499
14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI,
UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI
Nikoh va oilaning axloqiy asoslari
Mamlakatimizda oilani mustahkamlash, yosh avlodni jismonan,
ruhan va ma’nan sog‘lom qilib tarbiyalash, oilani jamiyatning ravnaq
topishidagi tutgan o‘rni va ishtirokini yanada oshirish, oilada
ma’naviy-axloqiy tarbiya davlat siyosatining ustuvor masalasi
sifatida belgilanib, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirish Strategiyasiga oid Davlat dasturlarida
ham o‘z aksini topgan. Jumladan, oila va nikoh munosabatlarining
qadriyat sifatida e’tirof etish, oila mustahkamligini ta’minlash, uning
ijtimoiy vazifalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish
orqali farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirish, yosh oilalarning
moddiy ta’minoti va ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash
borasidagi aniq chora tadbirlar Davlat dastur
1
lari mazmuniga
singdirilishi bilan birga uni amalga oshirish mexanizmlari ham ishlab
chiqilgan. Zero, oila muqaddas qo‘rg‘on, oilaviy rishtalar ajralmas va
mustahkam bo‘lmog‘i lozim.
Oila so‘zining lug‘aviy ma’nosi arabcha «ayolmand,
niyozmand» ma’nolarini anglatuvchi «Oil» so‘zidan kelib chiqqan
bo‘lib, o‘zbek tilining izohli lug‘atida bu so‘zning “er-xotin, ularning
bola-chaqalari va yaqin tug‘ishganlaridan iborat birga yashovchilar,
xonadon” tushunchasini anglatishi qayd etilgan. Mustahkam va
sog‘lom oilani shakllantirish barcha davrlarda bo‘lgani kabi hozirda
ham o‘zining dolzarbligini saqlab kelmoqda. Buning uchun zarur
sharoitlar yaratish, bolani tarbiyalash, jismoniy va ma’naviy
rivojlantirishda ona va oilaning rolini kuchaytirishga alohida e’tibor
qaratiladi. Oila sog‘lomligini ta’minlash – har tomonlama jismoniy,
ma’naviy va aql-zakovatli bolalar kamol topishi uchun shart-
sharoitlar yaratish, ularda pedagogika va psixologiyaning zamonaviy
usullarini qo‘llash asosida qat’iy bilim, erkin fikrlash ko‘nikmalarini
1
Oila yili, Ona va bola yili, Ayollar yili, Sog‘lom avlod yili, Ijtimoiy himoya yili, Yoshlar yili, Barkamol avlod yili,
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, Faol tadbirkorlik innovasion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab-
quvvatlash yili, Faol investisiya va ijtimoiy rivojlantirish yili Davlat dasturlari. Lex.uz.
500
shakllantirish, atrof muhitning boyligi va xilma-xilligi, jahon
madaniyati bilan keng tanishtirish vazifalarini qamrab oladi.
Ushbu ezgu maqsadlarga erishishda an’analarimiz va urf-
odatlarimiz asosida bolalarni Vatanga, xalqqa muhabbat va sadoqat,
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda
bo‘lish ruhida tarbiyalashda ota-onalar, ta’lim muassasalari va
mahallalarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish talab etiladi.
Oilani qadriyat sifatida tavsiflash va jamiyat hayotidagi nufuzini
ta’kidlash bilan birgalikda, uni mustahkamlovchi kafolatli
omillarning rolini o‘rganish, ayniqsa, oilada ma’naviy-ahloqiy
tarbiyani olib borish katta ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masaladir.
Ma’lumki, hayotimizning yarmidan ko‘pini qamrab oladigan,
chinakam, to‘laqonli insoniy baxtni in’om etadigan yoki aksincha,
har tomonlama ta’minlanganligimizga qaramasdan, bizning
baxtimizni yarimta qiladigan ham oilaviy hayotdir.
Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy hodisa bo‘lib, ikki jinsdagi
shaxslarning o‘zaro rozilik, tenglik, ixtiyoriylik asosida Oila
qonunchiligi normalarida belgilab qo‘yilgan, nikoh tuzish tartibi va
shartlariga rioya etib, ahdnoma asosida tuziladigan ittifoqdir. Nikoh
bu erkak va ayol o‘rtasidagi tabiiy munosabatlarni tartibga solib
turuvchi vosita.
Oila qurishda, nikoh munosabatlarini o‘rnatishda o‘zbekona urf-
odat va an’analar, azaliy qadriyatlarning o‘rni beqiyos. Masalan,
sovchilikka borish taomili, tanishtiruv, unashtiruv marosimlari,
sovg‘a-salomlar taqdim etish odatlari, to‘y-tantana, chorlov va
chaqirdi udumlarining hammasi respublikamiz huddudlarida o‘ziga
xos va betakror tarzda amal qiladi.
Nikoh va oilaning huquqiy asoslari Birlashgan Millatlar Tash-
kiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul
qilingan Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida
1
, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida
2
nikoh tuzish ixtiyoriy ekanligi, nikoh
faqat nikohdan o‘tayotgan har ikki tomonning erkin va to‘liq roziligi
asosidagina tuzilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Nikoh tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi
hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
1
Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi.-T.: «O‘zbekiston», 2008. 16-modda.
2
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-T.: «O‘zbekiston», 2008. 63-modda.
501
12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining V bo‘limida” aks
ettirilgan bo‘lib, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh
huquqiy ahamiyatga ega emas. Nikoh tuzishga majburlash qonun
bilan ta’qiqlanadi va ayolni o‘z erkiga xilof ravishda erga tegishga
majbur qilish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-
moddasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortiladi. Mazkur masalaning
huquqiy jihatlari bilan bir qatorda axloqiy tomoni ham borki, nikoh
sevgi-muhabbat asosida va xohish-irodaga ko‘ra amal qiluvchi
ixtiyoriy ittifoqdir. Dunyodagi hamma narsa-hodisalar kabi
muhabbat ham parvarishga muhtoj. Agar muhabbat har ikki
tomondan e’zozlab, avaylab-asralmasa uning yakuni achinarli yakun
topadi. Unda ehtiroslar axloqqa bo‘ysundiriladi. Oddiy birga
yashashda tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi, nikohda
esa u ikkinchi darajali mavqe egalaydi.
Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan, ya’ni o‘qish, ish va
yashash joyida mavjud guruhlardan o‘zining bir qator jihatlari bilan
ajralib turadi:
birinchidan, oila ko‘p muddatga, ayniqsa milliy axloqda bir
umrga quriladi;
ikkinchidan, oilada o‘zaro munosabatlarning bir necha turi
amalga oshadi, ya’ni ota-ona bilan farzand, er bilan xotin, qaynona
bilan kelin, farzandlar orasida, katta, o‘rta va kichik avlod o‘rtasida,
er-xotin qarindoshlarining (qaynsingil, qaynbo‘yi, kelin, kuyov)
o‘zaro munosabatida;
uchinchidan,
oila
muhitidagina
tarbiyaviy,
psixologik,
moliyaviy, hissiy, jinsiy, reproduktiv (farzand ko‘rish) va boshqa
vazifalarning amalga oshirilishida;
to‘rtinchidan, oiladagi barcha munosabatlar zamirida salbiy
yoki ijobiy holatlar yuzaga keladi, ya’ni oila a’zolarining bir-biriga
ta’siri tufayli ularda yaxshi xislatlar yoki yomon xislatlar shakllanishi
mumkin.
Oila – birgalikda yashaydigan qarindoshlar er-xotin, ota-onalar
va bolalar guruhi. U umumiy manfaatlar bilan birikkan odamlar
birligi, birlashmasidir. Oila tuzishdan maqsad bir qator ijtimoiy-
iqtisodiy vazifalarni amalga oshirishdan iborat bo‘lib, uning
502
muqaddas vazifasi bu eng avvalo nasl qoldirish va qobiliyatli
farzandlarni o‘stirib, ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy
tomondan yetuk qilib ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib
tarbiyalashdan iborat. Oila a’zolari orasida mehr-muhabbatning
mavjud bo‘lishi, erkak kishining baxt va huzur-halovatga o‘z
oilasidagina erishishi mumkinligi, ayolning turmush o‘rtog‘ini huzur-
halovatga erishtirish uchun bor kuchi bilan harakat qilishi, baxt-
saodatga eltishi muqaddas kitoblarda alohida ta’kidlangan.
Oilada mehr-muhabbatning yuzaga kelishi va hukm surishi
uchun quyidagi shartlarni bajarilishi joiz:
- oila a’zolarining bir-birini qadrlashi, e’zozlashi;
- oila a’zolarining bir-birlariga ishonishi va himoyalashi;
- yaqinlik, o‘zaro yordam va o‘y-fikrlarini o‘rtoqlashishlari;
- oila a’zolarining o‘z burch va mas’uliyatlarini his etishlari;
- qiyinchiliklarga qarshi birgalikda kurashish va ularni hal
qilish;
- o‘zini-o‘zi namoyon qilish va baxtli yashash uchun munosib
muhit yaratish;
- oilada ma’nan sog‘lom va aqlan yetuk muhitga ega bo‘lish.
Shu bois, inson uchun zarur bo‘lgan eng oliyjanob insoniy
tuyg‘u va fazilatlar, inson kamoloti oiladan, uning sog‘lom turmush
tarzidan boshlanadi. Oiladan boshlangan mehr-muruvvat, tinchlik-
osoyishtalik kabi bir qator hatti-harakatlar o‘zaro munosabatlarda
davom etadi, unadi, o‘sadi, ijtimoiy rivojlanish jarayonida yangi
mazmun-mohiyat kasb etib, takomillashib boradi. Chunki, oilada
kamol topgan insoniy fazilatlar mustahkam bo‘lib, jamiyat maqsad
va manfaatlariga mos ravishda rivojlanadi. Oila o‘z burch va
mas’uliyatini chuqur anglagan holda kamol topayotgan farzandlar
kamoloti uchun sog‘lom axloqiy muhit yaratsa, bunday oila
jamiyatning tayanchiga, davr talabiga mos tarbiya o‘chog‘iga,
jamiyat boshlang‘ich va ishonchli uyushmasiga aylanadi.
Oilada sog‘lom axloqiy muhit, o‘zaro muomala madaniyati,
axloqiy tamoyil chuqur ildiz otmasa oilada ma’naviy bo‘shliq, salbiy
holatlarning qaror topishi muqarrar. Oilada axloqiy asoslar sog‘lom
bo‘lmasa o‘sib – unayotgan “umr daraxti” sinadi va hosil bermaydi.
Oila mustahkam poydevorga qurilib, unda sharqona va jahon
andozasiga monand axloqiy va ma’naviy qadriyatlar qaror topsa,
503
sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda yetakchi o‘rinni egallasa,
bunday oila ostonasidan Vatan, millat, inson kamoloti, yangi sog‘lom
avlod kelajagi boshlanadi.
Jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi, uning
taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi, uning inqiroziga olib keluvchi
kuchlarning yuzaga kelishida ham oilaning hissasi katta. Chunki,
oilalarning nosog‘lomligi, noqobil va nizoli oilalar, ajrashishlar
sonining ortishi jamiyatga turli iqtisodiy, ijtimoiy ziyon yetkazishi
bilan birga, bunday nosog‘lom muhitda shakllangan bolada ham
keyinchalik nafaqat o‘z ota-onasi, aka-ukalariga nisbatan mehr-
oqibatsizlik, balki atrofdagilarga, qolaversa, o‘zi yashagan jamiyatga
nisbatan ham shafqatsiz, zolim, xudbin, jamiyat manfaatlari, yurt
manfaatlariga zid bo‘lgan har xil salbiy tashqi kuchlar ta’siriga oson
beriluvchan shaxsning shakllanishiga, shu asosda esa o‘z oilasi, o‘z
xalqi, o‘z yurti uchun xavfli insonlarning yetishib chiqishiga ham
asos bo‘lishi mumkin.
O‘zbek oilalaridagi o‘zaro hurmat, ehtirom, ota-onaga e’zoz,
farzandlarga mehr-shafqat va kichiklarga izzat-ikrom – bu kishini
barkamol inson, mukammal shaxs sifatida shakllantiradigan, axloqiy
va ma’naviy jihatdan go‘zal hamda yetuk qiladigan, insoniy
fazilatlarni rivojlantiradigan qadriyatlar bo‘lib hisoblanadi. Ushbu
qadriyatlarning mazmun-mohiyati farzandlar ongiga dastlab oilada
singdiriladi.
Darhaqiqat, har bir inson dastavval, oilada o‘rin topolmasa–
jamiyatda o‘rin topishi qiyin bo‘ladi, oilada qadr topolmasa –
jamiyatda qadrlanishi dargumon; oilada mehribonlik ko‘rmasa va
oilada mehrsiz ulg‘aysa, jamiyatda ham begonalardek yashaydi.
Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko‘ra tasniflanadi:
- to‘liq, noto‘liq va qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar;
- nuklear (ota-ona va bolalardan iborat bo‘lgan) va ko‘p
bo‘g‘inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a’zolari birga
yashovchi) oilalar;
- farzandsiz, bir bolali, ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq
bolali oilalar.
Albatta bu mezonlar nisbiy ahamiyat kasb etishi bilan birga, joy
va hududlar kesimida ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Masalan,
rivojlangan davlatlarda 3-4 bolali oilalar ko‘p bolali oilalar
504
hisoblansa muayyan davlatlarda bunday farzandlar soni o‘rtacha
bo‘lgan oilalar sarasiga kiradi. Masalaga O‘zbekiston misolida
yondashsak, yaqin tarixda, sobiq ittifoq davrida bunday songa ega
bo‘lgan oilalar kam farzandli oila, yaqin o‘n yilliklarda o‘rta sonli
oila, hozirda esa ko‘p farzandli oilalar turkumiga kirmoqda:
- oila a’zolarining ijtimoiy kelib chiqishi, hududiy va
mintaqaviy joylashuvi, moddiy ta’minlanganlik darajasi, ma’lumoti,
yoshi hamda millatiga ko‘ra: bir millatli yoki baynalminal oilalar;
- boshqaruvchilik qobiliyatiga ko‘ra (liderlik) biarxat hamda
o‘zaro munosabatlarda avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi
oilalar;
- yuridik rasmiylashtirilganligiga ko‘ra: sinovdagi oila, rasmiy-
lashtirish arafasidagi oila, nikohdagi oila, nikohdan tashqari oilalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |