Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Axloq tuzilmasi 

 

Axloq ham o‘ziga xos ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, 

u alohida, ba’zi kishilarga emas, balki jamiyatdagi barcha kishilarga 

xos  bo‘lib,  ularning  ijtimoiy  hayotdagi  hatti-harakatlari,  yurish-

turishlari,  o‘zaro  bir-biriga  hamda  ijtimoiy  birlashmalarga  bo‘lgan 

munosabatlarni  ifodalaydi.  Shuningdek,  o‘zaro  munosabatlarni 

tartibga  solib,  insonlar  hayotida  tarbiyalovchi  omil  sifatida  muhim 

ahamiyatga ega.  

Axloq tuzilmasi, unga asos bo‘lgan omillar, unsurlar odatda, uch 

omil-asosdan  iborat.  Birinchisi  –  axloqiy  anglash  (axloqiy  ong), 

ikkinchisi axloqiy his etish (axloqiy hissiyot) va uchinchisi axloqiy 

munosabatlar (axloqiy hatti-harakatlar, axloqiy faoliyat).  

Inson  xulq-odob  fazilatlarining  mohiyati  mazmuni,  namoyon 

bo‘lish  va  shakllanish  xususiyatlariga  e’tibor  beriladigan  bo‘lsa, 




473 

ularning  bir  qismi  shaxsning  bevosita  munosabat,  muomala  va 

muloqatida  namoyon  bo‘ladi.  Boshqacha  aytganda,  bu  fazilatlar 

go‘yoki  inson  ahloqiy  ongining  kategoriyalaridir.  Jumladan,  xulq-

odob-inson munosabatlarini ichki va tashqi jihatdan xarakterlovchi, 

muayyan jamiyat a’zolarining turli munosabatlaridagi shakllanganlik 

darajalarini  belgilovchi  falsafiy  kategoriya  ekanligi  bilan  ham 

e’tiborga loyiqdir. 

Axloqiy  ong  –  qarashlar,  g‘oyalar  va  hissiyotlar  yig‘indisi  va 

ularning  inson  ongida  aks  etishi.  Axloqiy  ong  deb,  kishilarning 

jamiyatdagi  axloqiy  hatti-harakatlari,  yurish-turishlari,  yashash 

qoidalari,  tamoyillari,  shuningdek,  ularning  o‘zaro  bir-birlariga 

hamda  ijtimoiy  guruhlarga,  jamiyatga  bo‘lgan  munosabatlarini 

ifodalovchi  qarashlari,  tasavvurlari,  jami  axloq  haqidagi  nazari-

yalarini tushunish mumkin.  

Axloqiy ong yordamida axloqiy madaniyat shakllanadi. Axloqiy 

madaniyat axloqiy ongni inson xarakteriga, tabiatiga singib, amaliy 

faoliyatda  namoyon  bo‘lishi.  Axloqiy  madaniyat  mustaqil  falsafiy 

kategoriya  bo‘lib,  etika,  axloqiy  ong  kabi  tushunchalar  bilan  uzviy 

bog‘liq va bir butunlikni tashkil qiladi. Unda axloqiylikning nazariy 

jihatlari  o‘z  aksini  topib  qolmasdan,  balki  ongli  axloqiy  faoliyatni, 

hatti-harakatni yuzaga keltiradi.  

Axloqiy  mafkura  –  kishilar  hatti-harakatining  yig‘indisi. 

Axloqiy  norma,  axloqiy  qarashlar,  axloqiy  ta’limotlardir.  Axloqiy 

mafkurada  shaxsning,  ijtimoiy  guruhning,  millatning,  jamiyatning 

axloqiy  mohiyati  ko‘rinadi.  Chunki  bunda  axloq  abstrakt  shaklda 

olinib,  tushunchalar  orqali,  hukmlar  orqali  va  muhokamalar  orqali 

bayon etiladi va baholaydi. 

Axloqiy psixologiyada biz, axloqiy sezgi, axloqiy idrok, axloqiy 

tasavvur,  axloqiy  kayfiyat,  axloqiy  xarakter  bilan  munosabatga 

kiramiz. Shu bois unda axloqning tashqi tomonlari, xususiyatlari o‘z 

ifodasini topadi. 

 

«Xulq-odob  madaniyati  deb,  shaxsning  muomala  va  hayot 



faoliyatining  barcha  sohalarida  umuminsoniy  axloqning  qoida, 

dastur,  talablari,  chegaralash  va  ta’qiqlashlariga  asoslanadigan 

munosabatiga  aytiladi".

1

 



Xulq-odob  madaniyati  o‘sgan  sari  uning 

                                                 

1

  Yо‘ldoshev  M.M.  Mustaqil  О‘zbekiston  Respublikasi  yoshlarini  tarbiyalash  jarayonida  xulq-odob  madaniyati    va  siyosiy 



madaniyatni shakllantirish muammolari. Falsafa fan. dok. diss.1999,26-bet. 


474 

ijobiy  tomonlari  qadriyatga  aylanib  boraveradi.  Xulq-odob 

qadriyatlari  kishilar  tarixiy  turmush  jarayonida  avloddan-avlodga 

o‘tib kelayotgan o‘zida bilim, baho, tarbiya kabi sifatlarni mujassam 

qilgan 

jamiyatda 

qaror 

topgan 


ijtimoiy 

munosabatlarni 

tashkillashtirishga, barqarorlashtirishga hamda yangi avlod turmush 

tarziga  ushbu  munosabat  va  sifatlarni  singdirishga  xizmat  qiladi. 

Bunda  muhim  omil  vorislik  hisoblanadi.  Xulq-odob  qadriyatlari 

borasidagi  vorislik  ajdodlar  yaratgan  madaniyatni,  ma’naviyatni 

o‘rganish,  rivojlantirish,  hayotga  tatbiq  etishdan  iborat.  Xulq-odob 

qadriyatlari  insoniyat  taraqqiyotida  bir-biriga  zanjirday  bog‘langan 

avlodlar vorisligidan iborat. 

Axloqiy  hissiyot  –  insonning,  shaxsning  jamiyat  va  o‘z  at-

rofidagi kishilarga munosabatini ifodalaydigan kechinmalarini, his  - 

tuyg‘ularini o‘ziga xos ko‘rinishlarini anglatadi. Axloqiy hissiyotga 

insonning va shaxsning o‘z qadr-qimmati hissi, ijtimoiy burch hissi, 

vatan  hissi,  vatanparvarlik  tuyg‘usi,  o‘rtoqlik,  jamoaviylik  hissi, 

mehr-muhabbat, g‘oliblik hissi kabilarni misol qilishimiz mumkin.  

Axloqiy  munosabatlar  kishilarning  axloqiy  hatti-harakatlari, 

faoliyati jarayonida ular o‘rtasida shakllanadigan, mavjud bo‘ladigan 

o‘zaro  aloqalar,  bog‘lanishlar,  munosabatlarning  tizimidir.  Axloqiy 

munosabatlar zamirida axloqiy hatti-harakat, axloqiy faoliyat yotadi. 

Shu bois ham  o‘ziga  xos axloqiy motiv, sabab, intilish bilan, ya’ni 

yaxshilik  qilish,  burchga  sodiq  holda  harakat  qilishni,  muayyan 

axloqiy ideallarni amalga oshirish maqsadida qilingan sa’yi harakatni 

axloqiy  harakat  deb  aytiladi.  Axloqiy  hatti-harakatlar  jarayonida 

axloqiy  baholash  ijtimoiy  voqelikning  turli  hodisalarini  va 

kishilarning  hatti-harakatlarini  ular  qanday  axloqiy  ahamiyatga  ega 

bo‘lishiga qarab ma’qullaydi yoki aksincha qoralaydi. Bir so‘z bilan 

aytganda,  axloqiy  baholash  yaxshilik  va  yomonlik  tushunchalarida 

amalga oshiriladi. 

Yuqorida  keltirilgan  axloq  tuzilmasidagi  uch  omilsiz  axloq 

tushunchacini 

to‘laqonli 

tasavvur 

qilib 

bo‘lmaydi. 



Axloq 

tuzilmasidagi  bu  uch  omil  muntazam  bir-birini  taqozo  etadi.  Biri 

ikkinchisiz  kamdan-kam  holatlarda  mavjud  bo‘ladi,  bir  zanjirning 

o‘zaro bog‘lab turuvchi uch halqasi sifatida doimo bir-birini taqozo 

qiladi.  



475 

O‘zbekistonning siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy vazifalarini hal 

etish  bir  qator  boshqa  omillardan  ko‘ra,  ko‘proq  yoshlarimizning 

axloqiy ongi, axloqiy faoliyati va axloqiy tarbiyasi darajasiga bog‘liq. 

Sir  emaski,  hech  bir  jamiyat  odamlar  ongida  ma’naviy  va  axloqiy 

qadriyatlarni  rivojlantirmay  hamda  mustahkamlamay  turib,  o‘z 

istiqbolini tasavvur eta olmaydi. 

Kishilarda  axloqiy  anglash  (axloqiy  ong),  axloqiy  his  etish 

(axloqiy  hissiyot,  axloqiy  maqsadlar)  va  axloqiy  munosabatlar 

(axloqiy  hatti-harakatlar,  axloqiy  faoliyat)  axloqiy  tarbiya  vositasi 

bilan  amalga  oshiriladi.  Chunki,  axloq  tarbiyaning  eng  ta’sirchan 

usuli,  bir  so‘z  bilan  aytganda,  ta’sirchan  qurolidir.  Undan  oqilona 

foydalanib kelajak avlodni vatanparvarlik, rostgo‘ylik, haqsevarlikka 

o‘rgatish kerak. 

Axloqiy  tarbiya  axloqning  eng  asosiy  funksiyalaridan  biri 

bo‘lib, inson farzandiga tug‘ilgandan to umrining oxirigacha insonga 

xos  barcha  axloqiy  fazilatlarni  singdirib,  uni  barkamol  inson  qilib 

tarbiyalashga aytiladi. Axloqiy tarbiya ilm, bilim berish tarbiya bilan 

uzviy va uyg‘un amalga  oshiriladi. Bunda qadim  zamonlardan beri 

ajdodlarimiz  ota-bobolarimizdan  bizgacha  yetib  kelgan  axloqiy 

boyliklar, axloqiy o‘gitlar, pand-nasihatlar, xullas axloqiy merosning 

bugungi kun uchun ahamiyatli qismidan samarali foydalanish muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

Axloqiy ideal – kishi yoki guruhning intilishi va hatti-harakatini 

belgilab  beruvchi  namuna,  oliy  maqsad.  U  ideal  shaxs  rivojining 

maqsadi  bo‘lgan  mukammal  axloqiy  munosabatlar  to‘g‘risidagi 

nazariy asoslangan qarashlar yig‘indisi.  

Inson intilishi lozim bo‘lgan oliy namuna sifatida axloqiy ideal 

kishilarning kundalik turmushidagi hatti-harakatini belgilab beruvchi 

axloqiy  qoidalardan  farqli  o‘laroq  ularning  ma’naviy-axloqiy 

tarbiyasi va o‘zini-o‘zi tarbiyalash oqibat maqsadini belgilab beradi. 

Masalan, tadbirkor axloqiy ideali, talaba axloqiy ideali, umuminsoniy 

axloqiy ideal kabi.  

Axloq  inson  va  jamiyat  hayotida  quyidagi  funksiyalarni 

bajaradi: 

1. Axloqning tartibga solish, boshqarish funksiyasi. 

Mazkur  funksiya  tartibga  solish,  boshqarish,  moslashish, 

talab  qilish,  taqiqlash,  chegaralash,  ibrat-namuna  bo‘lish  orqali 




476 

amalga oshiriladi. Axloqiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita 

vazifasini esa axloq tamoyillari, normalari, jamoatchilik fikri, el-

yurt  o‘rtasidagi  obro‘-martaba,  an’ana,  urf-odat,  o‘git,  pand-

nasihat va boshqalar tashkil qiladi. 

2.  Axloqning  aksiologik  funksiyasi  axloqiy  qadriyatlarning 

qanchalik  hayotiy  yoki  hayotiy  emasligini  ifodalovchi  vosita-

lardan biri sifatida amal qiladi.  

3.  Axloqning  maqsadga  yo‘naltirish  funksiyasi  har  bir 

jamiyat  uchun  o‘ta  zarur  bo‘lgan  axloqiy  qadriyatlar  tizimini 

ishlab  chiqish  va  kelgusidagi  istiqbollarini  belgilab  beruvchi 

yo‘lchi yulduz vazifasini bajaradi.  

4.  Axloqning  bilish funksiyasi  yaxshi  va  yomon  fazilatlarni 

anglab olish asosida voqelik to‘g‘risida muayyan bilimlarni hosil 

qiladi va muayyan vaziyatda axloqiy tanlov vazifasini bajaradi. 

5.  Axloqning  tarbiyaviy  funksiyasi  bu  fuqarolarni  axloqiy 

jihatdan tarbiyalashni amalga oshiradi.  

6. Axloqning kommunikativ funksiyasi fikr almashish, o‘zaro 

aloqa qilish vositasi konsensus vazifasini bajaradi  

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish