5
I-QISM
1-mavzu. Falsafafanining predmeti, mazmuni va
jamiyatdagi roli
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafani
shakllanishining asosiy bosqichlari
.
Falsafa grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, ikki jumladan iborat:
philio – sevaman, sevmoq, Sorhia-donishmandlikni sevish,
donishmandlik ma’nosini anglatadi. Rivoyat qilishlaricha, Fliunt
shahriga safari chog‘ida hokim Leon Pifagordan so‘radi: “Sen qaysi
ilm bilimdonisan?” – “Hech qaysi, – deb javob berdi Pifagor. – Men
shunchaki bir faylasufman”. – “Falsafa degani nima o‘zi?”-
taajjublanib so‘radi hokim. Pifagor shunday javob berdi: “Inson
umrini bozor va olimpiya o‘yinlariga qiyoslash mumkin. Bozordagi
sotuvchilar ham, xaridorlar ham doimo o‘z foydalarini ko‘zlaydilar.
Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari esa shon-shuhrat va mashhurlik
payida bo‘ladilar. O‘yingohdagi tomoshabinlar esa ularni diqqat bilan
kuzatadilar. Hayotda ham shunday. Odamlarning katta bir guruhi
boylik va shon-shuhrat orttirish maqsadida yelib-yuguradilar. Ana
shu olomon orasida kamchilikdan iborat bir guruh borkim, ular
chetdan turib atrofdagilarni jimgina kuzatadilar. Voqea-hodisalarni,
inson tabiatini tadqiq etadilar. Haqiqatni anglash ularning eng sevimli
amalidir. Ana shu toifadagi odamlar faylasuflar-donolikni
sevuvchilar, deb ataladi. Ular sofoslar,ya’ni donishmandlar emas.
Chunki tom ma’nodagi donishmandlik yolg‘iz Allohga xos sifat.
Bandalar esa donishmandlikka intilish bilan kifoyalanadilar, xolos.”
deb so‘zini tugatgan ekan faylasuf Pifagor.
Falsafa qadimiy soha. Demak, falsafaning shakllanishining
asosiy bosqichlari uzoq uzoqlarga borib taqaladi. Jumladan qadimgi
sharqda tabiat, jamiyat inson tafakkuri haqida turli falsafiy fikrlar
o‘rtaga tashlangan. Ayniqsa, Qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr, O‘rta
Osiyo mintaqalarida sodda falsafiy fikrlar paydo bo‘lgan. Ana shu
6
sodda falsafiy qarashlar – urf-odatlar, asotirlarda, rivoyatlarda,
dostonlarda aks etgan. Markaziy Osiyoda zardushtiylik ta’limoti,
Hindistonda esa Lokayata, Chorvaka oqimlari paydo bo‘lgan.
Ma’lumki, qadimgi Hindiston qadimgi sivilizatsiyaning asosiy
markazlaridan biri hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, birin-
chi falsafiy qarashlar ham Hindistondan boshlangan. Manbalarda
qayd etilishicha Hindistonda falsafiy fikrlar 4 davrga ajratilgan.
1.Vedalar (600 yilgacha) 2. Epik davr 3.Sutr davr 4. Sxolastika
davri
Albatta bu davrlar o‘z xususiyatiga ega bo‘lgan. Birinchi davr,
ya’ni Vedalar (Veda-bilim demakdir) Xudo bilan bog‘liq gimnlardan
yaratilgan. Ibodatxonalar barpo etilgan. Vedalardan biri Rigveda
bo‘lib u bir necha kitobdan iborat. Ulardagi madhiyalar o‘z
xususiyatiga ko‘ra qoida hisoblangan. Qoidaga amal qilinmasa adolat
qaror topmaydi. Rigvedalarda axloqiy ma’naviy fazilatlar ko‘proq
aks etgan. Rigveda ,,yani rita’’ tushunchasi orqali voqea narsalarnig
yo‘li tushuntirilgan. Fazodagi jarayonlar, insonlar o‘rtasidagi
munosabatlar, ularning hayot haqidagi tasavvurlari undan o‘rin
olgan. Xulosa qilib aytganda, rita tevarak atrofdagi borliqning
(moddiylik va ma’naviylikni) yo‘lini ifodalagan.
Yana bir yo‘nalish Upanishadlar ta’limoti bo‘lib, (Upanishad
o‘qituvchining oyog‘i ostida o‘tirish ma’noda) unda ham vedalar
madhiyasi ilohiy bashorat- qudratdan iborat deb hisoblangan. Yuqori
tabaqada turuvchilar- ya’ni braxmanlar bu donolik ta’limotining
jiddiy bilimdonlari deb qabul qilingan. Keyinchalik braxmanlarga
qarshi tanqidlar sodir bo‘lgan. Shulardan biri bu Jaynizm
ta’limotidir. Ular ko‘proq tabiat falsafasiga e’tiborni qaratganlar.
Yana bir ta’limot bu – buddizm ta’limoti bo‘lib, bu ta’limotda
rohat va azob, qiyinchilik va osudalik, yaxshilik va yomonlik kabi
insoniy fazilatlar ustuvor bo‘lgan. Buddizm va Upanishadlar olamni
tushuntirish uchun ilg‘or diniy fikrlarni o‘rtaga tashlaganlar. Veda
va Upanishadlar qarashlari ,,Maxabhorat” epik poemasida ham aks
etgan. Krishna Vishna (Xudo)ning yerdagi vakili komillik elchisi
sifatida tasvirlangan, insonlarni ezgulik g‘oyalari bilan baxramand
bo‘lishiga chorlagan. Bulardan tashqari Hindistonda paydo bo‘lgan
oqimlar; Chorvyaka, Lokayatalar ham muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan. Ushbu ta’limotlar tarafdorlari olamni cheksizligini, bu
7
dunyodan boshqa dunyo yo‘qligini targ‘ib qiladilar. Ularning
fikricha, olamni 4 unsur – suv, olov, havo, tuproq tashkil etadi.
Olam ana shu to‘rt unsurning birlashuvidan tashkil topgan.
Falsafa taraqqiyotida Xitoy falsafasi muhim ahamiyatga ega
u ham Hind falsafasi kabi paydo bo‘lgan. Xitoydagi falsafiy qarashlar
ijtimoiy hayotning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Yangi falsafiy fikrlar,
xo‘jalik yuritishlar, tovar-ayiraboshlash, yangi bilimlarning paydo
bo‘lishi, davlatchilikni taraqqiyoti kabilar bilan bog‘liq. Qadimgi
Xitoy hududida tabiiy fanlarini yuzaga kelishi (matematika, tibbiyot
astronomiya va b). insonlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan. Xitoydagi
dastlabki falsafiy qarashlarga sayyoh donishmandlar asos
solishganlar. Falsafiy maktablar tashkil topa boshlagan. Ularga ko‘ra
olam avval tartibsiz bo‘lgan. Ular qarama-qarshi tomonlar(osmon-
in’, yer-yan’ ) dan iborat bo‘lib fazo kuchi bilan tartibga keltirilgan.
Xitoydagi falsafiy qarashlar In-zinning o‘zgarishlar kitobida, Shi-
tszinning qo‘shiqlar kitobida, Li-tszinning urf-odatlar kitoblarida
aks ettirilgan. Xitoydagi qarashlarda ham olam suv, havo, olov,
yer, yog‘ochdan paydo bo‘lgan degan fikrlar ustuvor. Olam
to‘xtovsiz harakatda. Unda qarama-qarshiliklar mavjud.
Xitoydagi falsafiy qarashlar o‘rtasida Konfutsiy (ruschada
Qonfutsiy) ta’limoti muhim ahamiyatga ega. Konfutsiy (351-479y.)
kambag‘al oilada tug‘ilgan. U o‘zining, Suhbat va fikr bayoni asarida
ma’naviy-axloqiy qoidalarni, ota-onaga, davlatga, ulug‘larga bo‘lgan
munosabatlarni bayon qilgan. Konfutsiy osmon va ruh muammolarini
falsafiy jihatdan yoritishga intilgan. Uning fikricha osmon-kuch-oliy
haqiqat, adolat, yerdagi odamlarning ham sababchisidir. Taqdir
sababga bog‘liq. Uning fikricha, tarbiya inson hayotida eng
muhimdir. Jamiyatni isloh qilishga da’vat etadi.
Xitoydagi falsafiy oqimlardan biri bu Moizmdir. Asoschisi
Mo –Tszi(479-400y.y.) bo‘lib o‘z maktabini yaratgan. Bu
ta’limotda ham Osmon faoliyatiga e’tibor qaratilgan. Osmon hamma
uchun namuna, u hammani barobar ko‘radi, shu sababli katta-
kichikni, kuchli-kuchsizni, boy-kambag‘alni, amaldor-fuqaroni
kamsitmasligi, odamlar inoq bo‘lishi targ‘ib qilingan.
Falsafiy qarashlar eramizgacha bo‘lgan davrning VII-VI
asrlarida qadimgi Gretsiyada yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Qadimgi
Yunon va Rim falsafasi, falsafani fan darajasiga yetkazdi. Bu
8
davrga kelib mifologik qarashlar insonlarni qoniqtirmay qoldi.
Eskicha fikrlash o‘z qadrini yo‘qota boshladi. O‘sha davrlarda
Yunonistonda ham tabiiy fanlar rivojlandi. Natijada insonning aqliy
tafakkuriga e’tibor qaratila boshlandi. Insonlar o‘z faoliyatini
qadimiy falsafiy qarashlar asosida emas, endi yangicha yondashuvlar
asosida tushunishlar boshlandi. Borliqni xususiyati va mohiyatini
bilishga ehtiyoj sezildi. Tabiat, jamiyat, inson tafakkuri nimalarga
qodir ekanligi haqida tasavvurlar aniq va ravshan o‘rtaga
qo‘yilaboshlandi. Buning natijasida turli yo‘nalishlar va maktablar
paydo bo‘ldiki, bu jarayon o‘z navbatida falsafani mukam-
mallashishiga sabab bo‘ldi. Tabiat falsafasi yetakchi o‘ringa chiqdi.
Fazoni o‘z vaqtida mutlaqlashtirib tushuntirgan bo‘lsalar, endi uni
o‘zgartirib turishiga, rivojlanib borishiga, bir holatdan ikkinchi
holatga, eskidan yangiga, pastdan yuqoriga, salbiydan ijobiyga,
issiqlikdan sovuqlikka qarab borishiga ahamiyat berdilar. Bunday
qarashlarni dialektik qarash deb atadilar. Dialektik qarash ko‘proq
Geraklit, Zenon ta’limotlarida yaqqol ko‘zga tashlandi. (biz ularning
falsafiy qarashlarini keyingi mavzularda batafsilroq yoritishga
harakat qilamiz).
Platon, Demokrit, Aristotel’ va boshqa qadimgi yunon
faylasuflari ham borliq haqida o‘z zamonasidan kelib chiqib falsafiy
mushohada yuritdilarki, natijada falsafaning mazmun mohiyati
kengaydi. Bu davrda sofiylar (sofiy-donolik demakdir) ham o‘z
fikrlarini o‘rtaga tashladilar. Ularning yirik vakillari Protagor (mil.av.
490-420 y), Georgiy(mil.av.480-380y.)lar hisoblanadi. Sofiylar o‘z
ta’limotlarini ko‘proq inson hayoti bilan bog‘laganlar. Axloqiy,
huquqiy, siyosiy munosabatlarni shakllanishiga e’tibor berdilar.
Bilish muammosini o‘rtaga qo‘ydilar. Ayniqsa, Sokrat (470-399)
Sofiylar izidan borgan bo‘lsada keyinroq ularni tanqid qilgan.
Insonning ongiga baho bera boshlagan. Uning fikricha, inson o‘zini,
o‘zligini bilishi lozim. Bu holat falsafani o‘rganish obekti bo‘lishi
kerak deydi. Shunday qilib, falsafa faninig shakllanishi taraqqiyot
bosqichlari rangbarangdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |