554
Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi
Har bir fan o‘z maqomiga ko‘ra muayyan faoliyatning tadqiqot
sohasi bo‘lib, bu faoliyat tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi
bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni
yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi.
Ma’lumki, falsafaning biror-bir kategoriyasini voqelikdan ayri
holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki, bu kategoriyalar (olam,
harakat, makon, me’yor, ziddiyat, yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif,
mohiyat, sifat va h.k) insonni o‘rab turgan olamda sodir bo‘ladigan
voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to‘g‘ri
tahlil etishga ko‘mak beradi. Shuningdek, kategoriyalar insonga o‘z
tevarak-atrofidagi olamni, voqea-hodisalarning mohiyatini chuqur
bilishga imkon beradi. Biroq, “Falsafada o‘rganiladigan kate-
goriyaning boshqa aniq fanlar kategoriyalaridan farqi shundaki,
deyiladi “Falsafa qomusiy lug‘at”ida,- ular voqelikdagi narsa va
hodisalarning ayrim, alohida munosabat va aloqalarinigina
ifodalamasdan, balki butun olam, inson hayoti va tafakkur olamiga
xos umumiy belgilar, aloqalar, xususiyatlar va munosabatlarni aks
ettiradi. ... Falsafiy kategoriya voqelikni chuqur va mmukammal aks
ettirishi, olamning barcha sohalarida amal qilishi bilan oddiy
tushunchalardan farqlanadi. Shu tufayli har bir konkret fan o‘zi
o‘rganayotgan sohaning xususiyati va belgilarini ochishda falsafiy
kategoriyaga murojaat etadi.”
Aytish
mumkinki,
kategoriyalar
qandaydir
o‘zgarmas
tushuncha emas, aksincha ular doimo jamiyat va inson taraqqiyoti
natijasida o‘zgaradi, takomillashadi. Shu bois zamon falsafasi
katoriyalarni o‘rganish va ularga tizimli yondoshishni talab etadi.
Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va
kategoriyalariga ega. Estetika kategoriyalari (go‘zallik, hunuklik,
ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.)inson va tabiat,
inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda
vujudga keladi. Biroq, estetika kategoriyalari nafaqat bilimni
oshishiga xizmat qiladi, balki ayni paytda bilimni baholaydi ham. Shu
jihati bilan estetika kategoriyalari boshqa falsafiy fanlarning
kategoriyalaridan farq qiladi. Bu – birinchidan.
555
Ikkinchidan, estetika kategoriyalari nafaqat gnoseologik va
ontologik mohiyat kasb etadi, balki ular qadriyatlilik mazmuniga
ham ega. Ayniqsa, bu jihat go‘zallik va ulug‘vorlik kategoriyalarida
ko‘proq aks etadi. Zero, narsalar go‘zal va chiroyli, ulug‘vor va
mantunkor bo‘lgani uchun ham insonga qadrlidir. Uchinchidan,
estetik kategoriyalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular
mohiyat-mazmuniga ko‘ra umumiy va qamrovlidir. Bu xususiyatlar
ayniqsa, estetik faoliyat va san’at sohasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Falsafiy fanlar tizimida estetika kategoriyalarining nazariy tax-
lili va ilmiy o‘rganilishi qorida ko‘rsatib o‘tilgan uch tamoyilga
asoslanadi. Shuning uchun estetika kategoriyalarining o‘rganilish
doirasi kengqamrovli bo‘lib, bu masalaga estetika fanining qator
bilimdonlari murojaat qilishgan. Bu borada rus nafosatshunoslari
N.A.Dmitriyev,
V.V.Vanslov,
L.N.Stolovich,
O.Butkevich,
Yu.B.Borev, D.D.Sredneg, A.F.Losev, V.P.Shestakovlar tomonidan
olib borilgan tadqiqotlarni alohida qayd etish mumkin. Shuningdek,
estetika kategoriyalarini tizimlashtirish masalasi g‘arb olimlari
tomonidan ilgari surilgan nazariyalarda ham kuzatish mumkin.
Jumladan, nemis psixologiya estetikasining vakili Ernst Meyman
o‘zaro munosabatlar jarayonida kategoriyalarning sababiy
bog‘lanishini estetik tasavvurlarning ikki jihatiga ko‘ra ajratadi.
Birinchisi – obyektiv sharoitdan kelib chiqadigan dastlabki
jarayonlar. Bular - go‘zallik, ulug‘vorlik, chiroylilik hamda ularning
ziddi bo‘lmish – hunuklik, tubanlik, pastkashlikdir. Ikkinchisi – turli
xil obyektiv sharoitlarda yuzaga keladigan hamda bevosita
psixologik jarayonlarga tegishli bo‘lgan sharoitlardir. Bular –
fojeaviylik va kulgililikdir. Italyan estetigi Morpurgo-Tal’yabue esa
estetik kategoriyalarning ikkita turini ajratib ko‘rsatadi: ontologik va
ta’sirchanlik (ekspressivniy).
Estetik kategoriyalarning tasnifi, tizimlari, turlari va xusu-
siyatlari rus nafosatshunos olimlarning qator tadqiqotlarida o‘rga-
nilgan. Ayniqsa, Ye.G.Yakovlev tomonidan estetika kategori-
yalarining tizimlashtirilishi bir qadar qiziqarli va kengqamrovliligi
bilan muhim ahamiyatga ega. U o‘zi ishlab chiqqan tizimda
kategoriyalarni uchta guruhga ajratadi. Bular:
1) obyektiv,
2) obyektiv-subyektiv,
556
3) subyektiv.
Bu tizim ushbu jadvalda quyidagicha aks etgan:
E.G.Yakovlevning fikriga ko‘ra, mazkur tizim shu turda
yaratilgan boshqa tizimlardan o‘zining universal-kengqamrovli
mazmun va falsafiy-estetik mohiyat kasb etib, moslashuvchanlik
(subordinatsiya) va muvofiqlashtiruvchilik (koordinatsiya) tamo-
yilini mujassam etgani holda “ontologik-fenomenologik va ijtimoiy-
gnoseologik jihatlar”ga ega.
Ayniqsa, V.P.Shestakovning estetika kategoriyalari tarixi,
ularni tizimlashtirish muammolari, kategoriyalarga o‘ziga xos
yondoshuvning zamonaviy talqinlari hamda estetik kategoriyalar
tasnifiga doir salmoqli tadqiqotlari bugungi kunda ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotmagan. Faylasuf bu borada yuqorida nomlari tilga
olingan estetika nazariyotchilaridan farqli o‘laroq, kategoriyalarni
uch turkumga ajratadi: dastlabki kategoriyalar, umumestetik
kategoriyalar, estetik kategoriyalar ko‘rinishlari. Tadqiqot davomida
mazkur turkumning har biri alohida tahlil qilinadi. Jumladan,
dastlabki kategoriyalarni faylasuf nafosatga tegishli, deb biladi va uni
beshta umumestetik kategoriyaga ajratadi: go‘zallik, fojeaviylik,
kulgulilik, ulug‘vorlik va hunuklik.
Mazkur jadvalda V.P.Shestakov tomonidan tizimlashtirilgan
kategoriyalarning umumiy ko‘rinishi aks etgan:
DASTLABKI KATEGORIYA
Nafosat
Go‘zallik
Fojeaviylik
UMUMESTETIK KATEGORIYALAR
Kulgulilik
Ulug‘vorlik
Hunuklik
Nafosat
Universal kategoriyalar
Go‘zallik
Estetik ideal
San’at
Ulug‘vorlik
Estetik did
Badiiy obraz
Fojeaviylik
Estetik tuyg‘u
Ijod
Obyektiv
kategoriyalar
Obyektiv-subyektiv
kategoriyalar
Subyektiv
kategoriyalar
557
ESTETIK KATEGORIYALARNING
KO‘RINISHLARI
Disgarmoniya
Dahshatlilik
Mubolag‘a
Garmoniya
Hazil
Forig‘lanish
Qahramonlik
Ideal
Latofat
Biroq, ta’kidlash lozimki, aksariyat adabiyotlarda estetika
kategoriyalari asosan go‘zallik – fojeaviylik – kulgulilikdan iborat
uchlik sifatida taqdim etilgan. Biroq, davrlar o‘tishi bilan bu an’anaga
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, bu tizimga
Yu.B.Borev - ulug‘vorlikni, L.N.Stolovich - hunuklikni, M.S.Kagan
- garmoniya va dramatiklikni, N.I.Kiyashenko – qahramonlikni,
o‘zbek olimlari T.Mahmudov uyg‘unlikni, Abdulla Sher
qiziqarlilikni kiritdi.
Shu o‘rinda Abdulla Sher taklif etgan estetika kategoriyalari
(mezoniy tushunchalari) tasnifi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Tasnifga
ko‘ra, barcha estetik tushunchalar uch guruhga bo‘linadi. Birinchisi,
– mezoniy tushunchalar. Ular subyekt-obyekt munosabatlarida
estetik obyektning xususiyatlarini subyektga ochib beruvchi, tashqi
nafosat bilan bog‘liq eng qamrovli, eng mushtarak tushunchalardir.
Masalan, go‘zallik ulug‘vorlik, fojeaviylik v.h. Ikkinchisi – subyekt
– obyekt munosabatlarida subyektdagi estetik anglash muruvatlarini
tushuntirib beradigan, ichki nafosat bilan bog‘liq estetikaning xususiy
tushunchalari. Masalan, estetik hissiyot, estetik mushohada, estetik
did, v.h. Uchinchisi – san’atning mohiyati, san’at turlari, umuman,
badiiy ijod biln bog‘liq estetikaning muayyan tadqiqot obyektlariga
qaratilgan tushunchalar. Masalan, san’at, ijodkor, dizayn janr, uslub
v.h. Bu o‘rinda tushunchalar guruhlarining nomlari shartli ekanini
alohida o‘qtirib o‘tish joiz.
Biz yuqorida faylasuflarning estetika kategoriyalarining tarixi,
uni tizimlashtirish muammolari, ko‘rinishlari va o‘ziga xos jihatlari
bilan bog‘liq qarashlar va nazariyalarga bejiz murojaat etmadik. Agar
e’tibor bergan bo‘lsangiz, kategoriyalar tizimi qanday ko‘rinishda
558
bo‘lmasin, ularning har birida go‘zallik markaziy kategoriya sifatida
ishtirok etmoqda. Biz manashu jihatga ko‘ra go‘zallik falsafasini
tushuntirishdan avval go‘zallikning muhim mezoniy tushuncha -
kategoriya sifatidagi mohiyatini ko‘rib o‘tishni maqsadga muvofiq,
deb bildik. Zero, estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab
chiqish muammosi ko‘p yillardan buyon olimlar e’tiborini jalb etib
kelayotganligidan maqsad ham go‘zallikning falsafiy, axloqiy, hatto
siyosiy mohiyatini atroflicha o‘rganishga qaratilganligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |