Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Axloqiy qadriyatlar 

 

Axloqiy  qadriyatlarning  tabiatini  ochish,  ularni  tasniflash 

muammosi  birinchi  navbatda  “axloq”  tushunchasini  teran 

anglashni taqozo etadi. Biz yuqoridagi mavzu doirasida axloq va 

uning  mazmun-mohiyatiga  doir  ayrim  fikrlarni  tahlil  qildik,  bir 

qator  axloqga  berilgan  ta’riflarni,  ularning  kelib  chiqishi  va 

jamiyat  rivojidagi  ahamiyatini  ko‘rib  chiqdik.  Va  axloqni 

jamiyatning  axloqiy  hayotini  o‘zida  aks  ettiruvchi  ijtimoiy-

ma’naviy hodisa sifatidagi kundalik amaldagi axloq ya’ni, axloqiy 

amaliyot va muayyan qadriyatlar asosida baholovchi axloqiy ong 

hamda o‘zini o‘zi axloqiy anglash darajalarini aniqlashtirib oldik. 

Vaholanki,  aynan  mana  shu  uchta  darajadan  o‘tgan  ijobiy  hatti-

harakatlar xususan, yaxshilik, mehr-muruvvat, fidoyilik, saxovat, 

o‘zaro-hurmat,  beg‘arazlik,  shijoat,  sadoqat  vafo  va  qanoat  kabi 

axloq  me’yorlari  va  fazilatlar  asta-sekinlik  bilan  axloqiy 

qadriyatlarga aylanib boradi. 

Qadriyat  maqomini  olgan  axloq  ana  shu  jarayonda  o‘zining 

ijobiy kuchini namoyish qiladi. Falsafa lug‘atida butun insoniyatining 

obodligi,  ozodligi,  ravnaqi  yo‘lida  xizmat  qiladigan  eng  qadrli  va 

umumijtimoiy  ahamiyatga  molik  bo‘lgan  narsalar,  hodisalar, 




524 

voqealar  va  jarayonlarni  umuminsoniy  axloqiy  qadriyatlar  deb 

aytilgan. 

Ma’lumki,  ulug‘  ajdodlarimiz  ma’naviy-axloqiy  yetuklikka 

erishish borasida milliy axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda 

aytganda,  sharqona  axloq  kodeksini  ishlab  chiqqanlar.  Unda  asrlar 

davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat, andisha, sharmu 

hayo, ibo, iffat kabi yuksak axloqiy tushunchalar, axloqiy qadriyatlar 

mujassam bo‘lib kelajak avlod tarbiyasida muhim vazifani bajargan.  

Axloqiy  qadriyat bu  ideallik  va  reallikning  dialektik  birligi, 

yuksak  orzu  va  unga mos  keluvchi aniq hatti-harakatlarni  o‘zida 

aks  ettirgan  ijtimoiy-axloqiy  munosabatlar  tizimidir.  Axloqiy 

qadriyatlar  deb  nimaga  aytiladi?  degan  savolga  axloqning  kelib 

chiqishi,  jamiyat  hayotida  tutgan  o‘rni,  bajaradigan  funksiyalari 

hamda  qadriyatlarni  o‘rganishga  bag‘ishlangan  tadqiqotlardan 

kelib chiqqan holda, professor M.A.Nurmatova quyidagicha ta’rif 

beradi.  “Axloqiy  qadriyatlar  deb,  har  bir  kishi,  millat,  elat, 

xalqning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-madaniy, kundalik 

maishiy  turmush  faoliyatida  nisbatan  turg‘un,  barqarorlik  kasb 

etib,  o‘zligini  bildirib,  namoyon  etib  nihoyatda  qadrlanadigan, 

ardoqlanadigan  yuksak  darajada  shakllangan  axloqiy  sifat  va 

fazilatlarning  muayyan  tizimiga  aytiladi”.  Axloqiy  qadriyatlar  u 

yoki bu jamoa, siyosiy kuchlar tomonidan ishlab chiqilgan axloqiy 

kodekslar qanchalik mukammal bo‘lmasin, baribir, uning talablari 

doirasiga  sig‘maydi.  Chunki,  u  insoniyat  axloqiy  tarbiyasining 

hosilasi  sifatida  doimo  harakatda  bo‘lib,  cheksizlik  sari  intiladi. 

Bu  cheksiz  harakat  insoniyatni  yangidan  yangi  olijanobezgu-

maqsadlar sari boshlab boradi. 

Axloqiy qadriyatlarga quyidagilarga kiritish mumkin: 

a) axloqiy tamoyillardan, insonparvarlik; jamoatchilik; vatan-

parvarlik; mehnatsevarlik; futuvvat; tashabbuskorlik; bag‘rikeng-

lik; fidoyilik va boshqalar. 

b)  axloqiy  kategoriya  va  me’yorlardan,  adolat;  xalimlilik; 

kamtarlik;  halollik;  haqiqatparvarlik;  mardlik;  saxiylik  va 

muruvvatlilik;  do‘stlik;  samimiylik;  sabr-qanoat  v  toqatlilik; 

hayolilik  va  pokizalik;  homiylik  va  sahovatpeshalik;  sadoqat, 

mehr-oqibalilik; jo‘mardlik va boshqalar kiradi. 



525 

Axloqiy qadriyat insonning ongli hatti-harakati, insoniyligi, uning 

maqsadga  erishish  borasidagi  axloqiy  faoliyati,  halol  mehnati,  sabr-

qanoatidir.  Axloqiy  qadriyatlar  inson  va  jamiyatning  mavjud  holatini 

emas,  balki  ongli  hayot-faoliyati  yo‘nalishining  miqdoriy  va  sifatiy 

hajmini ifodalab,  shakl-shamoyilini  ko‘rsatib, unga muqarrarlik baxsh 

etadigan voqea hodisadir.  

Axloqiy qadriyatlarning jamiyat rivojida tutgan o‘rni quyidagicha: 

-

 

axloqiy qadriyatlar barcha qadriyatlarning yadrosini tashkil 



etadi, ular hayotdan ajralgan qandaydir abstrakt kuch emas; 

-

 



xalqning axloqiy hayoti darajalarini o‘lchaydigan mezon; 

-

 



axloqiy qadriyatlar dunyoviy negizga ega bo‘lgan moddiy 

va ma’naviy kuch. 

Axloqiy  qadriyatlarning  mazmuni,  shakli  va  amal  qilish 

doirasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:  

 

 

Bugungi  kunga  qadar  etikaning  axloqiy  qadriyatlari  sifatida 



yaxshilik  va  yomonlik,  burch,  vijdon,  sha’n,  adolat,  baxt,  hayot 

mazmuni kabi kategoriyalarga alohida e’tibor qaratilar edi. Bizning 

sharoitimizda  bular  qatoriga  ma’naviyat  tushunchalari  bo‘lgan 

iymon,  erkinlik,  sabrlilik,  irodalilik,  bag‘rikenglik  kabi  qadriyatlar 

qo‘shildi. Mazkur nisbatni quyidagicha tasavvur qilish mumkin:  

 

 



Axloqiy qadriyatlar 

mazmuni 


Axloqiy qadriyatlar 

shakli 


Axloqiy qadriyat-

larning amal qilish 

doirasi 

burch, or-nomus, 

vijdon, qadr-qimmat, 

sabr-qanoat, 

kamtarlik, 

sobitqadamlik. 

ijobiy yoki salbiy, 

yaxshilik va yomon-

lik, adolat-adolat-

sizlik, baxt-baxtsizlik, 

hayo va behayolik. 

umuminsoniy 

axloqiy, milliy axloqiy 

va shaxsiy axloqiy 

qadriyatlar. 

Axloqning asosiy kategoriyalari: 

Ma’naviyatning asosiy 

kategoriyalari: 

Yaxshilik-yomonlik 

Iymonlilik-iymonsizlik 

Adolat-adolatsizlik 

Erkinlik-tobelik 

Burch-mas’uliyatsizlik 

Sabrlilik-sabrsizlik 

Vijdon-vijdonsizlik 

Irodalilik-irodasizlik 

Baxt-baxtsizlik va h. k 

Bag‘rikenglik-toshbag‘irlik va h. k 




526 

Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga qarab: 

 

axloqiy ongda barqaror shakllangan axloqiy-ma’naviy qadriyatlar; 



 

axloqiy amaliyotda bevosita qo‘llaniladigan axloqiy qadriyatlar; 



 

axloqiy munosabatlar tufayli zohir bo‘ladigan axloqiy qadriyatlar; 



 

xuquqiy  demokratik  davlat,  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishda 



yuzaga kelgan axloqiy kategoriyalar va qadriyatlar. 

Axloqiy  qadriyatlar  shaxs  ma’naviy  kamolotida  eng 

ta’sirchan vosita sifatida ham azaliy, ham zamonaviy qadriyatlarni 

uyg‘unlashtirib, insonlar hayotida ma’naviy idealni shakllantiradi. 

Fikrlar  xilma-xilligi  (plyuralizm)  ma’naviy  idealda  umuminsoniy 

axloqiy  qadriyatlarini  tarkib  toptiradi.  Tinchlikparvarlik,  mehnat-

sevarlik,  birodarlik  kabi  umuminsoniy  qadiriyatlarsiz  ma’naviy 

idealni  jamiyatda  tarkib  toptirishda  to‘laqonli  samaraga  erishib 

bo‘lmaydi. Chunki axloqiy qadriyatlarning ma’naviy idealda tutgan 

o‘rni ikki jihatdan ahamiyatga ega bo‘ladi. 

1. Axloqiy qadriyatlar umummanfaatni ko‘zlaydi. 

2. Axloqiy qadriyatlar shaxsni burchga da’vat qiladi. 

Zero,  fikrlar  xilma-xilligi  umuminsoniy-axloqiy  qadriyatlarni 

ma’naviy  ideal  tarkib  toptirish  vositasida  jamiyatga  singdiradi.  Bu 

jarayonda  bunyodkorlik  g‘oyalari  bilan  qurollangan  keng  xalq 

ommasining  ideallari,  manfaatlarini  o‘zida  mujassam  etuvchi 

mafkuragina  insonparvarlik,  taraqqiyparvarlik  tamoyillari  asosida 

mamlakat,  xalq  taqdirida  ijobiy  ahamiyatga  ega  bo‘ladi,  kishilarni 

ezgu ishlarga da’vat etadi. 

«Global  etika  to‘g‘risida  Deklaratsiya»

1

da  shunday  deyiladi: 



«Biz  dunyo  xalqlari  uchun  umumiy  axloqiy  qadriyatlar  dunyo 

dinlarida o‘z ifodasini topganligini qayd etamiz va aynan bu umumiy 

axloqiy qadriyatlar global etika uchun asos bo‘lib xizmat qiladi»

2

. Bu 



umumiy axloqiy qadriyatlar to‘rtta bo‘lib, quyidagilardan iborat:  

 



Zo‘ravonlikdan voz kechish va hayotni hurmat qilish; 

 



Birodarlik va adolatli iqtisodiy tartib o‘rnatish; 

 



Sabr-toqat  va  haqiqatgo‘ylik;  (haqiqatgo‘ylik  muhim  axloqiy 

qadriyat  sifatida  shaxsning  ma’naviy  –  axloqiy  qiyofasida  alohida 

o‘rin tutadi). 

                                                 

1

 Даллемар Ф. Глобальная Этика: преодоления дихотономии «универсализм» - «партикуляризм». // Вопроси 



философии. 2003. – №3. –  С. 17– 29.  

2

  Даллемар  Ф.  Глобальная  этика:  преодоление  дихотомии  «универсализм»  -  «партикуляризм»  //  Вопроси 



философии. – Москва, 2003. – №3. –С. 16.  


527 

 



Teng huquqlilik hamda erkak va ayollar o‘rtasida hamkorlik. 

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish