Iymon qo'shigi



Download 1,77 Mb.
bet26/70
Sana21.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#396379
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
Bog'liq
avi word1

Nazorat savollari

  1. Tebranma yoy vosilasida suyuqlantirib qoplash qanday olib boriladi?

  2. Karbonat angidrid muhitida suyuqlantirib qoplash qanday maqsndtla olib boriladi?

  3. Karbonat angidrid muhitida suyuqlanlirib qoplashda nima uchun Mrkibida marganes va kremniy bo'lgan elektrodlardan foydalaniladi?

  4. Payvandlashda termik tasir zonalari nima ta’sirida sodir bo'ladi?

  5. Payvandlashda termik ta'sirni kamaytirish usullari nimalardan iborat?

  1. Ta'mirlashda detallarga elektr uchquni bilan ishlov berish nima maqsadda olib boriladi?

  1. Elektr uchquni bilan ishlov herishda xomaki. o'rtacha va sof ishlov berish tartibini va ularni amalga oshirish rejimlarini tushuntirib

bering.

3.8. Detallarni metallash yoMi bilan ta'mirlash

Metallash turlari. Katta miqdorda yeyilgan detallarning boshlang'ich o'lchamlari bo'yicha ta’mirlashda yeyilishga qarshiligi yuqori, zanglashga turg'un va boshqa xususiyatlarga ega bo'lgan qoplamalar oiishda detallarni metallash usuli qo'llaniladi.

Biror usulda mayda (3—30 mkm) o'lchamga kelgunga qadar suyuqlantirilgan metall zarrachalarni detaining oldindan tayyorlab qo'yilgan yuzasiga siqilgan havo oqimi yordamida katta (140—300 m/s) tezlik bilan purkash jarayoni metallash deyiladi. Metallni suyuqlantirish va purkashda foydalaniladigan mcxanizm metallizator deyiladi.

Detaining asosiy metali bilan purkalgan metallning hirikishi ular orasidagi mexanik va molekular bog'lanishlar hisobiga sodir bo'ladi. Purkaladigan materialni suyuqlantirish usuliga qarab, metallash gazli, elektrli va plazmali turlarga bo'linadi.

Gazli metallashda yonilg'i sifatida asetilen, propan va boshqa gazlar qo'llanilishi mumkin (3.16- rasm). Asetilen va kislorod ara- lashmasi kanal 2bo'yicha berilib, alanga 4 ni hosil qiladi. Asetilen- kislorod alangasi 4 metallizator soplosining markaziy teshigi orqali uzatiladigan sim 3 ni suyuq- lantiradi. Kanal / orqali o'tayotgan siqilgan havo yor­damida esa suyuqlantirilgan metall ta’mirlanadigan dctal 5ning sirtiga purkaladi. Gazli mctallashning afzalliklariga: sifatli qoplama hosil qilinishi, legirlovchi elementlarning ko'p miqdorda kuymasligi va oksidlangan zarrachalarning miqdori umumiy qoplama materialining 3% idan oshmasligi kiradi. Gaz bilan metallashning kamchiliklariga qoplama narxining yuqori I igi: qoplash uskunasining murakkabligini kiritish mumkin.



3.16- rasm. Gaz alangasi vositasida metallashda ishlatiladigan metallizator purkash kallagining sxemasi.

Elektr toki yordamida mctallash elektrod simini suyuqlantirish usuli bo'yicha elektr yoy vositasida va yuqori chastotali tok vositasida amalga osliiriladi. Ta’mirlash korxonalarida elektr yoy vositasida mctallash keng tarqalgan (3.17- rasm). Bir-birlaridan tok o'tkaz- maydigan qilib ajratilgan, kuchlanish ostida bo'lgan ikki sim I maxsus mexanizm 2 yordamida poynakning yo'naltiruvchisi 3 bo'yicha o'zgarmas tezlikda uzatiladi. Bu simlarning uchlarida hosil bo'lgan elektr yoy 5 yonadi va ularni eritadi Suyuqlangan sim materiali kanal 4 orqali bosim ostida uzatiladigan gaz yordamida detal 6 yuzasiga purkaladi.

Yuqori chastotali tok vositasida metallashning elektr yoy vositasida metallashdan farqi metalini suyuqlantirishda yuqori chastotali tokning induktivligidan foydalanilishidadir.

Elektrli metallash yuqori ish unumi va tejamkorligi bilan ajralib turadi. Gaz bilan metallashda alanga temperaturasi 3000 “C atrofida bo'ladi, elektrli metallashda esa temperatura 4000 “C dan oshadi. Elektrli metallashning kamchiliklariga elektrod simi tarkibidagi kimyoviy elementlarning kuyib ketishi, qoplanadigan metallning oksidlanishi va suyuqlantirilgan metallning ko'proq isrof bo'lishi kiradi.

Plazma vositasida mctallash gazlarning ma'lum sharoitda plazma holatiga o'tish xususiyatiga asoslangan. Plazmali metallashda metall plazma oqimi ta’sirida suyuqlantirilib, plazma hosil qiluvchi gazlar yordamida detal yuzasiga purkaladi. Bu usulning boshqa usullardan farqi unda detallarni qiyin suyuqlanadigan volfram, sirkoniy dioksidi, aluminiy oksidi, molibden va boshqa elementlar bilan ta’mirlash imkoni borligidadir (3.18-rasm).

Yuqori haroratda suyuqlanadigan sim / uzatuvchi mexanizm

  1. yordamida halqasimon elektrod 4ga uzatiladi, bu elektrod vazi- fasini suv bilan sovitiladigan kallak poynagi 3 bajaradi. Kallak ishlayotganda elektr yoy 5bir-biridan izolatsiya qilingan, uzluksiz uzatiladigan sim hilan halqasimon elektrod o‘rtasida hosil boMadi. Elektrod yoyni yoqish va uni barqarorlashtirish yuqori chastotali yurgizuvchi qurilma bilan amalga oshiriladi. Plazma hosil qiluvchi gaz (masalan, argon) kanal 7 orqali elektr yoyning yonish joyiga uzatiladi, yuqori temperatura ta'sirida gaz ionlashadi va tok oMkazuvchan boMib qoladi. Elektr yoyning cnergiyasi magnit maydon ta’sirida gaz oqimining markazida to'planadi, lining temperaturasi juda yuqori (14000... 17000 °C) boMadi. Metallash kallagi kamera 6ga keluvchi suv bilan sovitiladi.

Plazma hosil qiluvchi neytral gazlar sifatida argon, azot va ularning aralashmalaridan foydalanish legirlovchi elementlarning kuyishini va zarrachalaming oksidlanishini kamaytirishga yordam beradi. Shuning uchun ham plazmali metallashda hosil qilingan qatlamning mexanik mustahkamligi elektrli metallashda hosil qilingan qatlamlaiga nisbatan yuqoriroq boMadi. Purkaladigan metall zarrachalari juda katia tezlikda detal yuzasiga uriladi, uchib urilish vaqti juda kichik (0,003 s) boMganligi uchun ular sovishga ulgurmaydi, ya'ni la’mirlanadigan detal sirtigacha suyuqlangan holda yetib boradi. Shuning uchun ham bunday metall zarrachalari detal yuzasining g'adir-budurliklarini toMgMzib qolmasdan, balki o'zining orqasidan uchib kelayotgan zarrachalar bilan ham mustahkam bogManish hosit qiladi. Bir vaqtning o'zida berilayotgan sovuq havo metall zarrachalaming detai yuzasida tezda sovishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham metallashda dctallar kam qiziydi, bu esa yog‘och va qog‘oz kabi materiallami metallash imkonini beradi.

J

3.17- rasm. Elektr yoy vositasida metallash sxemasi.

3.18- rasm. Pla/ma-yoy metallizatori kallagining sxemasi.



Metallash texnologiyasi. Metallash texnologik jarayoni detal sirtini metallashga tayyorlash, metall qatlamini hosil qilish va metallashdan so‘ng detal yuzasiga ishlov berish bosqichlaridan iborat.

Detal yuzasini metallashga tayyorlash. Metall zarrachalarining o'mashish mustahkamligi ko'p jihatdan detal yuzasini metallashga tayyorlash sifatiga bog'liq. Metall qoplamasi zarrachalarining asosiy metall yuzasiga o'mashish mustahkamligini ta'minlash uchun ta'mirlanadigan detal yuzasida oksidlar, namliklar, yog'lar va boshqa iflosliklar bo'lmasligi hamda yuza g'adir-budurlikka ega bo'lishi kerak. Ushbu talablarni hisobga olgan holda detal yuzasini metallashga tayyorlash detalni yog'sizlantirish va tozalashni, unga to'g'ri geometrik shakl berish uchun xomaki ishlov berishni, yuzada g'adir-budurlik hosil qilish operatsiyaiari ni o'z ichiga oladi.

Detal yuzasini tozalash va yog'sizlantirish avval ko'rib o'tilgan usullardagi kabi amalga oshiriladi. Detalga to'g'ri geometrik shakl berish uchun unga xomaki ishlov berish metall kesish dastgohlarida bajariladi. Yuzada g'adir-budurlik hosil qilishning keng tarqalgan usullari detalga po'lat kukunlari bilan ishlov berish, yuzani nakatlash, detal yuzasiga simlar o'rash yoki elektr uchquni bilan xomaki ishlov berishdan iborat.

Istalgan qattiqlikdagi detal yuzasini metallashga tayyorlash- ning mukammalroq va unumliroq usullaridan biri po'lat kukunlari bilan purkab ishlov bcrishdir, o'lchamlari 0,8—1,5 mm bo'lgan po'lat kukunlarini 0,4—0,6 MPa havo bosimi ostida 25—40” li burchak ostida purkash tavsiya qilinadi. Purkash natijasida detal yuzasida hosil bo'lgan parchin qoplamaning asos bilan yaxshi yopishishi ta’minlanadi.

Detaining qattiqligi HB 325 dan katta bo'lganda sim o'rash usulidan foydalaniladi. Bunda detal tokarlik dastgohining markazlariga mahkamlanib. simning bir uchi xomut yordamida detaining qoplanmaydigan tomoniga qotiriladi, simning ikkinchi uchi esa yog'och tutqichlarning qistirg'ichlari orasidan o'tkaziladi. Dastgoh ishga tushirilgach, sim detal yuzasiga o'raladi. Simning diamctri 1 — 1,5 mm, o'ram qadami esa sim diametridan 3—5 marta katta qilib olinadi.

Detal yuzasining qoplanmaydigan qismlari pergament qog'ozi, karton yoki temir listdan yasalgan ekran bilan himoya qilinadi. Mctallashni yuzani tayyorlash tugashi bilanoq, ya’ni tayyorlangan yuzaning oksidlanishi ro'y bermasdan o'tkazish zarur. Yuzani tayyorlash va metallash orasidagi vaqt 1,5—2 soatdan oshmasligi lozim.

Metall qallamini hosil qilish. Ko'ndalang kesimi doiradan iborat bo'lgan detallarning yuzasini metall bilan qoplash uchun tokarlik dastgohlaridan foydalaniladi. Bunda detal daslgohning markazlariga yoki patronga mahkamlanadi, metallovchi uskuna esa dastgohning support iga o'matiladi. Detallarni metallash uchun ishlatiladigan simlar 65 Г markali po'latdan yasaladi.

Metallashdan so'ng detal yuzasiga ishlov berish. Dctallar yuzasida metall qatlami hosil qilingandan so'ng unga kerakli ko'rinish va о Me ham berish uchun mexanik ishlov beriladi. Purkalgan qatlamning qattiqligi detal asosiy metalining qattiqligidan yuqori bo'lgan hamda oksid pardalarining mavjudligi tufayli unga yakuniy ishlov berishda ancha qiyinchiliklar yuzaga keladi. Tokarlik dastgoliida ishlov berishda tez kcsuvchi po'latlardan yasalgan qattiq qotishniali plastinkalardan iborat kcskichlar qo'llaniladi. Bunda TI5K6 qattiq qotishmasidan tayyorlangan plastinkali keskichlar yaxshi ko'rsatkichiarga ega.

Keskichlarni noto’g'ri charxlash va tezligi yuqoriroq rejinilarda kesish natijasida purkalgan qatlam tiklangan detal yuzasidan ko'chishi yoki yulinib chiqishi mumkin. Tarkibida 0.30 % gacha uglerod bo'lgan po'lat simdan hosil qilingan qoplamalar yo'niladi va shundan so'ng jilvirlanadi. Tarkibida 0,30 % dan ortiq uglerodi bo'lgan qoplamalarga tokarlik ishlovi bcrib bo'lmaydi, shuning uchun ham ular faqat jilvirlanadi. Metallangan qatlamni jilvir- lashning asosiy kamchiligi jilvirlash toshlarining tezda moylanishi- dir, bu esa ularni tez-tez tozalab turishni talab qiladi

Metallash yo'li bilan hosil qilingan qoplama strukturasining asosiy komponenti troostit-martensitdan iborat bo'lib, unda g'ovakliklar ayrim zarrachalar atrofida yupqa pardalar tarzidagi juda ko'p oksid qatlamlari hosil bo'ladi.

Po'lat qoplamalar qattiqligining yuqori bo'lish sababi detaining metallanayotgan yuzasiga purkalgan yuqori tcmperaturadagi metall zarralarining siqilgan havo oqimi ta'sirida tez sovishi natijasida toblanib qolishidir. Metall qoplamasining qattiqligi metallash rejimiga, suyuqlantirib purkalgan po'lat simning kimyoviy tarki­biga, ayniqsa. undagi uglerod miqdoriga bog'liq.

Metall qoplamasi g'ovak bo'lganligidan moyni shimadi va sirtida moy pardasini yaxshi tutib turadi, qoplama mctalining ishqalanish koeffitsiyenti toblangan yuzalarning ishqalanish koeffitsiyentidan 12—40 % kichik bo'lishini ko'rsatadi. Moylab turilgan sharoitda metallangan detallarning yeyilishga chidamliligi metallanmagan detallarnikiga qaraganda ancha yuqori bo'lishini ko'rsatadi. Moysiz sharoitda, quruq ishqaianishda qoplamaning yeyilishga chidamliligi pasayadi. Shuning uchun ham quruq ishqalanuvchi detaining ishlash xususiyatini metallash usuli bilan tiklash tavsiya ctil- maydi.

Tarkibida 0,35 % uglerod bo'lgan po'lat simning purkalishdan hosil bo'lgan qatlamning cho'zilishga mustahkamlik chegarasi 18 MPaga teng bo'ladi; bunday qatlamningsiqilishga mustahkamligi chegarasi yetarli darajada yuqori bo'lib, 150 MPa ga yetadi.


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish