Maishiy turmush estetikasi
Turmush azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga keltiradigan va
asraydigan muhim makon bo‘lib kelgan. Turmush madaniyati inson
hayoti va ijtimoiy muhitda iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni
ko‘ratish bilan birga estetik madaniyatni ham shakllantiruvchi
hodisadir.
“Turmush” tushunchasi, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da
“inson, millat va xalqning yashash tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum
majmui, obyektiv reallik, moddiy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy,
sog‘liqni saqlash, shuningdek, ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirishdan iborat ijtimoiy hayotning noishlab
chiqarish sohasi” deb talqin etiladi. Moddiy ne’matlar ishlab
chiqarish va ijtimoiy-siyosiy amaliyot bilan bir qatorda shaxs
tarbiyasida turmushning ta’siri ham muhim omil sanaladi. Turmush
madaniyatining o‘ziga xosligi mehnat, oila, Vatan, kattalarga hurmat,
o‘zini tutish me’yorlari kabi tabiiy, sodda ammo, asosiy qadriyatlarni
singdirishida namoyon bo‘ladi. Aynan turmush tarixiy xotira
madaniyatini asrovchi hodisa sifatida ham namoyon bo‘ladi,
chunonchi u san’at, dinga nisbatan barqarorligi bilan farqlanadi.
Turmushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq bo‘ladi, juda kam
o‘zgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs o‘zi bilan
oilasiga olib o‘tadi va uning abadiyligini ta’minlaydi.
Turmush estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-muhit estetikasi,
estetik tarbiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, moddiy va badiiy
madaniyatni integratsiyalashning eng ta’sirchan vositalaridan biridir.
Turmush
estetikasi
estetikaning
insonning
voqelikka
munosabatini namoyon etadigan sohalaridan biri. Bunda tashqi
ko‘rinish, kiyinish, muomala madaniyati, narsa-buyumlarga, turar
joylarga munosabat aks etadi. Turmush estetikasi insonning barcha
sohalarda go‘zallikka bo‘lgan intilishining ifodasidir.
583
Insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar olamining go‘zalligi bir
tomondan inson hayotining uyg‘unligini ta’minlasa, ikkinchi
tomondan estetik tarbiyalaydi. Turmush tarzi, tashki ko‘rinishi, kiyim
ko‘rkamligi orqali inson yashayotgan, mansub bo‘lgan jamiyat
haqida estetik tasavvur shakllanadi. Aksincha, turmushda tartibsizlik,
palapartishlik estetik madaniyat pastligidan dalolat beradi.
Maishiy turmush estetikasi insonni o‘rab turgan narsa va
buyumlar
olami,
atrof-muhit,
yashash
tarziga
munosabati
masalalarini o‘z ichiga oladi. Insonning dizaynerlik, ijodkorlik
qobiliyatlari dastavval turmushda shakllanadi. Bunda ma’lum bir
xalqning tarixi, mentaliteti, avvaldan shakllanib kelgan turmush tarzi
muhim o‘rin tutadi. Turli xalq, ijtimoiy guruh va boshqalar turmush
madaniyatining moddiy ko‘rinishlari kishilarning narsa va buyumlar
olami, estetik didi va ijtimoiy ideallari haqidagi tasavvurlari
umumiyligi va rang-barangligi bilan uzviy bog‘langan.
Inson yashash va ijtimoiy muhiti iqtisodiy, ijtimoiy, funksional,
estetik me’yor va shart-sharoitlarini gavdalantiradigan turmush
madaniyati olamni estetik idrok etish, uning estetik madaniyati
asosini tashkil qiladi. Bu jihat esa insonning atrof-olamga keng
qamrovli estetik munosabatini shakllantiradi. Kiyinishidan tortib,
oilaviy an’analar, oilaviy makongacha bo‘lgan hodisalarda
odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali
qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga o‘ziga xos munosabatlari
namoyon bo‘ladi va bu pirovard natijada turmush madaniyatining
yuksalishiga xizmat qiladi.
Maishiy turmush estetikasi turli madaniyatlar ta’siri, turmush
tarzi va usuli, an’anaviylik va yangilik, milliylik va umuminsoniylik
masalalari bilan bog‘langan bo‘lib, texnika, ekologiya, predmetli
muhitni jihozlash, tarbiya sohasidagi estetik jihatlarni ifodalaydi,
moddiy va badiiy madaniyat integratsiyalashuvining samarali
vositalaridan hisoblanadi. Turmush estetikasining o‘ziga xosligi ham
shu jarayonda takomillashib boradi.
Estetik did turmush estetikasining shakllanishida muhim o‘rin
tutadi, ayni paytda, turmush estetikasi ham insonda badiiy-estetik
didning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, chiroyli narsa va
buyumlar muhiti inson his-tuyg‘ulari, kayfiyatiga estetik ta’sir
ko‘rsatadi.
584
Odamlarning turmush tarzini o‘zgartirish, estetik dunyo-
qarashini boyitish orqali bir xillikdan – rang-baranglikka, qo‘pol-
likdan – ihchamlikka, noqulaylikdan - qulaylikka qarab yo‘nalish
maishiy turmush estetikasining asosiy maqsadi va prinsipi hisob-
lanadi. Ayniqsa, estetik madaniyat infratuzilmasi, madaniy hordiq
maskanlari maishiy turmush estetikasi rivojiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatuvchi omillardir.
Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyati uchta omil bilan
belgilanadi: 1) inson hayot kechiradigan rang-barang predmetlar
olami; 2) insonning boshqalar bilan muloqotda o‘zligini namoyon
qilish holatlari; 3) insoniy munosabatlarning odob-axloqda aks etish
imkoniyati va xususiyatlari.
Bundan tashqari,yaratuvchanlik va bunyodkorlik turmush
estetikasining muhim mezonlari hisoblanadi. Chunki, inson turmush
tarzini qay tarzda yo‘lga qo‘yishi uning badiiy tafakkuri va ruhiyatini
ham aks ettiradi. Zero, Gegelning “Agar san’atni uning butun
maftunkorligi bilan yaxlit idrok etish zaruriyati tug‘ilsa, uni hamma
joyda - varvarlarning zebu ziynat, liboslaridan tortib, to bag‘oyat
go‘zal qilib bezatilgan ibodatxona anjomlarigacha - jami narsalar
olamida uchratish mumkin”- degan fikri bejiz emas.
Zamonaviy maishiy turmush estetikasi farovon hayot va uning
uchun zarur bo‘ladigan kamponentlarning o‘zaro maqsadga
muvofiqligi, mutanosibligi va mosligini taqozo etadi. Bu moddiy
ne’matlar (orgtexnika, tele va mobil kommunikatsiya vositalari) va
ma’naviy ne’matlar (kitob, sayohat, qadriyat)ning boy zahirasini
taqozo etadi.
Hozirgi globallashuv va axborotlashgan jamiyatda inson
haqidagi dastlabki ma’lumot uning tashqi ko‘rinishi orqali olinadi.
Bunda insonning kiyinish madaniyati muhim omil hisoblanadi.
Chunki, kiyim-libos insonni nafaqat go‘zallashtiradi, balki uning
madaniyatlilik darajasini ham belgilaydi. Shuning uchun kiyinish
ham ijtimoiy-ma’naviy, ham axloqiy-estetik hodisadir.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kiyinish dastlab tabiiy
zaruriyat - ya’ni tashqi omillar ta’siridan badanni himoya etish
vositasi sifatida vujudga kelgan bo‘lsa, zamonlar o‘tishi bilan u inson
madaniyati namunasiga aylandi. Shu bois yuksak madaniylikka
asoslangan kiyinishni ham axloqiy qadriyat, ham estetik qadriyat deb
585
aytish mumkin. Axloqiy qadriyat ekanligi shundaki, kiyim o‘zida
uyat, hayo, ibo kabi fazilatlarni mujassam etadi. Kiyimning estetik
qadriyat ekanligi esa u insonga go‘zallik va chiroy baxsh etadi.
Bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyatida zamo-
naviylik bilan an’anaviylikning uyg‘unligini ta’minlash milliy-
madaniy taraqqiyotda muhim o‘rin tutadi. Buning uchun quyidagi
omillarga e’tibor qaratish zarur:
Birinchi omil - did bilan kiyinish. Bu kiyinish madaniyatining
nozik jihatlariga e’tibor qaratish demakdir. Chunki, inson o‘z
chiroyini egnidagi libosni to‘g‘ri tanlay olganligi bilan ham boyitishi
mumkin.
Ikkinchi omil - zamonaviy kiyinish. Bu yoshlarning didini,
qiyofasini qiyofasini aks ettirishi bilan bir Moda - maishiy turmush
estetikasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Moda – bu tashqi
madaniyat shakllarining vaqti-vaqti bilan qisman o‘zgarish va
takrorlanib turishidir. Bunday takrorlanishlar va o‘zgarishlar
iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega
bo‘ladi.
Modani asosiy ko‘pchilik e’tirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda
emas, ishlab chiqarishda ham, siyosatda ham, san’atda ham, fanda
ham, hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik
mezon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga
nima kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. Moda
odamlarning yashash tarzidan (uslubidan) kelib chiqib, doimiy
ravishda o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif
etadi. Zotan u ommaviy estetik didning darajasi va o‘ziga xosliklarini
zamon ko‘zgusida aks ettirish xususiyatiga ega. Shu jihatdan u,
yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘zgaruvchanlik tabiatiga ega.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kiyinish insoniylikni taqozo
etadi. Chunki, kishilar jinsi, yoshi, gavda tuzilishi, ruxiy holatiga
qarab kiyim tanlaydi va kiyadi. Shu bois bugungi kunda yoshlarning
kiyinish madaniyati quyidagi jihatlar asosida shakllanayotganligini
kuzatish mumkin:
1.
Badanni tabiiy omillar ta’siridan himoyalash;
2.
Qulaylikka erishish.
3.
Zamonaviy axloq va etnik xususiyatga mos odobni namoyon
etish.
586
4.
Atrofdagilarning e’tiborini qozonish.
Yoshlar tomonidan yuqoridagi jihatlarning amalga oshish
mexanizmi modani taqozo etadi. Chunki, modakiyinishning o‘ziga
xos me’yori. Biroq, bu me’yor insonning go‘zalligini ta’minlashishi
shart. Aks holda me’yorning buzilishi natijasida bachkanalik vujudga
keladi. Qolaversa, ijtimoiy madaniy taraqqiyot muayyan moda
umrining qisqarishiga olib keladi. Taraqqiyot natijasida yangi
modalar eskisini muomala jarayonidan siqib chiqaradi.
Bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyatiga e’tibor
qaratishning ijtimoiy ehtiyojga aylanish sababi shundaki, har bir
xalqning tarixiy-madaniy rivojlanish bosqichlari ularning ajdodlari
tomonidan kiyilgan kiyimlarda o‘z aksini topgan. Bu esa milliy
g‘urur, vatanparvarlik va o‘zlikni anglash kabi buyuk hodisalar bilan
chambarchas bog‘liq. Shunday ekan, bugungi kunda kiyinish
madaniyatiga jo‘n va oddiy maishiy hol sifatida munosabat bildirish
mumkin emas.
Inson faoliyatining barcha ko‘rinishlari estetik bilimni taqozo
etadi. Estetik bilim esa insonda turmush tarzini tartibli, oqilona va
maqsadli tashkil etish ko‘nikmasini shakllantirishga ko‘mak beradi.
Bu boradi dizaynning turmush estetikasiga ta’sirini alohida ta’kidlash
joiz.
Narsalar inson ehtiyojlarini qondirishi uchun o‘zgarib
takomillashib boradi, bu inson faoliyatini erkin va qulay
tashkillashtirish ijobiy, mo‘’tadil ruhiy muhit yaratishga imkon
yaratadi. Estetik A.P.Marder rivojlangan hozirgi jamiyatda obyektiv
olam faqat fizikaviy, kimyoviy va boshqa xossalar bilan emas, shu
bilan birga, estetik xususiyatlar va unga munosabatlar yig‘indisi
sifatida ham inson ma’naviy va moddiy hayoti, axloq-odobiga
emotsional tus beradigan estetik reallik bo‘lib namoyon bo‘ladi, -
degan fikrni bildiradi. Darhaqiqat, insonni qurshagan predmet va
narsalar muhiti uyg‘unlik, shinamlik va qulaylik xususiyatlari bilan
insonda zavq, ko‘tarinki kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni
uyg‘otishi; insonga o‘z hayotidan mamnunlik uyg‘otishi, ruhiy
muammolar yechimini hal etishda yordam berishi mumkin.
Binobarin, me’morlar, amaliy san’at namoyandalari, dizaynerlar,
umuman ijodkorlar bu estetik qulayliklarni nafaqat moddiy balki
insonning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaratadi.
587
So‘nggi besh yilda mamlakatimiz shaharlari va qishloqlari
qiyofasi tubdan o‘zgardi. Buning natijasida odamlarning estetik
dunyoqarashi va tafakkurida ham o‘zgarish paydo bo‘ldi. Chunki,
barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlar – muassasa, maydon, markaz,
hiyobon, maskan, ziyoratgoh odamlarda turmush estetikasi haqidagi
tasavvurini boyitadi, yuksaltiradi. Atrof-muhitning go‘zalligi
kayfiyatga ta’sir ko‘rsatish, faollikka undash, hatti-harakatlariga
tetiklik baxsh etishi asosida baholanadi.
Estetik muhitda tarbiya topgan inson narsalar olamining estetik
shakli va mazmunini qadrlaydi, anglaydi, oqilona munosabatda
bo‘ladi. Ayniqsa, badiiy konstruktorlik badiiy loyihalash unsurlarini
ham o‘z ichiga oladi. Konstruktorlikni rivojlantirish bolalar va
o‘smirlarda badiiy loyihalash qobiliyatini shakllantirish imkonini
beradi, konstruktorlik ishlarini amalga oshirishi ijodiy tasavvur va
badiiy qobiliyatning rivojlanishiga olib keladi. Bu esa estetik xarakter
kasb etadi.
Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami,
inter’yerning tarkibiy qismlari, uning shakllanish qonuniyatlari, ish
joylar muhitini shakllantirish kabi masalalarni hal etishda yangi
texnik va texnologik ishlanmalar va dizaynga asoslanadi. Narsa-
buyumlarni qulay, shinam joylashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanish
hayotimizning kun tartibidan muhimi o‘rin egallagan. Chunki
kishilarning turmushi jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy va ma’naviy-madaniy jihatlarini o‘zida aks ettiradi va bu
oiladagi sog‘lom muhitni belgilaydi. Insonni o‘rab turgan predmet-
narsalar insonning moddiy ehtiyojlarini qondirish bilan chek-
lanmaydi, tashqi muhit, shu bilan birga, insonning o‘z qiyofasini shu
muhitga moslashtirishga ham ma’naviy-ruhiy ta’sir ko‘rsatadi,
dizayn inson bilan narsalar olami o‘rtasidagi uyg‘unlikni qaror
toptirish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |