510
Nikoh tuzishning huquqiy asoslari
Insonparvar demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik
jamiyatini barpo etishda “Oila” instituti o‘ziga xos ijtimoiy
birlashmani tashkil etadi. Oilaning bu xususiyati, uning jamiyat
manfaatlari bilan bog‘liqligi hamda ijtimoiy vazifalarida ifodalanadi.
Mamlakatimizda har bir oila va har bir insonning turmush
farovonligi, fuqarolar totuvligini mustahkamlashga qaratilgan oliy
maqsadlarga asoslanib ish olib borish ustuvor vazifa sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasida nikoh tuzishning huquqiy asoslari ishlab
chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra nikoh rasmiy qonunlar asosida
ro‘yxatdan o‘tkazilgandagina huquqiy hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi “Oila kodeksi”ning 1-moddasida nikoh – fuqarolik
holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuzilishi lozimligi
belgilangan. Buning uchun nikohdan o‘tuvchilar FHDYOga ariza
bilan murojaat qilganlaridan keyin bir oy o‘tgach shaxsan ularning
ishtirokida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Oila kodeksi” ning 15-moddasida
balog‘atga yetmaganlarning nikohga kirishining oldini olish, ularning
sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida va oila qurish uchun ma’lum
hayotiy, jismoniy va ma’naviy yetuklik talab qilishlikni e’tiborga
olish haqida shunday qoidalar belgilangan: Uzrli sabablar bo‘lganda,
alohida hollarda nikohga kirishni xohlovchilarnigina iltimosiga ko‘ra
davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimligi
nikoh yoshini bir yilga qisqartirishi mumkin, bunda ular O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko‘ra nikohdan
o‘tgan vaqtdan boshlab muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Oila kodeksida belgilangan nikoh yoshiga rioya qilmasdan
g‘ayri-qonuniy ravishda nikoh munosabatlarida bo‘lish har xil
huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishi mumkin. Xususan, bunday
nikoh haqiqiy emas deb topilib, tegishli shaxsiy va mulkiy huquqiy
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bunda hattoki jinoiy oqibatlarga:
Jinoyat Kodeksining 125-1-moddasiga binoan, nikoh yoshiga
yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish –
eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha
miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari
yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Nikoh
511
yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni
amalga oshirish – eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz
baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Jinoyat Kodeksining 136-moddasiga binoan, ayolni erga
tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish
yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun
o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish esa –
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha
ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida nikoh tuzish uchun
ariza bilan murojaat etgan shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi
bugungi kunda majburiy holat qilib belgilangan bo‘lib, Oila
kodeksida: nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish,
tibbiy-irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalari bo‘yicha maslahat
berish nikohlanuvchi shaxslarning roziligi bilan davlat sog‘liqni
saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rikdan
o‘tkazish natijalari shifokor siri haqidagi va u nikohlanuvchi shaxsga
faqat ko‘rikdan o‘tgan shaxsning roziligi bilan bildirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksiga muvofiq, oilada er-
xotinning
huquqiy
munosabatlari
nikoh
fuqarolik
holati
dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan paytdan
boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan
e’tiboran ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga
keladi.
Oilada ota onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar
boqish va tarbiyalashlari to‘g‘risida majburiyatlar O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida o‘z ifodasini
topgan
1
. Oilaviy munosabatlar quyidagi tamoyillar asosida amalga
oshiriladi, bular: oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va
ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning
1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. -T.: «Adolat», 2017.
512
shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning
o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi,
ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik
qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining
huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: