Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Zamonaviy shaharsozlik estetikasi



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Zamonaviy shaharsozlik estetikasi 

 

Har  bir  shahar  yoki  viloyat, tuman  markazi  o‘ziga  xos  estetik 

ko‘rinishga  ega.  Bugungi  kunda  shaharsozlik  sohasiga  estetikaning 

zamonaviy prinsiplari joriy etilmoqda. Ayniqsa, davlat arxitektura va 

qurilish 

qo‘mitasi 

tizimini 

tubdan 


qayta 

tashkil 


etish, 


588 

shaharsozlikning  eskirgan  metodologiya  va  normativlari,  kapital 

qurilishdagi  nomutanosiblik  va  muammolarni  bartaraf  etish, 

shuningdek,  loyiha  institutlarining  samarasiz  faoliyatini  tubdan 

takomillashtirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.  

Ijtimoiy  taraqqiyotning  ikki  muhim  jihati  –  moddiylik  va 

ma’naviylikni  o‘zida  namoyon  ettiradigan  me’morchilik  o‘z 

navbatida,  mamlakatda  shaharsozlik  sohasining  shakllanishiga, 

ravnaq topishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.  

Kundalik hayotda «shaharsozlik» va «obodonlashtirish» degan 

so‘zlar  tez-tez  tilga  olinmoqda.  Sobiq  Ittifoq  davrida  shaharsozlik 

madaniyati  va  estetikasi  me’moriy  majmualarning  umumiy 

ko‘rinishi, ularning ekster’yer (tashqi) va inter’yer (ichki) bezagidagi 

bir xillik shaharning badiiy-estetik qiyofasiga salbiy ta’sir etganligini 

kuzatish  mumkin.  Ayniqsa,  aholi  uchun  qurilgan  turar  joy 

binolarining  bir  xil  shaklda  bo‘lganligi  shundan  dalolat  beradi. 

Mazkur  binolar  tartibsiz,  noqulay  hududda  bunyod  etilganligi, 

aksariyatining  qurilishida  tabiiy  muhit,  milliy  xususiyatlar  hisobga 

olinmaganligi natijasida shaharning jozibadorligini buzgan. 

Shahar o‘z ko‘rki va go‘zalligini qo‘yidagi estetik xususiyatlar 

orqali  namoyon  etadi:  a)  shaharda  me’moriy  obidalar,  ko‘hna 

yodgorliklar, ziyoratgohlarning mavjudligi va ularni odamlar e’tibori 

va  tasarufida  ekanligi;  b)  binolarning  aholi  tarmush  tarzi  uchun 

qulayligi  va  mos  kelishi;  v)  shaharda  bunyod  etilgan  inshootlar, 

yo‘llarning xalq manfaati bilan muvofiqligi; g) shaharning geografik 

jihatdan  joylashuvi  –  suv  va  havosining  musaffoligi,  tabiiy 

manzaralarga boyligi. 

Bugungi 


kunda 

mamlakatimizda 

bunyod 

etilayotgan 

muhtasham inshootlar, ma’muriy binolar, ta’lim muassasalari milliy 

me’morchilik an’analarining Ovro‘pa me’morchilik an’analari bilan 

uyg‘unligiga  asoslanadi.  Misol  uchun,  Vatanimiz  poytaxtida  qad 

rostlagan - Ma’rifat markazi, Simpoziumlar  saroyi, Alisher Navoiy 

nomidagi  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi,  Yoshlar  ijod  saroyi, 

Poytaxt biznes markazi kabi betakror inshootlar bir-biriga hamohang 

tarzda yaxlit kompozitsiyani tashkil qilgan. Yoki Vatanimizning bosh 

maydoni  -  Mustaqillik  maydoni  betakror  landshaft  dizayni  bilan 

g‘oyat go‘zal qiyofa kasb etgan.  



589 

O‘zbek  shaharsozligi  estetikasi  sobiq  Ittifoq  davrida  nazardan 

chetda  qoldi:  me’moriy  obidalar  qarovsiz  holatga  keltirildi,  xalq 

amaliy san’atining nodir turlari yo‘qola boshladi, erkin ijodiy muhit 

ta’qiqlandi. San’atkorlar, me’morlar, usta va naqqoshlar tomonidan 

ko‘plab binolar, xalq amaliy san’atining nodir namunalari yaratilgan 

bo‘lsada, ammo ularda milliy bezak va uslublar, naqshlar to‘laligicha 

o‘zini  namoyon  etolmas  edi.  Bugungi  me’moriy  binolar,  tarixiy 

inshootlar,  xususan  O‘zbekiston  anjumani,  mahobati,  shakl  va 

kompozitsiyasi, naqsh va bezaklari o‘zining falsafiy-estetik mazmuni 

bilan jahon me’morligining buyuk namunasi, o‘zbek xalqining estetik 

qadriyatiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

XXI asrni O‘zbekistonda shaharsozlik estetikasida tub burilish 

davri  deyish  mumkin.  Bugungi  kunda,  shaharlarda  nafaqat  tarixiy 

obidalar  qayta  tiklandi,  balki  ziyoratgohlar  obodonlashtirildi,  qator 

zamonaviy  kasb-hunar  kollejlari,  maktablar,  zavodlar,  fabrikalar, 

sport  maydonlari,  shifoxonalar,  mehmonxonalar,  istirohat  bog‘lari, 

xiyobonlar,  bozorlar,  yo‘llar,  ko‘priklar,  savdo  majmualari, 

favvoralar, gulzorlar barpo etildi.  

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish