dunyo  juda  murakkab,  rang-barang, 

jo‘shqin,  qarama-qarshi  tendensiyalarga  boy.    Shu  bilan  birga  u  orzu 

umidlar  dunyosidir.  Inson  o‘zi  yaratgan  mo‘’jizalar  oldida,  o‘zining 

naqadar ojizligini sezayotgan dunyodir. Shu sababli taraqqiyotni to‘g‘ri 

baholash,  «pala-partishlik»ka  emas,  balki  o‘zaro  kelishuvchilik 

yo‘llarini izlashga va oqilona fikrlashga bog‘liqdir. 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish