Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Inkorni–inkor qonuni 

 

Falsafaning inkorni inkor qonuni ham avvalgi qonunlar: miqdor 

o‘zgarishlarining  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tish  qonuni,  qarama-

qarshiliklar birligi va kurashi qonuni singari muhim o‘rin egallaydi. 

Bu umumiy taraqqiyot qonuni ham faylasuflar tomonidan mukammal 



208 

talqin  qilingan.  Mazkur  qonun  tabiat,  tarix  va  tafakkurda  g‘oyat 

darajada keng amal qiluvchi muhim taraqqiyot qonunidir. Binobarin, 

bu  qonunni    chuqur  va  har  tomonlama  o‘rganish  undan  amaliy 

faoliyatda  to‘g‘ri  va  izchillik  bilan foydalanish,  taraqqiyotni  to‘g‘ri 

tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Inkorning mohiyatini to‘g‘ri 

tushunish  -  taraqqiyotning  dialektik  konsepsiyasini  izchillik  bilan 

ilmiy asosda tushunishdir. 

Har  bir  narsa  va  hodisaning  rivojlanishi  va  eskirishi,  umri 

tugayotgan  tomonlarning  yemirilishi  parchalanishi  hamda  yangi, 

ijobiy  tomonlarning  rivojlanish  yangi  bilan  eski,  o‘lib  borayotgan 

narsalar  bilan  tug‘ilib  kelayotgan  narsalar  o‘rtasidagi  o‘zaro 

munosabatni ochib beradi. 

Har  bir  narsa  va  hodisa  abadiy  emas,  balki  ichki  va  tashqi 

ziddiyatlar  zaminida  o‘zgarib,  bir  holatdan  ikkinchi  holatga  o‘tib 

boradi, bu o‘zgarish eskirgan narsa va hodisalarning o‘lib, yemirilib 

borishi  zaminida  yangi  narsa  va  hodisalar  paydo  bo‘ladi.  Inkor 

bo‘ladigan  narsa  va  hodisalar  esa  butunlay  uloqtirilib  tashlanmay, 

balki  ularga  xos  ijobiy  tomonlar,  belgi  va  xususiyatlar  saqlanib, 

umumiy rivojlanish jarayonini ifoda etadi. 

Har bir narsa va hodisa, obyektiv ravishda ichki ziddiyatlardan 

kelib chiqadi. Bu qonun yemirilish va parchalanishni sodda inkorda 

ifodalamay,  balki  taraqqiyotni  egri  yo‘llar  bilan,  spiral’  shaklida, 

nisbiy  takrorlanishlar  asosida  oddiylikdan  murakkablikka,  pastdan 

yuqoriga  qarab  borishi  xarakterini  ilmiy  asosda  ochib  beradi.  Hech 

bir  sohada  o‘zining  ilgarigi  yashash  shakllarini  inkor  etmaydigan 

taraqqiyot sodir bo‘lmaydi. Har bir jarayon inkor qilish holatiga ega.  

Taraqqiyot  natijasida  vujudga  kelgan  yangi  narsa  eskining  inkor 

qilinishidir.  Eskining  inkor  qilinishi  natijasida  hamma  narsa  va 

hodisada  ilgarilanma  harakat  sodir  bo‘ladi.  Yangi,  eskini  o‘rnida 

uning  ijobiy  tomonlarini  saqlab  qolgan  holda,  yangi-yuksakroq 

progressiv  holatni  egallaydi.  Shunday  qilib,  taraqqiyot  bir-birini 

almashtirib  turadigan  bosqichlardan  iborat  bo‘lib,  bir  bosqich 

ikkinchi  bosqich  tomonidan,  ikkinchisi  uchinchisi  tomonidan  inkor 

etiladi, shunday qilib bu jarayon cheksiz davom etilaveradi. 

 Inkor  shunday  inkorki,  buning  natijasida  taraqqiyot  davom 

etishi, yangi inkor sodir bo‘lishini taqozo etishi kerak. Dialektik inkor 

obyektiv jarayondir. 




209 

Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarda inkor etishning har 

xil  turlari  va  shakllarini  uchratish  mumkin.  Masalan,  donning  unib 

chiqish  yo‘li  bilan  inkor  etilishi,  chirish  bilan  inkor  etilishi,  qurtlar 

tomonidan ozuqa sifatida yeb inkor etilishi, tegirmonda donni unga 

aylantirish    yo‘li  bilan  inkor  etilishi  va  hokazo.  Lekin  har  qanday 

inkor, inkor bo‘lavermaydi, chunki inkor ilgarilab borishning uzilishi, 

to‘xtab qolishni ifodalaydi. Bunday inkor mutloq inkordir. Dialektik 

inkor esa eskilikning tugashi yangilikning paydo bo‘lishi bilan birga, 

eskining  ijobiy  tomonlari  asosida  yangining  o‘sishidan  iboratdir. 

Dialektikada  inkor  qilish  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  “yo‘q”  demak  emasdir. 

Demak,  birinchi  inkorni  shunday  qilish  lozimki,  natijada  ikkinchi 

inkor chiqsin, rivojlanish. 

Inkorni inkor, voqelikdagi o‘lib borayotgan narsa va hodisalar 

o‘rtasidagi  aloqa  va  vorislikni,  ilgarilab  rivojlanishning  ma’lum 

bo‘laklari,  holatlari  orasidagi  bog‘lanishlarni  ifodalovchi  falsafiy 

kategoriyadir. 

Inkorni  inkor  qonunini  falsafa  tarixida  birinchi  bo‘lib  Gegel 

asoslagan edi. U, bu qonunni tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuni 

sifatida izohlagan edi. 

Dialektikaning  boshqa  qonunlari  kabi,  Gegel  bu  qonunni  ham 

bir  biriga  qarama-qarshi  fikrlash  asnosida  ajoyib,  mazmunan  boy 

mulohazalarni aytib o‘tdi. Masalan, Gegelning inkorni inkor qonuni 

orqali  olg‘a  qarab  harakatlanishning  cheksizlik  g‘oyasini  ilgari 

surgan edi. Bu qonunda taraqqiyotning yangi asosdagi boshlang‘ich 

holatiga qaytish tendensiyasining ichki mazmunini ochishiga harakat 

qilgan.  Gegel  inkorni  inkor  qonuni  orqali  rivojlanishning  yuqori 

bosqichida  eskilikni  dialektik  “olib  tashlash”  yo‘li  bilan,  ma’lum 

ijobiy  tomonlarini  saqlab  qolish  g‘oyasini  olg‘a  surgan.  Gegelning 

inkorni  inkor  qonunida  ana  shunday  ijobiy  va  diqqatga  sazovor 

tomonlari mavjuddir. 

Gegel  bu  qonunni  uchlik  sxema  shaklida  izohlaydi.  Gegel 

“mutloq  g‘oya”  taraqqiyotini  quyidagi  yo‘nalish  bo‘yicha,  ya’ni 

da’vo  (tezis),  inkor  (antitezis),  inkorni  inkor  (sintez)  bosqichlari 

orqali o‘z-o‘ziga qarab rivojlanadi, deb ko‘rsatadi. 

Marksizm  klassiklari  fikricha,  inkorni  inkor  qonuni  tabiat, 

jamiyat  va  inson  tafakkuri  taraqqiyotiga  xos  bo‘lgan  ilgarilab 



210 

boradigan  qonun.  Bu  qonun  bilan  ular  eskilikning  inkor  etilishi  va 

yangilikning paydo bo‘lishini isbotlashga intilganlar. 

Inkorni  inkor  qonuni  va  inkor  etish  masalalari  orqali  XIX 

asrdagi 

rus 


revolyutsion 

demokratlari 

Belinskiy, 

Gersen, 


Chernishevskiy,  Dobrolyubovlar  o‘z  davridagi  «qabih,  rus 

voqealigini» inkor etish zaruriyat ekanligini to‘g‘ri tushungan edilar, 

lekin  dehqon  ideologlari  bo‘lgan  rus  revolyutsion  demokratlari 

dialektikaning  boshqa  qonunlari  singari  bu  qonunning  ichki 

mohiyatining  to‘liq  va  har  tomonlama  yorita  bilmaganlar.  Bu 

qonunning mohiyatini chuqur bilish uchun nima uchun inkorni inkor 

deb  atalishini  bilish  kerak  edi.  Dialektikaning  bu  qonuni  «inkorni 

inkor» deb atalishining sababi, moddiy olamdagi narsa va hodisalar 

doimiy  ravishida  o‘zgarib,  bir  holatdan  ikkinchi  holatga  o‘tishi 

oqibatida  uzluksiz  rivojlanishidan  kelib  chiqadi.  Taraqqiyot 

jarayonida  bir  inkor  ikkinchi  inkor  bilan  almashadi.  Natijada 

taraqqiyot ilgariga qarab boradi. 

Falsafa tarixida shunday oqimlar bo‘lganki, ularni nigilistlar deb 

ataganlar.  Nigilizm  (lot.  Nihil    -    hech  nima)  har  qanday  ijtimoiy 

ideallar, turmush tarzi, hayotiy normalar, qadriyatlar va tamoyillarni 

inkor etuvchi oqimning nomidir. Avval G‘arbiy yevropada keyinroq-

XIX asrning o‘rtalarida Rossiyada tarqalgan. Nigilizm birinchi marta 

nemis  faylasufi  Yakobi  Fridrix  Genrix  (1743  -  1819)  tomonidan 

qo‘llanilgan  bo‘lsada,  uning  Rossiyada  tarqalishiga  sabab  

I.S.Turgenevning    «Otalar  va  bolalar»  romani  (1861)  sababchidir. 

Shu  roman  orqali  nigilizm  Rossiyada  ommalashgan.  O‘sha 

davrlarning  aksil  inqilobchilari  demokrat  inqilobchilarni  nigilistlar, 

deb  ataganlar.  Chunki  demokrat  inqilobchilar  o‘zlarigacha  bo‘lgan 

jamiyatlarning  madaniy-ma’rifiy,  urf-odat  va  qadriyatlariga  qarshi 

chiqib  ularni  tanqid  qilgan  edilar.  Shu  sababli  demokratik 

inqilobchilar  o‘tmishdagi  madaniyatni  inkor  qilishda  ayblanganlar. 

Ular  o‘zlarining  yangi  -  sivilizatsiya  sohasidagi  g‘oyalarini  ilgari 

surganlar. Nigilizmni rus yozuvchilaridan yana biri D.I.Pisaryovning 

publitsistik  faoliyati  bilan  bog‘lasalarda,  lekin  I.S.Turgenev 

romanida  nigilizm  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Romanning  asosiy 

qahramonlari  Arkadiy  va  yevgeniy  suhbatidan  xulosa  qiladigan 

bo‘lsak,  yevgeniyning  o‘zidan  oldingi  hayotga  e’tiborsizligini 

sezamiz.  Jumladan, Arkadiy, Yevgeniyga o‘z amakisi yashagan davr 



211 

tarbiyasini  eslatganda,  yevgeniy  o‘sha  davr  tarbiyasini  ham  inkor 

qilib:  «tarbiyami,-deydi u,-har bir kimsa o‘zini o‘zi tarbiya qilmog‘i 

lozim. Masalan, aytaylik, aqalli mening kabi... Endi davr masalasiga 

kelsak, nima uchun  men davrga tobe bo‘lay? Yaxshisi-davr menga 

tobe bo‘lsin. Yo‘q, birodar, bular hammasi beboshlik, ma’nosizlik!» 

(I.S.Turgenev. «Otalar va bolalar» T.: 1953 y. 40-b.). Yana inkorga 

qaytadigan  bo‘lsak,  suv  isitilganda  bug‘ga,  metall  eritilsa,  suyuq 

holatga o‘tadi, bu yerda rivojlanish sodir bo‘lmaydi, bir narsa o‘rniga 

ikkinchi  narsa  paydo  bo‘ladi.  Dialektik  inkor  esa  shunday 

ziddiyatlarni  hal  qilishni  maqsad  qilib  qo‘yadiki,  buning  natijasida 

taraqqiyotda  yuqori  bosqichga  erishiladi.  Bu  dialektik  inkorning 

xususiyatlari. Dialektik inkorning yana bir xususiyati shuki, u eskisini 

yemiribgina qolmay, uning ijobiy tomonlarini umumlashtiradi, sintez 

qiladi.  Sintez    oldingi  eskining  ijobiy  tomonlarini    mexanik  tarzda 

birlashtirish  emas,  balki  yuqori  bosqichda  o‘zgartirilib  birlash-

tirilishidir. Ikkinchi inkor harakatning shart-sharoitlarini ifodalaydi. 

Ko‘rinib turibdiki, inkor tushunchasi davrni ham ifodalaydi. 

Ma’lum  jarayonning  tugalanish  davri  yangi  davr  uchun  asos 

bo‘ladi,  bu  hol  cheksiz  davom  etadi.  Davriylik  taraqqiyot  ritmini 

xarakterlaydi.  Davriylik  tufayli  harakat  quyidan  yuqoriga  qarab 

boradi.  Davriylik  to‘g‘risidagi  masalani  kundalik  hayotimizda 

uchraydigan juda oddiy narsa va hodisalardan tortib g‘oyat murakkab 

biologik  va  ijtimoiy  hodisalar  va  inson  bilishining  hammasida 

ko‘rishimiz  mumkin.  Masalan,  don  urug‘i  tuproqqa  tashlangach, 

ma’lum  bir  davr  o‘tishi  bilan  asil  holatini  yo‘qotadi,  ya’ni  inkor 

etiladi.  U  o‘sib  rivojlanib,  o‘simlik  shaklini  oladi,  o‘simlik  ham 

o‘sish, gullash davridan so‘ng o‘zini inkor etib donga aylanadi, lekin 

paydo bo‘lgan don ilgarigi bitta donning o‘zini takrorlamay, balki bir 

necha don sifatida, o‘z tarkibidagi o‘zgarishlar orqali vujudga keladi. 

Biogenetik  qonun  ham  yuqorida  aytilgan  fikrlarning  to‘g‘riligini 

isbotlaydi.  

Biogenetik  qonunning  mohiyati  shundan  iboratki,  har  bir  tirik 

organizm o‘zining individual paydo bo‘lishi va taraqqiyoti davomida 

shu turga xos bo‘lgan o‘tmishdagi eng oddiy bir hujayralik shaklidan 

tortib  barcha  taraqqiyot  bosqichlarini  qisqa  davr  ichida  takrorlaydi. 

Bu takrorlash oddiy, aynan takrorlash bo‘lmay, balki yangi sharoitda 

yuqoriroq  asosda  sodir  bo‘ladi.  Turlarning  kelib  chiqishi  bunga 




212 

misoldir. D.I.Mendelleyevning kimyoviy elementlar davriy tizimida 

ham  bu  holat  yaqqol  ko‘rinadi.  Kimyoviy  elementlar  atom 

og‘irliklarining 

ortib 

borishi 


natijasida 

elementlarda 

sifat 

o‘zgarishlari  sodir  bo‘ladi.  Davrdan  davrga  o‘tish,  davr  ichida 



elementdan elementga  o‘tish sakrashdan iborat bo‘ladi. 

Jamiyatning  umumiy  yo‘nalishi,  rivoji-eski  ijtimoiy-  iqtisodiy 

formatsiyaning  yangi,  yuqoriroq  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiya  bilan 

almashish  tarixidan  iborat.  Bu  jarayon  asosida  ishlab  chiqarish 

usulining rivojlanishi yotadi. Ishlab chiqarish usulining o‘zi esa yangi 

ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  xarakteriga  mos,  mavjud  ishlab 

chiqarish  munosabatlarining  eskirganligini  inkor  qilish  yo‘li  bilan 

paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishidan  iborat.  Demak,  shunday  qilib, 

inkorni  inkor  qonunining  mohiyati  shundan  iboratki,  hodisalarning 

inkor etilishi ijobiy tomonlarning saqlab qolinishi natijasida mavjud 

hodisalar  to‘xtab  qolmaydi,  yo‘qolib  ketmaydi,  balki  yana  olg‘a 

qarab harakat qiladi.  

Taraqqiyotning yo‘nalishi va xarakteri haqidagi masala borasida 

asrlar davomida faylasuflar o‘z fikrlari bilan o‘zaro tortishib keldilar. 

Ba’zi  bir  faylasuflar  olamdagi  o‘zgarishlar  bir  doira  ichida 

takrorlanishdan iborat desa, ba’zi birlari to‘g‘ri chiziq bilan boradi, 

deb  tushuntirib  keldilar.  Masalan:  XVIII  asrda  yashagan  italiyalik 

faylasuf Janbattisto Viko fikricha, jamiyat doimo takrorlanib turuvchi 

uch bosqichni: go‘daklik, yigitlik va yetuklik davrini kechirib boradi.  

Fransuz  olim  Jan  Batist  Lamark  esa  tirik  tabiatda  harakat 

uzluksiz va sakrashsiz to‘ppa-to‘g‘ri yo‘ldan ilgarilab boradi, deydi. 

Bu  nazariyani  jamiyatga  tatbiq  etishni  fransuz  revolyutsiyasining 

ideologlari, ma’rifatchilari, D.Didro, Gelvetsiylar ham olg‘a surgan 

edilar. Inkorni inkor qonuni fan va amaliyot uchun muhim ekanligini 

ular ham sezgan edilar. 

Tabiat  fanlari  tarixidan  ham  inkorni  inkor  qonuni  namoyon 

bo‘lishini  ko‘rish  mumkin.  Masalan,  geometriyada  Evklid 

geometriyasidan  N.I.Lobachevskiy  geometriyasi  kelib  chiqqan. 

Noevklid geometriya evklid geometriyasini inkor etadi va shu bilan 

birga uning davomi-geometriyaning yana bir yangi bosqichi sifatida 

yuqoriga  ko‘tariladi.  Xuddi  shuningdek,  fizika  fanidan  ham  misol: 

XVIII  asr  yorug‘lik  nazariyasida  tasdiqlangan  qoidaga  binoan, 

yorug‘lik  zarrachalardan  iborat  bo‘lib,  shu  zarrachalar  harakat 



213 

qonuniga binoan yorug‘lik tarqaladi degan fikr fizikada hukm surgan. 

Shu bilan birga ikkinchi nazariya – yorug‘lik to‘lqin xususiyatga ega, 

shu  to‘lqin  qonunga  muvofiq  tarqatiladi,  degan  qoida  ham  paydo 

bo‘lgan. Lekin yorug‘likning kvant xususiyati kashf etilishi bilan XX  

asr fizikasi bu ikki kashfiyot yorug‘likning ikki xil xususiyatiga ega 

ekanligini  ochib  berdi.  Yorug‘likning  difraksiya  va  interfraksiya 

xususiyati orqali uning to‘lqin xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatsa, 

foton  elektrik  effekti  uning  zarra  xususiyatiga  ega  ekanligini  ochib 

berdi. Ikki-bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar sintezi natijasida bu 

nazariyaning kamchiligi bartaraf etildi (inkor etildi). Bu nazariya bir 

pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi, inson bilimi esa boyidi. Demak, yangilik 

eskining  negizida  paydo  bo‘lib,  u  bilan  aloqada  bo‘lishidir.  Uning 

ijobiy tomonlaridan foydalanishi asosida fan mazmuni boyib boradi. 

Shunday  qilib,  falsafaning  inkorni  inkor  qonuni  quyidagi  umumiy 

xususiyatlariga ega:  

1.

 

 Inkorni  inkor  qonuni  –  tabiat,  jamiyat,  tafakkur  taraqqi-



yotining umumiy, obyektiv xarakterga ega qonunidir. 

2.

 



 Dialektikaning  inkorni  inkor  qilish  qonuni dunyodagi  narsa 

va hodisalarning ilgarilab rivojlanishi murakkab jarayonini ifodalash 

bilan  birga,  eskilik  bilan  yangilik,  o‘lib  borayotgan  narsalar  bilan 

tug‘ilib  kelayotgan  narsalar  o‘rtasidagi  dialektik  munosabatlarni 

birdan  bir  to‘g‘ri  hal  qilib  beradi.  Bu  qonun  eski-o‘lib  borayotgan 

tomonlarni  dialektik  olib  tashlash  bilan  birga,  ularga  xos  bo‘lgan 

ijobiy tomonlarni saqlab qolish zarurligini asoslab beradi. 

3.

 



 Inkorni inkor qonuni olamni bilishda tafakkur taraqqiyotida 

g‘oyat muhim rol’ o‘ynaydi. 

4.

 

 Inkorni  inkor  qonuni,  jamiyat  va  tafakkur  taraqqiyotini 



sipiral’ shaklida ilgarilab borishini ochib beradi. 

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish