Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Buyuk sharq mutafakkirlarining oila va nikoh munosabatlariga



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Buyuk sharq mutafakkirlarining oila va nikoh munosabatlariga 

oid qarashlari 

 

Moziydan  shu  kunga  qadar  odob-axloq,  oila,  undagi 

munosabatlar  masalalari  har  bir  davrning,  jamiyatning  eng  ilg‘or 

kishilari  –  olimlar,  buyuk  allomalar  va  donishmandlarning  diqqat 

markazida bo‘lgan. Sharqning buyuk allomalari – Abu Nasr Forobiy, 

Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud 

Koshg‘ariy, Kaykovus, Xotam ibn Toy, Alisher Navoiy, Zahiriddin 

Muhammad  Bobur,  Rizouddin  ibn  Faxriddin,  Muqimiy,  Furqat, 

Zavqiy,  Uvaysiy,  Nodira,  Abdulla  Avloniy  kabi  ko‘plab  olim  va 

yozuvchilarning  mazkur  muammo  borasidagi  falsafiy  qarashlari 

ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyat kasb etib, hozirgi zamonda ham o‘z 

ahamiyatini yo‘qotmagan.  

Markaziy  Osiyoda  oilalarning  tarixiy  shakli  patriarxal  oilalar 

hisoblangan.  Bunday  oila  ayni  zamonda  jamiyatning  asosiy  ishlab 

chiqarish  jamoasi  ham  bo‘lib,  oilaviy  munosabatlarda  har  bir  oila 

a’zolarining  hatti-harakatlariga alohida e’tibor berilgan. Eng asosiy 

ma’naviy  merosimiz  “Avesto”da  insoniy  burch  faqat  axloqiy  yo‘l-

yo‘riqlarni  o‘zlashtirishdan  iborat  bo‘libgina  qolmay,  balki,  inson 

oilaviy  turmush  yaxshi  yor  va  farzand  to‘g‘risida  ham  o‘ylashi 

zarurligi  ta’kidlangan. Unda erkaklar roppa-rosa 16 yoshdan uylanib, 

bir  necha  xotin  olish  huquqiga  ega  ekanligi,  birinchi  xotin 



505 

boshqalarga  bosh  bo‘lishi,  erkak  kishi  eng  avvalo,  uylanishi  uchun 

moddiy va ma’naviy to‘q va jismonan baqquvat bo‘lishi, o‘z xizmat 

va axloqiy burchlarini to‘laqonli bajarishi qayd etilgan.  

Jumladan,  tadqiqotchi  X.Hamidovning  fikricha:  “Erkak 

zurriyod qoldirish qobilyatiga ega bo‘lsayu, ammo uylanmasa unga 

tamg‘a bosishar yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur qilishardi. 

Ba’zida  bunday  erkaklarni  qopga  solib  kaltaklashgan.  “Avesto”da 

qavm  va  urug‘  qonini  toza,  avlodni  benuqson  saqlash  maqsadida 

qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi qat’iyan man etilgan. Ko‘p bolali 

oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan, bir 

yo‘la 2-3ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovor deb, uqtiriladi”

1

.  


Abu Rayhon Beruniyning fikricha, bironta ham xalq nikohdan 

xoli emas, jamiyat nikoh vositasi bilan erkak va ayol o‘rtasidagi tabiiy 

munosabatlarni  tartibga  solib  turadi,  er-xotin  ota-ona  va  farzandlar 

o‘rtasida,  axloqiy  huquqiy  majburiyatlar  o‘rnatadi.  U  nikoh  jinsiy 

ehtiroslarni maxfiylik pardasiga o‘raydi, er-xotinning orasidagi tabiiy 

munosabatlarni axloqiy ma’naviy go‘zallik, andisha bilan hal etadi.  

Mutaffakkir  o‘zining  "Minerologiya",  "Geodeziya",  "Hindiston" 

nomli asarlarida inson shaxsi, uning kamoloti, aql-idroki, halovat va 

lazzati, sabr-toqat va kamtarlik, go‘zallik va did, poklik va xudbinlik 

kabi  tushunchalarga  inson  ruhiyatining  bilimdoni  sifatida  ta’rif 

bergan. U bunday yozadi: "Inson jamiyatda  o‘z qarindosh-urug‘lari 

bilan birlashib olishga majburdir, bundan maqsad bir-birini qo‘llab-

quvvatlash  hamda  har  bir  kishining  ham  o‘zini,  ham  boshqalarini 

ta’minlash  uchun  ishlarni  bajarishdir"

2

.  U  ozodalik  va  orastalik 



oliyjanoblikning o‘zagi bo‘lishi kerakligini uqtiradi. Insonning tashqi 

yoqimli  qiyofasi  bilan uning  axloqiy  qiyofasi  o‘rtasidagi  bog‘liqlik 

haqida gapirib, "tishni yuvib, ko‘z va qovoqlarni toza tutish, ularga 

surma  qo‘yish,  sochni  esa  zarur  bo‘lganda  bo‘yab,  tirnoqlarni  olib 

turish va silliqlash" inson salomatligi va ruhiy pokligining asosidir, 

deb  ta’kidlaydi.  Bu  fikrlar  hozirgi  zamonda  ham  o‘z  dolzarbligini 

yo‘qotgani  yo‘q,  chunki  oila  a’zolarining,  er-xotinning  ushbu 

ko‘rsatmalarga amal qilishi oila totuvligining zaminidir. Odob-axloq 

egasi  bo‘lgan  inson  eng  avvalo,  o‘z  yurish-turishi,  muomala 

madaniyatida, hayot kechirishida, oila barqarorligida namuna bo‘lishi 

                                                 

1

 



Xamidov X. ‘‘Shoxnoma‘‘ning shuxrati. -T.: “O‘zbekiston”, 1993. - 93-94-b.

 

2



 

Минерология, 1966, 10-с. 




506 

kerakligi  haqidagi  fikrlari  olimning  oila  etikasi  bo‘yicha  ibratli 

qarashlar  namunasidir.  "Inson  o‘z  ehtiroslariga  hukmron,  ularni 

o‘zgartirishga qodir, o‘z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni 

maqtagudek narsalarga aylantirishga, uni ma’nan davolashga hamda 

asta-sekin,  axloq  haqidagi  kitoblarda  ko‘rsatilgan  usullar  bilan 

illatlarni bartaraf etishga qodirdir". 

Ulug‘ mutafakkir Beruniy oila va nikoh munosabatlarining juda 

nozik tomonlarini  axloqiy  va huquqiy nuqtai nazardan tadqiq qilar 

ekan,  oilaning  mustahkam  va  tinch-totuv  bo‘lishi,  er-xotinning 

ahilligi va shirinso‘zligi, bir-biriga bo‘lgan mehr-oqibatiga bog‘liq, 

degan xulosaga keladi. Ayniqsa, uning yosh kelinlarga qarata: “Ey, 

qizim,  sen  o‘rgangan  uyingdan  ketib,  notanish  xonadonga 

tushmoqdasan.  Sen  bo‘lajak  kuyovingning  hamma  xislatlarini 

bilmaysan. Sen yer bo‘l, u osmon bo‘ladi, sen u bilan shunday yo‘l 

tutki,  uning  oldida  yer  kabi  kamtar  bo‘lsang,  u  osmon  kabi 

oliyjanob  bo‘ladi.  Osmon  shifoli  yomg‘iri  bilan  yerni  ko‘kar-

tirgani  kabi,  u  ham  o‘z  mehri-shavqati  bilan  seni  xushnud  etadi. 

Ering sendan shirin va yumshoq so‘zlar eshitsin. Yaramaydigan yoki 

eski  libosda  yoki  sochlaring  tartibga  solinmagan  holda  uni  oldiga 

o‘tirma.  Qizim,  kuyovingdan  kuchi  yetmagan  va  olib  berishga 

qudrati  bo‘lmagan  narsalarni  talab  qilma.  Bunday  qilsang  oradagi 

totuvlik  yo‘qoladi,  turli  xil  janjallar  paydo  bo‘ladi.  Qizim,  rashk 

qilishdan  saqlangin,  chunki  u  ajralib  ketishning  kalitidir.  Eringga 

hadeb  gina  qilishni  man  qilaman.  Chunki  bu  ezmalik  nafratini 

uyg‘otadi.  Yaxshisi  u  bilan  xushmuomalada,  shirinso‘zli  bo‘lgin,  bu 

ishing  har  qanday  sehr-jodudan  yaxshidir.  Suvdan  tez-tez foydalangin. 

O‘zingga hushbuy narsalar bilan oro ber. Pokizalik hamisha yo‘ldoshing 

bo‘lsin

1

  deya  bergan  nasihatlari  hozirgi  kunda  ham  o‘z  oqibat  va 



natijalari bilan benihoya ahamiyat kasb etmoqda. 

Buyuk  alloma  Abu  Nasr  Forobiyning  ta’limotlarida 

keltirilishicha,  haqiqiy  baxt  bir  odamning  boshqasiga  nisbatan 

g‘ayirligi,  zulmi  yo‘qolgandagina  bo‘ladi.  Oila  a’zolarining  bir-

birlariga  samimiy  munosabatlari,  mehru-oqibatlari  esa  ana  shu 

oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi. Bundan tashqari, har bir 

ota-onaning o‘z farzandlari uchun birlamchi ustoz, yo‘l ko‘rsatuvchi 

                                                 

1

 

X. Boboyev, S. Xasanov. “Bepyniyning siyosiy-huquqiy qarashlari” «Hayot va qonun-(jurnali). 1996 y. № 3.



 


507 

ekanligi  va  aynan  ular  bolada  ta’lim-tarbiyaga  kerakli  tayyorgarlik 

holatini  shakllantirish  ta’siriga  ega  ekanligi  to‘g‘risidagi  xulosalar 

mutafakkir qarashlarining hozirgi kun uchun ham naqadar ahamiyatli 

ekanligini ko‘rsatadi. 

Tibbiyot  fani  asoschisi  ibn  Sino  qalamiga  mansub  bo‘lgan 

"Donishnoma",  "Risolai  ishq",  "Tib  qonunlari",  "Tadbiri  manzil" 

kabi  qator  asarlarida  bola  tarbiyasida  umuminsoniy  tamoyilning 

qo‘llanilishini  yoqlab  chiqqan  va  tarbiyachi  ota-onalarga  bolani 

qattiq  tana  jazosidan  ko‘ra,  shaxsiy  ibrat  orqali  tarbiyalash 

ma’qulligini uqtirgan. Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy 

masalalariga  keng  o‘rin  berilgan.  Axloqiy  tarbiya  masalalarida 

alloma  oilaning  o‘rnini  alohida  ta’kidlagan.  Oila  va  oilaviy 

munosabatlar masalasi uning «Tadbiri manzil» asarida alohida o‘ziga 

xos tarzda bayon etilgan. Donishmand asarning katta bir bobini oila 

va oilaviy tarbiya masalalariga bag‘ishlagan. Ibn Sino oila boshlig‘i 

oldiga katta talablar qo‘yadi va uning ta’kidlashicha, oilada otaning 

tabiatan  yumshoq  bo‘lishi  bola  tabiatini  buzadi.  Uning  fikricha, 

oilada  bosh  tarbiyachi  otadir  va  otaning  qattiqqo‘l  bo‘lishi  bolalar 

tarbiyasida muhimdir, chunki ota katta ta’sir kuchiga egadir. Oilada 

onalarning ta’siriga oid esa ibn Sino mazkur kitobning «Ayollarning 

yaxshi  sifatlari»  bo‘limida  shunday  fikr  bildirgan:  “Onalar  oilada 

bosiq, dono, halol va kamtar bo‘lishlari hamda bola tarbiyasida otaga 

eng yaqin ko‘makdosh bo‘la olishlari oila mustahkamligini saqlashda 

yordam  beradi”.  Sharoit  qanday  bo‘lishidan  qat’iy  nazar,  bola 

tarbiyasi 

ota-onalarning 

vazifasidir, 

ota-onalarning 

oilada 


mehnatsevarligi  bilan  farzandlarini  ham  kasb  va  hunarga  o‘rgatish 

borasida muhim fikrlar bayon etadi. Ota oilada o‘z farzandlariga har 

tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, so‘z madaniyatida, o‘zaro 

muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va 

haqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand 

tarbiyasining  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yishning  asosiy  vositasi  uning 

ma’naviy  olamida  e’tiqodni  shakllantirish,  deb  hisoblagan.  Uning 

asarlarida  ota-ona  davlat  boshlig‘imi  yoki  jamiyatning  oddiy  bir 

a’zosimi  baribir  bola  tarbiyasi  masalasida  ularga  bir  xil  talab 

qo‘yiladi, degan mazmundagi g‘oya bayon etilgan. 

Buyuk  «Tib  qonunlari»  kitobida  esa  bola  tarbiyasidagi 

emizuvchi  ayolning  mumkin  qadar  sipo,  vazmin  va  bosiq  bo‘lishi 




508 

kerakligi,  undagi  «g‘azablanish,  qayg‘urish,  qo‘rqish»  kabi 

psixologik  kechinmalar  bolaga  zarar  keltirishi  uqtirilgan.  Ibn  Sino 

ayol  kishiga  insoniy  munosabatda  bo‘lib,  er  va  xotin  o‘rtasidagi 

munosabatlar  o‘zaro  hurmat va bir birini  tushunishga asoslanmog‘i 

lozimligini  ta’kidlagan.  Uning  mehnat  tarbiyasi  borasidagi 

fikrlaridan birida bolani albatta biror hunarga o‘rgatmoq shart, yosh 

yigit biror hunarni o‘rgansa, uni hayotda tadbiq eta olsa va mustaqil 

hunar  tufayli  oilani  ta’minlaydigan  bo‘lsagina,  otasi  uni  uylantirib 

qo‘ymog‘i lozim deyilgan.  

XI  asrning  buyuk  mutafakkiri  va  shoiri  Yusuf  Xos  Xojib 

o‘zining  «Qutadg‘u  bilig»,  ya’ni  «Saodatga  boshlovchi  bilim»  - 

kitobida  oilaviy  maishiy  turmush  muammolariga  e’tibor  qaratib, 

kishilarni  uylanib,  oila  qurishidan  boshlab,  farzand  tarbiya  etish, 

oilaning  moddiy  ta’minotini  yuritishgacha  bo‘lgan  eng  zaruriy 

vazifalarini  bayon  etgan.  Ota-onalar  nazoratida  bo‘lgan  bolada 

mas’uliyat hissini rivoj topishi, bola tarbiyasida ota-onaning mavqei, 

ular tomonidan tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarning kelajagi, kamoloti 

uchun nihoyatda muhim  ekanligini asoslagan. Jamiyatda farzandlar 

xulq-atvoriga  qarab  ota-onalariga  baho  berilishini  aytib  ularni 

ogohlantiradi. 

Kaykovus  «Qobusnoma»  pandnomasida  o‘z  farzandingni 

sening haqingda qanday fikrda bo‘lishini istasang, sen ham ota-onang 

haqida  shunday  bo‘lgil,  nedinkim  sen  ota-onang  haqida  ne  ish 

qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki 

farzand mevaga, ota-ona mevali daraxtga o‘xshaydir», deb yoshlarni 

ota-onasini  hurmat  qilishga  e’zozlashga,  mehr-oqibatli  bo‘lishga 

da’vat etadi. 

Muhammad Qoshg‘ariy «Odob as-solixan» asarida uylanadigan 

yigit  nikohdan  oldin  uylanmoqchi  bo‘lgan  qizini  ko‘rmog‘i, 

uylanadigan  qizining  bokira  bo‘lmog‘i  hamda  to‘rt  narsa  umrda, 

qomatda,  molda  va  nasabda  erdan  past  va  to‘rt  narsada,  husni 

jamolda, xulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bo‘lishi zarurligini 

ta’kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv yashash, oilada er-xotin 

munosabatlarida katta ahamiyatga ega. Kitobdagi asosiy g‘oyalaridan 

biri  «Ota-ona haqqini bilmoq zikrida» bobida bayon etilgan: «Ular 

bir  farzandki,  oqil  va  dono  bo‘lsa,  ota-ona,  mehr-muhabbatini  ado 

etmakdin bosh tortmagay». 




509 

Alisher  Navoiy  «Mahbub-ul  qulub»  asarida  turmush 

madaniyati,  odob-axloq,  sevgi-muhabbat,  oilaviy  hayotdagi  turli 

hodisalar  va  vaziyatlardan  chiqishga  imkon  beruvchi  yaxshi 

fazilatlar,  ularni  tarbiyalash  masalalarini  tadqiq  etgan.  Risolaning 

«Uylanish  va  xotinlar  to‘g‘risida»  bobida  insoniyat  dunyosida 

mavjud  bo‘lgan  3  xil  sevgining  naqadar  go‘zal,  tabiiy  va  insoniyat 

taraqqiyoti  uchun  zarurligini  asoslagan.  Navoiy  ayol  kishining 

oiladagi  o‘rniga  quyidagicha  to‘xtaladi:  «Yaxshi  xotin-oilaning 

davlati  va  baxti.  Uyning  ozodaligi  uy  egasining  xotirjam  va 

osoyishtaligi  undan  husnli  bo‘lsa  –  ko‘ngil  yozig‘i,  xushmuomala 

bo‘lsa – jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi, 

asbob-anjomlar  saranjom  turadi.  Kishi  bu  kabi  jufti  halol  bilan 

qovushsa,  agar  bunday  baxtga  erishsa,  g‘am  va  kulfatda  sirdoshga, 

oshkor  va  pinhoniy  dard-alamda  hamnafas  tan  mahramiga  ega 

bo‘ladi. Turmushda boshingga har qanday jafo tushsa, hamdarding u, 

teskari  aylanuvchi  falakdan  har  balo  kelsa,  ko‘makdoshing  u. 

Ko‘nglingga g‘am yuzlansa, u hamrox, badaningga xastalik va zaiflik 

kelsa,  uning  ham  joni  halak,  ammo  xudo  ko‘rsatmasin,  nomuvofiq 

xotin uchrasa, o‘z uyingda halokatli illat paydo bo‘ladi. U beandisha, 

shallaqi bo‘lsa, ko‘ngil undan ozor chekadi va yomonlik axtaruvchi 

bo‘lsa, undan ruh azob chekadi. Tili achchiq bo‘lsa, barchaning dilini 

yaralaydi, pokiza bo‘lmasa, eriga yuzi qoralik keltiradi, agar mayxo‘r 

bo‘lsa, u uy odobligi yo‘qoladi, axloqsiz bo‘lsa, oila rasvo bo‘ladi». 

Alisher Navoiyning mazkur fikrlarini bilish va ularga amal qilish har 

bir yoshning muqaddas burchi bo‘lmog‘i shart. 

Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq" asarida oilada 

bolaga  ilk  yoshdan  boshlab  odob  va  axloqqa  oid  tarbiya  berish 

lozimligini  uqtirgan:  “Tarbiyani  tug‘ilgan  kunidan  boshlamoq, 

vujudimizni  quvvatlantirmoq,  axloqimizni  kuchlantirmoq  kerak, 

zehnimizni  esa  ravshanlantirmoq  lozim...”.  Avloniy  ta’kidlashicha, 

bolani har tomonlama barkamol bo‘lishida dastlab ota-ona sababchi. 

U  oilada  farzand  tarbiyasiga  juda  muhim  va  jiddiy  vazifa  sifatida 

yondashish lozimligini uqtirib: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo 

mamot,  yo  najot  -  yo  halokat,  yo  saodat  -  yo  falokat  masalasidir» 

degan.  


 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish