Mehnat-turmush estetikasining muhim omili
Mehnat moddiy va ma’naviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik
tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali
mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur
munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan
608
zararini kamaytiradi, qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat
ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi –
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng
muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo‘lgan yangicha
estetik munosabatni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va
tadbirkorlikni rag‘batlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini
tarbiyalash o‘z navbatida mehnatga bo‘lgan estetik munosabat orqali
ro‘yobga chiqadi.
Mehnat – insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga
oshiriladigan estetik faoliyat. U ma’naviy va moddiy jihatdan
odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy
qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson ayni paytda ham
aqliy, ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib
boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu
xususiyatlari yo‘qoladi. Shu sababli mehnat har jihatdan yuksak
samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va
qiziqarli kechishi lozim. Agar mehnat erkin va ijodiy bo‘lsa ko‘plab
yuksak asarlar, mukammal mahsulotlar yaratiladi. Va aksincha,
mehnat asarlari xunuk bo‘lsa insonning mehnat qilish zavqi va
baxtidan mosuvo ekanligi, bu esa ular yashayotgan jamiyatning
ma’naviy qashshoqligini ko‘rsatadi.
Mehnat – mehnat sharoiti, mehnat jarayoni va mehnat
natijalaridan iborat. Mehnat sharoiti yoki muhiti ishchi mehnat
qilayotgan korxona binosi, arxitekturasi, dizayni, yorug‘ligi, havo
muhiti, shovqin, undagi mikroiqlim omillari harorat, nisbiy namlik,
atmosfera bosimi, o‘zaro ishchan vaziyat, axloqiy-estetik muhitni
ham qamrab oladi. Mehnat jarayoni esa insonning ishlab chiqarish
vositalari, ularni boshqarishi, ishlab chiqarish vaziyatidan iborat.
Mehnat natijalari yaratilajak, yaratilgan mahsulot-tovarlardir. Bu
uchchalasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib mehnat muhiti ijobiyligi, mehnat
jarayonini inson uchun mashaqqatli, sog‘ligiga ziyon yetkazadigan,
toliqtiradigan emas, aksincha, zavqli va qulay bo‘lishiga, mehnat
jarayonining ijobiyligi esa mahsulot-tovarlar sifati, estetikasi,
qulayligi, uyg‘unligi bilan belgilanadi.
Mehnat estetikasi deganda mehnat sharoiti, mehnat vositalari,
mehnat natijalarida estetik qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi
609
tushuniladi. Mehnatning estetik jihatlari shaxsning ijodiy faoliyat
potensiali uning ma’naviy, aqliy, axloqiy-estetik tomonlari bilan
umumiyligi va mehnat natijalaridan beg‘araz lazzatlanishiga
bog‘liqdir. Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi uchun
avvalo, obyektiv omillar, ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq.
Albatta bu o‘rinda mehnatkashlarning madaniyati, estetik didi
masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat ko‘rinishidan qat’iy nazar texnika taraqqiyotiga bog‘liq.
Ibtidoiy davrdan boshlab bugungi eng yangi ilg‘or texnologiya
shakllanganigacha mehnat vositalari bir necha bor o‘zgardi, davrdan
davrga takomillashib bordi. Bu albatta mehnat estetikasiga ham
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oddiygina kompyuter texnologiyasini
oladigan bo‘lsak, u hisob-kitob bilan shug‘ullanuvchi kasb egalaridan
tortib, yozuvchi-ijodkorlar mehnatini yengillashtiribgina qolmay ular
vaqtining tejalishi, vaqtdan unumli foydalanish imkonini yaratdi.
Bugun fermer va dehqonlarimiz ham zamonaviy texnika orqali yerga
ishlov bermoqda.
Texnika taraqqiyoti ishchini og‘ir jismoniy mehnatdan xalos
etgani bilan birga uning ruhiy-axloqiy mas’uliyatini kuchaytiradi,
ya’ni zamonaviy texnologiyani boshqarish, uni asrash insondan
hushyorlik, axloqiy mas’uliyat talab etadi. Jismoniy mehnat texnika
zimmasiga o‘tgani sari, uning ijodiy tabiati ortib boradi.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir inson o‘z
mehnatidan moddiy va ma’naviy manfaatdor bo‘lsagina, bu mehnat
estetik tarbiya omiliga aylanadi. Mehnat inson iqtidori, xayolotini
yuzaga chiqaradi, funksional jihatlari bilan estetik madaniyat, estetik
faoliyatning shakli, mazmuni, hajmi, natijalarini belgilaydi. Inson
hayotining turli soha va yo‘nalishlaridagi estetik munosabatlar estetik
madaniyatning o‘zini namoyon etadigan maydoni sanaladi. Bu
avvalo, inson hayotiy faoliyatining asosiy nuqtasi bo‘lgan mehnatga
taalluqlidir.
Mehnat qurollari va kundalik turmush buyumlarining funk-
sional-texnologik qiymati hamda estetik belgilari va loyihalanishiga
qarab kundalik turmush bilan bog‘liq buyum-jihozlar va ikkilamchi
yaratishga mo‘ljallangan mehnat qurollariga bo‘linadi. Ammo
bugungi kunda insonning ijtimoiy faoliyati hisoblangan mehnat
turlarini jismoniy va aqliyga ajratish har doim ham to‘g‘ri emas.
610
Chunki mehnat jarayonida bugun ikkalasi uzviy bog‘lanib bormoqda.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ishlab chiqarishning mislsiz
taraqqiyoti natijasida bu ikki faoliyat bir-birini taqozo etib bormoqda.
Mehnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmun baxsh etish
insonni estetik kamol toptirish bilan birga, uning foydali amaliy
vazifalarini ham kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi. Natijada
estetik mazmun mehnat unumdorligini, samaradorligini va sifatini
oshirishning muhim omiliga aylanadi. Mehnat insonning hayotiy
ehtiyoji, uning turmush estetikasini shakllantiruvchi vosita hamdir.
Mehnat estetikasining shakllanishida ishlab chiqarish vositalarining
zamonaviyligidan tashqari, mehnat kollektividagi o‘zaro axloqiy-
estetik muhitning ham o‘rni bor. Negaki ahil jamoa, o‘zaro axloqiy-
estetik munosabat ish jarayonining sifati va natijasi estetikasiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Har bir buyum o‘z davrining, shu davrda yashagan
inson mehnatining mahsulidir. Bu buyumlar o‘z zamonasining
texnikasi, materiali, odamlar didi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu
jihatdan ham biz ushbu narsa va buyumlarga qarab u davr ma’naviy-
moddiy madaniyati, xalq ehtiyoji, didi haqida ma’lumot olamiz.
Mehnat jarayonida estetik hissiyotning shakllanishi sifat
jihatdan insoniyat olami bilan hayvonot dunyosi o‘rtasidagi
tafovutlarni farqlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Tabiiyki,
insonning mehnat jarayoni o‘ta rang-barangdir. Shu bois uning
estetik mohiyatini bir xilda belgilab bo‘lmaydi. Mehnat estetikasi
inson ma’naviyatini yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu mehnat jarayoni insonning intilish, hatti-harakat, muayyan
amallarni ado etish oqibatida yuz beradi. O‘z mehnati muvaf-
faqiyatidan manfaatdor inson amallarni mukammal bajarishga
intiladi. Mehnat jarayonida yuzaga keladigan estetik zavq uning
teran, botiniy mohiyatini anglash, ijodkorlik, bunyodkorlik ruhi bilan
bog‘langan bo‘ladi. Inson mehnat jarayonida o‘zini ijodkor his etadi,
mehnatining yaratuvchanlik ma’nosini anglab yetadi.
Bozor munosabatlari sharoitida raqobatning mavjudligi moddiy
ne’mat ishlab chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat
ko‘rsatish, sifatli mahsulotlar yaratish, iste’molchilarning badiiy-
estetik didi va ehtiyojlariga mos tovarlar yetishtirishni zaruriy
ehtiyojga aylantirdi. Shunday qilib, mehnat estetikasi insonga kuchli
va ko‘p-qirrali ta’sir ko‘rsatib, uning faoliyatiga estetik ma’no-
611
mazmun baxsh etadi, ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashadi.
Bunda ijod ustuvor, mukammallik qancha yuqori bo‘lsa, uning estetik
mohiyati ham shuncha barqaror, ma’naviy ta’sirchanligi kuchli
bo‘ladi.
Mehnat
estetikasi
amaliyoti
insonning
yaratuvchanlik
qobiliyatini yuzaga chiqaribgina qolmay, yaratilayotgan go‘zallik
uning
qo‘li
bilan
yaratilgani,
uni
ruhiy-estetik
jihatdan
rag‘batlantiradi, o‘ziga ishonch tuyg‘usini orttiradi, yangi ijodiy
faolikka undaydi. Mehnat jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan soha
ergonomika mehnatni yengillashtiribgina qolmay, uning unumi,
samarasini oshishiga ham yordam bera boshladi. Shuning bilan
birgalikda insonga ulkan mas’uliyat ham yukladi. Negaki, yangi
texnologiya inson tomonidan o‘zlashtirilishi va foydalanishi uchun
qulay, uning jismoniy, ma’naviy-ruhiy xususiyatlarini ham e’tiborga
olishni talab etadi. Bu esa o‘z o‘rnida insonning jismoniy va ruhiy-
ma’naviy imkoniyatlarini o‘rganish va shunga muvofiq mehnat
qurollari, mehnat sharoitini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilgan yangi
ilm-ergonomikaning shaklllanishiga sabab bo‘ldi.
Ergonomika 1949-yilda Angliyada paydo bo‘lib mehnat
qilayotgan odamning imkoniyatlari, ruhiyati, anatomiyasi, fizio-
logiyasiga asoslanib, mehnat sharoitiga qarab o‘rganadi. Bugungi
kunda ergonomika fan sifatida shakllanib maxsus oliy o‘quv
yurtlarida o‘qitilmoqda. Shuningdek, turli konstruktorlik byurolari,
ishlab chiqarish jarayoni kompleks tashkil etilgan sohalarda keng
qo‘llanilmoqda. Ergonomika narsalar olamini yaratish jarayonida eng
muhim falsafiy-axloqiy jihat – buyumga nisbatan insoniy
munosabatda bo‘lish masalasiga e’tibor qaratadi. Predmetlar olami
bilan iste’molchi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy
holatni ergonomika - muhandislik psixologiyasi bartaraf qiladi.
Ergonomika yordamida dizayn mahsulotlari inson tabiatiga mos-
lashtirildi. Bunda dizayner, nafosatshunos, loyihachi-konstruktor,
texnik-muhandis, ruhshunos birlashishi talab etiladi.Jonli mehnat
jarayoni murakkabroq tuzilma - ishlab chiqarishning tarkibiy qismini
tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘zaro bir-birlari
hamda ishlab chiqarish vositalariga nisbatan muayyan ijtimoiy
munosabatda bo‘ladi. Tabiiyki, mahsulot tayyorlashda muayyan
mehnat qurollari (mashina, dastgoh, aslaha va boshqalar),
612
shuningdek, ularni maqsadga muvofiq joylashtirish va o‘zaro ta’sirini
ta’minlashdek murakkab vazifani ado etishga to‘g‘ri keladi.
Bularning barchasi muayyan sur’atda kechadigan, o‘z funksiyasi,
strukturasi, tashkiliy ko‘rinishiga ega bo‘lgan ijtimoiy ishlab
chiqarishni tashkil qiladi. Bu tuzilma yuksak darajada yaxshi yo‘lga
qo‘yilganligi va mukammalligi bilan estetik ifodaviylik kasb etadi.
Yuksak darajada tashkillangan jarayon, uning muayyan sur’atda
gavdalanish va kechish manzarasi kishilarga estetik ta’sir etadi,
faoliyatga ijodiy munosabat uyg‘otuvchi emotsional ko‘tarinkilikni
vujudga keltiradi. Texnika estetikasining amaliyoti dizayn va muhim
tarkibiy qismi ergonomika hamkorlikda mehnat estetikasining
vujudga kelishini ta’minlaydi.
Shuningdek, mehnatning estetik mohiyati u kechadigan ijtimoiy
shart-sharoitlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Yaqin o‘tmishda
kommunistik mafkura, ijtimoiy mulkchilik asoslariga bo‘y-
sundirilgan mehnat shaxsda ijodiy erkinlik, qobiliyat, shaxsiy
manfaatdorlikni so‘ndirar, uni ma’naviy kambag‘allashtirishga olib
kelar, eng muhimi, o‘z mehnati natijalaridan “begonalashtirar”,
boqimandalik kayfiyatlari shakllanishiga olib kelar edi. Mustaqillik
mehnatning shaxsdan begonalashuviga chek qo‘ydi va uning
ma’naviy-ijodiy kuchlari to‘la va har tomonlama namoyon bo‘lishiga
real shart-sharoitlar yaratdi. Bunday imkoniyatlar, ayniqsa,
respublikamizda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy erkinlik sharoitida
shaxsning yaratuvchanlik qobiliyatlari rivojlanishiga, xususiy mulk
dahlsizligining huquqiy kafolatlanishi, mulkchilik va tadbirkor-
likning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi mehnat jarayonida
insonning haqiqiy mohiyati namoyon bo‘lishiga yo‘l ochdi.
Bozor munosabatlari sharoitida raqobat amal qilishi moddiy
ne’mat ishlab chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat
ko‘rsatish, sifatli mahsulotlar yaratish, iste’molchilarning badiiy-
estetik didi va ehtiyojlariga mos tovarlar yetishtirishni zaruriy
ehtiyojga aylantirdi. Moddiy va ma’naviy ehtiyoj va manfaatlar
uyg‘unligini ta’minlash va rivojlantirish shaxs, millat va jamiyat
taraqqiyoti garovlaridan biridir. Mehnat jarayonlari va mahsulotlar
tayyorlashga estetik me’yor hamda talablarni oshirdi, bu narsa
zamonaviy texnologiyalar, innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishda
qo‘llashga katta e’tibor qaratdi, xususan, dizaynerlik faoliyati, ishlab
613
chiqarish va sanoat estetikasi eng jozibali hamda serdaromad sohaga
aylandi. Albatta, har bir soha, yoki har bir mutaxassislikning o‘ziga
xos xususiyatlarini e’tiborga olish va shu asosda ishlab chiqarish
vositalarini loyihalash talab etiladi. Odam biron harakat va usullarni
bajarishdagina charchamasdan, balki kishi e’tiborini chalg‘itadigan
shovqin-suron, hid va nurdan ham charchaydi. Shovqin-suron ko‘zni
toliqtiradi, rang esa kishi asabiga ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu omillarni
e’tiborga olmaslik, uskunalarning estetik ko‘rinishiga ham ziyon
yetkazadi. Uskunani ishlatishning osonligi, boshqarish va
sozlashning soddaligi, uskuna shaklining mutanosibligi mehnat
vaqtida kishi kuch-quvvatini tejaydi va oqibatda sanoat mahsuloti
sifati yaxshilanadi.
Texnika taraqqiyoti barcha turdagi kasb egalarining mehnat
faoliyatini yengillashtirmoqda. Traktorchidan tortib, san’atkorgacha
bugun zamonaviy texnologiyalardan o‘z faoliyati jarayonida qo‘llab
bormoqda. Ammo ular bajaradigan ish mazmuni turlicha bo‘lganidek
texnologiyalar va ergonomika qonuniyatlari turlicha namoyon
bo‘ladi. Bu esa nafaqat zamonaviy texnologiyalarga bog‘liq balki ish
jarayonida axloqiy-estetik muhitni yaratishni ham taqozo etadi.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishuvi bilan korxonalar
ta’mirlanib, modernizatsiya qilina boshlandi. Har bir zavod, fabrika
yoki sexlarning ichki muhitidan tortib, ishchilarning ish kiyimi, ular
uchun yaratilgan sharoit, mehnat qurollari, dam olish, tibbiy
xizmatlarga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish texnika taraqqiyoti esa inson mehnatini
yengillashtiribgina qolmay, zamonaviy texnologiyani o‘zlashtirish va
qo‘llash mas’uliyatini ham yuklaydi. Ammo yuqori unum bilan
ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarish uskunasining o‘zigina
korxonaning texnik-estetik darajasini belgilab berolmaydi. Bino,
uskunalarning joylashtirilishi, bino ichidagi yorug‘lik, undagi
mo‘’tadil temperatura, bezalishi ham muhim o‘rin tutadi. Yana shuni
alohida ta’kidlsh lozimki, korxonalarda axloqiy-estetik muhit
uyg‘unligiga e’tibor kun sayin oshib bormoqda.
Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi avvalo obyektiv
omil - ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq. Albatta, bu o‘rinda
mehnatkashlarning madaniyati, axloqi, estetik didi masalalari ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Eng yuqori va ilg‘or texnologiya ham
614
did, mahorat, madaniyatga ega emas. Uni inson boshqaradi va inson
didi, mahorati, madaniyati mehnat mahsulida o‘z ifodasini topadi.
Texnika taraqqiyoti ishchini og‘ir jismoniy mehnatdan xalos etsada,
lekin ruhiy-axloqiy mas’uliyatini kuchaytiradi. O‘z o‘rnida texnika
taraqqiyotining ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. A-1-85+(1-159)
“Ta’limda menejment va marketingning ijtimoiy-psixologik jihat-
larini ishlab chiqish va milliy madaniyatni umuminsoniy madaniyat
bilan uyg‘unlashtirishga oid uslubiy qo‘llanma tayyorlash” mav-
zusidagi grant doirasida bir qator oliy ta’lim muassasalari talabalari
o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomaga ko‘ra "Zamonaviy
texnika va texnologiyaning ijobiy jihatlari nimada? "degan savolga
respondentlarning 57,48 foizi “ Mehnat jarayoni yengillashadi”,
55,51 foizi “Vaqt tejaladi”, 46,30 foizi “Ish unumi oshadi”, 18,42
foizi “Insonning dam olish imkoniyatlari kengayadi” degan javobni
tanlashgan.
So‘rovnomada yoshlar zamonaviy texnikaning mehnat
faoliyatidagi ahamiyatini baholash bilan birga, uning salbiy jihatlarini
ham ta’kidlab o‘tishgan. Buni "Zamonaviy texnika va texno-
logiyaning salbiy tomonlari nimada?” – degan savolga tanlagan
javoblari ham tasdiqlaydi. Respondentlarning 17,68 foizi ”Mehnat
jarayoni murakkablashadi”, 35,69 foizi “Kishilar bir-birlariga befarq
bo‘lib qolishadi”, 19,98 foizi “Milliy madaniyat tanazzulga yuz
tutadi”, 31,33 foizi “Inson texnika quliga aylanadi”, 25,82 foizi
“Ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, 3,87 foizi “Bir madaniyatlilik
shakllanadi” degan javobni tanlashgan. Demak, shundan ko‘rinib
turibdiki, ijobiy jihatlari: inson og‘ir mehnatdan xalos bo‘ladi,
mehnat unumdorligi, ish haqi hayot farovonligi oshadi, bo‘sh vaqt
paydo bo‘ladi, ma’naviy- jismoniy qobiliyatlarini taraqqiy etish
imkoni paydo bo‘ladi. Shu bilan birga salbiy jihatlari: diqqat talab
qiladigan murakkab texnikani boshqarish jarayonida insonda ruhiy
zo‘riqishlar paydo qilishi, kasalliklar ko‘payishi, ruhiy va jismoniy
jihatdan me’yordan orta qolish, internet, mobil telefonda foydalanish
oqibatida yangi kasalliklarning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi.
Shuningdek, ilmiy-texnik taraqqiyot insonga yangi ma’naviy talablar
qo‘ya boshlaydi. Jamiyatdagi asosiy ishlab chiqaruvchi texnika emas,
chunki u inson tomonidan boshqariladi. Shunday ekan, bu talablar
texnika emas insonga tegishli bo‘lib quyidagilardan iborat:
615
1) inson hayotiy suratlarining oshishi natijasida tartib,
mas’uliyat kabi fazilatlar ortadi;
2) jamiyatning turli sohalarda intensivlashtirish oqibatida
kishilar o‘rtasidagi axloqiy mexanizmlarni boshqarish murakkab-
lashadi, konflikt va qarama-qarshiliklar kuchayadi;
3) ilmiy-texnik taraqqiyot xizmatchilar kasbiy, mutaxassislik
tayyorgarligiga yuqori talablar qo‘yadi, yangi texnikalarni
boshqarish, xizmatchilarning o‘z-o‘zini idora qilishi, irodaviy
qobiliyatlarini kuchaytirish;
4) inson faoliyat sohalari murakkablashuvi natijasida ularning
faoliyatida axloqiy javobgarlik ortib boradi;
5) xizmatchilarning ijodiy faoliyatini oshishi talab etiladi, ushbu
faoliyatni takomillashtirish esa aqliy va ruhiy zo‘riqishlarni
kuchaytiradi.
Bu ijtimoiy munosabatlar jarayonida, mehnat jarayonida,
ma’naviy hayotda, iste’mol sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot ta’siri
kuchayadi. Shunday qilib, mehnat insonga kuchli va ko‘p-qirrali
ta’sir ko‘rsatib, uning faoliyatiga estetik ma’no-mazmun baxsh etadi,
ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashadi. Bunda ijod ustuvorligi
qancha yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqaror,
ma’naviy ta’sirchanligi kuchli bo‘ladi. Hozirda mehnatning estetik
mazmun-mohiyatiga munosabat o‘zgardi: davlatimizning siyosatida
“Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati
islohotlarning bosh maqsadi” etib belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |