Fojeaviylik kategoriyasi
Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy va estetik tafakkurning
muhim tadqiqot obyekti bo‘lib kelgan. Har qanday fojea zamirida
alohida fojiali to‘qnashuv yotadi, uning eng muhim jihati ko‘lamlilik
va ijtimoiy ahamiyatga tegishligidadir.
Fojeaviylik real hayot va inson kamolidagi kuchlar
to‘qnashuvining natijasi bo‘lib, bu to‘qnashuvlar kurashining qanday
tugallanishi pirovardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bog‘lanib
ketadi. Bu hol fojeaviylikning falsafiy jihatdan murakkab estetik
kategoriya ekanligini ko‘rsatadi. Odatda, fojeiy qahramoni ko‘pincha
ijobiy tusda tasvirlanadi: u o‘z davrining ijobiy orzu-umidlari, u yoki
bu qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan kuchli, yorqin, ulug‘vor
shaxsni namoyon etadi. Lekin fojea to‘qimasida boshqa turdagi
567
qahramonlar kam aks ettirilgan bo‘lib, o‘z taqdirlari bilan
tomoshabinda o‘ta kuchli his-tuyg‘ularni qo‘zg‘aydi.
Ma’lumki, ilg‘or madaniy tafakkur doim hayotni o‘zlashtirish,
o‘lim xavfini qisqartirish haqida o‘ylab kelgan. O‘lim qayg‘usidan
farqli o‘laroq fojeaviylik qayg‘u va iztirobdan iborat bo‘lib,
ulug‘vorlikning vayron bo‘lishi bilan bog‘liq: u - hayotning tugashi
yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy voqelikning barbod
bo‘lishidir.
Fojiaviylik estetika kategoriyalari orasida ulug‘vorlik bilan ko‘p
jihatdan yaqin bo‘lib, haqiqiy ulug‘vorlikni fojiaviylikning davomi,
deyish mumkin. Shu bois estetika ilmida fojiaviylik ulug‘vorlik bilan
uzviylikda o‘rganiladi. Chunki, ulug‘vorlikning barcha xususiyatlari
fojiaviylikning ham u yoki bu ko‘rinishi orqali namoyon bo‘ladi.
Fojiaviylik mezoniy tushunchasining estetikasidagi markaziy
muammosi-insonning imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish
(san’at, badiiy adabiyot, jamiyat va tabatga nisbatan munosabatda),
qahramonlik, buyuklik tushunchalarining qat’iy va o‘zgarmas
chegaralarini buzib, uning mohiyatini yanada yaqinlashish,
tashabbuskor va bunyodkorlikni rag‘batlantirish, hayotda umidvorlik
va unga muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirishdan iboratdir. Fojeiy
qahramon kelajakka yo‘l tashlaydi, u eskirgan chegaralarni daf etadi.
U doimo insoniyat kurashining oldida boradi.
Fojeaviylikning yana bir xususiyati shundaki, u insonga
borliqning mazmunini ochib berishda yaqindan ko‘mak beradi. Shaxs
rivoji jamiyat va insoniyat o‘rtasidagi munosabatga bog‘liq
ekanligini, jamiyat taraqqiyoti inson hisobiga emas, balki inson va
inson orqali rivojlanishi zarurligi bevosita fojeaviylik tushunchasi
orqali yanada konkretlashtiriladi. Bu esa pirovardida inson va
insoniyat muammolarini insonparvarlik yo‘li bilan hal etishga olib
keladi. Fojeaviylikda jamiyat va insoniyatning ezguligini himoya
qiluvchi xususiyat mujassam. Mahmud Torobiy qo‘zg‘aloni natijasiz
tugashi, uning o‘zi esa fitna qurboni bo‘lishi ajdodlarimiz qismatidagi
fojeadir. Mahmud Torobiy g‘anim qo‘lida emas, o‘z qavmidan
chiqqan-nurga emas, zulmatga talpingan kaltabin johil Olovxon
Yusuf qo‘lida halok bo‘ladi. Biroq, Torobiy timsolidagi fojea
hiyonat, sotqinlik,diyonatsizlik, zulm va zo‘ravonlik boshidan
kechirgan va unga qarshi kurashgan millat, xalq va Vatan fojeasidir.
568
Yoki istiqlol muqaddas tutgan, o‘lkaning milliy, diniy zaminidagi
taraqqiyot uchun kurashgan va xalq orasidagi g‘oyat katta mavqega
ega bo‘lgan jadid ma’rifatchilarining fojeasi ham jamiyatni
to‘qimtabiat «muhabbat»dan xalos etishning natijasi edi. Shu
ma’noda fojeaviylikning estetik mazmuni:
-
shaxs bunyodkorligining abadiyatga dahldorligini;
-
ma’naviy jasorat xarakterini;
-
inson va borliq hayotining uyg‘unligini;
-
tarixiy ziddiyatlarni;
-
yashash zavqi va hayotga muhabbat tuyg‘ularini;
-
qalbni forig‘lash orqali ma’naviyatga yaqinlashish;
-
yovuzlikdan begonalashishda o‘z ifodasini topadi.
Ilmiy, o‘quv va o‘quv uslubiy adabiyotlarda fojiaviylik
kulgulilikning ziddi sifatida o‘rganiladi. Shu o‘rinda biz ham
kulgulilikning estetik mazmuniga doir ayrim fikrlarni bayon etishni
maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Kulgililik kategoriyasiga doir tadqiqotlar kulgining predmetini
bir tomondan, obyektiv xususiyat sifatida, ikkinchi tomondan,
shaxsning subyektiv imkoniyatlari natijasi sifatida, uchinchi
tomondan - subyekt va obyekt o‘zaro aloqadorligining natijasi
sifatida o‘rganadi. Bu o‘z navbatida, kulgililik kategoriyasini turli
rakursda o‘rganishga olib keldi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan.
Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, nodonlik -
insonni kulgili qiladi, deydi. Arastu fikriga ko‘ra, kulgi ayrim
xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va zarar kel-
tirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik,
suskashlik, qizg‘onchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhrat-
parrastlik kabi illatlar kulgililik obyektidir. Bundan tashqari, Arastu
kulgi - axloq hududlarini bezarar buzishdir, degan fikrni bildiradi.
Kulgilililk boshqa nafosatli hodisalar singari faqat obyektiv
tomonga ega bo‘lmay, subyektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi.
Kulgililikning subyektiv tomoni – keng ma’nodagi hazil(yumor)
tuyg‘usidir. (Mol’yer hazil tuyg‘usini insonni hayvondan ajratib
turadigan xususiyati deb atagan edi.) Hazil - insonlararo muno-
sabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo‘xshov ziddiyatlarni
anglagan holda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish
569
qobiliyatidir. Hazil tuyg‘usi juda murakkab aqliy tuyg‘u bo‘lib, unda
shaxs o‘zining butun borlig‘i bilan namoyon bo‘ladi, uda insonning
his-tuyg‘usi, aqliy madaniyati, orzu-umidlari va tabiati aks etadi.
Shuning uchun ham insonning nima uchun kulayotganligiga qarab,
uning qanday illat va qanday fazilatga ega ekanligini bilish mumkin
bo‘ladi.
Insonning turli sabalarga ko‘ra kulgisi qistaydi. Masalan,
to‘yimli va mazali ovqatlanishdan rohatlanib kuladigan odamlar ham
uchraydi, chunki bunday odamlar uchun kulgi hayotni sof fiziologik-
jismoniy idrok etish ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. Kulgililik bevosita
biror bir hodisa - insonning tashqi ko‘rinishi bilan uning asl mohiyati
o‘rtasidagi nomuvofiq ziddiyat natijasida yoki amaldagi voqelik bilan
yuksak estetik orzularga mos kelishi kerak bo‘lgan voqelik
o‘rtasidagi muhim tafovutlar hamda kelishmovchiliklarni tabiiy
anglash natijasida vujudga keladi. Ba’zi odamlar o‘zining pastkash,
johil, loqayd, xudbin mohiyatini tashqi viqor, oliftalik, takabburlik
bilan «bezab» ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Bu kabi odamlarni uchratganda
ham insonda beihtiyor kulgi tuyg‘usi yuzaga keladi. Bunday kulgili
holatga o‘sha odamning ichki olami bilan uning tashqi ko‘rinishi
o‘rtasidagi beo‘xshovlik sabab bo‘ladi. Mazkur nisbatning yana bir
o‘ziga xos jihati shundaki, kulgili holatdan olgan zavqimizga sog‘lom
ma’nodagi «xudbinlik» hissi ham qo‘shilib ketadi. Chunki biz
bachkana, kalondimog‘, ovsarsifat odamning asl mohiyatini anglash
qobiliyatimiz bilan ma’naviy-insoniy jihatdan u odamdan yuksakroq
ekanligimiz o‘zimiz uchun hamisha yoqimlidir. Shu jihatiga ko‘ra
kulgi insonni ruhan ko‘taradi, unga insoniy g‘urur tuyg‘usi
bag‘ishlaydi.
Kulgi o‘z mohiyatiga ko‘ra demokratik xususiyatga ega: u
barchani teng ko‘radi. Kulgi eskilik bilan kurashning omilkor
vositasigina bo‘lib qolmay, balki insonning kuch-qudrati va ozodligi
timsoli hamdir. Kulgi beqiyos rango-ranglik, xilma-xil qirralarga ega
bo‘lib, mayin, rag‘batlantiruvchi, hushfe’l hazil tuyg‘usidan tortib, to
ayovsiz achchiq istehzogacha bo‘lgan keng doirada amal qiladi.
Umuman olganda, estetikaning go‘zallik, ulug‘vorlik, fojeaviylik
kategoriyalari insonning tabiat va jamiyatga estetik munosabati
hamda borliqni estetik jihatdan o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga
ega. Bu jarayonda go‘zallik kategoriyasi bog‘lovchi vazifasini
570
bajaradi. Shu bois ulug‘vorlik va fojiaviylikda go‘zallik elementlari
uchraydi va ko‘zga tashlanadi.
Ma’lumki, inson ma’naviy olamni asosan uch soha orqali
o‘zlashtiradi: aql-idrok, iroda-ixtiyor va his-tuyg‘u. Ular o‘z
navbatida, insonning falsafiy, mantiqiy, axloqiy, estetik tafakkurini
shakllantirishga xizmat qiladi. Jumladan, iroda-ixtiyorni o‘rganish
– axloqshunoslik (etika)ning, aql-idrokni o‘rganish - mantiq ilmi
(logika)ning,
hissiyotni
o‘rganish
esa
nafosatshunoslik
(estetika)ning zimmasidadir. Mazkur sohalar azaldan falsafada o‘z
o‘rinlariga ega bo‘lib kelgan. Inson ma’naviyatining yuksalishi
uning fazilati bilan bog‘liq jarayon. Bu jarayon estetik tarbiyani
ham taqazo etadi. Estetik tarbiya esa ma’naviy tarbiyaning ajralmas
qismi sifatida inson ma’naviy va jismoniy olamining uyg‘un tarzda
rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Chunonchi, estetik tarbiyada did,
axloqiy tarbiyada fazilat ma’lum darajada shaxsning madaniyatlilik
darajasini belgilaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, jamiyat ijtimoiy-ma’naviy
taraqqiyotidagi har bir muammo u yoki bu fanning tadqiqot doirasiga
tegishlidir. Shu ma’noda estetika ham fan sifatida maqsadi va vazifasi
doirasida muayyan sohani o‘rganadi. Bu vazifalar umuman olganda,
tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga, qonun
va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |