Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Xalq amaliy san’ati 

 

Amaliy  san’at  turlarining  estetik  xususiyati  shundaki,  ular  bir 

vaqtning o‘zida ham badiiy, ham amaliy vazifani bajaradi. Shu bois, 

xalq madaniyati tarixini uning amaliy san’atisiz tasavvur qilish qiyin. 

O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy san’ati turlari boy 

va rang-barang madaniy merosining eng ajoyib va ommaviy qismini 

tashkil  etadi.  O‘zbek  xalq  amaliy  san’ati  yodgorliklari  o‘tmish 

ajdodlarimiz  yaratgan  barkamol,  takrorlanmas  va  tarixan  bebaho 

asarlarning namunalari bo‘lib, jahon madaniyatining durdonalaridan 

bo‘lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi.  

Xalq  amaliy  san’ati  kishilarning  ma’naviy  olamini  boyitadi, 

badiiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning 

uchun  ham  ham  o‘zbek  xalqi  amaliy  san’ati  kishilarning  badiiy, 

axloqiy,  umuminsoni  jihatdan  tarbiyalab,  ularning  ilmiy  dunyo-

qarashini  shakllantirishda  ham  madaniy  darajasini  yuksaltirishda 

eng  zarur  manbalardan  hisoblanadi.  Bu  manbalardan  bugungi 

kunda ham usta va hunarmandlar samarali foydalanib keladi.  

Xalq  amaliy  san’atining  milliy  estetik  mazmuni  naqqoshlik 

san’atida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Naqqoshlik san’ati g‘oyat boy va 

mazmundor  bo‘lib  maishiy  turmushimizda  ishlatiladigan  oddiy 

qoshiq, lagan, sandiq, cholg‘u asboblaridan tortib turar joy va jamoat 

binolarining  devor  hamda  shiftlariga  solingan  naqshlar  insonni 

hayratga  soladi,  zavqlantiradi.  Bino  yoki  xonadon  devoridagi 

naqshlar  turli  xil  bo‘lib  ulardan  “girix”  arabcha  “tuguncha”  degan 

ma’noni  anglatgan  xandasaviy  naqshlar  ya’ni  to‘g‘ri  to‘rtburchak, 

romb, kavadrat kabi yaxlit kompozitsiyani tashkil qilgan naqshlar va 

“islim” (arabcha) yuguruvchi ma’nosini anglatib to‘g‘ri yo‘l ichiga 

ilon izi shaklida chizilgan o‘simliksimon naqshlardan iborat bo‘lgan. 

Ular  faqat  foydali-amaliy  ahamiyatga  ega  bo‘lib  qolmay,  balki 

xonadon  egalarining  orzu-umidlari,  badiiy-estetik  didi  va  estetik 

idealining  ko‘rsatkichi  sifatida  ham  namoyon  bo‘lgan.  Bugun  ham 

zamonaviy  turar  joylar  va  binolarni  bu  naqshlarsiz  tasavvur  etib 

bo‘lmaydi.  

Bugungi  zamonaviy  inshootlar  kabi  turar  joylarda  amaliy 

san’atning  bir  qancha  turlarini  ko‘rish  mumkin.  Turar-joy 

binolarining  turli-tuman  badiiy-texnologik  usullarda  namoyon 




594 

etilgan  badiiy  bezak  turlari  O‘zbekiston  me’morchiligida  muhim 

o‘rin  tutadi.  Chunonchi,  turar-joy  dizayni  bu  milliy  an’analarga 

tayangan  noyob  ijodiy  faoliyat  bo‘lib,  ularning  mahorati  va  badiiy 

bezatilishning 

ko‘pgina 

qirralarini 

ifodalaydi. 

Turar-joylar 

inter’yerlaridagi umumiy devorlarning sathi an’anaviy kompozitsion 

bo‘linish  usullari,  inter’yerlarni  badiiy-bezakli  pardozlashning 

asoslariga tayanadi va ko‘plab estetik xususiyat kasb etadi. Masalan, 

binoning tashqi ko‘rinishi - tarz (fasad)ga qaraganda uyning inter’yeri 

ko‘p  hollarda  ko‘rkam  bezakli  bo‘ladi.  Devorlarning  tokchalarga 

bo‘linishi turg‘unlik va sokinlik taasurotini yaratsa, devorning barcha 

sathi  naqshinkor  bezatiladi,  bezakni  bajarishda  simmetriya,  ritm, 

mutanosiblik qonunlariga rioya qilinishi unga tartiblilik, uyg‘unlikni 

namoyon qiladi. O‘yma bezaklar bilan oro berilgan yog‘och eshiklar, 

ustunlar,  shift  bolorlari,  gohida  shift  ustidan  ko‘prangli  naqshlar, 

shuningdek,  naqqoshlik  bilan  devor  sathining  barcha  qismlari 

tokchalar,  shiftlar  karniz  va  bolorlar  ham  bezatilishi,  deraza 

darchalari va eshik tabaqalari, ustunlari  devor va intererga berilgan 

naqshu bezaklar imoratga badiiy tantanvorlik va estetik qiyofa baxsh 

etadi. 


Inter’yerlarning  badiiy  bezatilishda  asosiy  ahamiyat  devoriy 

naqqoshlikka  qaratilgan  bo‘lib  bu  o‘zbek  xonadonini  bezatishda 

muhim  jihatlardan  hisoblanadi.  Devorda  ketma-ket  joylashgan 

naqshinkor  va  pardozlangan  naqshlar  yordamida  juda  ham  rang-

barang,  jozibador  kompozitsiyalar  yaratiladi.  Inter’yer  dizaynida 

devoriy  naqqoshlikning  bir  necha  kompozitsion  yechimlarini 

kuzatish mumkin. Bu tokchalarga bo‘lingan, yalpi naqqoshlik bilan 

bezatilgan devor sathi va naqshinkor va o‘ymali naqshlar ketma-ket 

joylashgan, rang-barang naqshinkor kompozitsiya. Shift naqqoshligi 

ham  Toshkent  inter’yerlarida  muhim  o‘rin  tutadi.  Ular  o‘zida 

konstruktiv  va  badiiy  yechimning  sintezini  namoyon  etadi.  Ular 

turar-joylari ayvon va dahlizlarda ham keng qo‘llaniladi. Bu amaliy 

san’at  turining  gullashi  va  rivojlanishi,  hozirgi  davrda  shaharda 

shakllangan  qulay  iqtisodiy  sharoit,  innovatsion  ta’sir  va  amaliy-

bezak san’atining ko‘p asrlik an’analari bilan bog‘liqdir.  

Yog‘och  o‘ymakorligi  faqat  inter’yerning  sirtida  namoyon 

bo‘lib  qolmay  turli  shakl  va  kompozitsiyalarda  ham  aks  etadi.  Bu 

inter’yer  uchun  ishlangan  stol,  stullar,  xontaxtaning  nafaqat 




595 

shaklining  bejirimligi  balki  yog‘och  fakturasining  go‘zalligi  va 

ularga  berilgan  ishlov  hamda  naqshlarning  betakror  va  yengilligi 

kishiga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar joy me’morchiligida O‘rta 

Osiyo  me’morchiligi  amaliyotida  qo‘llanilgan  badiiy  bezaklarning 

deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi avva 

o‘ymakorligi shular jumlasidandir.  

Inter’yerning  badiiy  bezalishida  asosiy  ahamiyat  devoriy 

naqqoshlikka  qaratilgan  bo‘lib,  bu  o‘zbek  xonadonini  bezatishda 

muhim  jihatlardan  hisoblanadi.  Ko‘pincha  naqqoshlik  ganch 

o‘ymakorligi  bilan  muvofiqlikda  bajariladi.  Ayniqsa  Toshkentda 

keng  tarqalgan  o‘simlik  naqshlari-  majnuntol,  anor,  xrizantema 

butalarining  yoyilgan  shoxlarini  ko‘plab  uchratish  mumkin.  Bu 

lavhalar faqatgina bezak emas o‘z falsafiy ma’nosiga egadir. Masalan 

majnuntol - sevgi sog‘inchi, anor - serhosillik, lola - bahor, gulsafsar 

- osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan. 

O‘zbek  xalq  amaliy  san’atining  eng  rivojlangan  ganchkorlik, 

naqqoshlik, kandakorlik, zardo‘zlik, kigizchilik, kashtachilik kabi bir 

qancha turlarining  o‘ziga xos bajarish texnologiyasi, haqiqiy milliy 

nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar yo‘qolib 

ketishi  xavfi  bor  edi.  Ammo  mustaqillikka  erishgach  milliy 

san’atimizning bu sohalariga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Ular tiklanib 

yangi  an’analar  paydo  bo‘la  boshladi.  Bu  esa  hozirgi  kunda 

san’atkorlar,  xalq  ustalari,  mualimlar  amaliy  bezak  sirlarini 

shogirdlariga  o‘rgatib  qolmay  bu  san’at  asarlarini  keng  targ‘ib  etib 

jamoatchilikning  estetik  didini,  madaniy  darajasini  yanada 

yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish