Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Diniy dunyoqarashning shakllanishi



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Diniy dunyoqarashning shakllanishi 

 

Afsonaviy  dunyoqarashga  nisbatan  aniqroq  bo‘lgan  dunyo-

qarash  bu  diniy  dunyoqarashdir.  Diniy  dunyoqarash  o‘zining 

hayotiyligi  bilan  farq  qiladi.  Diniy  dunyoqarshda  xudo  bilan  inson 

faoliyati  ko‘proq  o‘rin  olgan.  Ammo  borliqdagi  barcha  mavjudot, 

harakat  voqealarni  diniy  dunyoqarash  ham  qamrab  olgan.  Demak, 

diniy  dunyoqarash  deganda,  voqelik  taraqqiyoti  ilohiy  kuch,  ya’ni 

xudoga  bog‘lab  ifodalanishi  tushuniladi.  Zero,  bu  dunyoqarashda 

barcha tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ichki ziddiyat va o‘zaro 

munosabatlardan emas balki Ollohning qudrati natijasidan izlanadi. 

Mo‘’jizaviy  kuchga  intilish  paydo  bo‘ladi.  Diniy  munosabatlar 

ko‘proq  diniy  kitoblar  Qur’oni  Karim,  Hadislar,  Tavrot,  Zabur, 

Injilda  o‘z  aksini  topgan.  Diniy  dunyoqarash  ham  to‘satdan  paydo 

bo‘lmagan.  Yakkaxudolik  dinidan  avval  kishilar  fetishizm 

(narsalarga  e’tiqod)  sehrgarlik,  totemizm,  animizm  kabilarga 

sig‘inganlar.  Dinning  kelib  chiqishi  haqida  turli  fikr  va  qarashlar 

bo‘lgani  singari,  diniy  dunyoqarshning  ham  kelib  chiqishi  haqida 

turlicha yondoshuvlar mavjud. Ba’zi birovlar diniy dunyoqarashning 

to‘la  shakllanishini  sinfiy  jamiyatlarning  paydo  bo‘lishi  bilan 



15 

bog‘laydilar.  Ba’zilar  esa  uni  abadiy  bo‘lgan,  deb  e’tirof  etishadi. 

Jumladan, quldorlik jamiyatini paydo bo‘lishi bilan poleteizm, xalq, 

millat  dinlari  paydo  bo‘lib,  feodalizm  davrida  esa  jahon  dinlari, 

buddizm  (VI-V  eramizgacha),  xristianlik  (eramizning  I  -  asrida) 

islom (eramizning VII  asri) kelib chiqqan. Diniy dunyoqarash diniy 

e’tiqodga asoslanadi. Bu degani ilohiy mavjudotlarning mavjudligini  

e’tirof  etish  va  unga  ishonishdir.  Masalan,  diniy  ta’limotlar  diniy 

e’tiqodi o‘ta kuchli bo‘lgan kishilar tomonidan madh etilgan va etilib 

kelinayotir.  Diniy  fikrlarning  barchasi  Allohning  nomi  bilan 

bog‘langan. XI asrda (ba’zi adabiyotlarda 1119-yil, ba’zida 1136-yil, 

yana birida 1145-yilda tug‘ilgan deb ko‘rsatiladi) yashab ijod etgan 

shayx shoir va mutafakkir Muhammad Farididdin ibn Ibrohim shayx 

Attori  Nishopuriyning  «Ilohiynoma»  asarining  qanday  boshlanib 

yozilganiga e’tiborni qaratsak, diniy e’tiqodning salmog‘ini sezamiz. 

Chunki    olim  har  bir  hikoyatning  boshlanishida  Ollohga  hamdu-

sanolar aytib, o‘z fikrni davom ettirgan. 

Diniy  dunyoqarash  ko‘proq  dindorlar  uchun  o‘ta  muqaddas 

bo‘lib  hisoblangan  va  yuqorida  keltirilgan  mulohazalar  sifatida 

asarlaridan o‘rin olgan.Diniy e’tiqodning tarixi ham juda uzoqlarga 

borib taqaladi. Diniy e’tiqod deganda faqat yakka xudolik emas, balki 

ko‘p  xudolik  kabi  boshqa  turdagi  sig‘inishlar  ham  nazarda  tutiladi 

(fetishizm,  sehrgarlik,  totemizm,  anamizm  kabi).  Fetishizm  - 

(portugal’cha  fetishizm  -  volshebstvo)  ibtidoiy  jamiyatda  paydo 

bo‘lgan.  Madaniy  taraqqiyotning  pastligi  natijasida  shakllangan 

bo‘lib, o‘sha davr talabidan kelib chiqgan. Insonlar narsalarda  ham 

ijtimoiy  holat  faoliyatini  izlaganlar.  Tabiiy  kuchlar  narsalarda  ham 

rivojlanadi,  deb  taxmin  qilganlar  va  shu  tabiiy  narsalarga  sig‘in-

ganlar.  Qadimgi  davrlarda  kishilar  fetishizmni  shunday  tushungan 

bo‘lsalar-da  marksistik  ta’limotda  uning  mohiyati  o‘zgartirib 

tushuntiriladi.  Ya’ni  u  tovar  (mol  –  mulkga  kapitalistlarning 

yondoshishi,  deb  tushuntirildi.  Binobarin,  kapitalistlarni  tovarga 

sig‘inishlari  boylik  manbai),  muqaddas    bo‘lganligi  uchun  uni 

mutloqlashtirildi.  Demak,  davr  o‘zgarishi  bilan  fetishizm    ham  o‘z 

mohiyatini o‘zgartirib borgan.  

Sehrgarlikka  sig‘inish  Avstraliya,  Janubiy  va  Shimoliy 

Amerika,  Afrikada  yashovchi  qabilalar  o‘rtasida  keng  tarqalgan. 

Masalan, hayvonlarni ikkiga bo‘lganlar. Toza va toza bo‘lmaganlar. 




16 

Ularning talqinida ba’zi hayvonlarni xudo o‘z qudrati bilan saqlagan 

va ularni ovqat bilan ta’minlagan. Totemizm – (toteman – so‘zidan 

olingan  bo‘lib,  hozirgi  Shimoliy  Amerika  hindu  qabilalaridan 

birining nomi). Ibtidoiy tuzum davridagi qadimiy dinlardan biri. Bu 

so‘z birinchi marta Dj. Longo tomonidan XVIII asrda qo‘llanilgan. 

Totemizmda ma’lum turdagi hayvon yoki o‘simlik turlari bilan inson 

guruhlarining  aloqasi  borligi  tushunilgan.  Yo‘q  bo‘lib  ketgan 

hayvonlar  belgilariga,  ularning  ajdodlariga  sig‘inganlar.  Emishki, 

o‘sha o‘tib ketgan turlar insonlarni turli ofatlardan saqlagan. 

Animizm – (lat – ruh, qalb) ham ibtidoiy jamoa davrida paydo 

bo‘lgan. Hodisa va narsalarga, inson faoliyatiga ta’sir etuvchi ruh va 

his-tuyg‘ularini  animizm,  deb    yuritganlar.  Animizmning  kelib 

chiqish  sabablari  bu  tabiiy  qiyinchiliklarga  bardosh  bera  olmaslik, 

ilmiy bilimlarni yetishmasligidir. Tabiatdagi sir-asrorlarni bilmagan 

kishilar his –  tuyg‘u  va  ruhlarga  ishonganlar.  Diniy  dunyoqarashda 

insonning  his-tuyg‘ulari  ko‘proq  ahamiyatga  ega.  Hozirgi  davrda 

dinning  insonlarga  ta’sirini  hisobga  olib,  uning  fan  bilan  aloqasini 

ko‘rsatuvchi faylasuflar ham yo‘q emas. Bunday qarash tarafdorlari 

diniy  e’tiqod  va  fan  insonni  haqiqatga  yetaklovchi  sohalar,  deb 

targ‘ib qiladilar. Ularning fikricha, bu sohalar bir – biriga zid emas. 

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish