Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari
Axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka
yetkazish yo‘llaridan biri. Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy
tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Axloqiy tarbiya aslida axloqiy
madaniyatning o‘zagini tashkil etadi, biz ko‘rib o‘tgan muomala
odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy hatti-harakatlar uchun asos
vazifasini o‘taydi. Biroq u o‘zini yetarli namoyon qilishi uchun ta’lim
bilan doimiy aloqada bo‘lishi shart. Shuning uchun biz ko‘pincha
“ta’lim-tarbiya” degan qo‘shaloq atamani qo‘llaymiz. Axloqiy
tarbiya uzluksiz jarayon bo‘lib inson ma’naviy kamoloti bilan uzviy
bog‘liq masala hisoblanadi. Demak, hozirgi axloqiy tafakkur
530
tarbiyada ma’naviy-axloqiy tushunchalarini uyg‘un va izchillikda
qo‘llash axloqiy tarbiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ma’naviy-axloqiy hamkorlik jamiyat ma’naviy-axloqiy muhi-
tida «homo sapiens», ya’ni fikrli va axloqli shaxsni tarkib toptiradi
1
.
Shu bois, jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitida shaxsni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalash masalasi ham muhim hisoblanadi. Zero,
xalqimizning qadim-qadimdan amal qilib kelayotgan odob - axloq
fazilatlari ma’naviyatimiz asosidir. Asrlar mobaynida xalqimiz
umuminsoniy, milliy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini rivojlan-
tirish, shaxs ongi va qalbiga singdirish axloqiy tarbiya vositasida
kechgan. Chunki axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishishida
eng asosiy omil hisoblanib, u orqali individ axloqiy qadriyatlarni
anglaydi, axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashaydi, umuman
axloqiy fazilatlar sohibiga aylanadi. Axloqiy tarbiya inson farzandini
komillikka yetkazish yo‘llaridan biri bo‘lib, unda an’anaviy va
zamonaviy vositalardan keng foydalaniladi.
Abdurauf Fitrat axloqiy tarbiyani jismoniy va aqliy tarbiyadan
keyingi – uchinchi bo‘g‘in tarbiya sifatida uqtirib, u «Insonni komil,
chiroyli xulq-atvor egasi va jamiyatga foydasi tegadigan a’zo qilib
shakllantiradi»
2
, deb uni amalga oshirishning quyidagi tizimini taklif
qiladi.
1.
Bolaga hikoyatlar vositasida axloq qoidalarini tushuntirish.
A.Fitrat Shayx Muslihiddin Sa’diyning (XIII asr) maslagi va
hikoyatlarini tavsiya qiladi, uning «Guliston» va «Bo‘ston» asarlarida
kichik hikoyatlar vositasida axloq qoidalarini bayon qiladi
3
.
2.
Tarbiyachining o‘zi ibrat bo‘lishi lozimligi. Tarbiyachining
so‘zi bilan hatti-harakati uyg‘un bo‘lib, u hatti-harakati bilan
barchaga ibrat, o‘rnak namuna bo‘lmog‘i lozim. Bu borada olib
borilgan ilmiy tadqiqotlarda “shaxsning ma’naviy-axloqiy
kamolotida ibrat muhim o‘rin tutadi, inson fe’l-atvorini faqat pand-
nasihat, dashnom va va’z aytishlar emas, balki munosabat va ibrat
shakllantiradi”
4
, jumladan, axloqiy ong, axloqiy hatti-harakat va
axloqiy munosabat uyg‘un holda in’ikos etadi.
1
Мур Дж. Принципи этики. – М.: Прогресс, 1984. – 140с.
2
Fitrat A. Rahbari najot /SH.Vohidov tarjimasi. – T.:
«
Sharq
»
, 2001. – 157 b.
3
Qarang: K.Hoshimov va boshq. Pedagogika tarixi. – Toshkent: A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, 2006. –
B.145-155.
4
Qarang: Ochilova B.M. Ajdodlar merosiga ixlosmandlik va shaxs ma’naviy– axloqiy kamoloti.: F.f.d-ri ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan Avtor.....f. – Toshkent: O‘zMU, 2005. – 22b.
531
3.
Yomonlarning
yomonligini
ko‘rsatib,
yaxshilarning
yaxshiligini uqtirib borish. Bunda tarbiyachi hayotiy voqealar asosida
bolalarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olib, ish faoliyatini shunga
muvofiq tashkil qiladi
1
. Ya’ni axloqiy tarbiya real voqelik va amaliy
jihatlari bilan ma’naviy-axloqiy muhitni muayyan darajada
barqarorlashtiradi.
Jumladan, A.Fitrat axloq tarbiyasini ongli va maqsadli olib
borish masalasini ilgari suradi va insonda ezgu axloqni
shakllantirishga asos bo‘luvchi bir necha fazilatlarni izohlaydi. Bu
o‘rinda mazkur fazilatlardan eng muhimlarini tahlil qilib o‘tamiz.
1. Karamlilik – sahovat, yaxshilik demakdir. Bu halol va pok,
mehnatkash, mehribon bo‘lish va vijdon amriga bo‘ysunib
yashashdir. Karamlilik ma’naviy axloqiy poklanish, nogironlarga,
yetim-esirlarga xayri-ehson, yaxshilik qilish, ularning ko‘nglini
ko‘tarish, moddiy yordam berish kabi insoniy fazilatlarni qamrab
oladi. A.Fitrat uni «odamlarga yaxshilik qilib, millatni yuksaltirish»
2
,
deb tushuntiradi. Unga ko‘ra, insonda karamlilik tuyg‘usi yuksak
darajada shakllansa, millat ravnaq topadi. Chunki, karamlilik millatga
madaddir. Karamli bo‘lib voyaga yetgan kishi vaqti kelib yuksaladi,
u o‘zini,o‘z faoliyatini, hayotini millat ravnaqisiz tasavvur
qilaolmaydi. Karamli inson nafaqat yaxshi xulqlar bilan bezanadi,
balki el manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘ya oladi.
2. Shijoat – «insonning o‘z haq-huquqlarini bilib yashashidir»
3
.
A. Fitrat shijoatni inson o‘z haq-huquqlarini anglab, ijtimoiy faol
shaxs sifatida harakatda bo‘lishi tarzida talqin etadi. A.Fitrat shijoat
fazilatini izohlab shunday yozadi: «Meni orzuim, falon jamoani
pismadon g‘ayri-shar’iy ishdan ma’n etishdir. Bu esa mening ishim,
birov meni bu ishdan ma’n etolmaydi, chunki bu mening huquqimdir.
Aslida komil inson bunday mushkilot va bema’ni to‘siqlar
andishasiga bormay, erkinlik bilan o‘z vazifalarini bajo keltiradi»
4
.
Zero, shijoat insoniylik sharafi bo‘lib, u insonga qadr-qimmat ato
qiladi. Shijoatning haqiqati qalbning matonatidan, ruhning
salomatligidan iborat. Bu axloqiy fazilat zamirida maqsadlar sari
intilish tuyg‘usi mavjud.
1
Fitrat A. Rahbari najot / SH.Vohidov tarjimasi. – T.:
«
Sharq
»
, 2001. – B.157-158.
2
Fitrat A. Rahbari najot / SH.Vohidov tarjimasi. – T.:
«
Sharq
»
, 2001. – 77 b.
3
O‘sha manba.– 97b.
4
O‘sha manba.– 98 b.
532
3. Sabotlilik – «ulug‘ maqsadga yetishish uchun qat’iy
harakatdir»
1
. A.Fitratning fikricha, ulug‘ maqsad yo‘lida intilgan
odamni «na faqirlik, na qiyinchilik, na maqsad uzoqligi» cho‘chita
oladi. Shuningdek, «besabotligi bilan mashhur bo‘lgan millat
pastlikdan, xorlikdan, zolimlik changalidan xalos bo‘laolmaydi»
2
.
Ushbu fazilat, avvalo, har bir kishida, qolaversa, ijtimoiy faol va
albatta, tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchilarda bo‘lishi kerak
ekanligini qat’iy uqtiradi
3
. Uning fikricha, kishida sabotlilik fazilatini
shakllantirish uzoq vaqt va izchil olib boriladigan mehnatni talab
qiladi. Bu fazilat insonni kashfiyotga boshlaydi.
4. Halimlik – «odamni odamga birodar va do‘st qiluvchi
fazilatdir»
4
. A.Fitrat halimlik fazilatini inson madaniyatining negizi
sifatida talqin qilib, uning «muomala», «talab» «iddao»
tushunchalariga asosan shakllanishini uqtiradi. Sharq tarbiya
nazariyasida qattiqko‘ngillik rad etiladi. A.Fitrat ham bu g‘oyadan
kelib chiqib, insonda halimlik (yumshoqlik) tuyg‘usini shakllantirish
g‘oyasini ilgari suradi. U yozadi: «Komilu olim insonlar nafslarini
(o‘zliklarini) shunday tarbiyalaydilarki, natijada afv, murosa va
muloyimlik odatlariga aylanadi»
5
. Halimlik quyidagi hulqlarni
shakllantirish bilan yuzaga keladi: a) afv (kechirimlilik); b) murosa
(kelishuvchanlik); v) muloyimlik (mo‘’tadillik).
Demak, o‘zligida halimlik fazilati bo‘lgan kishi ruhan kuchli
inson hisoblanadi. Halimlik nodonlikka qarshi xushxulqlikdir va
ushbu fazilat kishini tinchliksevar inson sifatida voyaga yetkazadi.
5. Sadoqat – «jamiki huquqlarimizdan foydalanishimiz va
barcha vazifalarimizni ado etishimizdir»
6
. A.Fitrat sadoqatni
ijtimoiy axloq turlaridan biri sifatida talqin qilib, insonni ikki
olamda baxtga yetaklovchi omillardan biri sifatida uqtiradi. «Bu
dunyoda mo‘’tabar, oxiratda baxtiyor bo‘lishni istaganlar, deb
yozadi A.Fitrat, - o‘zlarida sadoqatni paydo qilib, doimiy odatlariga
aylantirishlari kerak. Ijtimoiy aloqalarning yagona nazoratchisi
sidqu sadoqatdir»
7
. Kishi o‘zligidagi sadoqat tuyg‘usi bilan ijtimoiy
1
Fitrat A.Rahbari najot / SH.Vohidov tarjimasi. – T.:
«
Sharq
»
, 2001. – 100 b.
2
Fitrat A. Rahbari najot / SH.Vohidov tarjimasi. – T.:
«
Sharq
»
, 2001.– 101 b.
3
O‘sha manba. – 101 b.
4
Fitrat A. Rahbari najot / SH.Vohidov tarjimasi. – T.:
«
Sharq
»
, 2001.– 103 b.
5
O‘sha manba. – 104 b.
6
Fitrat A.Rahbari najot / SH.Vohidov tarjimasi. – T.:
«
Sharq
»
, 2001. – 108 b.
7
O‘sha manba. – 108 b.
533
foydali shaxsga aylanadi. Sadoqat ezgu ishlarga fidoyi bo‘lish
natijasida shakllanadi. Olim bu masalani shunday izohlaydi: «Bir
millatning vakillari sadoqat sababli bir-birlariga o‘zaro yordam
beradigan va bir-birlaridan foyda oladigan bir oila a’zolari
kabidirlar. Agar oilada sadoqat bo‘lmasa, u uyda osoyishtalik ham
bo‘lmaydi. Shuningdek, millat og‘alarining orasida ham sadoqat
bo‘lmasa, rohat, boqiylik ham bo‘lmaydi»
1
. Sadoqat xislati muayyan
kishida shakllansa, u avvalo, shu shaxsning oilasida namoyon
bo‘ladi. So‘ngra u jamiyat ishlarida ko‘rinadi.
6. Qanoat – «barcha narsaga shukur qilib, insoniy martabada
yuksalmoqdir».
2
Ta’kidlash lozimki, A. Fitrat o‘z zamonida tarkib
topgan qanoat talqinini tanqid qilib, rad etadi. U yozadi: «Biz
turkistonliklarda ajib bir holat borki, axloqiy fazilatlarni va sha’riy
ajrlarni yo bilmasdan, yo bilib, ya’ni qasddan xato, g‘alati
tushunamiz. Masalan, bugun uyda o‘tirib, hech yerga chiqmay, sa’y-
harakat qilmay, qotgan nonga rozi bo‘lishlikni qanoat deb
o‘ylaymiz».
3
Bu qanoat emas, balki tanballikdir. Aksincha, qanoat
mavjud narsalarga shukur qilib, nafsni jilovlab, o‘zgalar ishi uchun
harakat qilmoqdir. Olim bu fazilatni insoniylikni saqlovchi mezon,
axloqning tarkibiy qismi sifatida inson botinida shakllanadi deb talqin
qiladi va axloq tarbiyasida mazkur ma’naviy-axloqiy fazilatlarni
shakllantirish masalasini tavsiya etadi. E’tibor berilsa, olim axloq
tarbiyasida ko‘proq ijtimoiy tarbiyani nazarda tutadi.
Ayni paytda olim axloq fazilatlarining aksi bo‘lgan salbiy
xislatlarni aytib, ularni rad etadi. Bu borada u, ayniqsa, nodonlik,
xudbinlik, isrofgarchilik, baxillik, jur’atsizlik, manmanlik, ikkilanish,
qaysarlik, g‘azab, uyatsizlik (vajohat), nifoq, xushomadgo‘ylik
(shaloq), bekorchilik (ihmol), hirs, munofiqlik (riyo), molu dunyoga
o‘chlik (sarvat) kabi illatlarni izohlab o‘tadi. Fitrat bu salbiy
xususiyatlar shaxsni g‘ofillik va inqirozga boshlashini alohida
uqtiradi.
Shaxsni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda quyidagi axloqiy
me’yorlarga asoslanish kutilgan samarani beradi:
1
O‘sha manba.– 108 b.
2
O‘sha manba. – 111 b.
3
Fitrat A.Rahbari najot / SH.Vohidov tarjimasi. – T.:
«
Sharq
»
, 2001. – 111 b.
534
1. Shaxs irodasini shakllantirish. Iroda ichki his-tuyg‘u, ammo
muhim insoniy fazilatdir. Iroda kishida bilish, his qilish va chiniqish
quvvatini hosil qiladi. Iroda vositasida shaxs olam va odamni, voqea
va hodisalarni anglab yetadi, haqiqatni teran his qiladi, yaxshilik –
yomonlik ta’sirida bardoshlilik ko‘nikmasini hosil qiladi. Shaxsda
iroda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki u muayyan vaqt davomida
shakllantiriladi. Irodali shaxs jamiyatning ongli individi sifatida
faoliyat ko‘rsatadi, buning aksi bo‘lgan irodasiz kishi esa ongsiz,
mute va o‘zgalarga qul sifatida shakllanadi. Irodasi baquvvat odam
o‘ziga ishonadi va murakkab vaziyatda mas’uliyani qo‘lga oladi.
2. Shaxsni haqiqatgo‘y qilib voyaga yetkazish. Haqiqatgo‘ylik
muhim axloqiy qadriyat sifatida shaxsning ma’naviy – axloqiy
qiyofasida alohida o‘rin tutadi. Haqiqatga intilish shaxsni jamiyatda
o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi. Shu ma’noda, haqiqatgo‘ylik
shaxs xarakterini shakllantiruvchi omillardan biridir.
3. Shaxsni insonparvar qilib voyaga yetkazish. Insonparvarlik
shaxs faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi va uni baholovchi muhim
axloqiy tamoyilidir. Shaxs o‘z faoliyatida insonparvarlik fazilatini
namoyon qilmas ekan, u jamiyatning ilg‘or kishisiga aylana olmaydi.
Zero, jamiyatimiz rivojining hozirgi bosqichida ma’naviy-
axloqiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Chunki jamiyatimiz demokratik
qadriyatlarni qabul qilib borgan sari uning a’zolarini «tarbiyalovchi»
da’vogarlar ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, yoshlarning ongini, axloqi
va hayotini izdan chiqaruvchi g‘arazgo‘y kuchlar, turli diniy oqimlar
o‘z mutaassibona, illyuzion xususiyatga boy tarbiya yo‘llarini
tiqishtirishga urinishmoqda. Bunday sharoitda ma’naviy-axloqiy
tarbiya yo‘nalishlarini aniq belgilab olish dolzarb masala hisoblanadi.
Shu ma’noda, ma’naviy-axloqiy tarbiya quyidagi tamoyillarga
asoslanadi: maqsadlilik, onglilik, samaradorlik.
Axloqiy tarbiya ishlari insonda ezgulik, e’tiqodlilik va erkinlik
tuyg‘ularining g‘olib tarzda shakllantirishga asoslanishi va shaxsni
ma’naviy-axloqiy jihatdan izchil tarbiyalab borishni taqozo etadi.
Bunda ideal darajadagi qadriyatlarga asoslanish kutilgan
samarani beradi. Bu borada, bizningcha, mutloq ma’naviy-axloqiy
tushunchalarga yangicha nuqtai nazardan qarash va asoslanishning
vaqti keldi. Masalan, shaxsning axloqiylik darajasini belgilashda
uning iroda erkinligiga, burch va mas’uliyatga egaligini nazarda
535
tutish maqsadga muvofiq. Albatta, bular mutloq axloqiylik
elementlari hisoblanadi. Negaki, shaxsning iroda quvvatini, burch
tuyg‘usini va mas’uliyat hissi ko‘lamini aniq belgilashni imkoni yo‘q.
Ayni paytda, bu sifatlarsiz shaxsning ma’naviy-axloqiy darajasini
belgilab bo‘lmaydi. Iroda, burch va mas’uliyat oliy ma’naviy-axloqiy
fazilatlar bo‘lsada, ular muayyan ma’naviy muhitda shaxsning xulq-
atvori va hatti-harakatida namoyon bo‘ladi. Bu sifatlar shaxsni
axloqiy jihatdan mudom yuksalib borishiga turtki berib turadi. Shu
ma’noda shaxsni ma’naviy-axloqiy tarbiyalab borishda vaj-
sabablarning muhim o‘rin tutishini e’tirof etish lozim. Ma’lumki,
axloqiy motivlar insonni yo‘naltirib turadi, uning insoniy sifatlari,
fazilatlari va hatti-harakatlarini yangi asoslar bilan to‘ldirib boradi.
Ilm-fan inson ruhiyatida ezgulik tuyg‘usini ustuvor ekanligini asoslab
beradi. Shu ma’noda, Suqrot (er. av. 469-399) haqdir. U deydi:
«Maqsadli yovuzlik qilish mumkin emas»
1
. Mantiqan qaralsa, inson
ongli ravishda yovuzlik qilishga intilmaydi, yovuzlik – inson ongli
ravishda qochadigan hatti-harakat. Negaki, ashaddiy jinoyatchi ham
o‘z hatti-harakatlarida ezgulik harakatlarini «ko‘radi». Demak, har
bir shaxsda iroda, burch va mas’uliyatni shakllantirishning
imkoniyatlari bor. Bunday imkoniyatlardan shaxs butun hayoti
davomida foydalanishi mumkin. Shu ma’noda, ba’zan ishlatiladigan
«bu bola odam bo‘lmaydi», «tarbiyasi qiyin bolalar» kabi iboralar
mazmunsiz tushunchalar. Bunday fikrlash va yondashish shaxsning
ma’naviy-axloqiy tarbiyasi usullarining eskirgani va texnologiyaning
zaifligini ko‘rsatadi. Shaxsni butun hayoti davomida tarbiyalab
borish ishlarida nodavlat tashkilotlarning faoliyati va rolini
oshirishga jiddiy e’tibor qaratish kerak. Chunki fuqarolik jamiyati
institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan
ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli
jamiyatimizda tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda jamoatchilik
va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro
samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda
kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim
vositalaridan biriga aylandi. Shu bois ham siyosiy partiyalar, ijtimoiy
harakatlar, xotin-qizlar qo‘mitalari, turli jamg‘armalar va markazlar
1
История философии / Под ред. А.А. Гусейнова.– М.: Мисль, 2004. – 91с.
536
o‘z a’zolarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalab borishni birlamchi vazifa
qatorida bilishlari kerak. Ularning faoliyatiga baho berishda shu
nuqtai nazardan yondashish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadga
muvofiqdir.
Mazkur tashkilotlarning ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini
kuchaytirish ya’ni, o‘quv trening seminarlar, ma’naviy-axloqiy
mavzularni qamrab olgan turli konkurs va tanlovlarni kuchaytirish;
ma’naviy-axloqliy talablarga javob bergan shaxslar va jamoa
a’zolarini rag‘batlantirib borish mexanizimini ishlab chiqish va
yo‘lga qo‘yish orqali jamiyat a’zolari ongi va hayotida ibrat, namuna,
ixlos fazilatlari majmui ma’naviy ideallarni kuchaytirish kerak. Inson
ruhi ezgu va yorug‘ g‘oyalarni tez qabul qilish xususiyatiga egaligi
ma’lum
1
. Uning aqli esa mantiqiy asosga ega me’yorlar va
qonuniyatlarni qabul qilishga moyil
2
. Shu sababli insonni axloqiy
tarbiyalashda uning ruhi va aqlini to‘g‘ri shakllantirish kutilgan
samarani berishi mumkin. Bu bilan inson tabiatida ezgulik
g‘oyalarining ustuvor darajada tarkib toptirish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |