Etikaning kategoriya va tamoyillari
Etikaning asosiy kategoriyalari kishilarning bir birlariga, oilaga,
jamoaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydi hamda
insonlarni to‘g‘ri yo‘lga solishga, tevarak-atrofda yuz berayotgan
hodisalarni baholashga hamda ulardan xulosalar chiqarishga imkon
beradi.
Etika kategoriyalaridan biri bu yaxshilik va yomonlikdir.
Yaxshilik bu ezgulik alomati, yomonlik esa yovuzlik namoyoni.
Etika yaxshilik tushunchasining konkret tarixiy mazmuniga jamiki
ijobiy, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kiritadi. Kishilarning meh-
natsevarlik, halollik, mardlik, insoniylik, oliyjanoblik, mehr-
muhabbati, himmati, muruvvati, kabi ijobiy hatti-harakatlarini
yaxshilik deb ataydi va muayyan jamoaga, shaxsga, insonga
beriladagan axloqiy baho, fazilatlarni ifodalaydi. Yomonlik
esa yaxshilikning aksi, kishidagi salbiy hatti-harakatlar, illatlar
amaliyoti.
477
Etikaning yana bir muhim kategoriyasi bu adolat, adolatlilik
bo‘lib, ularning mazmunida poklik, to‘g‘rilik, haqiqat mujas-
samlashadi.
Insoniyat yaralgandan buyon adolatni qadrlab yashagan.
«Adolatli bo‘lish – adabning ustuni, insoniylikning asosi hisoblanadi.
Har bir kishi adab va insoniylikka yetishaman desa, adolatli so‘z
aytuvchiga ham, eshituvchiga ham manfaat yetkazadi. To‘g‘ri
so‘zlab o‘lmoq yolg‘on gapirib qutulmoqdan afzal. To‘g‘rilik
yaxshilik sari yetaklaydi, yaxshilik esa adolatga yetkazadi»
1
. Adolat
bo‘lgan joy gullab-yashnagan, xalq erkin bo‘lgan. Adolat oyoq osti
qilingan joyda esa razolat hukm surib, jamiyat tubanlikka yuz tutgan.
Inson axloqiy kamolotining fazilatlaridan hisoblangan “adolat”
tushunchasi va adolat tuyg‘usi ma’naviy-axloqiy merosimizda keng
tavsif hamda tasnif etilgan. Jumladan, bu axloqiy kategoriya xalq
maqollarida ko‘p va xo‘p talqin qilingan mavzulardan hisoblanadi.
Bir maqolda o‘qiymiz: “Adolat qilichi kesgan qo‘l og‘rimas”
2
.
Buning ma’nosi shuki, adolat tarozi posangisi singari har bir
ishni tenglik, haqiqat va odilonalik tarzida hal qiladi. Shu sababli
adolatli qarorda nohaqlik ham, norozilik ham bo‘lmaydi. Adolat
qudratli kuch sifatida muammo yechimini mutlaq darajada hal qiladi.
Shu bois ham adovat emas, adolat yengadi degan g‘oya kuchli
ma’naviy-ma’rifiy, hamda axloqiy tarbiya vazifasini bajaradi.
Adolatga zid bo‘lmish adolatsizlik adovatga yo‘l ochadi. Qayerdaki
adolat bo‘lmasa, o‘sha yerda adovat ildiz otadi. Adolatning qudrati
o‘zganing manfaatini ro‘yobga chiqarish, oy singari zulmatni
yoritish, johillikka barham berish va daryo misoli yerni yashnatish,
har bir ishga adolat ko‘zi bilan qarash, bir so‘z bilan aytganda, haqni
qaror toptirishdir. Bu ma’nolar adolatning naqadar muhim axloqiy
kategoriya ekanligini, adolatparvar bo‘lish kishidan juda katta
ma’naviy kuch talab qilishini ko‘rsatadi.
Etikaning yana bir muhim kategoriyasi bu burch. U kishilarning
jamiyatda o‘z vazifalarini bajarishi odamlarga va ijtimoiy hayotga
to‘g‘ri munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarini ifodalaydi. Shu
ma’noda olimlar tomonidan tez-tez eslatiladigan «Etika - burch
1
Mahkamov U.Axloq - odob saboqlari. – T.:
«
Fan
»
, 1994. – 14 b.
2
О‘zbek xalq maqollari. – T.:
«
О‘qituvchi
»
, 1989. –B. 44 -96.
478
haqidagi fandir»
1
degan fikr haqiqatga yaqindir. Chunki, burch-
axloqning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, u shaxsning jamiyatga
bo‘lgan munosabatidir. “Burch shaxsning axloqiy faoliyatini
ifodalovchi mas’uliyat, onglilik, vijdon kabi tushunchalar bilan
chambarchas bog‘liqdir»
2
. Bosh qomusimizning 11-bobida barcha
fuqarolarning
konstitutsiyada
belgilab
quyilgan
burchlarini
bajarishga, qonunlarga amal etishga, boshqa kishilarning huquqlari,
erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga, O‘zbekiston
xalqining tarixiy madaniy va ma’naviy merosini avaylab asrashga,
atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, qonun
bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘inlarni to‘lashga
majburdirlar va O‘zbekiston Resupblikasini himoya qilish -
O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir deb
ta’kidlanadi.
Etikaning vijdon va vijdoniylik kategoriyasi insonning o‘z
xulqini muayyan jamiyat etika qoidalari nuqtai-nazaridan turib
axloqiy baholashi va nazorat qilishi, o‘z hatti-harakatlarini va bu
hatti-harakatlarga bog‘liq bo‘lgan his-tuyg‘ularni, kechinmalarni
o‘zida tahlil etishga aytiladi.
Vijdon va vijdoniylik inson uchun g‘oyat zaruriy, qimmatli
axloqiy fazilat, uning o‘z mezoni va bahosi bor. Vijdon quvonish,
yengil tortish, iztirobdan qutulish, xijolatdan forig‘ va yuzi yorug‘
bo‘lish kabi ijobiy his-tuyg‘ular, shuningdek, tavba, uzr so‘rash,
iztirob chekish, pushaymon va xijolat bo‘lish, uyalish kabi salbiy
kechinma, his-tuyg‘ularda, hatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi.
Vijdon inson uchun eng oliy hakam.
Yana bir muhim kategoriya inson-sha’ni, or-nomus, qadr-
qimmatidir. Qadr-qimmat yoki or-nomus deb insonning jamiyatdagi
o‘z qimmatini, izzat-nafsi, sha’ni, sharafi, shon-shuhratini anglashni,
ajdodlar, oila va millat sha’niga dog‘ tushurmaslikni va ularning
jamiyat tomonidan tan olinishi hamda e’tirof etilishiga aytiladi. U
shaxsiy, ijtimoiy, milliy, kasbkor sharafi, yigitlik sha’ni, qizlik
nomusi, izzat, hurmat, ishonch, rag‘bat, maqtov, taqdirlov,
nishonlash, xotirlash, nomini abadiylashtirish va hokazo kabi axloqiy
fazilatlarda namoyon bo‘ladi.
1
Попов Л.А. Этика. – М.: Центр, 1998. – 10 с.
2
Mahkamov U. Axloq - odob saboqlari. – T.:
«
Fan
»
, 1994. – 28 b.
479
Etikaning g‘oyat muhim kategoriyalar turkumiga hayotning
ma’nosi va mazmuni, baxt-saodat kiradi. Hayotning ma’nosi deb
ongli insonning yashashdan ko‘zlagan maqsadi, uning umri, hayot
faoliyatining umumiy yo‘nalishini anglatuvchi jarayonlarga aytiladi.
Hayotning ma’nosi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, hayotda
ko‘zlagan manfaati va belgilagan vazifalarida namoyon bo‘ladi.
Professor X.Shayxova hozirgi jamiyatimiz haqida fikr yuritib,
shunday deydi: Hozirgi jamiyatimiz «baxtli yashash imkonini
yaratmoqda. Bir donishmanddan «Kim baxtli?» deb so‘rashganida u
javob beribdiki, «Fikrni to‘g‘rilik bilan, so‘zni rostlik bilan, mehnatni
halollik bilan, fe’lni saxovat bilan bezagan kishi baxtlidir»
1
. Demak,
bunda quyidagi mulohazalar diqqatni tortadi:
1) Jamiyat baxtli yashash imkonini yaratadi.
2) Shaxsning o‘zi baxtli yashashga intiladi.
Demak, shaxs baxtli yashashi uchun to‘rt qoidaga amal qilishi
lozim: to‘g‘ri fikrlash; rost so‘zlash; halol mehnat qilish; xush
axloqqa ega bo‘lish.
Hozirgi sharoitda ham jamiyat yaratgan imkoniyatlardan
foydalanish shaxsning o‘ziga, uning faoliyatiga bog‘liq. Shaxs
ijtimoiy qonuniyatlarga rioya qilsa, u hayotda baxtli yashab o‘tadi.
Chunki, «hayotning ma’nosi faqat yeb-ichish, kiyim-kechak va
o‘yin-kulgidan iborat emas. Bu moddiy qadriyatlar insonga yashash
va faoliyat ko‘rsatish imkonini beradi»
2
, xolos. Imkoniyatlardan
ezgulik maqsadi yo‘lida unumli foydalanish shaxsning o‘ziga bog‘liq
bo‘lib, o‘z faoliyatida poklik, halollik, sabr-qanoat va shijoat kabi
axloqiy mezonlarni dasturi amal qilishi hayotning haqiqiy mazmunini
belgilaydi. Bugungi jamiyatimizda hayot mazmuni shaxsning orzu-
maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan. Uning so‘nggi
nuqtasi baxtli yashashni ta’sis etishdan o‘zga narsa emas. Shu bois
ham hayotning mazmunini yashash uchun kurash, yashash uchun
kurash ehtiyojlarini qondirish, ehtiyojlarni qondirish esa, cheksiz
jarayon ekanligi va uni muayyan darajada qondirish uchun shaxsda
ma’naviy-axloqiy immunitet bazasi bo‘lishi kerak.
Hayotning mazmuni bu etika kategoriyasi sifatida ma’naviy -
axloqiy qadriyatlar majmuini anglatib, shaxs tomonidan ixtiyoriy
1
Shayxova X. Ma’naviyat va sog‘lom avlod kamoloti. – T.: «Akademiya», 2006. – 13 b.
2
O‘sha manba, – 14 b.
480
tanlab olinadigan, ijtimoiy ma’no kasb etuvchi oliy strategik hayotiy
faoliyat uslubi, turmush tarzidir. U axloq kategoriyasi sifatida
etikaning markaziy muammolaridan biri bo‘lmish insonning borliq
va turmushdagi o‘rni, yashashdan maqsadi va hayot mazmundorligini
anglatadi.
Inson hayotining oliy maqsadi baxt-saodatga erishishdir. Oddiy
so‘z bilan aytganda baxt bu insonning orzu-istaklari, maqsadlariga
yetishib yashashidir. Yoki boshqacha qilib aytganda, baxt, baxtlilik
har bir kishining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining qondirilganligi,
o‘z maqsadlari, orzu-istaklarining ro‘yobga chiqqanligi, hayotdan,
o‘z hatti-harakatlaridan ma’naviy qoniqish oqibatida hosil bo‘ladigan
oliy ne’matdir. Baxt tushunchasi xilma-xil. Vatan baxti, shaxs baxti,
mehnat baxti, yor baxti, oila baxti, farzand baxti, qarilik baxti va
boshqalar. Insonga baxt o‘z-o‘zidan kelmaydi. Har bir inson o‘z
baxtini halol mehnati, tinch-totuv yashashi, kasbkor, ilm-fan, texnika
yutuqlarini egallashi bilan topadi. Demak, baxt-insonlar orasidan
o‘zining halol mehnati bilan munosib o‘rin topish, o‘zgalarning
yukini yengil qilish, ona xalqi orasida nomi ardoq bilan tilga olinishi,
el farovonligi uchun qo‘shgan hissasi, kelajak avlodlarga qoldira
olgan yaxshi nomi.
Etika kategoriyalari xaqida fikr bildirar ekanmiz, jamiyatning
ma’naviy-axloqiy muhitiga doir axloqiy kategoriyalar va hozirgi
zamon global etika muammolarini hisobga olish muhim hisoblanadi.
Gap shundaki, so‘nggi paytlarda jahon etikashunos olimlari global
etika to‘g‘risida fikrlashmoqda
1
. Unga ko‘ra, XXI asr boshidayoq
insoniyat hayotiga narkobiznes, OITS, «ommaviy madaniyat»
niqobidagi salbiy holatlar, diniy ekstremizm, terrorizm kabi
illatlarning tahdidi kuchaydi. Bu umumiy illatlarga qarshi global
etika normalarini ishlab chiqish va umumbashariyat ongiga singdirish
muhim vazifadir.
Albatta, global etika normalari umuminsoniyat uchun ijobiy
ta’sir vositasiga ega. Bu normalar milliy axloq an’analarini hisobga
oladimi? Bu muammolarni jahon olimlari tomonidan ham hal etishga
harakat qilinmoqda
2
. Unga ko‘ra, global etika normalari barcha milliy
1
Эфроимсон В. П. Генетика этики и эстетики. – М.:СПбИзд ПГУ, 1995. – 212 с. Гуревич П. Современний
гуманитарний словарь. – Москва: Республика. 1999. Даллемар Ф. Глобальная этика: Преодоление дихотомии
«универсализм» - «партикуляризм»// Вопроси философии. – Москва, 2003. – №3. – С. 13-29.
2
Гусейнов А.А. Обшее абсолютной морали // Вопроси философии. – Москва, 2003. – №3. – С. 3-12.
481
axloq an’analariga xos bo‘lgan Adolat, Majburiyat, Hayot maz-
munini anglash kabi axloq kategoriyalariga asoslanadi. Ularni
odamlar ongi va qalbiga singdirishda «oltin o‘rta hollik» – me’yor
qoidalari birlamchi hisoblanadi
1
. Shu ma’noda, hozirgi jamiyat
ma’naviy-axloqiy muhitiga doir axloqiy kategoriyalarni belgilashda
global etika normalari sifatida belgilanayotgan quyidagi axloqiy
kategoriyalarni ham hisobga olish maqsadga muvofiq:
1. Shaxsda adolat tuyg‘usini shakllantirish.
2. Shaxsda majburiyat ko‘nikmasini hosil qilish.
3. Shaxsni hayotsevarlikka o‘rgatish.
Mazkur axloqiy qadriyatlarni shaxsning ongi va qalbiga
singdirishda quyidagi me’yor tamoyillariga asoslaniladi: insoflilik,
vijdonlilik, aqllilik. Zero, boshqa global muammolardan farqli
o‘laroq, global etikaning tushunchalari, normalari, g‘oyalari va
axloqiy qadriyatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish
borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Milliy jamoa, umuman,
jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitiga doir axloqiy kategoriyalarni
belgilashda global etika normalariga uyg‘unlashish muhim masala.
Ta’kidlash lozimki, milliy jamiyatning ma’naviy-axloqiy
muhitini ta’sis etishda eng maqbul yo‘lni tanlash lozim bo‘ladi.
Chunki milliy an’analar o‘ta ustuvor darajada qabul qilinsa, jamiyat
ma’naviy-axloqiy muhitida mahdudlik, xudbinlik va mutaassiblik
illatlari paydo bo‘ladi. Bordi-yu, umumbashariy odatlar keskin
ustuvorlik qilsa, jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitida milliy qiyo-
fasizlik, o‘zlikni yo‘qotish va havoyi ideallarga sodiqlik tarkib topadi.
Bu muammoni hal qilishda bugungi falsafiy fanlar jumladan, etika
oldida muhim vazifalar turibdi. Shu ma’noda, jamiyatimiz ma’naviy-
axloqiy muhitining asoslari va me’yorlarini belgilashda ma’naviy va
axloqiy omillarga e’tibor qilish maqsadga muvofiq. Ta’bir joiz
bo‘lsa, ma’naviylik – odoblilikning ichki jihati, axloqiylik esa uning
reallikda namoyon bo‘lishidir.
Etikaning tamoyillariga insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatan-
parvarlik va o‘zaro hamkorlik kabilar kiradi. Insonparvarlik (guma-
nizm) - kishilarga nisbatan mehr-oqibatli, muruvvatli, himmatli,
hurmatli bo‘lish, kishilarga yaxshilik qilish, kishi gunoh qilganda
1
Степанянс М. Метафора «золотая середина» как ключ пониманию обшего и частного в философии морали
//Вопроси философии. – Москва, 2003. – №3. – С. 42-48.
482
ham uni kechirish, uni tushunishga harakat qilish, kishining sha’ni va
mustaqilligini hurmatlash demakdir.
Insonparvarlik odamzot paydo bo‘lgandan beri paydo bo‘lgan
shaxsiy, faqat insongagina xos ongli fazilat. Uning negizida odamlar-
ga mehr-oqibat ko‘rsatish, ularni hurmatini joyiga qo‘yish, ardoqlash,
insonning moddiy farovonligini oshirish, ma’naviy kamolatini
yuksaltirish, baxtli, sifatli, erkin, ozod, dahlsiz yashashini ta’minlash,
kelajagi haqida g‘amho‘rlik qilish kabi maqsad va g‘oyalar bilan
sug‘orilgan axloqiy hatti-harakatlar hamda fazilatlar yotadi
Etikaning yana bir muhim tamoyili mehnatsevarlik, ya’ni
insonning moddiy va ma’naviy boylik yaratishga va ijodkorlikka
hamda farovon umuminsoniy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan
faoliyat. Mehnatsevarlik kishi kamolotining birlamchi omillaridan
biri hisoblanadi. U kishilarni muhtojlikdan, ma’naviy - axloqiy
buzuqlikdan saqlab insonni ham ma’nan, ham jismonan chiniqtiradi.
Mehnat, mehnatga bo‘lgan munosabat tufayli odamning obro‘
e’tibori ortadi, kishilar haqida yaxshi taassurot va yaxshi nom qoladi.
Eng asosiysi kishilarda mehnatsevarlik fazilati ularning hayotini
sermazmun, serjilo va barakali qiladi.
Etikaning eng muhim prinsipi bu vatanparvarlik, Vatan
tuyg‘usi, Vatanni sevishdir. Milliy davlatchiligimiz rivojida etikaning
asosiy tamoyili bo‘lmish vatanparvarlik g‘oyasi ham muhim o‘rin
tutgan. Unga ko‘ra, Vatan – insonning bir parchasi (bu atama o‘zbek
tilida «yurt» deb yuritilgan), davlat Vatan manfaatlari uchun tuziladi.
Ilk muqaddas kitob – «Avesto»da Vatan deganda «Insonning boti-
nini, inson uchun zarur bo‘lgan yer va suvni tushunish» uqtiriladi
1
.
Shuningdek, Vatan nomini pok saqlash va uni muqaddas bilish qat’iy
talab darajasiga ko‘tarilgan. Hatto Vatan tuprog‘ini pok saqlash
maqsadida insonning jasadi tuproqqa ko‘milmagan, faqat suyak
tarzida ko‘milgan, xolos. Bunday vatanparvarlik madaniyati, ayniqsa,
davlat xizmatchilarida kuchli shakllangan edi. Unga ko‘ra, davlat
xizmatchilarining asosiy burchi Vatanni himoya qilishdan iborat
bo‘lgan. XIX asrda sharqshunos olim I.Bichurin Xitoy solnomalarida
bir bitigni uchratgan va quyidagicha tarjima qilgan: «Tabg‘ach
imperatorlaridan biri turkiylar xoqoni Modega (bu shaxs eramizdan
1
Avesto. Tarixiy - adabiy yodgorlik. – T.:
«
Sharq
»
, 2001. – 101b.
483
avvalgi IX-VIII asrlarda faoliyat yuritgan O‘g‘uzxon) maktub jo‘nat-
di. Maktubda xonning eng suyukli malikasini tortiq qilish so‘ralgan
edi. Turkiylar xoqoni davlat a’yonlari bilan kengash o‘tkazdi. Ken-
gash ahli bir ovozdan dedi: «Bosh malikamizni so‘rashga qanday
haddi sig‘di?! Kurashamiz». Lekin xoqon o‘zgacha yo‘l tutib, mali-
kani so‘ralgan yurtga yubordi. Tabg‘ach imperatori yana maktub
yozdi va bu gal turkiylar xoqonining o‘zi minadigan tulpor otini
so‘radi. Turkiylar xoqonligining a’yonlari Kengashda tulpor otni
bermaslik va Tabg‘achga qarshi urush e’lon qilishni tavsiya qilishdi.
Biroq turkiylar xoqoni bu gal ham so‘ralgan tulpor otni berib yubordi.
Turkiylar yurtiga uchinchi maktub keldi, unda shunday deyilgandi:
«Mamlakatingizning biz tomondagi hududida tashlandiq bir parcha
yer bor, shuni bizga bersangiz». Turkiylar xoqoni yana Kengash cha-
qirib, masalani kun tartibiga qo‘yadi. Kengash qatnashchilari:
«Haqiqatan ham u yer tashlandiq, botqoq, ekinga yaroqsiz joy, bersak
bo‘ladi», deyishadi. Shunda xoqon: «yo‘q, ular bu tashlandiq yerni
so‘rash bilan bizdan Vatanni so‘rashyapti, endi kurashamiz»,
1
-
deydi. Turkiylar xoqoni qudratli qo‘shin bilan yurish qiladi va
dushmanni yengadi. Xitoy solnomalarida yozib qoldirilgan bu tarixiy
voqeada vatanparvarlik tamoyili shunday xulosani beradi: birinchi-
dan, Vatan manfaatini himoya qilishda xalqlarning vatanparvarlik
tuyg‘usi muhim rol’ o‘ynaydi; ikkinchidan, Vatanning keraksiz joyi
bo‘lmaydi u muqaddas bo‘lib, Vatan manfaatlariga doir masalalar
davlat miqyosi darajasida ko‘rib chiqiladi; uchinchidan, Vatanga dahl
qilinganida, uning himoyasida qat’iy bo‘lish hamma uchun burch
hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixida bunday voqealar ko‘p bo‘lgan.
Lekin davlat a’yonlari va xalq bunday voqealarga munosib javob
berishgan. Ular birov madaniyat so‘rasa, berganlar (yuqoridagi vo-
qeada «malika» – turmush tarzi, urf-odat, madaniyat timsoli), mulk
so‘rasa berganlar (yuqoridagi voqeada «ot»-boylik, mulk timsoli edi),
biroq Vatan haqida so‘z borganida hotamitoylik qilinmagan. Vatanni
muqaddas bilish va uni himoya qilish eng oliy axloqiy qadriyat
darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ham etikada vatan, vatanparvarlik
asosiy axloqiy tamoyil sifatida milliy va umuminsoniy jihatdan o‘r-
ganiladi. Vatanga muhabbat oddiy mafkuragina emas, balki barkamol
1
Qаранг: Бичурин И.В. Собрание сведение о народах обитавших в Средней Азии в древних временах. – М.:
Госиздат, 1951. – 104с.
484
axloqdir. Vatanparvarlik tushunchasi tarkibiga kirgan barcha fazilat-
lar axloqiy qadriyatlar tizimiga ham kiradi. Xalqimiz Vatanni bizga
iloha Umay onamiz bergan deb hisoblashar, shu sababli Vatanga
«ona» so‘zini qo‘shib aytishar edi. VIII asrdagi shahzoda To‘nyuquq
bizni ogohlantirgan edi: «O‘, turkiy xalq! Pokning uyati yaxshi, dey-
dilar. Tangri Umay muqaddas yer-suvni (Vatanni) bosib berganmi,
nega uning himoyasida sustlanasan. Chekinma, Vatan uchun o‘lsang
ham mayli!»
1
. Demak, vatanga xiyonat qilish onaga xiyonat qilish
hisoblanadi. Shunday ekan, or-nomusli bo‘lish, insonparvarlik, va-
tanparvarlik, mehnatsevarlik, adolatparvarlik, mardlik va qahramon-
lik, mehr-muruvvatlilik, sabr-toqatli ya’niy iymonli bo‘lishlik kabi
axloqiy qadriyatlarimiz bugungi kun shiori bo‘lmog‘i lozim. Yosh-
larimizni mazkur fazilatlar sohibi qilib tarbiyalamog‘imiz shart.
Etikaning yana bir muhim prinsipi baynalminallik va xalqaro
hamkorlikdir. Baynalminalchilik arabcha “baynalmilal”, millatlararo
so‘zidan olingan bo‘lib, jahondagi yoki muayyan mamlakatdagi
barcha millat va elatlarning tengligi, hamjihatligi va hamkorligini
ifodalaydi.
Etikaning, axloqiy munosabatlarning me’yorlariga xushmuo-
malalik va shirinsuxanlik, halollik va rostgo‘ylik, kamtarlik, faxr va
iftixor, oliyhimmatlilik, samimiylik, sadoqat va vafo, sharmu-hayo
singarilar kiradi. Xushmuomalalik insonning kishilarga hurmat,
samimiy, yoqimli, muloyimlik bilan ifodalanadigan hatti-harakatlari
va fazilatlaridir. Xushmuomalalik shirinsuxanlik deb yuritiladi.
"Bizda xushmuomalalikdan ham ko‘ra qimmatliroq va qadr-qimmati
baland boshqa narsa yo‘q", – deb yozgan edi, ispan yozuvchisi
M.S.Servantes.
Insonlar hayotida halollik va rostgo‘ylik singari Etika mezonlari
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularni inson Axloqiy sofligining
ko‘zgusi deyish mumkin. Chunki ularda kishining axloqiy e’tiqodi
ham, maqsadlari ham, hatti-harakatlari ham xuddi oynadagidek
shaffof aks etib turadi. Halollik kishi hatti-harakatlarining va xulqi-
ning to‘g‘riligi, qat’iyligi, samimiyligi bilan ifodalanadi. Halollikka
eng yaqin fazilat rostgo‘ylik bo‘lib, uni haqgo‘ylik ham deb ataydilar.
Insonning rostgo‘yligi, haqiqatni sevishi, achchiq bo‘lsa ham undan
1
Abdurahmonova G‘., Rustamov A.
Bitigtoshlar.
– T.:
«
O‘qituvchi
»
, 1982.
– B.76
-
77
.
485
yuz o‘girmasligi, yolg‘onchilikka yo‘l qo‘ymasligi uning axloqiy
barkamolligining sinov toshi (etaloni) axloqiy fazilatidir. Inson
axloqiy qiyofasini ifodalovchi mezonlardan biri kamtarlik bo‘lib, u
kishining sodda tabiatligini, boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymas-
ligida, kishilarning hayotiy tajribalariga, bilimiga, his-tuyg‘ulariga
hurmat tarzida namoyon bo‘ladigan hatti-harakatlarini ifodalaydi.
Ammo kamtar bo‘laman deb o‘z qadr-qimmatini yerga urmaslik,
izzat-nafsini poymol qildirmaslik lozim. Hatto, ortiqcha kamtarlik
pinhona takabburlik, manmanlik ham bo‘lishi mumkin. Demak,
kamtarlik insonga obro‘, kuch-quvvat baxsh etadigan, obro‘-e’ti-
borini oshiradigan va uni takabburlik, maqtanchoqlik, dimog‘dorlik,
manmanlik, mensimaslik kabi qusurlardan xalos qiladigan fazi-
latlardir. Bu ibratli mezon bilan kishining irodaliligi, chidamliligi,
sabr-toqatliligi ham hamohang va yaqindir. Yana bir mezon bu
sharm-hayo bo‘lib, u kishilarning nafsni tiyish, yomonlikni tark etish,
behayolardan o‘zini olib qochish, ehtiyotkorlik qilish va uyalish,
nomus, sharafini saqlash kabilarni anglatadi. Uning aksini oddiy tilda
behayolik, uyatsizlik, sharmisorlik deyiladi. Sharm-hayo, andishalik
bilan bog‘liq bo‘lib, u kishining oqibatni o‘ylab, yuz xotir qilib qila-
digan hatti-harakatlarini ifodalaydi. Hayo-ibolilik – Sharq xalqlariga
xos bo‘lgan axloqiy go‘zallikning g‘oyat ko‘rkam va go‘zal
ko‘rinishi. Ibn Sino hazratlari aytganidek, “Insonda doim turadigan
husn va latofat hayo ila iffatdur. Hayosiz yuz jonsiz jasad kabidir”
deydilar. Alisher Navoiy: “Vafosizda hayo yo‘q hayosizda vafo
yo‘q” degan bo‘lsa, A.Avloniy: “Hayo – dilni ravshan qiladurg‘on bir
nurdirki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir”
deya o‘z fikrini bayon etadi. Hayo-ibolilik – bu poklik, sabr-bardosh,
qanoat, odob, ixlosdir.
Etikaning eng muhim mezonlaridan biri do‘stlik bo‘lib, kishilar-
ning o‘zaro yordamini, hamkorligini, yaqinligi, hatti-harakatlari va fa-
zilatlarini ifodalaydi. Do‘stlik kishilar o‘rtasidagi qiziqish va manfaat-
lar, maqsadlar birligiga, o‘zaro yaqinlikka moslanadigan munosabatdir.
Yuqoridagilarning hammasi Etikaning mezonlarini ifodalaydi.
Jamiyatning axloqiy muhiti hamisha axloq qonuniyatlariga
asosan me’yorlashtirib boriladi. Chunki axloq universal hodisa –
uning qoidalari, normalari va talablari o‘zgarmaydi, hamisha hamma
uchun umumiy talab hisoblanadi. Xulqiy fazilatlar, fe’l-atvor
486
xislatlari o‘zgarib borishi mumkin, lekin ular axloq qonuniyatlari
doirasida o‘zgarishi kerak. Shu ma’noda bugungi jamiyatimizning
ma’naviy - axloqiy muhiti va uning axloqiy darajasi talab darajasida,
unga milliylik va umuminsoniylik xos. Buning sababi shundaki,
jamiyatimizning axloqiy muhiti qadimgi tarixiy tajriba hosilasidir,
bizda kattaga hurmat, kichikka izzat, oilaga sadoqat, muhtojga
saxovat, o‘ziga talabchanlik va Vatanga nisbatan fidoiylik axloqiy
madaniyat darajasiga ko‘tarilgan. Bu qadriyatlarsiz bizning axloqiy
ongimiz g‘arib bo‘lib qoladi. Bu konservativ hodisa emas, aksincha,
milliy o‘ziga xoslik va mental xarakterga egadir.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik
jamiyati barpo etish sharoitida axloqshunoslik fanniing ahamiyati
ham ortib bormoqda. Chunki yangi jamiyat yangi axloqiy
madaniyatni taqazo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |