2. Inson axloqiy madaniyatning uzviy qismi, unsuri – bu..?
a) muomala odobi;
b) rostgo‘ylik;
546
v) yaxshilik;
g) xaqgo‘ylik;
3. An’anaviy axloqiy tarbiya vositasi – bu...
a) san’at;
b) kitob;
v) ilm;
g) sport.
547
16-MAVZU. ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI
VA VAZIFALARI
“Estetika” fanining obyekti va falsafiy mohiyati
Falsafa va uning fan sifatidagi umumnazariy masalalari doimo
tafakkur ahlining e’tiborini jalb etib kelgan. Inson olamni his-
tuyg‘ulari, aql idroki va iroda-ixtiyori yordamida o‘zlashtirar ekan,
falsafaga ehtiyoj sezib yashashi tabiiydir. Zero, tabiat, jamiyat va
insonning rivojlanish muammolari bilan bog‘liq jarayonlarda
tafakkurga murojaat qilish - falsafaga murojaat qilish, haqiqatni
anglash – falsafani anglash demakdir. Bir so‘z bilan aytganda,
falsafaning bosh maqsadi – haqiqat va uni yuzaga keltirishdir. Bu
haqiqat tafakkur orqali reallashadi.
O‘zining qadimiy tarixiga ega bo‘lgan estetika shu ma’noda
falsafiy fan hisoblanadiki, u ham tabiat, jamiyat va inson
muammolariga
falsafaning
bosh
maqsadi
bo‘lgan
haqiqat
tamoyillaridan kelib chiqqan holda yondoshadi. Biroq, estetika
haqiqatga go‘zallik talablari, mezonlari va qonunlari orqali boradi.
Shuning uchun ham estetika haqida gapirilganda, albatta, go‘zallik
ham tilga olinadi. Zero, insonga oddiy qilib “estetikasi zo‘r inson”
deb baho berish bilan o‘sha insonning go‘zallikka munosabatini ham
baxolagan bo‘lamiz.
“Estetika” (yunon. aisthetikos – his qilinadigan) iborasi dastlab
olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (u G‘arbiy Yevropa falsafiy
tafakkurida muhim o‘rin tutgan Vol’f maktabi namoyondasi
hisoblanadi)ning “Estetika («Aesthetica»)” nomli ikki tomlik asari
(1750-1758-y.y.)da muomalaga kiritilgan. Baumgarten estetikani
bilishning yuksak darajasi hisoblangan mantiqdan farqli o‘laroq,
hissiy bilishning quyi darajasidagi fan sohasiga tegishli deydi. Uning
fikricha, mantiqiy mushohada aniq tasavvurlarga, estetik mushohada
esa noaniq va mavhum tasavvurlarga asoslanadi. Buning birinchisi –
aql muhokamasiga, ikkinchisi – did muhokamasiga tegishlidir. Biroq,
insonning universum bilan munosabati avval estetik mushohada
orqali ro‘y beradi, so‘ngra mantiqiy mushohada orqali amalga oshadi.
Shunga ko‘ra, estetikaning predmeti – go‘zallik, mantiqniki –
haqiqatdir.
548
Baumgartenning estetikaga kiritgan ushbu nazariyasi keyin-
chalik san’at falsafasiga nisbatan keng qo‘llanildi. Bu nazariya
Immanuil Kant, Fridrix Gegel va boshqa faylasuflar tomonidan
rivojlantirildi, hatto fanning predmetini aniqlashda go‘zallik masa-
lasi bilan boshlangan mulohazalar to g‘oyalar olamining falsafiy
mohiyatiga tegishli mulohazalar bilan bog‘lanib ketdi. Shuning
uchun ham ko‘pchilik nazarida Baumgarten “estetikaning asoschisi”
sifatida tilga olinadi. Ammo, nemis faylasufi Teodor Lipps estetikani
mohiyatan “nemislarga xos fan” ekanligini ta’kidlagani holda
Germaniyada estetikaning asoschilari sifatida 4 nafar faylasuf -
Gotxol’d Efraim Lessing, Iogann Gotfrid Gerder, Immanuil Kant,
Fridrix Shillerni ko‘rsatib o‘tadi. U Immanuil Kant “estetikaning
asoschisi” sifatida birinchi bo‘lib estetik qadriyatlarni shakllanadigan
va rivojlanadigan “hudud”ning chegarasini belgilab berdi. Shundan
keyingina estetika masalalari Kantning idealistik falsafasi bilan
birlashdi va rivojlandi, – degan xulosaga keladi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, “Estetika fan emas, uning
mazmuni fanning ilmiy talablariga javob bermaydi”, - degan fikrlar
estetikaning mohiyatini tushunmaslik natijasida kelib chiqqan
fikrlardir. Odatda, fan - dunyo haqidagi obyektiv bilimlar tizimi; uni
ma’lum maqsadlar yo‘lida o‘zgartirishga xizmat qiladigan tabiat va
jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli hisoblanadi.
Estetika ham fan sifatida o‘zining qonuniyatiga, kategoriyalariga va
tushunchalar tizimiga ega. Biroq, “Estetika – go‘zallik haqidagi fan”
deyish asl mohiyatni anglatmaydi. Aksincha, estetika keng qamrovli
fan sifatida:
a) u yoki bu voqelikka dahldor go‘zallik tuyg‘ularining
mohiyatini bilishga intiladigan hodisalar majmui;
b) borliqni hissiy idrok etishga asoslangan ong shakli;
v) haqiqatni anglash va his qilish, qadriyatlarni bilish va tahlil
etishga qaratilgan inson faoliyatining turidir.
Estetika ilmiy-nazariy masalalar va fan talablari doirasidan
tashqarida qo‘llanilganda ko‘plab ma’nolarni anglatishiga sabab ham
ana shunda. Qolaversa, boshqa fanlar kabi estetika ham odamlarga
umumiy zaruriyat yuzasidan kundalik faoliyatda kerak bo‘ladigan
narsa-hodisalarni (chiroyli bo‘lish, orasta kiyinish, ozoda yurish,
nafis harakat qilish kabi masalalar bilan estetikaning muayyan sohasi
549
shug‘ullanadi) emas, balki estetika fan sifatida estetik tarbiyani
takomillashtirish, badiiy tafakkurni rivojlantirish, odam tuyg‘usini
tarbiyalash, uning did-fahm-farosatni yuksaltirishga qaratilgan
fundamental masalalarning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish va
yechimini topishga e’tibor beradi. Zero, estetikaning mavjudlik
shartini nafosatshunos O.A.Krivsun ”Qayerdaki inson tafakkuri va
tabiat hodisasi tufayli yaratilgan predmetlar olamini xis etish yoki
undan zavqlanish tuyg‘usi sodir bo‘lar ekan o‘sha yerda “estetik
jarayon”, “estetik hodisa” ro‘y beradi” – deb izohlaydi. Shu ma’noda,
qayerdaki, yashashga ishonch, yashash umidi, yashashdan maqsad
yoki voqelikni hissiy idrok etishga, tabiat hodisalarini anglashga
ehtiyoj sezilsa, o‘sha yerda estetika mavjuddir, desak noto‘g‘ri
bo‘lmaydi.
Estetika predmeti, obyekti va tadqiqot doirasiga ega fan.
Ma’lumki, barcha fanlar o‘z predmetiga ega bo‘lib, olamning
mohiyatini bilish, borliqning mazmunini tushunish, voqelikni
tasavvur qilishga qarab har bir fan o‘z predmetini belgilaydi. Olaylik,
salomatlik tibbiyotning maqsadi bo‘lsa, uning predmeti - inson
salomatligini asrash, mustahkamlash, himoya qiluvchi vositalar,
hodisalar, omillar hisoblanadi. Biroq, estetikaning predmetini
tibbiyotnikidek bir so‘z bilan ifodalash qiyin. Mohiyatan insonni
paydo bo‘lishi va voqelikni idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
qadriyatlar estetikaning predmeti bo‘la oladi. Jumladan, tabiat va
uning estetik xususiyatlari, san’at va uning badiiy obrazlardagi
ifodasi, ijod jarayoni va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning
rivojlanish prinsiplari estetikaning predmeti bo‘lib xizmat qiladi.
Chunonchi, Immanuil Kantning nazarida estetikaning predmeti – bu
san’atdagi go‘zallik bo‘lib, u estetik muhokama qobiliyatini tanqid
sifatida namoyon bo‘ladi. Fridrix Gegel esa estetikaning predmetini
umuman san’at, xususan tasviriy san’at bilan cheklab qo‘yadi. Shu
ma’noda estetikaning predmeti – olam va uning umuminsoniy
ahamiyatiga ko‘ra o‘rganiladigan estetik hodisalar hisoblanadi.
Biroq, estetikaning predmeti estetik tajribaning inson va jamiyat
hayotidagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama tadqiq etishni,
shuningdek, insonning bir oz bo‘lsada o‘zining ma’naviy olamga
tegishli ekanligini, global ijtimoiy-utilitar tobelikdan halos bo‘lish
yo‘llarini anglashni, shaxsiy erkinligi va mutloq va uyg‘un to‘laqonli
550
hayotning bir qismi ekanligini his qilishga qaratilgan masalalar bilan
belgilanadi.
Estetika fan sifatida ilmiy, ma’rifiy, badiiy taraqqiyotning
o‘ziga xos muammolari doirasida baxs yuritadi, tahlil qiladi,
o‘rganadi va o‘rgatadi. Ularning asosylari quyidagilardan iborat:
1.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi. Ushbu funksiya
badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilar va ijodiy faoliyat uchun juda
zarur. Ayniqsa, ranglar jilosini xis qilish, musiqa sehrini anglash,
asardan xulosa chiqarish aynan ushbu funksiyaning ta’sirida ro‘y
beradi. Zero, dunyoqarash ijodkorni boshqaradi, ijod jarayoni
rivojiga ko‘mak beradi.
2.
Bilish funksiyasi. Bu funksiya san’at asarini bilish va
baholash faoliyati natijalarini, semantik va pragmatik axborotni
yetkazib berish, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay
bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishda muhim
ahamiyatga ega.
3.
Yaratuvchanlik funksiyasi. Bu funksiya yangi ko‘rinishdagi
iqtisodiyotning estetik asoslariga, tadbirkorlik faoliyatiga estetik tus
berishga, bunyodkorlikni namoyon etishga imkon beradi Ayniqsa,
go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqning boy va betakror
estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali insonni
ma’naviy jihatdan yuksaltirishga xizmat qiladi.
4.
Metodologik funksiyasi. Mazkur funksiya badiiy asarda aks
ettirilgan voqea-hodisaning mohiyatini o‘quvchiga to‘laqonli
yetkazish imkonini beradi, asarni bilish va uni xuddi hayotdagidek
idrok qilinishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, bu funksiya estetik
masofani taqozo etadi: masofa tufayli badiiy reallik idrok etiladi.
Masalan, teatr asarini tomosha qilish jarayonida tomoshabin bir
paytning o‘zida ham sahna bezaklariga, ham aktyorlarning
kiyimlariga, ularning xatti-harakatlariga sinchkovlik bilan nazar
tashlaydi, va bu holatlarning barchasini estetik tasavvuri orqali
mutanosib holga olib kelishga intiladi. Asar rejissyori, operator,
rassom, chiroq ustasigacha barcha ijodkorlar estetik masofaning
ahamiyatini hisobga olishi shartdir. Chunki, badiiy idrok etish uchun
estetik masofa zarur. Shu bois badiiy asar inson tomonidan qandaydir
qalbga yaqin, tanish hodisa sifatida idrok etiladi va masofa tufayli
idrok etuvchida mushohada qilish erki saqlanib qoladi. U
551
hayajonlanadi, qalbi ravshan tortadi. Ushbu masalalarni o‘rganish,
tahlil qilish estetikaning metodologik funksiyasiga kiradi.
Bugungi
kun
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning
barcha
sohalarida estetikaning u yoki bu tamoyili ustuvor yo‘nalish sifatida
ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, iqtisodiyot va bozor munosabatlarida
go‘zallikni qiymat kasb etuvchi mexanizmga aylanishi tamoyili
sohaga estetik tamoyillar kirib kelayotganligini ko‘rsatadi. “Falsafa.
Qomusiy lug‘ati”da “prinsip” tushunchasining ma’nosi “turli
ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar va bilimlar majmuining asosi,
poydevori; har qanday hatti-harakat, xulq-atvor va faoliyatning
boshlang‘ich qoidalari” deb izohlangan. Ushbu izoh estetika fanining
prinsiplariga xos mazmunni ham anglatadi. Odatda, estetikaning
quyidagi an’anaviy prinsiplari mavjud. Bular:
1. Uyg‘unlik (garmoniya) tamoyili;
2. Yaxlitlik (butunlik) prinsipi;
3. Ifodalilik (obrazlilik) prinsipi;
4. Maqsadga muvofiqlik prinsipi. Ushbu prinsiplar orasida
estetik munosabatlarda ko‘proq ko‘zga tashlanadigan uyg‘unlik va
maqsadga muvofiqlikning mohiyati haqida quyidagi fikrlarni aytish
mumkin.
Uyg‘unlikning falsafiy-estetik mazmuni ilmiy adabiyotlarda
“garmoniya” tushunchasi bilan ham izohlanadi. Milliy estetikamizda
mazkur tushunchaning estetik mohiyati ko‘pchilik olimlar tomonidan
ilmiy tahlil qilingan. Bular orasida faylasuf Tilab Mahmudovning
mulohazalari bir qadar diqqatga sazovor. Faylasuf uyg‘unlikda
nomutanosiblik xususiyati, garmoniyada disgarmoniya alomatlari
borligini uqtiradi. Shunday narsa-hodisalar borki, uning tarkibiy
qismlari uyg‘un bo‘lmasa ham go‘zal tasvirni bera oladi. Bundan
tashqari,
uyg‘unlik
buzilishi,
nomutanosiblikka
asoslangan
garmoniyalar bo‘lishi mumkin. Gap ana shu hayotiy predmetning
mutanosibligi inson hayotining yo‘nalishi bilan qanday munosabat va
aloqadorligidadir. Agar faylasufning narsa va hodisalar tashqi
ko‘rinishidan bizga uyg‘un ko‘rinmasligi mumkin, lekin o‘z ichki
uzviy birligi va mutanosibligi bilan ma’lum garmoniyaga ega bo‘lishi
aniq, degan xulosasini e’tiborga olsak, fikrda jon bor. Zero, tabiatda
shunday hodisalar borki, u o‘z go‘zalligini disgarmoniyada ham aks
ettiradi. Qolaversa, tabiat va jamiyatda bir-biri bilan o‘zaro
552
bog‘lanmagan, ma’lum aloqadorlikda bo‘lmagan, muallaq predmet
va hodisaning o‘zi yo‘q: har bir narsa o‘zining aloqadorlik doirasiga
ham ega.
Nemis faylasufi Georg Gegel maqsadga muvofiqlik prinsipini
go‘zallik va san’atning o‘zaro aloqadorligida ko‘radi. U go‘zallikni
maqsadga
muvofiqlik
bilan
bog‘liqligini
tahlil
qilib, bu
bog‘liqlikning asosida tashqi va ichki qarama-qarshiliklar markaziy
o‘rin egallashini uqtiradi. Garchand, predmetlarning shakliy
go‘zalligida mutanosiblikni muhim element deb hisoblasada, Gegel
uning xususiyati faqat geometrik asosdangina iborat emasligini
ta’kidlaydi.
Odatda, fanga tegishli qonunlar hodisalarning hamma
xususiyatlarini emas, balki hodisalardagi umumiylikni aks ettiradi va
undagi mustahkam barqarorlikni ifodalaydi. Biroq, hodisalar ayni bir
vaqtda bir-biriga o‘xshaydi va bir-biridan farq qiladi. Xususan,
voqelikni estetik o‘zlashtirshning oliy shakli bo‘lgan san’atga
umumiy va xususiy qonunlar tegishli bo‘lib, ularga badiiy ijod
jarayoni ham, san’atning ijtimoiy olami ham ta’luqlidir. Ular
san’atning antropologik, genetik va gnoseologik mazmunini ochib
berishga xizmat qiladi. Shunga asosan “Estetik faoliyat qonuni”,
“Badiiy ijod qonuni”, “Badiiy jarayon qonuni”, “Badiiy idrok
qonuni”, “Estetik idrok qonuni” kabi qonuniyatlar tizimi shakllangan.
Ushbu qonunlar olamni estetik o‘zlashtirish jarayonining mohiyatini
izohlaydi va quyidagi natijalarga olib keladi:
1) voqelikning estetik xususiyatlari inson tomonidan olam
hodisalarini tasavvur qilish, anglash hamda tajribaga tayangan holda
insoniyat oldiga qadriyatlarni o‘rganishni vazifa qilib qo‘yadi.
2) estetik faoliyat predmetlar olami va insoniy idealni botiniy
tuyg‘ular asosida o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi, u
umuminsoniy qadriyatlarga oqilona munosabatni shakllantiradi
hamda erkin ijodkorlik muhitini yaratishga ko‘mak beradi.
Estetika fanida ko‘p amal qiladigan qonunlardan yana biri
“Badiiy ijod qonuni” hisoblanadi. Ushbu qonunning mazmuni haqida
faylasuf Abdulla Sherning fikrlari ahamiyatlidir. Faylasuf badiiy ijod
jarayoni boshqa barcha aqliy mehnat turlaridan katta farq qiladigan
mehnat turi bo‘lib, unda mehnat qandaydir sirli ruh bilan amalga
oshadi, deydi. Chunonchi, badiiy ijod jarayonining ibtidosi
553
san’atkorning muayyan g‘oyani yoki g‘oyalar tizimini badiiyat orqali
boshqalarga yetkazish istagi bilan bog‘liq bo‘lib, bu g‘oyaviy niyatda
aks etadi. G‘oyaviy niyat ko‘zga ilg‘amaydigan darajada nozik va
ko‘z ilg‘amaydigan darajada miqyoslikka ega. Chunki g‘oyaviy niyat
o‘z nomi bilan g‘oyaga taalluqli, u ijodkorning dunyoqarashining
mevasi, butun asarning poydevori. U badiiy asarning mavzui, shakli,
mazmuni, “tili”, badiiy vositalari qanday bo‘lishi kerakligini belgilab
berish uchun ular bilan “kurash olib boradi”. Ba’zan ularni o‘ziga
bo‘ysundiradi, ba’zan esa ularga bir oz yon berib, ma’lum nuqtalarda
o‘zgaradi, “sharoitga moslashadi”. G‘oyaviy niyatni shu bois hech
qachon to‘liq amalga oshgan estetik hodisa sifatida tasavvur qilish
mumkin emas.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda “Badiiy ijod qonuni”ning
asosiy kamponenti hisoblangan “ijod”ni inson taraqqiyoti uchun
ahamiyatini quyidagicha izohlash mumkin. Ya’ni ijod:
a) muayyan badiiy uslub yordamida shaxs va jamiyatning
madaniyatini yuksaltiradi;
b) obrazli tafakkur yordamida badiiy olamning asl va betakror
mohiyatini anglash imkonini beradi;
v) olam go‘zalligidan zavqlanish, iztiroblardan forig‘ bo‘lish va
yaratuvchanlikka rag‘batni paydo qiladi.
Estetikaning qonuniyatlari narsa-hodisalar va voqelikdagi
jarayonlarning estetik mazmunini turli rakursda o‘rgansa-da, estetika
uchun umumiy bo‘lgan metaqonun - “Insonning voqelikka estetik
munosabati qonuni”ga amal qiladi. Bu qonun yordamida estetika o‘z
tadqiqot obyektining predmetini konkretlashtiradi, funksiyalarini
belgilaydi.
“Estetika” iborasini ilmiy muomalaga kiritilganiga ham uch
yarim asrdan ortiq vaqt o‘tdi. Bu vaqt oralig‘ida estetika dunyo faniga
aylandi, jahonda bu fanni rivojlantirish, uning ilmiy-nazariy
muammolarini o‘rganishga qaratilgan yirik tadqiqotlar amalga
oshirildi. Ayniqsa, mamlakatimizda estetika ilmi, ta’limi va
tarbiyasini rivojlantirish, estetik dunyoqarashni boyitish masalalari
doimiy e’tiborda bo‘lib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |