Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

 

Axloq genezisi 

 

Odamzod  ijtimoiy  mavjudot  sifatida  shakllana  boshlagan 

kundanoq axloq paydo bo‘lgan. Aniqrog‘i, odamzodning o‘zi ular 

o‘rtasidagi  axloqiy  munosabatlarning  hosilasi  sifatida  shakllana 

borgan.  Odamlar  o‘rtasidagi  axloqiy  munosabatlar  negizida 

jamiyatning  axloqiy  hayoti  ijtimoiy  borliqning  tarkibiy  qismi 

sifatida qaror topgan. 

Axloq  va  uning  mazmun-mohiyatiga  doir  juda  ko‘plab 

ta’riflar mavjud. Jumladan,  axloq ruscha moral, lotincha «mores», 

«moralitas» so‘zlaridan olingan bo‘lib, ma’nosi xulq, odat demakdir. 

U  arabcha  so‘z  bo‘lib,  xulq  so‘zining  ko‘pligi.  Axloq  kishilarning 

fe’l-atvori,  yurish-turishi,  ularning  ijtimoiy  va  shaxsiy  hayotdagi 

o‘zaro  munosabatlarini  tartibga  solib  turadi.  U  -  ijtimoiy  ongning 

muayyan shakli bo‘lib, kishilarning ijtimoiy va shaxsiy hayotida bir-

birlariga bo‘lgan munosabatlarining, ya’ni hatti-harakat prinsiplari va 

normalarining yig‘indisidir. 

Abdulla Sher “axloq” iborasi ikki xil ma’noga ega ekanligini, 

ya’ni  umumiy  tushuncha  sifatida  u  fanning  predmetini  anglatsa, 

muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va hatti-harakatining 

eng qamrovli qismini bildiradi.  Shuning uchun “Axloq – jamiyat, 

zamon,  ba’zan  insoniyat  tarixi  uchun  namuna  bo‘la  oladigan 

umumbashariy  ahamiyatga  ega  ijobiy  hatti-harakatlar  yig‘indisi, 

insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisadir”

1

 desa, 



akademik  J.Tulenov  “Axloq  muayyan  xulq-atvor,  odob,  hatti-

harakat,  me’yor,  qoida  va  prinsiplar  majmuasidir”

2

  deb  ta’rif 



bergan. A.A.Guseynov va R.G.Apresyanlar tadqiqotlarida “Axloq 

bu  1)  aqlning  affekt  (jazava)  ustidan  hukmronligi;  2)  oliy  baxt-

saodatga intilishi; 3) jamiyatda insonning yashash usuli; 4) erkin 

yashashi,  beminnat  xizmat  qilishi;  5)  insoniylik  yoki  odamlarga 

nisbatan  insoniy  munosabatda  bo‘lishi;  6)  iroda  erkinligi;  7) 

                                                 

1

 Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. –T.: О‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. -8 b. 



 

2

 Tulenov J.T. Dialektika nazariyasi. –T.:  «О‘zbekiston», 2001. -264 b.



 


470 

axloqiylikning  oltin  qoidalari  asosida  o‘zaro  munosabatda 

bo‘lishi”

1

,-  degan  ta’rif  berilgan.  A.A.Radugin  esa  “Axloq  bu 



burch va axloqiy qadriyatlarni shaxsiy, subyektiv, beg‘araz hurmat 

qilish  asosida  inson  xulq-atvori  va  ijtimoiy  munosabatlarni 

qadriyatli-qat’iy talab, amr asosida tartibga solish shaklidir”

2

,- deb 



ta’riflagan. Faylasuf olima M.A.Nurmatova esa axloq deb, avvalo 

inson bilan inson, so‘ngra inson bilan jamiyat o‘rtasidagi obyektiv 

va  subyektiv  aloqadorliklar  tufayli  kelib  chiqadigan,  shaxsiy  va 

umumiy  manfaatlarni  muvofiqlashtirib  turish  asosida  har  bir 

shaxs, jamoa, ijtimoiy guruh, millat, elatning hayoti va faoliyatini 

boshqaradigan,  tartibga  soladigan,  yaxshi  ezgu  niyatlar  sari 

yo‘naltiradigan,  qadriyat  maqomini  olgan  muayyan  xulq-atvor, 

odob,  hatti-harakat,  tamoyil  va  normalarning  majmuiga  aytiladi 

deb xulosa qilgan. 

Axloq me’yorlari jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan shaxs 

fe’l-atvoriga qo‘yiladigan talab. Bu me’yorlar shaxsning jamiyatga, 

Vatanga,  davlatga  munosabatini,  shuningdek,  shaxsning  tur-

mushdagi,  ayrim  kishilarga,  kasbi-koriga,  mutaxassisligiga,  hatto 

o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlaridagi xatti- harakatni ham o‘z ichiga 

oladi. 

Insonning  paydo  bo‘lishi  tarixiga  nazar  tashlasak,  insonning 

paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada 

bir-biriga qapama-qarshi ikki qarash mavjud. Birinchisi, diniy nuqtai 

nazar  ya’ni  odamni  Xudo  yaratgan,  ikkinchisi  Charlz  Darvin 

qarashiga  ko‘ra  evolyutsion  ta’limot,  odamni  tabiat  yaratgan,  u 

tabiatning  bir  qismi  deb  bilish.  Shuni  ham aytish  kerakki,  ayrimlar 

dunyoqarashida 

diniylik 

bilan 


dunyoviylik 

bir-biri 

bilan 

uyg‘unlashadi.  Ular  nafaqat  uyg‘unlashadi,  balki  bir-birini  taqozo 



etadi. Xususan, dunyoviylik diniylikning mavjudlik sharti. 

Dastlabki  axloqiy  qonun-qoidalar  ana  shu  tanlovni  ro‘yobga 

chiqarishga,  yana  ham  aniqroq  aytganda,  uni  osonroq  amalga 

oshirishga  xizmat  qilgan.  Axloq  –  oliy  mavjudotga  ato  etilgan  oliy 

ne’mat. Ya’ni axloqning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu 

ilohiy asosni asrab avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy 

vazifasi,  burchi.  Shu  bois  o‘zini  -  o‘zi  va  iloji  bo‘lsa,  o‘zgalarni 

                                                 

1

 Гусейнов А.А., Апресян Р.Г. Этика: Учебник – М.: Гардарики, 2004. -26 б. 



 

2

 



Радугин А.А. Этика. Учебное пособие для выcших учебных заведений. – М.: Sентр, 2003. -88 б.

 



471 

axloqiy  tarbiyalash  barcha  muqaddas  kitoblarda  ijobiy  fazilatlar, 

ya’ni savob ish sanaladi. 

Dastlabki  axloqiy  qonun-qoidalar  muqaddas  kitoblarda  o‘z 

aksini  topgan  zo‘ravonlikka  zo‘ravonlik  bilan  javob  bermaslik 

tamoyili asosida yaratilgan. 

Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da axloqiy qonun- 

qoidalar  ishlab  chiqilgan.  Unda  insonni  inson  tomonidan  o‘ldirishi 

qat’iy  taqiqlanishi  bilan  birga  hatto,  nabobat  va  hayvonot  olamini 

behuda halok etish, nobud qilish qat’iyan man etilgan. 

Inson faqat ezgu uy, ezgu niyat na ezgu amallar bilan yashashi 

lozimligi ta’kidlangan. 

Buddizmning muqaddas manbalari Tripitakada o‘ldirish, nobud 

qilish eng katta gunoh hisoblanashi ta’kidlanadi.  

Xristianlikning  muqaddas  kitobi  Injilda  “O‘z  qavmdoshingni 

cev”, “odam o‘ldirma”, degan da’vatlar va dalillar bor.  

Muqaddas kitob Qur’oni Karimda esa xun olishdan ko‘ra tovon 

olmoq  ma’qulligi  aytilgan.  Sahih  hadislarda  hatto  chumoliga  ham 

ozor berish mumkin emasligi bayon etilgan. 

Muqaddas manbalardagi mazkur qonun-qoidalar inson axloqiy 

hayotining  asosi  sifatida  hozir  XXI  asrda  ham  o‘z  ahamiyatini 

yo‘qotgani yo‘q. Masalan, nomus tushunchasini olaylik.  

Tarixga  nazar  tashlasak,  hatto  xun  olish  jarayonining  ham 

taraqqiy topib borganini ko‘rish mumkin. Hozirgi davrga kelib esa, 

xun  olish  axloq  muammosi  sifatida  kun  tartibidan  chiqib  ketdi. 

Nomus  tushunchasining  asosiy  qamrovi  esa  boshqacha  bo‘ldi. 

Demak,  insoniyat  tarixida  axloqiy  taraqqiyot  bo‘lgan  va  u  qaysidir 

ma’noda  qat’iy  izchilik  va  tadrijiylikka  ega  bo‘lmasada  davom 

etmoqda.  Axloq  esa  ana  shu  taraqqiyotdan  hech  qachon  chetda 

turmaydi. 

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish