Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar “O’zbek dialektologiyasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiridadigan masalalar doirasida bakalavr :
- adabiy til va sheva materialini farqlash; dialektlarni tadqiq qilish usullari; o’zbek tili shevalarining fonetik-grammatik xususiyatlarini qiyoslash; transkriptsiya turlari va ularning belgilari; o’zbek tilining lingvistik geografiyasi; dialekt zonasi va azonal hududlarni bilishi kerak kerak.
- o’zbek shevalar tasnifi; o’zbek shevalarini o’rganishning metod va usullari; shevalarni zonalashtirish va fokus nuqtani aniqlash; o’zbek shevalarining fonetik belgilari; o’zbek tili shevalari leksikasini o’rganish va farqlash yo’llari; o’zbek shevalari morfologik paradigmasi va ularni ajratish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- o’zbek tilining dialektal asosini bilish; dialektlarni o’rganishni tashkil etish va yozib olish; sheva materiallarini o’rganishda transkriptsiya-larni qo’llay olish; sheva hodisalarini o’zaro farqlash va umumlashtirish yo’llarini bilish; shevaga oid matnlardagi fonetik, leksik, morfologik xusu-siyatlarni ajrata olish; to’plangan sheva materiallarini tasviriy-qiyosiy tekshirish malakasiga ega bo’lishi kerak. “O’zbek dialektologiyasi” fanining o’rni filologik ta’limda alohida ahamiyat kasb etadi. Xalq tili bilan adabiy tilning o’zaro munosabatini ko’rsatishda, adabiy orfografik qonuniyatlarning mukammalligini ta’minlashda ushbu fanning ahamiyati beqiyos katta. Mazkur fanning maqsadi o’zbek xalq shevalarining xususiyatlarini talabalarga ilmiy va amaliy jihatlardan mukammal singdirish. Fanning vazifasi o’zbek shevalarining fonetik, morfologik, leksik va sintaktik xususiyatlarini tavsiflash; milliy tilning paydo bo’lishi va taraqqiyotida shevalarning tutgan o’rni, milliy tilgv asos bo’lgan shevalarni aniqlash; shevalarning o’zaro munosabatini, adabiy tilga va qardosh tillarga munosabatini sheva materiallariga asoslangan holda belgilash; o’xshash xususiyatlariga ko’ra shevalarning tarqalish chegarasini aniqlash; umumiy o’xshash lingvistik xususiyatlarini belgilab, shevalarning ma’lum hududdagi tarqalish kartalarini tuzib, shevalarni tasnif qilish.
Kurs qamrab olgan masalalar doirasida talabalar quyidagilarni bilishlari kerak:
1) o’zbek shevalarining o’rganilish tarixi; 2) o’zbek shevashunoslari haqida ma’lumot; 3) shevalarni tadqiq qilish usullari; 4) sheva faktlarini transkriptsiya qilish; 5) o’zbek shevalarining tasniflanishi; 6) shevalarning fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari; 7) sheva va o’zbek adabiy tili munosabati, adabiy tilning shevalarga ta’siri masalasi; 8) o’zbek shevalarining uch asosiy lahja doirasida guruhlanishi (qarluq-chigil-uyg’ur, qipchoq, o’g’uz); 9)bek shevalari lesikografiyasi to’g’risida ma’lumot berish.