Unli fonemalar tavsifi
‘ fonemasi til oldi, lablanmagan qisqa unli fonema bo`lib , quyidagi so`zlarda uchraydi :
1. Til oldi undoshlaridan oldin bir bo`g`inli so`zlarning boshida kelganda: ‘ch,’sh,’l.
2. Yopiq bo`g`inli so`zlarda: s’z, bl, s’dra, s’r, k’z, җ’zә.
3. Til orqa undosh fonemalar g va k bilan yonma-yon kelganda: k’r , k’tכb , k’shk’nә.
4. Jarangsiz undoshlardan so`ng kelganda: ch’qt’, ‘sht’, kett’, ott’, y’tt’.
5. x , q , g` undoshlari (chuvur til orqa) bilan yonma-yon kelganda: q’sh, g`’sh, x’l, q’rq’m, ‘s’g`.
6. Shevadagi so`zning har bir bo`g`inida aralash holda qo`llaniladi: b’r’s’, uch’s’, t’shqכn , җ’nәyәt.
I fonemasi til oldi , lablanmagan unli bo`lib, ohangdosh o`zbek shevalarida mustaqil holda qo`llaniladigan yumshoq unli fonemadir: Tish,kiyim,kitәp,echki v.h.
Ы fonemasi til orqa , lablanmagan qattiq unli bo`lib , barcha turkiy tillarda uchraydi. Uning til oldi va yumshoq varianti I fonemasidir.Bu unli fonema ham ohangdosh o`zbek shevalarida asosiy fonema sifatida ishlatiladi. Masalan : atasыnың aldыga bardы, qachan җurыp ketti.
U fonemasi tor , til orqa lablangan unli fonema bo`lib, so`zning har bir bo`g`inida kelishi mumkin:
1. So`zning birinchi bo`g`inida : suvכsh , usmכn , ulәr , shuvכq.
2. So`zning ikkinchi bo`g`inida : nכvut , ulug`.
Ye fonemasi lablanmagan tor unli fonema bo`lib , tilning o`rta qismida hosil qilinadi: ket’rd’ , tepә , hech , keld’ , telpәk , teksh’rd’.
So`zning boshida kelganda , Ә unlisiga yaqin talaffuz etiladi: yet’g , yesh’k , yerkә.
So`zning oxirida [e] unli fonemasining qo`llanilishi juda ham chegaralangan bo`lib, yuklamalarda keladi.Bu xususiyat Toshkeng guruhidagi shevalar uchun xosdir : keld’- de, bכrכvuz- de, ‘shlayb’z- de. Ye fonemasi to`liqsiz fe’l shakllarida kelganda tushib qoladi: yorgәyd’-yo`rg`a edi , bכg`lәydi-bog`lar edi,tureyd’-turar edi.
E fonemasi til oldi, lablanmagan unli bo`lib, so`zlarning birinchi va ikkinchi bo`g`inlarida ko`proq ishlatiladi.Lekin so`zning oxirgi bo`g`inida kelmaydi. Masalan : eger , erkәn , mehnat ║meynet , eshik , bedә kabi.
Bu fonema boshqa unlilar bilan almashini keladi : E║Ә : kema - kәmә ;Toshkent-Tכshkәn v.h.
O fonemasi yarim tor lablangan unli fonema bo`lib, tilning orqa qismida hosil bo`ladi. U so`zning boshida ko`proq keladi , oxirida esa qo`llanmaydi . Ozbek’stכn , ot’p , otkәn.
O fonemasi o`g`uz shevasida: koy baqmaqa getgan.
O fonemasi qipchoq shevasida: oraq җog`alыp qavdы.
Ө fonemasi til oldi , lablangan unli fonema bo`lib , qipchoq va o`g`uz guruhlari shevalariga xosdir.
Masalan : kөzi kөrmәydi , bөlim ikkiga bөlinip ketti , gөr , mөl kabi
Ә fonemasi til oldi , lablanmagan keng unli fonema bo`lib , u birinchi va so`nggi bo`g`inlarda qo`llaniladi: әyt , әstә , tuvvә , pәxtә , pәbr’kә .
Hozirgi o`zbek adabiy tilidagi ochiq O bilan aytiladigan ba’zi so`zlar shevalarda ә bilan talaffuz etiladi: әlmә-olma , әdәt-odat , әynә-oyna .
כ Fonemasi keng,lablanmagan til orqa unli fonema bo`lib shevalarda kam o`zgarishga uchraydi : q’shlכg` , hכv , mכv’n , mכrt .
Shevalardagi כ unlisi quyidagi hollarda qo`llaniladi :
1.Yopiq bir bo`g`inli so`zlarda:
כt , mכl , bכsh , mכy , כch .
2.Ikki bo`g`inli so`zlarda : g`כllә , כgәd ,qכzdכr , כbכr.
3.Ko`p bo`g`inli so`zlarning turli bo`g`inlarida : bכzכr, q’rכәtxכnә, chכrvכdכr, Sәmәrqכn ,h’sכvכt .
4. Lablangan v va b undosh tovushlari bilan yonma-yon kelganda: y’vכrd’ , bכxt’m , vכx , buzכv , me:mכn .
5. כ fonemasi til orqa undosh tovushlar hisoblangan q, k, x, g` undoshlari bilan yonma-yon kelganda: q’shlכq , ‘sht’rכk, shund כg`.
6. Fe’lning harakat nomi shakli , shuningdek , sifatning qiyosiy daraja shakli uchun ham ә unli fonemasi emas , balki כ unlisi qo`llaniladi: ket’rmכq, kelmכq , durustrכq , chollamכq .
7.Shevada aniq hozirgi zamon fe’lining qo`shimchalarida ham כ fonemasi keladi: kevכts’z , oq’vכtt’ , כlכtt’.
O`zbek shevalaridagi undosh fonemalar , asosan , adabiy tildagi holatga mos keladi.Unda hozirgi adabiy tildagi s , f ,j undoshlari qo`llanilmaydi.S undoshi ts yoki s, f esa p bilan almashinib keladi.F undoshi fors, arab va rus tili orqadi kirib kelgan ba’zi bir so`zlardagina keladi.Qipchoq guruhini tashkil etuvchi she-valarning ayrimlarida x tovushi o`rnida q , boshqa bir xildagi shevalarda esa q undoshi o`rniga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |