4. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi qachon qabul
qilingan:
a) 1998-yil 30-aprelda;
b) 2000-yil 12-aprelda;
v) 2010-yil 15-mayda;
g) 2018-yil 2-fevralda
518
15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
Axloqiy madaniyat tushunchasi va uning tarkibiy qismlari
O‘zbekiston jamiyatining hozirgi rivojlanish bosqichida jamiyat
hayotiga oid bir necha muammolarning ilmiy-nazariy yechimlarini
ishlab chiqish dolzarb bo‘lib turibdi. Shunday muammolarning eng
asosiysi – jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitini takomillashtirish
masalasi bo‘lib, jamiyatning ma’naviy muhiti bevosita xalqimizning
axloqiy madaniyatiga daxldor masaladir. Axloqiy madaniyat takomili
jamiyat ma’naviymuhitiga, barqaror ma’naviy-axloqiy muhit esa,
odamlarning ruhi va kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Axloqiy
madaniyat iqtisodiy madaniyat, tibbiy madaniyat, estetik madaniyat
umuman, madaniyatning barcha sohalarida ishtirok etsada, xususan
ma’naviy madaniyat doirasida uning o‘rni beqiyodir. U shaxs
hayotida xilma-xil omillar, vositasilar orqali voqea bo‘ladi.
Axloqiy madaniyat jamiyat axloqiy ongi va dunyoqarashining
rivojlanganlik darajasini, “soxta, sun’iy, yasama axloq” va “tabiiy,
mukammal, haqiqiy axloq” orqali ifodalaydi.
Axloqiy madaniyat inson faoliyati davomida insonparvarlik,
demokratiya, mehnatsevarlik, ijtimoiy tenglik, egoizm va al’truizm,
tinchliksevarlik kabi insoniy, axloqiy fazilat va tamoyillar asosida
yo‘lga qo‘yishni ifoda etadi.
Jamiyat axloqiy madaniyati individlarning har birida konkret va
o‘z shaxsiga xos tarzda namoyon bo‘ladigan axloqiy madaniyatlar
majmui sifatida axloqiy ong, ma’naviy dunyoqarash, axloqiy
sifatlarning rivojlanganlik darajasini ifodalaydi. Shuningdek,
ularning shaxs xulq-atvorida, o‘zini o‘zi boshqarishida, muloqotida
va faoliyatida to‘la-to‘kis hamda izchil namoyon bo‘lishini ko‘zda
tutadi. Axloqiy madaniyatning o‘ziga xos shakli hisoblangan subyekt
axloqiy madaniyati jamiyat axloqining hosilaviy va subyektivlashgan
in’ikosidir. Uning ayrim ko‘rinishlarida odob va axloq aynan-
lashtiriladi, tushunchalar esa sinonimlar sifatida ko‘llaniladi. Maxsus
tadqiqotlarda odob o‘xshatilgan, buyurilgan imperativlar yig‘indisi
sifatida tushuniladi. Axloq esa qanday bo‘lsa shundayligicha mavjud
bo‘lgan chinakam, haqiqiy, amaliy narsa sifatida baholanadi. Ushbu
519
ma’noda, odob va axloq o‘rtasidagi farq axloqiy (amaliy)
madaniyatning qat’iy belgisi so‘z va amal birligini aks ettiradi.
Axloqiy madaniyat shaxsga quyidagilarni o‘rgatadi:
-
o‘zgalar bilan munosabatda an’anaviy axloqiy qonun-qoida-
lardan ijobiy foydalanishni;
-
ularga zamonaviylik nuqtayi nazardan yondashishni;
-
egallagan axloqiy bilimlardan samarali foydalanishni.
Axloqiy madaniyat shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi
sifatida davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani yuksaltirishga xizmat
qiladi. Ishlash mexanizimi va ishlash tabiatiga ko‘ra u doimo
zamonaviy ahamiyat kasb etadi. Muayyan zamon erishgan axloqiy
yutuqlarini, ma’naviy axloqiy qadriyatlarini butunlay inkor etmaydi,
balki zamonaviy shakllarda namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.
Axloqiy madaniyat quyidagicha tuzilmalarga ega:
a) jamiyat subyektlari axloqiy ongining belgilari va elementlari;
b) xulq-atvor va muloqot madaniyati;
v) axloqiy hatti-harakatlar va faoliyat;
Shaxs axloqiy madaniyati quyidagicha tuzilmaga ega:
a) axloqiy ongning rivojlanganligi;
b) axloqiy dunyoqarashning yuqoriligi;
v) axloqiy sifatlarning mukammalligi;
g) axloqiy sifatlarning amaliyotga tatbiq etilishi.
Shaxs axloqiy madaniyati mazmunan guruh yoki jamiyat
axloqiy madaniyatiga to‘g‘ri keladi. Lekin ulardan o‘zining subyektiv
fikrlashi va ifodalanishi, muayyan axloqiy kadriyatlarni ustuvor
qo‘yishi va ularga yo‘nalganligi bilan farqlanadi.
Axloqiy madaniyat murakkab tuzilishga ega. U quyidagi
tarkibiy qismlardan iborat:
-
muayyan bilimlar va ularning hayotga tatbiq etish mexa-
nizmlari;
-
kelajakka qaratilgan g‘oya va maqsadlarga erishish darajasi;
-
tabiiy va ijtimoiy fan yutuklaridan foydalanilish darajasi;
-
qadriyatlar va ularga amal qilinishi;
-
kelajakka ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot va boshqalar.
-
Mazkur komponentlar ichida e’tiqod muhim ahamiyat kasb
etadi. U axloqiy madaniyat mazmunini tashkil etadigan asoslardan
biri sifitida insonning o‘z qarashlari va g‘oyalari to‘g‘riligiga, orzu-
520
umidlarining asosli ekaniga, faoliyati va hatti-harakatining umumiy
maqsadlarga va talablarga mosligiga bo‘lgan chuqur ishonchidan
yuzaga keladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi,
ularni boshqaradi, shaxsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi.
Bulardan ma’lum bo‘ladiki, bir tomondan, axloqiy madaniyat
madaniyatning jamiyat moddiy va ma’naviy hayotiga oid boshqa
turlari bilan muvofiq keladi, boshqa tomondan esa, u jamiyatdagi
illatlar, yomonlik, tengsizlik, vijdonsizlik, nomussizlik, g‘urursizlik
kabi boshqa axloqqa qarshi hodisalarga ziddir. Hozirgi zamonda
axloqiy madaniyat shakllari o‘zining yetuklik darajasi, tashuvchilari
va mazmuniga ko‘ra bir biridan ajralib turadi.
Umuman olganda, axloqiy madaniyatning shakllanish va
namoyon bo‘lish xususiyatlari, ko‘p jihatdan, axloqning o‘ziga
xosligi bilan bog‘liq. Axloq singari, axloqiy madaniyat ham alohida
individlarda
o‘z-o‘zidan, tartibsiz holda ham, maqsadga
yo‘naltirilgan holda ham shakllanadi va yuzaga chikadi. U kishilar
hayot faoliyatining barcha sohalari va tomonlarini qamrab oladi,
ijtimoiy ishlarni samarali boshqaradi. Axloqiy madaniyatning qadr-
qimmati va ahamiyati, xuddi axloq kabi, kishilarning xulq-atvori,
muloqoti va faoliyatida, oshkora dunyoqarashida, shaxsiy o‘rnak
ko‘rsatishida yuzaga chiqadi. Axloqiy madaniyat tushunchasining
mazmun-mohiyatini nazariy jihatdan to‘g‘pi anglash, uning jamiyat
madaniy taraqqiyoti va shaxs ma’naviy dunyosini shakllantirishdagi
salmoqli o‘rni bunga zarur asos bo‘la oladi. Axloqiy madaniyatning
shakllanishida aql-idrok, tafakkur va his-tuyg‘u ham muhim o‘rin
tutishi tabiiy. Bu jarayon kishilarning hissiy kechinma va
kayfiyatlariga ham bog‘liq, chunki inson kayfiyatida uning hayot
sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi,
shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Axloqiy madaniyatda
zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o‘z ifodasini
topadi. Shuningdek, jamiyatda tashkiliy-tadbirkorlik faoliyat usulining
shakllanishi natijasida, ya’ni, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish
jarayonida individlarning tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga
oshirishlari uchun eng samarali axloqiy madaniyat turi pragmatik
axloqiy madaniyat yuzaga keladi. Pragmatik axloqiy universal axloqiy
madaniyatning pragmatik madaniy guruh tomonidan talqin etilishi, unga
pragmatizm, ijodiy faollik, uddaburonlik va tashabbuskorlik, aniq hisob-
521
kitob, o‘z qobiliyatlaridan imkon qadar yuqori foydalanish, hamkorlik
va murosa qilishga tayyorlik tamoyillari xos.
Axloqiy madaniyat muomala odobi, etiket, kasbiy odob ko‘ri-
nishlarida nafaqat ishtirok etadi, balki ma’lum ma’noda ularning yashash
shartini belgilab beradi. Axloqiy madaniyat axloqiy munosabatning
mohiyatini tashkil etadi. Uning eng muhim elementlaridan biri –
muomala odobidir. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini,
izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy-me’yoriy talablarni
bajarishni taqozo etib, insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etadi. U so‘z,
nutq vositasida, eng avvalo, shirinsuxanlilik, xalimlik singari axloqiy
me’yorlar orqali namoyon bo‘ladi. Muomala odobida muloqotning asosi
bo‘lmish til katta ahamiyatga ega.
Muloqot madaniyati ichki va tashqi madaniyatga bo‘linadi.
Ichki madaniyat – bu axloqiy ideallar va qoidalar, xulq-atvor
me’yorlari va tamoyillari bo‘lib, shaxs ma’naviy qiyofasining
poydevori hisoblanadi. Bular shunday asoslarki, ularga tayanib inson
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida boshqa odamlar bilan o‘zaro
munosabatlarga kirishadi. Muloqot jarayonidagi axloqiy madaniyat
qator zarur elementlarni o‘z ichiga oladi, bular:
- muloqot maqsadini belgilash;
- sherikni tanlash;
- turtki beradigan motivlar va kayfiyat;
- muloqot shakllari va usullari;
- yakuniy natijalar va ularga baho berish.
Shaxs ichki madaniyati muloqotning tashqi madaniyatini
shakllantirishda yetakchi, belgilovchi rolni o‘ynaydi, unda turli-
tuman usullar orqali namoyon bo‘ladi. Ichki madaniyat esa insonning
o‘zini tutishida, hatti-harakatlarida, sherigiga murojaat kilishi
kabilarda ko‘rinadi. Ichki va tashki madaniyat doimo bir-biri bilan
uzviy bog‘liq, izchillikda va uyg‘un mavjud bo‘ladi. Biroq ular
hamma vaqt ham o‘zaro muvofiq kelavermaydi.
Muomala odobining yana bir «ko‘zgusi», bu – insoniy qarash,
nigoh, so‘zsiz-noverbal harakatlar. Ma’lumki, odamning qarashida,
yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga
chiqmagan, so‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini topadi.
Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab
522
ketish, fikrga nisbatan ensani qotirish kabilar muomaladagi
madaniyatsizlikni anglatadi.
Muomala odobi kishilarning nasihat qilmasdan va odob
o‘rgatmasdan bir-biriga ta’siri ko‘rsatishi, o‘zini - o‘zi tarbiyalash,
ibrat vositasi sifatida xizmat qiishi bilan boshqa odob turlaridan
ajralib turadi.
Axloqiy madaniyat yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabatlar
ko‘rinishidan biri, bu — etiket. Etiket – takallufning mayda-chuyda
jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy,
kishining ko‘zini quvontiradigan muomala hodisasi. U ko‘proq
insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o‘zini tutish
qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida
inson o‘z munosabatlariga ijodiy yondashsa, ya’ni bir holatda bir
necha xil muomala qilish imkoniga ega bo‘lsa, etiket muayyan holat
uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan hatti-harakatni taqozo
etadi. Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro
miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga
oladi. Etiketning zamonaviy va milliy-an’anaviy shakllari ham borki,
ularsiz millat madaniy hayotini tasavvur qilish qiyin.
Milliy mentalitetda marosimlar etiketi, ayniqsa, katta
ahamiyatga ega. To‘y marosimida, xususan, qiz bilan ota-onaning
xayrlashuvi, nikoh kechasiga kirib kelishda kuyovning kelinni chap
tomonda tutib, to‘yxonaga boshlab kirishi va h.k. Etiket qonun-
qoidalari majburiylik tabiatiga ega. Etiketning o‘ziga xos jihati, unda
odob bilan go‘zallik uyg‘unlashadi.
Jamiyatning ma’naviy-axloqiy muhitidagi axloqiy madaniyat
odamlarning o‘zaro munosabatlari va o‘zaro hamkorligining natijasi.
Shu nuqtai nazardan, har qanday muhit kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy
munosabatlarning majmui, axloqiy madaniyat ko‘rsatkichidir.
Jamiyatimizda yaxshilikka intilib, yomonlikdan tiyilish qadriyat
darajasiga ko‘tarilgan. Shu ma’noda, yaxshilik qilishning turli ko‘rinish
va shakllari tarkib topgan. Bizning axloqiy madaniyatimizda
yaxshilikning asosi “mehr-oqibat”, “mehr-shafqat”, “qadr-qimmat”
tushunchalarida mujassam. Unga ko‘ra, o‘zgaga yaxshilik qilish
oqibatlilik, shafqatlilik va qadr-qimmatlilikda namoyon bo‘ladi. Bu
jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitining asosini tashkil qiladi. Yaxshilik
kishining so‘zi, hatti-harakati va munosabatida namoyon bo‘ladi.
523
Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini
oladigan bo‘lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini
ko‘rish mumkin. Bu avvalo insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni
bilan, qarindoshning qarindosh bilan, oilaning oila bilan, eng muhimi –
shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini” anglatadi. Zero,
jamiyatimizda yaxshilikning ko‘rinishlari ana shunday keng ko‘lamli
shakllarga ega.
Ikkinchidan, adolat, burch va mas’uliyat sifatlariga ega shaxs
axloqiy ong, qiyofa (xulq-atvor) va faoliyatda yetuk hisoblanadi. Bu
muayyan jamiyatda axloqiy madaniyatning yuksak darajada
bo‘lishiga olib keladi.
Uchinchidan, jamiyatimizda shaxsning adolatli, burchga sodiq
va mas’uliyat egasi sifatida faoliyat ko‘rsatishga intilishi ma’naviy-
axloqiy muhitdagi axloqiy madaniyatning eng muhim xususiyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |