Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashda davlatning tutgan



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashda davlatning tutgan 

o‘rni

 

 



O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyev  oilaning 

jamiyat  taraqqiyotidagi  nufuzini  ta’riflab:«Oila  men  uchun 

muqaddas.  Muqaddasligi  shundaki,  avvalambor  inson  qayerda 

ishlashidan  qat’i  nazar,  kim  bo‘lishidan  qat’i  nazar  agar  oilada 

tarbiya,  oilada  muhit,  oilada halollik,  munosabat,  tarbiyaga  alohida 

e’tibor bermasa, hech qachon natija bo‘lmaydi. Shuning uchun men 

farzandlarimning  tarbiyasiga  juda  katta  e’tibor  beraman.  Har  bir 

farzandimga ham, nevaramga ham alohida  o‘zimning munosabatim 

bor.  Har  bir  nevaramning  alohida  xarakterini,  orzusini,  istagini 

bilaman” – deb ta’kidlaganlar. 

Oilani  qadriyat  sifatida  tavsiflash  va  jamiyat  hayotidagi 

ahamiyatini  ta’kidlash  bilan  birgalikda,  uni  mustahkamlovchi 

kafolatli  omillarning  rolini  o‘rganish,  ayniqsa,  oilada  ma’naviy-

ahloqiy  tarbiyani  olib  borish  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  dolzarb 

masaladir.  Fuqarolarning  munosib  hayot  kechirishlarini,  tinch-

totuvligini  ta’minlashni  asosiy  maqsadlardan  biri  deb  e’lon  qilgan 

davrga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  shu  qisqa  vaqt  mobaynida 

mamlakatimizda  asrlarga  tatigulik  ishlar  amalga  oshirilganligiga 

guvoh bo‘lamiz. 

O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  mustaqil  dav-

latlar hamdo‘stligi, qolaversa, dunyo Konstitutsiyalari ichida o‘zining 



515 

mukammalligi  va  betakrorligi  bilan  ajralib  turadi.  Jumladan, 

qomusimizda Oilaga alohida bob ajratilib, oilaviy munosabatlarning 

davlat siyosati darajasida muhim ahamiyat kasb etishi, xalqimizning 

nechog‘lik  oilaparvar va bolajon ekanligidan dalolat beradi. Dunyo 

tajribasidan  ko‘rinadiki,  hech  qaysi  davlatning  bosh  Qomusi  inson 

shaxsiga  nisbatan  bunchalik  e’tiborlilik  bilan  yondashmagan. 

Bizning Konstitutsiyamizda esa inson shaxsining go‘daklik davridan 

tortib,  to  qarilik  davrigacha,  oila  davrasidan  tortib  to  faoliyat 

muhitigacha barcha jihatlarga ahamiyat berilgan.  

Mamlakatimizda oila barqarorligi – jamiyat barqarorligi sifatida 

e’tirof etilib, shaxsning oilada kamol topishi uchun barcha huquqiy 

asoslar  yaratilgan.  Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Kons-

titutsiyasida  oila  jamiyatning  asosiy  bo‘g‘inidir  hamda  jamiyat  va 

davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga egadir, deb belgilab qo‘yilgan. 

Konstitutsiyani  ko‘zdan  kechirar  ekanmiz,  yoshi  keksalarning 

mehnat  faoliyati  layoqatlari  susayganda  ijtimoiy  ta’minot  olishga 

imkoniyatlari  mavjudligi  ham  ko‘rsatib  berilganligini  shohidi 

bo‘lamiz:  “Har  kim  qariganda,  mehnat  layoqatini  yo‘qotganda, 

shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda 

tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”. Inson 

biologik mavjudot sifatida o‘zidagi jismoniy imkoniyatlari, quvvati, 

kuchi  kamayganda,  jamiyat  orasida  himoyalanganligini  his  etishi, 

uning hayotga qiziqishini susaytirmaslikka va umrini uzayishiga olib 

keladi.  Konstitutsiyada:  “Fuqarolar  Konstitutsiya  va  qonunlarga 

rioya  etishga,  boshqa  kishilarning  huquqlari,  erkinliklari,  sha’ni  va 

qadr-qimmatini  hurmat  qilishga  majburdirlar”,  deb  belgilangan. 

Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi tenglikning qo‘shimcha kafolati 

sifatida  Konstitutsiyaning  46-moddasida:  “Xotin-qizlar  va  erkaklar 

teng  huquqlidirlar”  mazmundagi  bandi  qat’iy  belgilab  qo‘yilgan. 

O‘zbekiston Respublikasining barcha qonunlarida erkak va ayolning 

teng huquqliligi haqidagi Konstitutsiyaviy tamoyil asos qilib olingan. 

Oilaning  yuksak  tarbiyaviy  imkoniyati  shaxslar  va  ota-

onalarning  o‘ziga  xos  xususiyatlari:  qon-qarindoshligi,  mehr-

muhabbati,  yaqinligi,  ishonchi,  burchga  sadoqat  hissi  va  boshqa 

jihatlar  bilan  ta’minlanadi.  O‘z  farzandining  barcha  zaif  va  kuchli 

tomonlarini  yo‘rgakdagi  chog‘idan  biladigan,  uning  qalbidagi  eng 

kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni 




516 

biladigan  onadan  va  otadan  yaxshiroq  kim  ham  ularni  ezgulikka, 

mehnatsevarlikka, do‘stlikka, muhabbatga o‘rgata oladi.  

O‘zbek  oilalari  asrlar  davomida  mustahkam,  ahil  jamoa, 

ma’naviyat  va  tarbiya  o‘chog‘i  bo‘lib  kelgan.  Bu  esa  bolalarni 

tarbiyalash ularni umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar, an’analardan 

bahramand  qilish,  bilim  darajasini  oshirish  uchun  qulay  sharoitlar 

yaratadi.  Xuddi  shunday,  azaliy  an’analardan  odamlar  bolalik 

chog‘laridanoq  mehnatsevarlikka,  kattalarga  hurmat,  kichiklarga 

izzat ko‘rsatish, bilim egallashga intilishni o‘rganadilar.  

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish