Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Kibermakon va axloq 

 

Kibermakon komp’yuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan 

muloqot maydonini ifodalovchi voqelik, tarmoq orqali bir-biri bilan 

bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi 

har qanday mavjud komp’yuterning ma’lumotlari doirasida faoliyat 

olib boruvchi kishilar jamoasining makoni. Kibermakon faylasuflar 

ta’biriga  ko‘ra,  ma’rifat  va  jaholat  kuchlari  kesishgan  chorraha, 

axborotlar  maydonidir.  Bu  maydonda  o‘z  ichki  tahlil  qobiliyati  va 

sintez  qilish  metodidan  yiroq  inson  adashadi,  o‘z  dunyoqarashi  va 

hatti-harakatida beqarorlik kasb etadi.  

Globallashuvning  ijobiy  va  salbiy  tomonlari  bo‘lgani  kabi, 

internet tarmog‘i ham xuddi shunday xususiyatlarga ega ulkan resurs 

majmui.  Biroq,  bu  resursdan  kim,  qachon,  qayerda,  qanday 

maqsadlarda  foydalanishi  ana  shu  makon  foydalanuvchilarining 

axloqiy kamoloti bilan bog‘liq jiddiy masaladir.  

Sir  emas,  internet  va  yuqori  texnologiyalardan  foydalanish 

bugungi  kun  odamining  odatiy  ehtiyojlaridan  biriga  aylangan.  Har 

qanday  taraqqiyot  mahsulidan  ikki  xil  maqsadda  –  ezgulik  yo 




541 

yovuzlik  yo‘lida  foydalanish  mumkin.  Internet  inson qochishi  yoki 

taqiqlanishi lozim  bo‘lgan  yomonlik  manbai  emas,  o‘zini  anglagan 

odam  uchun  bitmas-tuganmas  bilim  manbaidir.  Ammo  lekin,  har 

qanday  taraqqiyot  mahsulidan  inson  kamoloti,  jamiyat  ravnaqi  va 

insoniyat farovonligi yo‘lida foydalanilmas ekan, u g‘ayriinsoniydir. 

Vaholanki,  kibermakon  va  uning  vositalaridan  oqilona 

foydalanib,  axloqiylikni  oshirish,  yuksak  ma’naviyatga  erishish, 

qalblarni zabt etishda axloq omili muhim rol’ o‘ynaydi.  

Hozirda  turli  diversion  kuchlar  ham  o‘zining  yot  g‘oyalarini 

tarqatish,  jamiyat  ma’naviy-axloqiy  muhitini  izdan  chiqarishda 

kibermakonni  vosita  sifatida  ustamona  qo‘llamoqda.  Xususan, 

ma’lumotlarda  keltirilishicha,  bugungi  kunga  kelib,  internet 

tarmog‘ida ma’naviy-axloqiy tubanlikni targ‘ib etuvchi sahifalarning 

soni  bir  necha  yuz  millionni  tashkil  etmoqda.  AQShda  o‘tkazilgan 

tadqiqotda  ma’lum  bo‘lishicha,  7-18  yoshdagi  bolalarning  80  foizi 

har  kuni  elektron  manziliga  virusli,  yoki  axloqqa  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatuvchi fayllarni qabul qiladi. Kibermakonda sayr qiladigan har 

beshinchi  bola  turli  tahdidlarga  bir  marta  bo‘lsa-da  uchraydi,  har 

to‘rtinchisi yoshiga mos bo‘lmagan axborotni oladi. 

Shu bois ham xalqimizning, ayniqsa, yoshlarimizning kiberma-

kondagi  faoliyatida  AKTdan  foydalanish  axloqi  va  kiberma-

daniyatini  yanada  yuksaltirishni  davrning  o‘zi  taqozo  etmoqda. 

Sababi,  internetdagi  g‘arazli  kuchlar  o‘z  yovuz  manfaatlarini 

qondirish  yo‘lida  aynan  kibermakondan  foydalanishmoqda.  Sir 

emaski,  bugun  yot  g‘oyalar  tarafdorlari  o‘z  "o‘ljasi"ni  asosan 

kibermakondan  axtaradi.  Negaki,  internet  foydalanuvchilarining 

aksariyatini  yoshlar  tashkil  etadi.  Foydalanish  bu  yaxshi,  axborot 

kommunikatsiyalardan  foydalanish  savodxonligi  undanda  yaxshi, 

ammo,  axloqda  mavjud  me’yor  mezon  qoidasining  buzilishi  bu 

yomon  albatta.  Chunki,  ortiqcha  internetga  berilish  va  vaqtni 

sarhisob qilmaslik oqibatida yoshlarimizda kibermakonga mute’lik 

yuzaga  kelmoqda.  Internetga  mute’  odamlar,  odatda,  virtual  hayot 

kechira  boshlaydi.  Yuzma-yuz  muloqotdan  qochadi.  Ularda 

depressiya yo agressivlik kuchayib, faqatgina kibermakonda  o‘zini 

ancha erkin tutishadi. Erkinlikni su’istemol qilishadi. Tobelik ortgan 

sari  hohishsiz  ijtimoiy  tarmoqlarga  kirish  va  elektron  manzilni 

tekshirish  odati  va  mut’yelik  darajasi  yuqorilab  boradi.  Ijtimoiy 




542 

tarmoqda  ishlashni  beixtiyor  istash,  bu  uchun  vaqt  va  mablag‘ni 

ayamaslik, boshqalarning bu boradagi fikrlari bilan hisoblashmaslik 

kabi  axloqqa  zid  harakatlar  amalga  oshadi.  Bu  esa  insonni 

jamiyatdan,  o‘zidan,  oilasidan,  yiroqlashuviga  sabab  bo‘luvchi 

begonalashuv xavfini kuchaytiradi. 

Aslida  xalqlar  o‘rtasidagi  ijtimoiy-madaniy  hamkorlikni 

kengaytirish va mustahkamlash maqsadida ommalashtirilgan global 

axborot  tarmog‘i  bugun  bitmas-tuganmas axborot makoni,  elektron 

kutubxona  vazifasini  o‘tash  bilan  birga  axloqiy  buzuqlikni  keng 

tarqatish, millatlarni qadriyatlaridan ayirish, axloqsizlikni ustamonlik 

bilan targ‘ib qilish manbaiga aylandi.  

Diversion  kuchlarga  qarshi  tegishli  choralar  ko‘rilsada,  global 

tarmoqda  hammani,  ayniqsa,  bolalarni  xulq-odobiga  salbiy  ta’sir 

etuvchi  rang-barang  saytlar,  axloqsizlik  va  yovuzlikka  yo‘g‘rilgan 

jozibador  o‘yinlar  ko‘paymoqda.  Mutaxassislarning  ta’kidlashicha, 

bugungi  kun  kibermakonidagi  eng  katta  xavflardan  biri  yoshlarni 

axloqiy buzuqlikka yetaklovchi g‘arazli maqsadlarga xizmat qiluvchi 

turli  dasturlar  mavjudligi.  YUNISEF  tomonidan  tashkil  etilgan 

ijtimoiy  so‘rovlarda  internetdan  foydalanadigan  90  foiz  bolalar 

axloqsiz  surat  va  videolarga  duch  kelishi,  60  foizi  bu  turdagi 

axborotni maqsadli ravishda izlaganligi aniq bo‘lganligi ham bunga 

yaqqol dalil bo‘la oladi. 

Internetda  taraqatilayotgan  illatlardan  himoyalanishning  eng 

yaxshi  usullaridan  biri  bu  barcha  manbalarga  ehtiyotkorona 

yondashish,  ularga  tanqidiy  va  tahliliy  nazar  bilan  qarash  va  eng 

asosiysi  yoshlarni  tahlil qobiliyatini oshirish va mustaqil fikrlashga 

o‘rgatishdir.  Bu  esa  juda  murakkab  va  davomli  vazifadir.  Chunki, 

turli maqsad va maslakda, turfa shakllarda tarqatilayotgan manbalar 

oqimi orasidan zarur va foydalisini topish oltin izlab qum elashday 

gap.  

Internet  yoshlar  ongi  va  hissiyotlariga,  tafakkur  tarziga,  xulq-



atvorlariga  ta’sir  ko‘rsatishda  katta  imkoniyatlarga  ega.  Statistik 

ma’lumotlarga  ko‘ra,  dunyo  bo‘yicha  internetdan  eng  ko‘p 

foydalanuvchilar  aynan  21  dan  30  yoshgacha  bo‘lgan  yoshlar 

hisoblanar  ekan.  Internetning  bugungi  kundagi  rivoji  yoshlarga 

g‘oyaviy,  ma’naviy-axloqiy  ta’sir  o‘tkazishning  miqyosi  va 

ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi.  




543 

Mamlakatimizda yoshlarimizning ongu qalbida sog‘lom hayot 

tarzi, milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlarga hurmat-ehtirom 

tuyg‘usini kuchaytirish, ularning ma’naviy olamini yanada boyitish, 

turli  axloqiy  buzuqliklarga  qarshi  immunitetini  mustahkamlashga 

alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Sir  emaski,  yoshlariga  egalik  qila 

olgan  mamlakatgina  ularning  munosib  kelajagini  ta’minlay  oladi. 

O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  yoshlarga  oid  davlat 

siyosatining  asosiy  yo‘nalishi  yoshlarning  ongi  va  mafkurasini 

to‘g‘ri  shakllantirishdan iborat.  O‘zbekiston aholisining qariyib 61 

foizini  yoshlar  tashkil  etadi.  Shu  bois  mamlakatimizda  yoshlarga 

e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Afsuslar 

bo‘lsinki, bunyodkor kuch bo‘lmish yoshlarning nazoratsiz qolishi, 

tarbiyadagi  noqisliklar,  iroda  erkinligi  va  axloqiy  tanlovning 

shakllanmaganligi  sababli  jahondagi  qurolli  to‘qnashuvlarda  18 

yoshgacha  bo‘lgan  300  mingdan  ortiq  yosh  jangarilar  ishtirok 

etmoqda.  Eng  achinarlisi,  ularning  80  foizi  15  yoshdan  oshmagan 

yosh  nihollar  ekanligi  va  mazkur  guruhlar  yosh  jihatdan  yosharib 

borishidir.  Masalan,  2000-  yilda  terrorchi  tashkilotlarga  a’zo 

bo‘lganlarning o‘rtacha yoshi 28 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-

yil ma’lumotlariga ko‘ra ularning aksariyatini 20 yosh atrofidagilar 

tashkil  etmoqda.  Sayyoramizdagi  yoshlar  o‘rtacha  2  milliardni 

tashkil etishini hisobga olsak, bu fojia zudlik bilan hal qilinishi lozim 

bo‘lgan  dolzarb  muammodir.  Masalan,  odnoklassniki.ru  ijtimoiy 

tarmog‘i  kunlik auditoriyasining  20 foizini aynan,  O‘zbekistondan 

kiruvchilar tashkil etib, ularning aksariyati yoshlardir. Shu bois ham 

mamlakatimizdagi  barqarorlikka  putur  yetkazish  va  yoshlarni 

ichkaridan buzishga urinadigan kuchlar bugun ijtimoiy tarmoqlarda 

juda faol. Bu jarayonda erkinlik niqobi ostida axloqiy buzuqlik va 

tubanlik,  nikohsiz  yashash  kabi  illatlar  ortib,  inson  sha’niga 

dog‘  tushuruvchi  axloqiy  tuban  ishlardan  biri  bir  jinsli  nikohlar 

yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. 

Yuqoridagi  kabi  adashgan  yoshlarning  aksariyat  qismi  aynan, 

kibermakonda  faoliyat  olib  borayotgan  yot  kuchlar  qurboni 

ekanligidan  kelib  chiqsak,  yoshlarimizda  axborot  iste’moli 

madaniyatini  shakllantirish  bugungi  kunning  muhim  vazifalaridan 

hisoblanadi.  Yosh  avlodda  bu  jihatlar  shu  darajada  shakllangan  va 

qaror  topgan  bo‘lishi  lozimki,  ular  vertual  makonda  umummilliy 




544 

manfaatga  xizmat qiladigan,  uning  taraqqiyotiga  yordam beradigan 

manbalarni tanlay olsin.  

Internetdan qanday foydalanish oilaviy muhitida, unagi iste’mol 

chora-tadbirlarining  qanday  yo‘lga  qo‘yilganligida,  bir  so‘z  bilan 

aytganda, tarbiyaga bog‘liq. Chunki, axloqiy madaniyat va iste’mol 

madaniyatiga  ega  yoshlar,  salbiy  axloqiy  buzuqlik  va  illatlarni 

ta’siriga  tushib  qolmaydi.  Chunki,  ularda  AKT  orqali  tarqaluvchi 

illatlarga  nisbatan  mustahkam  mafkuraviy  immunitet  shakllanadi. 

Yoshlar o‘rtasida axloqiy buzuq ma’nan tuban ishlarning oldini olish 

oiladagi muhit va ota-ona nazorati ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois 

ham kibermadaniyatni rivojlantirish uchun oilada farzand tarbiyasiga 

katta  mas’uliyat  bilan  yondashish,  ota-onalar  yoki  ularning  o‘rnini 

bosuvchi shaxslarga  internetdan foydalanish madaniyatini  o‘rgatish 

va  ular  orqali  yoshlarning  internetdan  to‘g‘ri  va  samarali 

foydalanishlarini  ta’minlash  zarur.  Yoshlar  ongida  internet-

madaniyat va axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini oshirish, jumladan, 

odob-axloq  me’yorlariga  rioya  qilinishi  hamda  fuqarolarni  turli 

ma’naviy  tahdidlardan  saqlash,  ularning  ongida  mafkuraviy 

immunitetni kuchaytirish kerak. 

Xalqimiz  hamisha  farzandlari  o‘zidan  o‘zishi,  har  tomonlama 

yetuk  bo‘lib  hayotga  kirib  borishi,  yovuzlik  va  yomonlikka  qarshi 

kurashuvchan ezgu fazilatlarga boy inson bo‘lib voyaga yetishi uchun 

kurashib  yashagan  va  yashamoqda.  Mamlakatimizda  sog‘lom 

axborotlashgan jamiyatni shakllantirish, internetda milliy segmentni 

boyitish,  yoshlarda  mafkuraviy  immunitetni  hosil  qilish,  milliy 

manfaatlarimizga  mos saytlarni ko‘paytirish ham yuqorida aytilgan 

ezgu maqsadga xizmat qiladi.  

Globallashuv  xavf-xatarlariga  qarshi  tura  oladigan,  o‘z 

ma’naviy  kuch-qudratini  isbotlashga  qodir,  o‘zini  hurmat  qilgan 

inson borki,  o‘z  sha’ni  va  qadr-qimmatini asrashga urinadi. Bu esa 

Vatan  sha’ni  va  fuqarolar  o‘rtasidagi  ma’naviy  rishtaning  yanada 

mustahkam bo‘lishiga katta ehtiyoj tug‘diradi.  

Farzandlarimiz  dunyoning  eng  o‘tkir,  faol,  uddaburon, 

Vatanparvar  yoshlariga  aylanishi,  ularni  fidoiylik,  vatanparvarlik, 

tadbirkorlik,  millatparvarlik,  sadoqatga  o‘rgatish  ko‘p  jihatdan  ota-

onalarga ham bog‘liq.  



545 

E’tirof etish kerakki, asrlar osha sayqallanib kelayotgan oilaviy 

qadriyatlar  va  tarbiya  an’analari  bu  borada  dunyo  davlatlari  uchun 

ibrat namunadir. 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish