21
qatorida e’tirof etilishi mumkin. Fan falsafa kabi dunyoni tushunish
uchun vositadir.
Taraqqiyotning barchasi ma’lum bir bosqichlardan iborat
bo‘lganidek, fan rivoji ham bosqichlarga ega. Yuqorida
ta’kidlanganidek, fan XVII-XVIII asrlarda to‘la shakllandi. Fanning
birinchi bosqichi er.av. birinchi ming yillikdan XVI asrgacha bo‘lgan
davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda tabiat – jamiyat, inson haqida turli
qarashlar va fikrlar paydo bo‘ldi. Naturfalsafa, ya’ni predmet va
hodisalar haqidagi, umuman matematika, astronomiya, tibbiyot
to‘g‘risidagi ilmiy kashfiyotlar ko‘zga tashlandi. Turli usul va
metodlarga e’tibor qaratildi. Qadimdayoq fizika, o‘simlikshunoslik,
embiriologiya, mineralogiya, geografiya, tarix sohalarida fanlarning
ilk ildizlari rivojlandi. Hatto, qadim davrlarda mexanika, gidrostatika,
geometriya, optika kabi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Lekin bularning
barchasi falsafa fanining bo‘laklari sifatida o‘rganib kelindi.
Fanning ikkinchi bosqichi XVII-XVIII asrlar bo‘lib, bu bosqich
XIX asrgacha davom etdi. Bu davr ko‘proq N.Kopernik, G.Galliley
tadqiqotlaridan boshlandi va I.Nyuton, Leybnitslarning kashfiyotlari
orqali yuqori bosqichga ko‘tarildi. Bu davrda oldingi kashf etilgan
qonunlar, usullar tahlil qilindi. Astronomiya, fizika, matematika,
ijtimoiy fanlar qayta tahlil qilindi. Shu paytda fanlarni falsafadan
ajrala boshlagani ko‘zga tashlanadi. Fanlar mustaqil bo‘la boshladi.
Ilmiy salohiyat rivojlandi. Qadimda faqat Platon, Ma’mun
Akademiyalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, endi London Qirollik
jamiyati, Parij Fanlar Akademiyasi, keyinroq Berlin, Sankt-
Peterburg, Stokgol’m va yevropaning boshqa yirik shaharlarida ilmiy
akademiyalar tashkil topdi.
Fan taraqqiyotining uchinchi bosqichi X1X asr o‘rtalridan
boshlab XX asrning 60-70-yillarigacha bo‘lgan davrni olish mumkin.
Bunga sabab XIX asrning o‘rtalarida hujayra nazariyasi,
energiyaning saqlanishi va bir turda ikkinchi turga aylanishi,
evolyutsion ta’limotning yuzaga kelishi bilan ham bog‘liq. Bu
davrlarda ilm bilan shug‘ullanuvchilar miqdori ancha kengaydi.
Ularning mavqei ko‘tarildi. Chunki amalga oshirilgan kashfiyotlar
inson tafakkurini ham o‘zgartira boshladi. Og‘ir va yengil sanoat,
qishloq xo‘jaligi sohalariga jadal holda fan kirib keldi. Natijada ishlab
22
chiqarish ham tez rivojlandi. Sababi fan yutuqlari amaliyotdan
chuqur o‘rin oldi.
Fan taraqqiyotining to‘rtinchi bosqichi XX asrning 50-yillaridan
keyingi davrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda genetika, kibernetika fanlari,
kosmos haqida fanlar rivojlandi. Bu davrlarni tadqiqotchilar fan va
texnika inqilobi davri ham aytadilar. Chunki ikkinchi jahon urushidan
so‘ng fanlarni yanada rivojlantirish zaruriyati tug‘ildi. Sanoatni turli
tarmoqlarini qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, energetika,
tanstport, elektrotexnika, komp’yuterlarni rivojlantirish kabi
sohalarda yirik o‘zgarishlar sodir bo‘ldiki, haqiqatdan ham fanlar
inqilobi edi. Bu davrga kelib, fan yutuqlarini hayotga tatbiq etish
muddatlari ham qisqardi. Olimlarning fikricha, bu davr katta fan
davri deb ham yuritiladi. Barcha rivojlangan mamlkatlarda ilmiy
tashkilotlar, o‘quv markazlari miqdori misli ko‘rilmagan darajada
oshdi. Natijada fanning funksiya (vazifa)lari ham ortdi. Sababi har bir
davr fanlar oldiga turli yechimlarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda edi.
Binobarin fanlarning maqsadi yangi obyektiv bilimlarni kashf etish
va ularni yo‘nalishlarini belgilashdan ham iborat bo‘lgandi. Fan
ijtimoiy madaniy hodisadir. Shu sababli uning vazifa va funksiyalari
ham keng qamrovlidir. Ularga quyidagilar kiradi: a) ilmiy bilimlarni
o‘zida jamlaydi va qonun hamda va kategoriyalarni shakllantirib
tushuntiradi, xususiyatlarini bayon qiladi; b) predmet va hodisalarni
loyihalaydi va muayayn obyektni o‘zgartirishga yordam beradi.
Texnologiyalarni o‘zgartirish, zamonaviylashtirishda yetakchilik
qiladi. Madaniy funksiyaga ega. Inson faoliyatini yengillashtiradi.
Dunyoqarashni shakllanishiga ta’sir qiladi; v) jamiyatdagi sohalarni
tartibga solishda ko‘maklashadi. Zaruriyatni amalga oshiradi. Faraz
va taxminlarni isbotlaydi. Yangiliklarni, salbiy, ijobiy tomonlarini
tasdiqlashda qatnashadi; g) xalq xo‘jaligini turli tarmoqlar uchun
bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga yordam beradi. Imkoniyatlarni
ro‘yobga chiqaradi; d) rejalar tuzishda, usullarni ishlab chiqish va
amaliyotda tatbiq etish yo‘llarini belgilaydi. Fan ijtimoiy
taraqqiyotda yetakchi kuch vazifa va funksiyalarni bajaradi.
Bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, fan falsafa bilan mustahkam
aloqadadir. Aniq fanlar ma’lumot va kashfiyotlarni ijro etsa, falsafa
fani ularni umumlashtirib, xulosalarni beradi. Barcha fanlarni
23
nazariya bilan qurollantiradi. Fan taraqqiyotiga hissa qo‘shadi. Shu
sababdan ham falsafa fanlarning metodologiyasi bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: