4. Voqelikka estetik munosabatda bo‘lish nimadan
boshlanadi?
a) Voqelikka estetik munosabatda bo‘lish insonga bo‘lgan
muhabbatdan boshlanadi;
b) Voqelikka estetik munosabatda bo‘lish jamiyatga bo‘lgan
muhabbatdan boshlanadi;
v) Voqelikka estetik munosabatda bo‘lish tabiatga bo‘lgan
muhabbatdan boshlanadi;
g) Voqelikka estetik munosabatda bo‘lish milliylikka bo‘lgan
muhabbatdan boshlanadi;
598
18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY
MUAMMOLARI
Estetik tarbiya va uning vositalari, yo‘nalishlari, vazifalari.
Tarbiya masalasi barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqot
obektining muayyan qismini tashkil etadi. Bu xususiyat estetikaga
ham xos. Biroq, tarbiyaning boshqa shakllaridan farqli o‘laroq,
estetik tarbiya insonning doimiy hamrohi, ya’ni uning tug‘ilishidan
toki umrining oxiriga qadar ehtiyoj sezib yashaydigan tarbiya
shaklidir. Inson o‘zining estetik tarbiyasini takomillashtirmay turib,
hayotini to‘laqonli yo‘lga qo‘yishi mumkin emas. Chunonchi,
hayotning go‘zalliklarini his etish va undan bahramand bo‘lish ham
insonning estetik jihatdan qanday tarbiya ko‘rganligiga bog‘liq.
Estetik tarbiya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib, rivojlanadigan
«mikroorganizm» emas va ayni paytda birdan to‘xtab qoladigan
«mexanizm» ham emas. U sekin-asta inson tomonidan orttirilgan
hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi.
Tarbiyaning bu shakli ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, o‘z
navbatida, kishilarga jamiyatda olib borilayotgan ijobiy ishlardan
zavqlanish, demokratik munosabatlarga nisbatan qiziqish tuyg‘usini
uyg‘otishni asosiy maqsadlari sirasiga kiritadi. Bundan tashqari,
estetik tarbiya insonni yangiliklar yaratishga undabgina qolmay, ayni
paytda uni nafosat tamoyillari, go‘zallik talablari asosida
rivojlantirishga o‘rgatadi ham. Negaki, inson olamga estetik jihatdan
boy dunyoqarashga ega bo‘lgan, estetik tuyg‘usi va estetik didi
tarbiyalangan holda kelmaydi. Bu ko‘nikmalar inson tomonidan
voqelikni kuzatish, o‘rganish va ulardan tegishli xulosalar chiqarishi
natijasida shakllanadi. Inson ana shu tuyg‘ular ta’sirida o‘zi uchun
mutlaqo yangi bo‘lgan olamni kashf etadi.
Estetik tarbiya ma’naviyatning aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan
faoliyati sifatida ish olib boradi. Shuningdek, ayrim kishilarning
yohud biror-bir guruhning turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga
kelishi mumkin. Estetik tarbiya mohiyatan insoniy ideali bilan
bog‘liq bo‘lib, bu ideal nafis didga, pokiza tuyg‘ularga egaligi bilan
ajralib turadi.
Ma’lumki, shaxs ijtimoiy jarayonlarda bevosita yoki bilvosita
ishtirok etadi. Shaxs bu bilan ijtimoiy taraqqiyotning estetik
599
subyektiga aylanadi. Shu bois jamiyatda yashayotgan biror-bir shaxs
estetik jarayonlardan chetda turmaydi, aksincha, o‘zining muayyan
xatti-harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu darajada ta’sir
ko‘rsatadi. Estetik tarbiyaning maqsadi ana shunday ta’sirlarni
go‘zallik mezonlari asosida ongli yo‘naltirishdan iborat.
Estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan aloqador bo‘ladi. Biroq, bu
“estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan bir xil ma’no kasb etadi”, degani
emas. Chunki, badiiy tarbiya badiiy ijod jarayonining inson
tomonidan estetik tarzda anglash va o‘zlashtirishning bir qismi,
xolos. Estetik tarbiya esa jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga
ko‘mak beruvchi muhim faoliyat turi bo‘lib, u inson didini
shakllantirish
va
rivojlantirish
asosida
insonni
jamiyat
munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Estetik tarbiya insonda bunyodkorlik va yaratuvchanlikdan
zavqlanish, qiziqish tuyg‘usini uyg‘otishni nazarda tutadi. U insonni
yangilik va zamonaviylikka undaydi, faoliyatni nafosat tamoyillari,
go‘zallik talablari asosida rivojlantirishga o‘rgatadi. Shu bois
bugungi kunda estetik tarbiyaning bosh maqsadi - shaxsni har
tomonlama kamol toptirish, uning estetik didi va estetik
dunyoqarashini boyitishdan iboratdir. Ushbu maqsadlardan kelib
chiqqan holda quyidagilar estetik tarbiyaning asosiy vazifalari
hisoblanadi:
Estetik tarbiyaning tadqiqot obyekti kengayib borishi qator
muhim vazifalarni amalga oshirishni talab etadi. Ya’ni:
- inson san’atni faol o‘zlashtiruvchi subyektgina emas, balki
san’atning estetik mohiyatini anglovchi va baxolovchi subyekt
sifatida yondashish;
- ijodiy imkoniyatlarni namoyon qilishi va undan samarali
foydalanishga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirishning samarali
targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish.
- shaxsni hayotni oqilona, teran xis etadigan, turmush tarzini
bunyodkorlik asosida tashkil etishga intilgan yangi kishini
shakllantirish;
- yosh avlodda san’at asarlari va badiiy ijod namunalarini faol
o‘zlashtirish, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash
600
qobiliyatini takomillashtirish; estetik tuyg‘u va estetik didning
insonning barcha faoliyatlarida ustuvor bo‘lishini ta’min etish.
Estetik tarbiyaning vazifalari estetik tuyg‘u va estetik didning
insonning barcha faoliyatlarida ustuvor bo‘lishini ta’minlash bilan
belgilanadi. Bu vazifalar ijtimoiy-ma’naviy munosabatlarga, inson
salohiyati va imkoniyatlariga singdirilsagina maqsadga erishadi.
Ko‘rinib turibdiki, estetik tarbiyani qaror toptirish jamiyatning
birdan bir maqsadi emas. Estetik tarbiyaning vazifasi nafaqat yuksak
estetik did, esetik ideal va estetik tuyg‘ularga ega bo‘lgan insonlarni
yaratish, balki ularni jamiyat hayotida, turmush nafosatida, mehnat
faoliyatida, shuningdek ahloqiy munosabatlarda go‘zallik va
ulug‘vorlikni his qiladigan va yarata oladigan insonlarni
shakllantirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, fuqarolik jamiyatini
qurish jarayonida insonning amaliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha sohalarda estetik tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortadi.
Ayniqsa, ishlab chiqarish munosabatlari o‘zgarayotgan, axborot
kommunikatsiya texnologiyasi va Internetning insonlarga tobora
yaqinlashuvi,
xizmat
ko‘rsatishning
yangidan-yangi
turlari
shakllanayotgan hamda inson ongini egallash uchun olib
borilayotgan ko‘rash jarayonida estetik tarbiya masalalari kun
tartibining dolzarb masalalariga aylanmoqda. Ma’lumki, shaxs
ijtimoiy taraqqiyotning turli jabhalarida bevosita va bilvosita ishtirok
etadi va bu jarayonda ijtimoiy taraqqiyotning estetik subyektiga
aylanadi. Biror-bir shaxs jamiyat ijtimoiy jarayonlaridan chetda
turmaydi, aksincha, o‘zining hatti-harakati bilan bu jarayonlarga
muayyan darajada ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Estetik tarbiya
ana shu ta’sirlarni go‘zallik va ulug‘vorlik asosida yo‘naltirishga
xizmat qiladi.
Estetik tarbiyani shakllantiruvchi, yo‘naltiruvchi hamda tartibga
soluvchi vositalar mavjud bo‘lib, ular yillar davomida xalqimiz
tajribasidan o‘tgan, xalq turmush tarzining asosiy mezoniga
aylangan. San’at, mehnat, sport, matbuot, muhit kabi an’anaviy
vositalar shular jumlasidandir. Ular orasida san’at eng ta’sirchan
estetik tarbiya vositasi hisoblanadi.
San’at mohiyatan shaxsning his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga
qodir bo‘lgan muhim jarayon hisoblanadi. Shuning barobarida, u
601
insonni doimo o‘ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va
tuyg‘ular olamiga singib borib ularni yig‘latadi, kuldiradi, o‘ylashga
majbur qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak san’at barcha davrlarda
insonga hamroh bo‘lib kelgan. San’atni “bir narsani yaxshi ishlab
chiqarishdan iboratdir”, – deb bilgan taniqli jadid mutafakkiri
Abdurauf Fitrat san’at va uning insonga ko‘rsatajak ta’siri to‘g‘risida
mulohaza yuritib, shunday degan edi; “Buyuk bir shodlik ko‘rgan
kishi o‘zining shod tuyg‘ularini boshqalarga bildirib, shodligini
orttiradir. Ulug‘ bir qayg‘uga uchragan esa, o‘z dardini boshqalarg‘a
o‘tkarib, o‘zini ovuntirg‘an bo‘ladir. Miyasi yuksalmagan bolalar,
san’atdan xabarsiz kishilar shodli-qayg‘uli tuyg‘ularini sakrab,
o‘ynab, kulib, yig‘lab, talpinib jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib
boshqalarg‘a anglatadilarda, shu yo‘l bilan ovuntirilgan bo‘ladilar,
san’at egalari esa turli tovar (material)lar yordami bilan o‘zlarining
tuyg‘ularini jonlantirib maydonga chiqaradir. Shu yo‘lda boshqalarni
o‘z tuyg‘ulari bilan tuyg‘ulantirishga tirishadir”.
San’atning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati shu bilan
belgilanadiki, estetik tarbiya faqat va faqat insonga xos bo‘lib, u inson
orqali voqelikka aylanadi. San’at tasvir vositalari orqali insonning
idellari va orzu-umidlarini ranglarda, ohanglarda, badiiy obrazlarda
aks ettiradi, insoniyatning fazilat va illatlarini chiroyli qiyofalar bilan
uning o‘ziga namoyish qiladi. Bu bilan san’at o‘ziga insonni jalb
etadi, uning qiziqishini orttiradi. Natijada inson san’atning muxlisiga,
tomoshabiniga aylanadi. Agar inson o‘zining estetik tuyg‘ularini
maqsadli, ijobiy tomonga yo‘naltira olgan bo‘lsa, chinakam san’at
uning kelajakdagi buyuk ishlariga rahnamolik qiladi. Aksincha,
estetik tuyg‘usi va estetik didi tarbiyalanmagan kishi san’atning
buyuk imkoniyatlaridan mosuvo bo‘lib qolaveradi. Biroq, san’at u
yoki bu ko‘rinishda tobora insonga yaqinlashib boraveradi. Zero,
haqiqiy san’at asarlari insonni doimo yuksaklikka, bunyodkorlikka
undab kelgan estetik tarbiya vositasidir.
Shaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga
oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat ko‘ra ifodalash mumkin.
Birinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga
qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta’sir ko‘rsata
olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san’at insonni estetik jihatdan
kamolotga etkazish jarayoniga muayyan mafko‘raviy mazmun
602
bag‘ishlashi bilan birga inson ma’naviy qadriyatlarini ro‘yobga
chiqarishda yaqindan yordam ko‘rsatadi.
San’at o‘zining estetik bisotini to‘laligicha namoyon qilishi
uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‘lanadi. Ma’naviy
jarayonlarni inson tomonidan anglanishi shaxs estetik didining qay
tariqa shakllanganligi bilan belgilanadi. Chunki, inson estetik didi
uning go‘zallikdan xunuklikni, ulug‘vorlikdan tubanlikni, fojea-
viylikdan kulgulilikni ajrata olish qobiliyatlariga qarab baholanadi.
Did yordamida odamlar hayotiy faoliyatlarini shakllantirishga
harakat qiladilar. Shunga ko‘ra, insonning didsizligini fojea deb bilish
yaramaydi; didsizlik bu tariqa fojeaga aylanmaydi. Didsizlik fojeaga
aylanishi mumkin qachonki, biror-bir shaxsning past darajadagi didi
boshqa bir yuksak didli shaxsning didiga hukmronlik qilsa va uni o‘z
izmiga bo‘ysundirishga harakat qilsagina did fojea tusini oladi.
Bunday holat o‘z navbatida hayot go‘zalliklaridan bahramand
bo‘lishga monelik ko‘rsatadi. San’at ana shunday fojealarning oldini
olishda insonga ko‘mak beradi.
Estetik tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqelikka estetik
munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat
bo‘lib, u o‘ziga xos ta’sirchanlik, tug‘yoniylik kuchiga ega. Busiz
inson bilish ko‘lamining vujudga kelishi mumkin emas. Shuningdek,
inson badiiy tafakkur qilish qobiliyatini o‘stirish ayni paytda estetik
tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. Shunga ko‘ra, estetik
tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan,
ular
voqelikda
sodir
bo‘layotgan
hodisalar
to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni insonga tushunarli tarzda yetkazib beradi.
Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik hususiyatlarni hissiy idrok
qilishning faol, tajribalar asosida etkazib berishi bilan diqqatga
sazovordir.
Insonni estetik jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va
serqirra jarayon bo‘lib, amalga oshiriladigan islohotlar ham mazkur
jarayonni takomillashtirishni nazarda tutadi. Estetik tarbiyani
takomillashtirish va uni zamon talablariga moslashtirish estetik
madaniyat shaxs – jamiyat – shaxs tizimida mavjud bo‘lib, bunda
shaxs madaniyati ustuvor ahamiyatga ega. Ya’ni, estetiklashgan
shaxs jamiyatni estetiklashtiradi, estetiklashgan jamiyat esa, o‘z
navbatida yangi darajadagi estetiklashgan shaxsni yaratadi va shu
603
tartibdagi o‘zaro ta’sir millatning qadam-baqadam komillik
darajasiga ko‘tarilishi uchun xizmat qiladi.
Hozirgi paytda milliy ma’naviyatga ta’sir o‘tkazuvchi tashqi
tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar tizimida
estetik tarbiyani maqsadli yo‘naltirishni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |