Tarbiyada estetik ta’lim va estetik bilimning zaruriyati
Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim va tarbiyadan boshlanadi.
Ilmning hikmati va fazilatiga doir alloma vatandoshimiz Muhammad
Imomzoda al-Cho‘g‘iy (vafoti 1177)ning qarashlari ham diqqatga
sazovor. Uning “Shir’at al-islom – Islom yo‘li” nomli kitobida ilm
olish odoblari va fazilatlariga doir ko‘plab ma’lumotlarni muayyan
axloqiy tizimga solgan. Qizig‘i shundaki, u shar’iy bo‘lmagan
ilmlarni ikki qismga - maqtalgan va yomonlangan turlarga bo‘ladi.
Dunyoni obod qilish uchun zarur bo‘lgan bilimlar – tibbiyot, hisob-
kitob, dehqonchilik, to‘quvchilik kabi hunarlar hatto qon olishni
bilishni maqtalgan va o‘rganish kerak bo‘ladigan ilmlar sirasiga
kiritadi, bu bilimlar sababli insoniyat boqiy qoladi, deydi. Ayni
paytda, riyoziyotga chuqur kirishish, uning eng nozik jihatlarini ham
tadqiq va tahlil etishga urinishni fazilat hisoblaydi. Yomonlangan
bilimlarga esa – sehr-jodu va har xil tilsimlar, folbinlik bilan
shug‘ullanishni kiritadi. Muboh, ya’ni ihtiyoriy bilimlarga she’riyat
va tarix kiradi. Biroq, falsafani ba’zi joylarda va ba’zi hollatlarda
kerak bo‘ladigan fan, uni shunday zarurat holati uchun o‘rganish
kerak. Aks holda, u yomonlangan fan sohasidir, deydi.
Allomaning ilm haqidagi fikrlari ijtimoiy-ma’naviy jihatdan
yuksak ahamiyat kasb etadi. U ilmga hiyonat qilishni o‘zgalarning
moliga hiyonat qilishdan og‘irroq deb biladi. Shuni alohida ta’kidlash
zarurki, al-Cho‘g‘iy ilm oluvchining zimmasiga ham bir qator
axloqiy mas’uliyatni yuklaydi. Chunonchi, chala eshitgan narsasini
oshkor qilmasligi, aniq ishonch qilmagan bilimini odamlar orasida
gapirmasligi va atrofga yoymasligi zarurligini uqtiradi.
Tarbiyada estetik ta’lim va bilimning zarur ijtimoiy talab
hisoblanadi. BMTning ming yillik sammitida keltirilgan quyidagi
ma’lumotlari mushohada va mulohaza uchun asos bo‘ladi.
604
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2001-2002 o‘quv yilida dunyo bo‘yicha 115
million bola yoki boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning 18 foizi
maktabga bormagan. Bularning 61,3 millioni qizlar (53 foizi), 45
millioni (39%) Afrika Saxarasidagilar va 42 millioni (36%) Janubiy
Osiyodagi bolalardan iboratdir. Maktabni qoldirish ehtimoli katta
bo‘lgan bolalar G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi (45,3%), Sharqiy va
Janubiy Afrikadagi (38,5%) Janubiy Osiyodagi (26%) hamda Yaqin
Sharq va Shimoliy Afrikadagi (18,7%) bolalar bo‘ldi. Mazkur
mintaqalarning barchasida o‘g‘il bolalardan ko‘ra qiz bolalar ko‘proq
maktabga bormasligi kuzatilgan. O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi eng
katta farq Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada kuzatilgan. Mazkur
mintaqada o‘g‘il bolalarning 15,4 foizi, maktabni qoldirgan bo‘lsa,
bu holat qizlarning 22,1 foizida kuzatilgan.
2017-2021-yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini amalga oshirish axloqiy, estetik va mantiqiy tafakkurni
yangilash
va
boyitishni
taqozo
etadi.
Xususan,
davlat
xizmatchilarining kasbiy tayyorgarligini axloqiy va estetik
madaniyatdan, mantiqiy tafakkur va mushohadadan ayri holda
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu maqsadga erishish uchun bo‘lajak
mutaxassis yoki davlat xizmatchisi avvalo, axloqiy ko‘nikma, estetik
bilim va mantiqiy mushohadaga ega bo‘lishi zarur. Qolaversa,
estetika fani doirasida o‘zlashtiriladigan bilimlar umuman
sharqliklarga, xususan xalqimizga begona emas. Zero, bu ilmsiz
o‘zbek xalqi tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyati, madaniyati, bir so‘z
bilan aytganda, uning buyukligini anglash mumkin emas.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning “3.3.1. Uzluksiz
ta’limni tashkil etish hamda rivojlantirish prinsiplari”da ta’limning
ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil
qilish”ga bog‘liq ekanligi bundan buyon odamlar tafakkurini
o‘zgartirish estetik tarbiyadan ayri holda amalga oshmaydigan
jarayon ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunga kelib g‘oyaviy
tahdidlarga qarshi kurash aynan estetik bilimni taqazo etmoqda. Shu
bois avlodni estetik tarbiya asosida voyaga yetkazish doimo dolzarb
ahamiyat kasb etib kelgan. Hozirda estetik bilimlar doirasi shu qadar
kengayib bormoqdaki, u deyarli barcha sohalarda masalan, sog‘liqni
saqlash tizimida – tibbiyot estetikasi, ekologiya sohasida – ekologik
605
estetika, texnikaviy taraqqiyot sohasida – texnika estetikasi
(dizayn)ning yuzaga kelgani shular jumlasidandir. Shu bilan bir
qatorda, jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish ham estetika fani
oldiga qator vazifalarni qo‘ymoqda.
Estetika fani insonning kundalik hayotiga g‘oyatda yaqin.
Chunki, erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni
chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari,
haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlashlari, «ommaviy
madaniyat»ning g‘ayri estetik xususiyatlarini rad qila olishlari lozim.
Buning uchun esa ta’lim tizimida estetika faniga bo‘lgan hozirgi
munosabatni tubdan o‘zgartirish zarur. Chunki, jahondagi nufuzli
oliy ta’lim muassasalarida estetika fanini o‘qitish masalasiga jiddiy
e’tibor qaratiladi. Birgina Garvard Universitetida (AQSh) estetika
bo‘yicha 3 ta markaz, 18 ta yo‘nalishda (bu yo‘nalishda estetika
sohasiga doir 46 ta fan o‘qitiladi) ilmiy tadqiqot hamda ta’limiy ishlar
olib borilayotganligi, Oksford Universitetida (Angliya) esa
“Estetika” fakul’teti mavjudligi va unda shu sohaga doir 66 ta fan
o‘qitilishi estetik bilimlarga bo‘lgan e’tibor katta ekanligidan dalolat
beradi. Shu ma’noda, faylasuf olim Abdurahim Erkayevning
“Yoshlarni kitob o‘qishga o‘rgatmoq mumtoz va zamonaviy yuksak
san’at asarlariga qiziqtirmoq, estetik va axloqiy tarbiya saviyasini
ko‘tarmok kerak. Ma’naviy tarbiyaning asosini tashkil qiluvchi etika
va estetika fanlarini o‘qitishni oliy o‘quv yurtlarida qayta tiklash
maqsadga muvofiq. Aks holda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimida
tarbiya jarayoni qashshoqlashib, biryoqlamalik avj oladi. Bo‘lajak
mutaxassis texnokrat, o‘qituvchi va tarbiyachi nasihatguy safsataboz
bo‘lib yetishadi”, degan fikri g‘oyatda ahamiyatlidir.
Bugungi kunda odamlarga, ayniqsa yoshlarga “huzur-halovat va
lazzat manbai” sifatida taqdim etilayotgan ma’lumotlarning
aksariyati horijiy ommaviy-axborot vositalari hamda Internet
tarmoqlaridagi turli xil saytlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi
paytlarda fetish estetika (engil-elpi, yaltiroq estetika), “ommaviy
madaniyat”ning inson maishiy turmushi bilan bog‘liq saytlari
shunchalik ko‘payib ketdiki, ular yoshlarning estetik didini
pasaytirishga va estetik dunyoqarashini to‘poslashtirishga olib
kelayotganligi bugungi kunda ochiq-oydin namoyon bo‘lib
qolmoqda. Yoshlar tarbiyasiga bunday g‘ayriestetik g‘oyalarning
606
tahdid va uning salbiy oqibatlarini tushuntirib beradigan ilmiy
nazariy asos aynan estetik bilimni yuksaltirish orqali amalga oshadi.
Estetik bilimning hozirgi kunda umumjahoniy global
muammolarni hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, ular orasida
eng dolzarbi sayyoramizda nafosatga asoslangan estetosfera muhitini
yaratish bilan bog‘liq. Chunki texnogensivilizatsiya davrida texnika,
texnologiya, umuman noosfera insonning yashash muhitiga aylanib
qolgan. Binobarin, insoniyatning tabiiy ehtiyojlarini qondirish
imkoniyatlari kengayib borayotgan bir davrda ularning estetik
muhitga ehtiyojlari ortib bormoqda. Shuni ham ta’kidlash lozimki,
hozirgi kunda Internetdan foydalanuvchilar soni kam bo‘lsada, global
tarmoqda ishlash yoshlar tomonidan juda qisqa fursatlarda
o‘zlashtirilib olinmoqda. Biroq, yoshlarning qaysi veb saytlardan
foydalanishi g‘oyaviy tarbiya masalasida katta ahamiyatga ega. Bu
borada bel’giyalik professor Frenk Tevisson tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqot natijalariga ko‘ra, yevropa mamlakatlarida 90 foiz talabalar
Internetdan foydalanishar ekan. Ammo, ularning qaysi saytdan
foydalanishlarini o‘rganilganda, atigi 10 foiz talaba bevosita o‘quv
jarayoniga taalluqli saytlarga, 90 foizi esa, asosan pornografik
mazmundagi saytlarga kirishni xush ko‘rishi ma’lum bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi
“Oliy ta’limni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
qarorida “oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish,
talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va
insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish,
ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy
tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va
tarbiyaviy ishlarni olib borish” muhim vazifalar etib belgilab berildi.
Mazkur vazifalarni ta’lim muassasalarida to‘laqonli va oqilona
bajarilishi avvalo, estetika fanining ilmiy va ta’limiy asoslarini
yanada mustahkamlashni nazarda tutadi. Bunda estetika fanini
o‘qitishni takomillashtirish, fanning mazmunini dolzarb mavzular
bilan boyitish, ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash hamda
estetika ta’limi sifatini yuksaltirish dolzarb ahamiyatga ega. Bundan
tashqari, estetika fanining tarbiya jarayonidagi o‘rni ayniqsa, oliy
ta’lim muassasalarida estetik tarbiyaning to‘g‘ri yo‘naltirilishi
“talaba + mutaxassis = ziyoli” ko‘rinishning tarbiyaviy maqsadi va
607
asosini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu turli tahdidlarning doirasi
kengayib borayotgan, “ommaviy madaniyat”ning g‘ayriestetik
ko‘rinishi tez o‘zgarib inson tafakkuriga salbiy ta’siri kuchayib
borayotgan hozirgi globallashuv davrida estetika faniga bo‘lgan
ta’limiy, tarbiyaviy ehtiyojni yanada kuchaytiradi.
Yurtimizda har bir yil qay nomda nomlanmasin, unda
davlatimiz va jamiyatimiz taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan,
kengqamrovli maqsadlarni amalga oshirishda hal qiluvchi o‘rin
tutadigan reja va vazifalar hisobga olinadi. O‘tgan 2017-yilda ham
mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish,
amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek
noma’qul ish uslubi tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi. Amaliy
natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati
islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.Joriy 2018-yil “Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-
quvvatlash yili”da ham barcha amalga oshiriladigan ishlarning
markazida bilim, ma’rifat ustuvor bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bu haqda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Biz diniy
jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligi
haqida ko‘p gapiramiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Lekin ma’rifat, ma’rifiy
bilimlar qayerda – avvalo, ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan
mana shunday mo‘’tabar kitoblarda emasmi? Bizning ushbu
yo‘nalishdagi barcha amaliy harakatlarimiz aynan mana shunday
ezgu maqsadga qaratilgan bo‘lib, nafaqat mamlakatimiz va
musulmon dunyosida, balki jahon miqyosida ham katta qiziqish va
e’tibor uyg‘otmoqda. Ana shunday bebaho boylikka, minglab
bilimdon ulamolar, faol ziyolilarga ega bo‘lgan, bu sohada katta
tashabbuslar bilan chiqayotgan xalq va davlat sifatida yurtimizdan
qandaydir aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan kimsalarning
chiqishi albatta bizga yarashmaydi” – degan to‘g‘ri talabni qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |