Axloq falsafasida ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov
Ixtiyor erkinligi axloqiy muammo sifatida ham qadimiy ham
zamonaviy xarakter kasb etadi. Buyuk jadid mutafakkiri Abdurauf
Fitrat o‘zining axloqshunoslikka doir «Oila» asarida ixtiyor
erkinligini «ixtiyoriy fe’l va harakatlar» deb ataydi
1
. Ixtiyor bilan
iroda bir-birini to‘ldiruvchi, uzviy izchillikda amal qiluvchi hatti-
harakatlar bo‘lib, uning nazdida iroda va ixtiyorimiz, holat, tasavvur,
muhokama, solishtirish va ijroning natijasidir. Shaxsning axloqiy-
irodaviy sifatlaridan biri bu e’tiqodlilikdir. U shaxsda ishonch, umid
va harakatni shakllantiradi. Inson nimagadir (Xudoga, insonga,
o‘ziga, kelajakka va hakozolarga) ishonishi bilan ma’naviy quvvat
hosil qiladi va shu yo‘lda harakatlanadi. E’tiqodli odam o‘zi va
o‘zgalar uchun mas’uliyat sezadi. Buning aksi bo‘lgan e’tiqodsizlik
insonni ma’naviy quvvat manbai bo‘lgan ishonchdan ayiradi, buning
natijasida insonda umid yo‘qoladi va endi u befarq, faoliyatsiz
kimsaga aylanadi.
Darhaqiqat, inson ixtiyor erkinligi chegaradan chiqib,
boshboshdoqlikka aylanib ketmasligi uchun, axloqiylik chegarasidan
chiqib axloqsizliklar sodir etmasligi uchun ham unga iroda kuchi
1
Abdurauf Fitrat. Oila. T.: «Ma’naviyat», 1998, 84-b.
487
kerak bo‘ladi. Inson faoliyati va o‘zaro munosabatlarida iroda va
ixtiyor o‘zaro uyg‘un holatda hatti-harakatga kirishishi oliy
maqsadga xizmat qiladi. Ixtiyor erkinligi insonga berilgan ilohiy
ne’mat bo‘lsada, aksariyat xollarda inson zoti undan oqilona
foydalanavermaydi. Shu bois ham ixtiyor erkinligidan foydalanishda
ayrimlar ulug‘vorlikka erishsa, ikkinchi birlari tubanlik darajasiga
tushadi. Ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda axloqiy tanlov
muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas’uliyat hissi
mavjudligidan dalolat beradi.
Insoniyat tarixi ham, alohida inson hayoti ham aslida erkinlik
uchun kurashdan iborat bo‘lgani bois ham qadimgi davrlardan to
hozirgi kungacha u hammani ohanrabodek o‘ziga tortib keladi.
Erkinlik insonning oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘lida o‘z
niyatlari, xohish-istaklari va manfaatlariga mos tarzda faol harakat
qilish qobiliyati»
1
. Erkinlik shaxsga tanlash, anglash va tushunish
imkonini beradi. Inson erkin so‘zlashi, erkin fikrlashi va erkin
yashashi lozim. U bularni tanlaydi, bular bilangina hayotining,
umuman inson hayotining mazmunli (ma’nili) kechishini anglab
yetadi va bu yorug‘ dunyoda inson fikrsiz, maqsadsiz yashay
olmasligini tushunadi. Erkinlik odamni odam bo‘lib yashashga
o‘rgatadi. Erkinlikning aksi mute’likdir. Mute’ odamda tanlash,
anglash va tushunish malakasi bo‘lmaydi. U o‘zgalar fikrining,
qarashlarining, xatti-harakatlarining quliga aylanadi. Shu sababli
bugungi bashariyat «demokratiya» deganda mute’likni tark etib,
erkinlikka intilishni nazarda tutadi.
Erkinlikning yuzlab turini uchratish mumkin. Ularning
hammasini shaxs erkinligi, u individning o‘z xohish-istaklari va
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishiga qaratilgan va jamoaviy
erkinlikga ajratish mumkin.Inson o‘z vijdoni da’vatiga monand
yashaydigan, har bir qadamini haqiqat va ezgulik qonunlariga mos
tashlaydigan, yuksak axloq egasi darajasiga ko‘tarilgandagina
haqiqiy erkinlikka erishadi.
Zero, erkinlik ixtiyor bilan bog‘liq, ya’ni erkinlik individning
ixtiyor erkinligi orqali obyektivlashadi. “Ixtiyor” so‘zi «xohish»,
«xohish-istak erki» ma’nolari bilan izohlanadi. Imom G‘azzoliy
1
Философский энциклопедический словарь. М., «Советская энциклопедия», 1989. С. 569.
488
ixtiyor erkinligini Xudoning ixtiyori namoyon bo‘ladigan maydon,
insonni esa, ana shu muqaddas ixtiyorni amalga oshiruvchi xatti-
harakat sharti tarzida talqin qiladi va uni kasb tushunchasi bilan
bog‘laydi: inson Xudoning ixtiyorini o‘ziga kasb etguvchi,
yuqtiruvchi o‘rtaliqdagi – Yaratgan va olam o‘rtasidagi jonzot.
«Chunonchi, yong‘in alangasidagi olovning harakati, – deb yozadi
G‘azzoliy, – sof majburiylik, Yaratganning hatti-harakati – sof ixtiyor
erkinligi, insonning hatti-harakati esa, ana shu ikki hodisa o‘rtasidagi
bosqichdir. Aynan ana shu bosqich ixtiyor erkinligi bilan amalga
oshgan majburiylik deb ataladi»
1
.
Ixtiyor erkinligining endogen va ekzogen jihatlari avvalo,
ixtiyorning uch bosqichida voqe bo‘ladi. Bu bosqichlarda ichidan
harakatga aylantirish mumkin bo‘lgan alohida xohish-istaklardan
faqat bittasi tanlab olinadi va muayyan qaror orqali xohishning o‘ziga
mos jismoniy harakatga o‘tiladi. Ixtiyor jarayonidagi erkinlik, faqat
tanlovning boshlanishida va tanlov paytidagina mavjud bo‘ladi.
Tanlov jarayoni tugashi bilan ixtiyor uchun berilgan erkinlikning
vakolati tugaydi. Tanlov ikki xil xohish o‘rtasidagi kurash jarayoni,
unda faqat bittagina kuchli tomon qoladi. Qaysi biri asossiz va
kuchsiz bo‘lsa kuchli xoxish uchun o‘rin bo‘shatadi. Chunki ixtiyor
erkinligi tanlanayotgan ikki narsa oralig‘idagi fikrlash mobay-
nidagina voqe bo‘ladigan hodisa. Demak, ixtiyor qilingandan keyin
erkinlik cheklanadi, balki, amalga oshirilgan tanlov ijrosi amalga
oshirishi kerak bo‘ladi.
Etikada tanlov muammosi psixologiyadan farqli o‘laroq
qadriyat bilan bog‘liq, aqlga asoslangan tushuncha sifatida tadqiq
etiladi. Psixologiya esa tanlov hissiyotga asoslangan, qanday sabab
orqali vujudga kelishi ahamiyatsiz bo‘lgan ruhiy omil sifatida
o‘rganiladi. Axloqshunos olim Abdulla Sher mazkur jarayonga
quyidagicha yondashadi. U tanlov muammosini tadqiq etar ekan
birinchisi – bor narsa, ikkinchisi – bo‘lishi kerak deb hisoblangan
narsa; birinchisi – mavjud omilni, ikkinchisi – idealni, me’yorni
anglatadi deb tushuntiradi. Insondagi ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi
bilan oqilona, aqlga bo‘ysundirilgan ravishda, ideal va me’yorlarga
mos tarzda cheklanadi. Aks holda, muayyan bir, yo bir necha inson,
1
Do'stlaringiz bilan baham: |