19
Fanning funksiyalari va taraqqiyotning asosiy bosqichlari
Ma’lumki, inson va insoniyat faoliyatida fan ham muhim
ahamiyat ga ega. Fanlarning kelib chiqishi insoniyat taraqqiyotini
yangi bosqichlarga olib chiqa boshladi. Fanning paydo bo‘lishi va
shakllanishi haqida asosan ikki yo‘nalish ko‘zga tashlanadi:
eksternalistik va internalistik.
Eksternalistik yondoshuv tarafdorlarining fikricha, fanning
paydo bo‘lishi faqat tashqi omillarga ya’ni ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy hayotning ta’sirlari bilan bog‘liq. Ushbu sohalarning
determinatsiyasi – ya’ni sababiy bog‘lanishlari natijasidir.
Internalizm ta’limoti tarafdorlarining fikricha, fanning kelib chiqishi
va rivojlanishi ehtiyojlarga bog‘liq. Shu bilan birga internalizmchilar
tafakkur taraqqiyotini ham unutmaydilar. Tafakkur natijasida qonun
va qonuniyatlar paydo bo‘ladi va ushbu sohalar fanlarni vujudga
kelishiga sabab bo‘ladi. Umuman olganda mazkur ikki sohada fikr
yurituvchilarning mulohazalari nisbatan qarama-qarshi bo‘lsa-da,
bir-birlarini mutlaqo inkor etmaydilar.
Ko‘plab tadqiqotlarning xulosalari bo‘yicha fan qadimgi
Yunonistonda milloddan avvalgi 1 ming yillik o‘rtalarida vujudga
kelganligini e’tirof etadilar. Aslini olganda fanning unsurlari bir
necha ming yillar ilgari qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr, Markaziy
Osiyoda ham paydo bo‘lgan. Tadqiqotchilar, ayniqsa, yevro-
patsentrizm tarafdorlari fanni faqat yevropa taraqqiyoti bilan
bog‘lashlari unchalik to‘g‘ri emas. Demoqchimizki, fanning paydo
bo‘lishida qadimgi Sharq mamlakatlarining ham hissalari ulkandir.
Ta’kidlash lozikmki, fan bir butun institut sifatida ya’ni ilmiy
bilimning mustaqil tarmog‘i shaklida XIV asrning boshlarida
shakllandi.
Bu davrda jahonda ijtimoiy inqiloblar yuzaga keldi. Natijada
san’atning turli tarmoqlari, savdo-sotiq, harbiy bo‘linmalar,
dengizchilik, arxitektura sohalari rivojlandi.Ushbu jarayonlar avvalgi
fan obyektlarini kengayishiga turtki bo‘ldi. Fanlarning tarixiga
e’tibor qaratsak, fanlarni klassifikatsiyalashga qadimdan uringanlar.
Jumladan, mutafakkir Aristotel’ fanlarning tasnifini quyidagicha
izohlagan.
20
(Ushbu sxemalar 21-22 betlar I.Saifnazarov va boshqalar.
Fanning falsafiy masalalari.T. “Fan va texnologiya” 2007 yil.dan
olindi.)
Ko‘rinib turibdiki, fanlar haqida faqat yevropa olimlari emas
balki Sharq mutafakkirlari ham o‘z fikrlarini bildirib qoldirganlar.
Yuqoridagi sahifalarda falsafaning ilmiy dushyoqarash sifatidagi
ahamiyatini ko‘rsatgan edik. Binobarin, fan ham ilmiy dunyoqarash
Do'stlaringiz bilan baham: